Авторы

  • Ahror Xudoyberdiyev
    44-maktab tarix fani oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.52871

Ключевые слова:

istiqlol din bagʻrikenglik islom bayram odat milliy siyosiy

Аннотация

Mazkur maqolada  Yurtimizda faoliyat ko'rsatgan dinlarda bag'rikenglik tamoyillarining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

30

YURTIMIZDA FAOLIYAT KO'RSATGAN DINLARDA BAG'RIKENGLIK

TAMOYILLARINING AHAMIYATI

Xudoyberdiyev Ahror Nabi oʻgʻli

44-maktab tarix fani oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13907240

Annotatatsiya.

Mazkur maqolada Yurtimizda faoliyat ko'rsatgan dinlarda

bag'rikenglik tamoyillarining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit soʻzlar:

istiqlol, din, bagʻrikenglik, islom, bayram, odat, milliy, siyosiy

Istiqlol ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy

jabhadagi yangilanish va tub o'zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga
bo'lgan munosabat ijobiy tomonga o'zgardi, vijdon erkinligi qonun orqali
kafolatlandi. Milliy va diniy qadriyatlarni tiklash, ulug' allomalarimiz hayoti va
faoliyatini tadqiq etish, ularning butun jahon afkor ommasi tan olgan asarlarini
xalqimizga qaytarish bo'yicha xayrli va ezgu ishlar amalga oshirildi. Diniy rasm-
rusumlar, bayramlarni o'tkazish, erkin ibodat qilish, diniy o'quv yurtlarini
ochish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish uchun keng
imkoniyatlar yuzaga keldi.

E'tiqod erkinligi diniy bag'rikenglikning ijtimoiy-siyosiy jihatlari diniy

tashkilotlar va davlat munosabatlarida doimo dolzarb masalalardan biri
bo'lib kelgan. Bu bejiz emas, albatta. Din mamlakat aholisini ruhiy
chiniqtirish hamda yuksak axloq, vatan va xalq manfaati yo'lida fidokorlik,
poklik, o'z millatiga sodiqlik kabi qadriyatlarni kundalik hayotga tatbiq etish
orqali turmush tarzini o'zgartirish va yurt farovonligini oshirishga xizmat
qiladi. U insondagi eng qimmatli, eng ezgu fazilat va xislatlarni yuzaga
chiqarishga qodir.

Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, ko'p konfessiyali jamiyatda turli din

vakillarining o'zaro do'stlik va ahillikda yashashi hamda bunyodkorlik
ishlarida davlat bilan hamkorlik qilishi barqaror taraqqiyotni ta'minlaydigan
asosiy omillardan hisoblanadi. Qolaversa, “Inson e'tiqodsiz, imonsiz yashay
olmaydi. Chunki komil va sobit e'tiqod jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilaydi” .

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida, jumladan,

shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim
xohlagan dinga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga
ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi” .

Agar e'tibor beradigan bo'lsangiz, ushbu moddada dunyoviy davlatning

dinga bo'lgan munosabatini ko'rsatadigan asosiy omillarni ko'rishimiz


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

31

mumkin. Avvalo, davlat vijdon erkinligini kafolatlash orqali dinga qarshi
siyosat olib bormasligi ta'kidlanmoqda. Ikkinchidan, e'tiqod qilish yoki qilmaslik
inson huquqlarining ajralmas qismi ekani ko'rsatilgan.

Shuningdek, yuqoridagi omillardan kelib chiqib, jamiyatda diniy

muvozanat, bag'rikenglikni ta'minlagan holda davlat diniy qarashlarning
majburan singdirilishiga yo'l qo'ymasligi e'tirof etilmoqda.

Bu borada yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, “Mamlakatimizni

demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologiyalar asosida
modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o'zligimizni
asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo'yganmiz” .

Bugungi kunda Uzbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2277 ta diniy

tashkilot faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularning 2094 tasini islomiy diniy
tashkilotlar, shu jumladan, 2067 tasini masjidlar tashkil etadi. Shuningdek,
mamlakatda 66 ta xristian diniy tashkiloti, 8 ta yahudiy va 6 ta bahoiy jamoalari,
bittadan krishnachilar jamiyati va buddaviylar ibodatxonasi hamda
konfessiyalar-aro

O’zbekiston

Bibliya

jamiyati

faoliyat

yuritmoqda.

Respublikamizda O’zbekis-ton xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom
instituti, "Mir Arab" oliy madrasasi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta
ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar bilim yurti, Toshkent pravoslav diniy
seminariyasi, Toshkent protestant seminariyasi kabi o’quv muassasalari mavjud.

1995 yil oktyabr oyida mintaqamizda birinchi bor Toshkent shahrida “Bir

samo ostida” shiori bilan o'tkazilgan xalqaro musulmon-nasroniy konferentsiya,
1996 yilning noyabrda esa Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O'rta Osiyo
yeparxiyasining 125 yillik tantanalari o'tkazilgani yurtimiz va xalqimizga xos
bag'rikenglik an'analarining yorqin misoli bo'la oladi.

O'zbekiston tom ma'noda diniy bag'rikenglikning tarixiy merosxo'ri

sifatida jahon hamjamiyatida e'tirof etilmoqda. Zero, bu yurtda moziyda ham
diniy bag'rikenglik shu zaminda yashovchi turli e'tiqodga mansub xalqlarni
oliy maqsad – yurt farovonligi sari intilishlarini ta'minlovchi muhim omil
bo'lib kelgan, hozirda ham shunday davom etmoqda.

Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g'oyalariga asoslanadi va

yaxshilik, tinchlik, do'stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Darhaqiqat, har bir
inson, jamoa va millatlar bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat
ekanini anglashi va hurmat qilishi juda muhim. Zero, bag'rikengliksiz
tinchlik, tinchliksiz taraqqiyot bo'lmaydi .

Dinlararo va konfessiyalararo muloqotni qo'llab-quvvatlash va bu

borada barqarorlikka erishishda xalqaro tashkilotlar muhim o'rin tutadi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

32

Hozirda dinlararo sog'lom muloqotni rag'batlantirish sivilizatsiyalararo

muloqotni ta'minlash tizimining uzviy tarkibiy qismi sifatida BMT,
Yevropada Hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti kabi tuzilmalar faoliyatidan
keng o'rin egallagan. Bu yo'nalishda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
1995 yilni “Xalqaro bag'rikenglik yili”, 2000 yilni “Xalqaro jahon madaniyatlari
yili”, 2001 yilni “BMT shafeligidagi sivilizatsiyalararo muloqot yili”, 2001-
2010 yillar oralig'idagi davrni esa Xalqaro nozo'ravonlik madaniyati va
sayyoramizdagi bolalar manfaati yo'lida tinchlikni ta'minlash o'n yilligi, deb
e'lon qilingani global diniy hayotdagi asosiy ijobiy o'zgarishlardan
hisoblanadi. Shuningdek, BMT bosh Assambleyasining Islom Konferentsiyasi
Tashkiloti bilan o'zaro hamkorlik haqidagi har yili imzolanadigan
rezolyutsiyasi ham bu yo'nalishdagi muhim tadbirlardan sanaladi. Ushbu
rezolyutsiyaga muvofiq 2001 yil may oyida butunjahon diniy va ma'naviy
yetakchilar sammiti chaqirilib, BMT qoshidagi diniy vakillar Kengashi ta'sis
etildi. Bundan tashqari, Yevropa Kengashi Parlamentlar Assambleyasi
tomonidan “Islom sivilizatsiyasining Yevropa madaniyatiga qo'shgan hissasi”
to'g'risida ilgari surilgan tavsiyalar ham dinlararo sog'lom muloqotni
mustahkamlash yo'lidagi global ahamiyatga molik ishlar sirasiga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng dindorlar o'z

ibodatlari, diniy marosimlarini erkin amalga oshirish, ibodatxonalarini qayta
tiklash va ishga tushirishlari uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1992 yil 8
sentyabrda Nemis yevangel-lyuteranlar cherkovi rasmiy ro'yxatdan o'tdi.
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 maydagi qarori bilan kirxa lyuteranlarga
qaytarib berildi. 1992 yilda rim-katoliklari jamoasi tashabbusi bilan tarixiy
yodgorlik – kostyolni tiklash ishlari boshlab yuborildi. Tiklash va ta'mirlash
ishlari arxitektor S.S.Adamov boshchiligidagi toshkentlik ta'mirchilar
tomonidan olib borildi.

Ibodatxona (Toshkent sh, Hamza tumani, 80/1) 2000 yilning 22

oktyabrida ochildi. 1996 yilda kirxaning, 2002 yilda kostelning 100 yilligi
tantanali nishonlandi.

Hukumatimizning bunday odilona siyosatini to'g'ri tushungan

yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan turli e'tiqod vakillari qo'llab-
quvvatlashmoqda. Jumladan, O'zbekiston Bibliya jamiyati ijrochi direktori
S.Mitin: “Diniy bag'rikenglik va qonun ustuvorligi – bu ko'pmillatli davlat
qurilishi lozim bo'lgan poydevorning bir qismidir” , – degan nuqtai nazarni
ilgari suradi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

33

Mitropolit Vladimir bu xususda: “Oramizda do'stlik rishtalari hamma

sohalarda namoyan bo'lmoqda: har bir pravoslavning musulmon do'stlari
mavjud bo'lgani kabi ruhoniylar va imomlar o'rtasida ham do'stlik aloqalari juda
baland. Do'st-musulmonlarga tadbirkorlik sohasi yoki konstitutsiya bo'yicha
yordam bilan murojaat qilinsa, albatta so'ralgan narsani olamiz.

Bizda ziddiyatlar u yoqda tursin tushunmovchiliklar ham mavjud emas” ,

– deb ta'kidlaydi.

Yevangel-lyuteranlari cherkovi rahbari K.Vibening “Mana 129 yildirki

lyuteranlar cherkovi qavmi go'zal O'zbekiston yerida yashab kelmoqdalar va
uning gullab-yashnashi uchun bor imkoniyatlarini ishga solganlar va
solmoqdalar” , – degan so'zlari ham dinlararo ijobiy munosabatlarning yaqqol
isbotidir.

Umuman olganda, O'zbekistondagi turli konfessiyalar o'rtasidagi

munosabatlar o'zaro hurmat va bag'rikenglikka asoslangan. Umumbashariy
g'oya – diniy bag'rikenglik yurtimizda azaliy qadriyatlardan hisoblanib,
mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashning muhim omillaridan biridir.

Hozirgi globallashuv jarayonida mamlakatda rasmiy faoliyat olib borayotgan
barcha diniy konfessiyalar vakillari o'z jamoalariniig O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risida"gi qonun qoidalariga qat'i rioya qilayotganlari hamda diniy
bag'rikenglikni mustahkamlashga o'z hissalarini qo'shayotganliklarini doimo
ta'kidlab kelmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Agzamxodjayev S.S., Rahimjonov D.O., Muhamedov N.A., Najmiddinov J.X.
Dunyo dinlari tarixi: o'quv qo'llanma. – T.: Toshkent islom universiteti, 2011.
– B. 260.
2. Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy
A.R. Tanlangan asarlar. I tom. – T., 1968. – B. 486.
3.Bag'rikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili / Mas'ul muharrir
A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa
birlashmasi, 2007. – B. 121.
4. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy
asoslari: o'quv qo'llanma / Mas'ul muharrir A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent
islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. – B. 246.
5. “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzuidagi 4-ilmiy-amaliy
anjumani materiallari to'plami. – T. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-
matbaa birlashmasi, 2012.

Библиографические ссылки

Agzamxodjayev S.S., Rahimjonov D.O., Muhamedov N.A., Najmiddinov J.X. Dunyo dinlari tarixi: o'quv qo'llanma. – T.: Toshkent islom universiteti, 2011. – B. 260.

Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. I tom. – T., 1968. – B. 486.

Bag'rikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili / Mas'ul muharrir A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2007. – B. 121.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari: o'quv qo'llanma / Mas'ul muharrir A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. – B. 246.

“Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzuidagi 4-ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. – T. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2012.