Авторы

  • Gulmira Abdullayeva
    Jizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.52878

Ключевые слова:

matonat ijtimoiy identitet shaxsiy identitet milliy an'analar oila qadriyatlari jasorat.

Аннотация

Ushbu maqolada Xayriddin Sultonning “Tarjimayi hol” asari orqali ayol matonati va shaxsiy identitet mavzulari tahlil qilinadi. Asardagi qahramonlar orqali urush va ijtimoiy adolatsizliklar muammolari ko'tariladi, bu esa o'quvchilarga ayollarning sabr, matonat va jasoratini namoyish etadi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

21

X. SULTONNING “TARJIMAYI HOL” ASARI XUSUSIDA

Abdullayeva Gulmira

Jizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13902408

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Xayriddin Sultonning “Tarjimayi hol” asari

orqali ayol matonati va shaxsiy identitet mavzulari tahlil qilinadi. Asardagi
qahramonlar orqali urush va ijtimoiy adolatsizliklar muammolari ko'tariladi, bu
esa o'quvchilarga ayollarning sabr, matonat va jasoratini namoyish etadi.

Kalit so`zlar:

matonat, ijtimoiy identitet, shaxsiy identitet, milliy

an'analar, oila qadriyatlari, jasorat.

Ayol matonati, bardoshini xalqimiz doimo ulug`lab kelgan, asarlarda ularni

bosh qahramon obrazi qilib olish, XX asr nasrida ancha sezilarli ko`zga tashlana
boshladi. Mumtoz adabiyotlarda yor jamoli, go`zalligi ulug`langan bo`lsa,
bugungi kundagi asarlarda ularni qahramon, o`qimishli, mehnatsevar, ojiza,
sabrli, mushfiq yoki aksincha, makkora, fitnachi kabi real obrazlarda tasvirlash
asarlarning hayotiyligini ta’minlashga xizmat qiladigan jihatlardan biri bo`ldi.
Xayriddin Sultonning “Tarjimayi hol” asarini ham ayol matonatiga qo`yilgan
haykal desak mubolag`a bo`lmaydi.

Asar qahramoni Nisoxon Axmedovaning “tarjimayi holi”da boshiga

tushgan qiyinchiliklar juda ishonarli tarzda aks ettirilgan. Umuman olganda,
Xayriddin Sulton asarlarida oddiy insonlarining hayot tarzi, ijtimoiy holati,
bugungi kun muammolari qahramon tili bilan bayon etiladi. Ijodkor odatda asar
oxirida o`zi xulosa bermaydi, o`quvchining o`ziga havola qiladi, bu esa asarlariga
qiziqishni orttiradi.

Adibning “Tarjimayi hol” hikoyasi ham “ bor -yo`g`i uch sinf o`qigan” ayol

tilidan hikoya qilingan. Adibning asarlarida shaxsiy, milliy va ijtimoiy identitetga
duch kelamiz. Identitet - bu shaxs yoki guruhning o’zini qanday anglashini,
boshqalarga qanday ko`rinishini ifodalovchi tushuncha. Identitet tushunchasi
shaxsning o’ziga xos xususiyatlari, tajribalari va o’z-o’zini anglash jarayoni,
uning kimligini, qiziqishlarini va hayotiy maqsadlarini o’z ichiga oladi. Unda bir
guruh yoki millatga mansublik hissi aks etadi. Bu esa tarix, til, madaniyat va urf-
odatlar orqali shakllanadi. Xayriddin Sulton asarlarida O’zbekistonning tarixiy
va madaniy an’analari, urf-odatlari keng yoritilgan. Qahramonlar vositasida
xalqning ma’naviy qiyofasi, urush va tinchlik davrlaridagi kurashlari aks
ettiriladi. Ularning ichki kechinmalari, kurashlari, his-tuyg’ulari milliy va shaxsiy
identitetni shakllantirishga yordam beradi. O’zbek xalqining ijtimoiy
qiyinchiliklari, adolatsizlik va tengsizlik kabi muammolarni ko’tarish orqali


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

22

milliy ruhni o’rganadi. Xayriddin Sulton asarlaridagi bu konseptlar o’quvchilarga
milliy o’zlik va madaniyatni chuqurroq anglash imkonini beradi. “Tarjimayi hol”
hikoyasida ham qahramonlar taqdiri, voqealarning izchilligi asardagi identitetni
namoyon qiladi. Quloqlashtirish siyosati qahramonlar taqdirini tubdan
o’zgartirib yuboradi. Otasi rahmatli “quloq qilinib, sho’roga haqsiz bo’lgandan
keyin” mol-mulki musodara qilinib Nisoxonlar oilasida qiyinchiliklar boshlanadi.
“Mushtday boshi bilan sho’ro oshxonasini supurgan, achchiq qismatdan qochib
borar ekan, izg’irinda pishqirgan daryoda chirpirak bo’lib oqib, bir o’limdan
qolgan, ilon, chayonlar, kalamush kaltakesaklar yugurib yurgan to’qayzorda
yerto`la qazib kun kechirgan, ot o’rniga o’zining bo’yniga arqon solib omoch
tortgan, oy yorug’ida yer chopib umrida ketmon tegmagan tosh tuproqni tozalab
dehqonchilik qilgan, daxshatli urushda arslondek akasidan ayrilgan, uyidagi bor-
budini davlat frontga deb tortib olgan, Farhod GESi qurilishida yelkasida tuproq
tashib umrtqasi ezilgan, goh chaylada, yerto`lada, birovlarning ijara uyida
yashagan, goh bir qarindoshining og`ilini o`ziga boshpana qilgan, goh dalada
gektarchilik qilib kun ko`rgan, goh azim shaharda ahvoli tang bo`lib, nonga ham
pul topa olmay qolgan, dalada beda o`rib yurib bola tuqan, sakkizta farzandini
boqib odam qilgan, kamqonlik tufayli boshini yostiqdan ko`tarishga ham majoli
qolmagan, o`zining o`ttiz olti yashar o`g`lini mashina urib o`ldirgan bir
ayol…”[1;45] Mana shunday qiyinchiliklar ayoldagi sabr, iroda, matonat kabi
shaxsiy identitetlarni hosil qilgan.

Nisoxonning hayoti, o'zining sabri va matonati orqali shaxsiy identitetini

shakllantiradi. U urush va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashishda kuchli iroda
ko'rsatadi. Asarda uning ota-onasi va oilasi ham qahramon sifatida tasvirlangan,
bu esa oilaviy qadriyatlar va jonkuyarlikni ko'rsatadi. Nisoxonning otasi,
Ahmadxo'ja baqqol timsolida, bardoshli va mehnatsevar inson sifatida
ko'rsatiladi. Uning hayotiy tajribalari, qiyinchiliklari va ijtimoiy adolatsizlikka
qarshi kurashi, uning qizi, Nisoxon, uchun namuna bo'lib xizmat qiladi.
Nisoxonning “Otam rahmatli g’ayrati ichiga sig’magan kishi edi. “Ishlagandan
keyin yo ish o’lishi kerak, yo odam”, - deb birpas hol-jonimizga
qo’ymasdi…”[2;578] degan gaplarida uning mehnatsevarligini ko`rishimiz
mumkin. Akasining o`limidan so`ng “ Otam ichidan kuydi, lekin kuyganini bir
insonga bildirmadi, “O`zi berdi – o`zi oldi”, deb, yanayam ko`proq ishlay
boshlagan”ligida uning o`zbek otalariga xos metin iroda, oilasi uchun tog` kabi
tayanch, fidokorlikni ko`rishimiz mumkin. Shu o`rinda urush vaqtida
onalarimizdan ziyoda otalarimizga ham juda og`ir bo`lganligi, ular faqat o`zlari
uchun emas oilasi uchun ham javobgarligi va buni astoydil his qilib, bunga


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

23

chidab yashaganligini G`afur G`ulomning “Sog`inish” she’rida quyidagi
misralarda ko`rishimiz mumkin:

“Ne qilsa otamen me’ros hissiyot…
Jondan sog`inishga uning haqqi bor.”[3;89]
Asarda tarixiy konseptga xos bo`lgan o`rinlarni ham kuzatamiz. Masalan,

otasining quloqlashtirish siyosati oqibatida mol-mukidan ayrilib tez-tez “Gado
qilding, sho`ro, ado qilding, sho`ro!” deb aytgan xitobini misol qilsak bo`ladi.

Xayriddin Sulton asarlarida tarixiy voqealar va shaxsiy hayot bir-biriga

bog'langan. Quloqlashtirish siyosati, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi
davrda ayollarning hayoti murakkab holatga aylanadi. Bu davr ayollarining
yig'ma obrazi Nisoxon, Ishqinisa buvi, Sidiqa aya kabi timsollar orqali
ifodalanadi. Ularning har biri o'zining kurashlari, qiyinchiliklari va jasorati bilan
jamiyatdagi o'z o'rnini topadi.
Xulosa qilib aytganda, Xayriddin Sulton asarlarida ayol matonati, jasorati va
o'zligini anglash mavzusi muhim ahamiyatga ega. Nisoxon Axmedova kabi
qahramonlar o'z hayotlaridagi qiyinchiliklarga qaramay, umid va ishonch bilan
harakat qiladilar. Bu asarlar o'quvchilarga ayollarning ijtimoiy roli, matonati va
kurashi orqali milliy o'zlikni anglash imkonini beradi. Shunday qilib, Xayriddin
Sulton asarlarida ayol matonati xalqimizning tarixiy xotirasida alohida o'rin
tutadi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Sizdiqboyeva N., To‘ychiyeva A. Ramziy obrazlar va epik konsepsiya// Til

va dabiyot ta’limi. №2. 2007. – 26-28.
2.

Dilmurodova N. Yangilanish estetikasi//Jahon adabiyoti. 2009. №4. – 150-

153 b.
3.

Do‘stmuhammad X. Ma’naviy tarsaki og‘rig‘i. Suhbat. A.Yo‘ldosh

suhbatlashgan//Yoshlik. 2008. №8. – 5-10 b.
4.

Xayriddin Sulton qissalarida badiiy tasvir va syujet (cyberleninka.ru)

Библиографические ссылки

Sizdiqboyeva N., To‘ychiyeva A. Ramziy obrazlar va epik konsepsiya// Til va dabiyot ta’limi. №2. 2007. – 26-28.

Dilmurodova N. Yangilanish estetikasi//Jahon adabiyoti. 2009. №4. – 150-153 b.

Do‘stmuhammad X. Ma’naviy tarsaki og‘rig‘i. Suhbat. A.Yo‘ldosh suhbatlashgan//Yoshlik. 2008. №8. – 5-10 b.

Xayriddin Sulton qissalarida badiiy tasvir va syujet (cyberleninka.ru)