Авторы

  • Rozaxon Xidirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.52852

Аннотация

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o’rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o’rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

49

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI GIMNASTIKA

MASHQLARI ORQALI HARAKAT KO‘NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH

Xidirova Rozaxon O‘ktamjon qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13924626

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy

siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi
salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash
orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar,
yoshlar o’rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat,
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o’rin tutadi. Bu sohada
erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-
iftixor bag‘ishlaydi.

Jismoniy harakat inson uchun, ayniqsa, bolalik va oʻsmirlik bosqichlarida

hayotiy zarur koʻnikma va malakalarni shakllantirish davri hisoblanadi. Jismoniy
harakatlarsiz bolalarning ijodiy faolligiga va jismoniy qobiliyatlarini yetarli
darajada rivojlanmasligiga olib keladi. Harakatni cheklash yoki uni buzish
hayotning har bir bosqichida oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarnining jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligini
aniqlashda ko’plab olimlar oʻzlarining ilmiy-tadqiqotlarida ushbu masalada
izlanishlar olib borganlar. Lekin, hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotining jadal
su’ratlarda rivojlanishi hamda ta’limga qoʻyilayotgan talablarning oshib borishi
natajasida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini
rivojlantirish uchun zamonaviy metodikalardan foydalanishni talab qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Maktabgacha yoshdagi bolalalarning jismoniy rivojlanish, jismoniy

tayyorgarligini rivojlantirishda, hayotiy harakat ko’nikmalarini shakllantirishda
gimnastika mashqlari muhim rol o’ynaydi.Gimnastika mashqlari bolaning ilk
qadam qo’ygan kunlaridan boshlab asosiy jismoniy mashqlar sifatida
qo’llaniladi. Shuning uchun gimnastika mashqlari orqali ularning harakat
ko’nikmalarini shakllantirishning yangicha vosita va usullarini izlab topish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda hayot
uchun zarur boʻlgan dastlabki asosiy harakat koʻnikma va malakalarini
shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari boʻyicha T.S.Usmanxodjaev,
A.N.Livitskiy, R.S.Salomov, K.M.Maxkamjonov; maktabgacha yoshdagi bolalarni
sogʻlomlashtirish va jismoniy mashqlarni bajarishga moslashish nazariyasi
boʻyicha F.X.Xodjaev, G.Q.Jalolova, F.A. Raimbekova olimlar va mutaxassislar


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

50

tomonidan

olib

borilgan

ilmiy

izlanishlarida

maktabgacha

ta’lim

muassasalarining katta guruh bolalarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
yoʻllarini ishlab chiqish bugungi kunda jismoniy tarbiya nazariyasi va
amaliyotining dolzarb muammolaridan biri boʻlib qolmoqda.

TADQIQOT MAQSADI.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni gimnastika

mashqlari orqali harakat ko’nikmalarini shakllantirishga doir mashqlar
kompleksini ishlab chiqish va pedagogik tajribada asoslash.

TADQIQOT ISHINING VAZIFALARI:

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko’nikmalarini shakllantirishga
doir ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish, jismoniy
tayyorgarligini rivojlanganlik darajasini aniqlash;

3.Gimnastika mashqlaridan foydalangan holda maktabgacha yoshdagi

bolalarning harakat ko’nikmalarini shakllantirishga, jismoniy tayyorgarlik
darajasini oshirishga qaratilgan mashqlar kompleksini ishlab chiqish va
pedagogik tajribada asoslash.

TADQIQOT NATIJALARI VA UNING MUHOKAMASI

Gimnastika bolaning turli faoliyatlar uchun sog`lomlashishi va jismoniy

tayyorgarligini, jismoniy kamolotni shakllantirishni tizimli ravishda o`z ichiga
oladi.Gimnastika hayotiy harakat qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beradi,
shuningdek, harakatlarga go`zallik, joziba va aniqlik baxsh etadi. Qobiliyat,
tezlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik kabi rivojlanish va psixofiziologik
fazilatlarni ta`minlaydi; Iroda, xarakter, intizom, xotirani, fikrlashni
rivojlantiradi. Gimnastika - har tomonlama jismoniy rivojlanish va bolani
sog`lomlashtirish muammolarini hal etishga qaratilgan maxsus tanlangan
jismoniy mashqlar tizimi va ilmiy ishlab chiqilgan uslubiy ko`rsatmalar
tizimidir.Bolalikdan boshlab gimnastika mashg`ulotlari, maktabgacha yoshdagi
barcha yosh guruhlarida qo`llaniladi. O`z-o`zidan bu jismoniy ta`limning eng
muhim usuli hisoblanadi.

Tadqiqot davomida ertalabgi gimnastika mashqlari;j jismoniy tarbiya

daqiqalari; ritmik gimnastika mashqlar, yosh toifasi bo‘yicha mashqlar va
o‘yinlar kompleksi tanlab olinib, amaliyotga tadbiq etildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirish

uhun quyidagi mashqlar kompleksidan ham foydalanildi

:

1-mashq

. Koptokni bitta va ikkala qo’l bilan otish va ilib olish (ko’krakdan,

bosh ustidan). 4-8 marta takrorlanadi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

51

2-mashq

. Dastlabki holat-turish, qo’llar tushirilgan. Qo’llar yon

tomonlarga keriladi (nafas olinadi), ko’krak oldida chalkashtiriladi va “u-x-x-x”
deyiladi (nafas chiqariladi). 2-4 marta takrorlanadi.

3-mashq

. Dastlabki holat-turish, oyoqlar kerilgan holatda turiladi. Qo’llar

oldindan ko’tariladi, Qo’lda halqani ushlab turib, bosh ustida yotqizilgan holatda
ko’tariladi. Qo’llarni bukib, halqani orqadan pastga, vertical tarzda o’girib
tushiriladi. 4-8 marta takrorlanadi.

4-mashq

. Burilish. Dastlabki holat-tik turish.Oyoqlar kerilgan, qo’llar

yelkalarga bukilgan, orqadagi halqa ikkala qo’l bilan ushlab turiladi. O’ng va chap
tomonga burilish. 4-8 marta takrorlanadi.

5-mashq

. Qopchalarni gorizontal nishonga (diametric bir metr) irg’itish.

Bolaning ko’zi balandligida osilgan halqadan 1-1,5 metr masofada turib, qopcha
halqa ichiga otiladi. 4-6 marta takrorlanadi (bola oyoq va qo’lning qanday
turishi,qanday harakat qilishi kerakligi ko’rsatiladi).

6-mashq.

“Predmetni top” degan hotirjam o’yin. Rahbarnibg taklifiga

muvofiq bola (bolalar) devorga o’girilib turadi, rahbar esa kichikroq buyumni
(o’yinchoq, qalam ) derazaga, tokchaga yoki polga qo’yadi. Signal berilishi bilan
bolalar xona ichida buriladi, buyumni qidirib topishga harakat qiladi. Uni
birinchi bo’lib ko’rgan bola bir chekkaga ohista chiqadi yoki stulga o’tiradi.

Tadqiqotni tashkil etish maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy

tayyorgarlik darajasini belgilovchi nazorat mashqlaridan - 10m.masofaga
yugurish; 3x5 m masofaga moksimon yugurish; o`tirgan joyidan tananing
egiluvchanlik burchagi aniqlash; gavdani orqa tomonda yotgan joydan ko`tarish
mashqlari orqali tajriba va nazorat guruhi sinaluvchilarining jismoniy
tayyorgarligi aniqlandi.

1-jadval

Tadqiqot davomida tajriba va nazorat guruhi sinaluvchilarining

jismoniy tayyorgarlik ko

rsatkichlarining qiyosiy tahlili

T/r Testlar

Tajriba guruhi

Nazorat guruhi

T/o T/K FARQ %

T/o T/K FARQ %

1.

10m.masofaga
yugurish
(sekund

3,65 3,37 0,28

8,3

3,67 3,39 0,28 8,2

2.


3x5 m masofaga
moksimon

7,64 7,31 0,33

4,5

7,46 7,40 0,06 0,81


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

52

yugurish(sekund)

3.

O‘tirgan

joyidan

tananing
egiluvchanlik
burchagi
aniqlash(sm)

19,6 23,5 3,9

16,5 19,4 21,7 2,3

10,5

4.

Gavdani

orqa

tomonda

yotgan

joydan ko‘tarish
(sm)

19,2 23,4 4,2

17,9 19,8 20,2 0,4

1,9


Tadqiqot oxiriga kelib tajriba guruhi sinaluvchilarning 10m.masofaga

yugurish 8,3 %, 3x5 m masofaga moksimon yugurish 4,5 %,

o‘tirgan joyidan

tananing egiluvchanlik burchagi aniqlash 16,5 %,

gavdani orqa tomonda yotgan

joydan ko‘tarish 17,9 %, nazorat guruhi sinaluvchilarning 10m.masofaga
yugurish 8,2 %, 3x5 m masofaga moksimon yugurish 0,81 %,

o‘tirgan joyidan

tananing egiluvchanlik burchagi aniqlash 10,5 %,

gavdani orqa tomonda yotgan

joydan ko‘tarish 1,9 % ga oshganligi kuzatildi.

XULOSA

Mavzu bo‘yicha qayd etilgan adabiyotlar tahlilidan shu narsa aniq bo‘ldiki,
maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda
gimnastika mashqlari orqali mashg‘ulot vosita va yuklamalar hajmini
rejalashtirish

yuzasidan

ilmiy-amaliy

tavsiyalar

yetarli

darajada

emas.Maktabgacha yoshdagi bolalarning morfo-fiziologik holatini ko’pincha
e’tiborga olmay, me’yorlanmagan hajmdagi jismoniy va tehnik tayyorgarlik
vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish natijasida endi shug‘illanishni boshlagan
qizlarning organizmida zo‘riqish va ayrim patalogik holatlarga olib kelayotganini
va sportga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.
Shunday qilib maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlar jarayonida
qo‘llaniladigan yuklamalarni ularning organizm va jismoniy rivojlanish
holatidan kelib chiqib muntazam ravishda asta-sekinlik bilan belgilangan
me’yorda olib borish, ularning sport natijalarining o‘sishiga va keying
tayyorgarlik bosqichiga hech qanday kamchiliklarsiz o’rin bo‘shatishiga, sport
turning tehnik-taktik ko‘rsatchilarining samarali egallash darajasini
shakllanishiga olib keladi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

53

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.AbdullayevA, Xonkeldiyev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. –T.
O’ZDJTI. 2005.y.231b.
2. Eshtayev A.K. Gimnastika darsi. O`quv qo`llanma. 2004.O`zDJTI
3.B.T. Haydarov, G.X. Ibroimova, J.J. Kazimov Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida
jismoniy tarbiya nazariyasi 2020 SamDu nashri
4..B.T. Haydarov. Eshtayev. G.X. Ibroimova «Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida
gimnastika mashg`ulotlarini tashkil etish shakllari.
5. Gоnchаrоvа О.V. Yosh sportchilаrning jismoniy qоbiliyatlаrini rivоjlаntirish.
T., O’zDJTI, 2005.- 171 b.

Библиографические ссылки

AbdullayevA, Xonkeldiyev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. –T. O’ZDJTI. 2005.y.231b.

Eshtayev A.K. Gimnastika darsi. O`quv qo`llanma. 2004.O`zDJTI

B.T. Haydarov, G.X. Ibroimova, J.J. Kazimov Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi 2020 SamDu nashri

.B.T. Haydarov. Eshtayev. G.X. Ibroimova «Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida gimnastika mashg`ulotlarini tashkil etish shakllari.

Gоnchаrоvа О.V. Yosh sportchilаrning jismoniy qоbiliyatlаrini rivоjlаntirish. T., O’zDJTI, 2005.- 171 b.