DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “HAYOTIY FAOLIYAT
XAVFSIZLIGI DASTURINI” JORIY ETILISHINING AHAMIYATI
Gulruh Abdullaeva Abdiazizovna
Fuqaro muhofazasi instituti
Jismoniy imkoniyati cheklangan
fuqarolarni favqulodda vaziyatlarga
tayyorlashni tashkillashtirish sikl boshlig‘i,
dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.14874275
Annotatsiya:
Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Hayotiy
faoliyat xavfsizligi dasturini” joriy etilishining ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta’lim, hayot xavfsizligi, innovatsion yondashuv,
ta’lim islohotlari, metodik ta’minot, pedagogik jarayon, bolalar fikrlashi, fuqaro
muhofazasi, o‘quv dasturi, tabiiy ofatlar, yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati
qoidalari, shaxsiy gigiena, ota-ona hamkorligi,o‘qitish metodlari
Hozirgi davrda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar
jarayonida tizimni zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish, xususan,
maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni singdirish, bolalarda
hayot xavfsizligi tushunchalarini shakllantirishning metodik imkoniyatlarini
aniqlashtirish, bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon modelini maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning o‘zaro
hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirish hamda ustuvor tamoyillar
asosida ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mana shu sharoitda
bugungi kun ta’lim jarayonida maktabgacha yosh (6-7 yosh) bolalarning hayot
xavfsizligi qoidalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik qarashlar,
nazariy yondashuvlar asosida guruhlar kesimida tizimli o‘qitishning metodik
ta’minoti ilmiy – nazariy jihatdan boyitilgani, ta’lim muhitiga mos tanlangan
yondashuvlarni tadqiq etish va uning ahamiyatini ilmiy asoslashi zaruriy shart
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, bolalarga hayot xavfsizligi qoidalarini
o‘rgatishni samarali amalga oshirishda bolalarga nazariy bilim berishdan ko‘ra
amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun innovatsion o‘qitish metodlarini joriy
etish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilari uchun “Hayotiy
faoliyat xavfsizligi” mavzusiga bag‘ishlangan yorqin rangli, suratli kitoblar,
ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqilishi lozimligi hamda “har bir maktabgacha
ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar
va oliy ta’lim muassasalarida fuqaro muhofazasi xonalari va burchaklarini
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
22
tashkil etish va ularni zamon talablari asosida tegishli o‘quv metodik
qo‘llanmalar va vositalar bilan boyitish” choralariga alohida e’tibor berish
masalalari belgilangan.
Bolalarning oilada, ko‘chada turli noxush xolatlarga tushib qolmasliklari,
ularda o‘z-o‘zini muhofaza qilish qobiliyatini shakllantirish maqsadida
bog‘chalarda maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun Fuqaro muhofazasi
instituti xodimlari tomonidan “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” parsial o‘quv dasturi
ishlab chiqildi. Ushbu dastur maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida
hayot xavfsizligi asoslariga oid dastlabki tushunchalarni singdirish maqsadida
yaratildi.
Dasturning vazifalari quyidagilardan iborat:
bolalarni tevarak atrof, tabiat xodisalari bilan tanishtirish, tabiiy ofat va
xavf-xatarlar to‘g‘risida tushuncha berish;
tabiiy ofatlarning zararli oqibatlariga ongli ravishda munosabatda bo‘lishga
tayyorlash;
bolalarning o‘z harakatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarni idrok etishga
o‘rgatish;
bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash, tafakkurini
rivojlantirish, o‘zini fikrini mustaqil va erkin ifodalash qobiliyatini shakllantirish
va h.k.
O‘quv parsial dasturidan joy olgan mavzulardan bolalar quyidagi bilim,
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar: xavfli xolatlarning farqlay olish;
begonalardan oila a’zolarini farqlay olish; issiq, qaynoq buyumlarni boshqa
buyumlardan ajrata olish; transportlardan to‘g‘ri foydalanish va yo‘l qoidalariga
rioya etish; shaxsiy – gigiena qoidalariga amal qilish; zilzila vaqtida to‘g‘ri
harakat qilish; yong‘indan saqlanish usullarini bilish; sel, suv toshqinlarida
to‘g‘ri harakat qilish va h.k.
O‘quv parsial dasturini amaliyotga tadbiq etish uchun kompyuter,
videolavhalar, videoroliklardan, amaliy usullardan viktorina, test savollaridan,
badiiy adabiyotlardan, didaktik o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Pedagoglar bilan olib boriladigan ishlar:
-O‘zini muhofaza qilish bo‘yicha jismoniy tarbiya instruktori rahbarligida
bir oyda bir marotaba shug‘ullanish;
- “Sog‘lig‘ingizni qanday mustahkamlash mumkin?”, “Hayot bu harakat
demakdir” mavzularida maslahatlar uyushtirish;
- Zaharlanish, jarohat olganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazish;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
23
- “Muloqotga kirishish madaniyati” mavzusida psixologning maslahatidan
foydalanish.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar
-
So‘rovnomalar o‘tkazish;
-
Ko‘rgazmali ma’lumotlardan foydalanish.
1- hafta
.
“ Bola yolg‘iz ko‘chada”.
Dushanba.
“Notanish odam uyga kelganda”.
Bola uyda yolg‘iz qolganda begona kishi eshikni taqillatsa, bola o‘zini
qanday tutishi to‘g‘risida tushuncha berish. “Notanish odam uyga kelganda”
mavzusida turli muammoli vaziyatlarni bolalar bilan hal qilish. Bolalar bilan
“Men va notanish kishilar” mavzusida turli treninglar o‘tkazish.
Seshanba.
«Begonalar bilan muloqotning salbiy tomonlari».
Notanish odamlar bilan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish turli xavfli
vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida tushuntirish. Notanish
odamlar bilan noto‘g‘ri munosabatda xavfli vaziyatga tushmaslik choralari
haqida tushuncha hosil qilish. Notanish odamlar bilan muomala qilish qonun-
qoidalarini mustahkamlash uchun bolalarga oldindan tayyorlangan
sahnalashtirilgan o‘yinlarni taklif etish, bolaning turli vaziyatlardan mustaqil
chiqib keta olishiga sharoit yaratish.
Chorshanba.
«Havo, suv va yer usti transporti».
Bolalarga turli yer usti transportlari bilan tanishtirish hamda transportda
yurish qoidalari tasvirlangan vaziyatlarning rasmlarini ko‘rsatish, o‘zlari va
tanishlari bilan sodir bo‘lgan voqealarni so‘zlab berish. Transport ko‘p bo‘lgan
joyda havoni zaharlanishi, oqibatida insonlar turli kasalliklar bilan kasallanishi
to‘g‘risida tushuncha berish.
Payshanba.
«Ko‘cha harakati qoidalari».
Bolalarga ko‘chani qanday qilib kesib o‘tishni tushuntirish, svetofor,
piyodalar o‘tish “zebra” yo‘lagi nima, undan nima uchun va qaerda foydalanish
kerakligini tushuntirish, uning tasviri, belgilari bilan tanishtirish. Svetoforda
yongan chiroqlarga qarab harakat qilishga o‘rgatish.
Juma.
«Yo‘l belgilari nima uchun kerak».
Maktabgacha yoshdagi bolalarni haydovchilar va yo‘lovchilar uchun
belgilangan yo‘l belgilari bilan tanishtirib borish. Ularni:
- Ogohlantiruvchi belgilar;
-
Taqiqlovchi belgilar;
-
Ko‘rgazmali belgilar bilan tanishtirish.
2-hafta “ Bola va tabiat”.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
24
Dushanba.
“Hasharotlar”.
Bolalarga hasharotlar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish to‘g‘risida
tushuncha berish.(Masalan, ari, chayon, qora qurt va h.k ularga qo‘l bilan tegish,
qo‘lga olish mumkin emasligini aytish. Ayniqsa, qishloq sharoitida juda
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligi to‘g‘risida tushuncha
berish.
Seshanba
“Zilzila”.
Bolalarni yer qimirlash va uning belgilari bilan tanishtirish, yer
qimirlaganda bolalar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida tushuncha
berish. Yer qimirlagan vaqtda berkinish mumkin bo‘lgan xavfsiz joylar bilan
tanishtirish.
Chorshanba
“Suv toshqini”.
Bolalarga sel va ko‘chkilar haqida tushuncha berish. Sel va ko‘chki vaqtida
o‘z hayotlarini saqlash uchun xavf-xatarsiz joy bilan tanishtirish. Sel va ko‘chki
vaqtida olgan jarohatlarga ko‘rsatiladigan birinchi yordam elementlari bilan
tanishtirish.
Payshanba
“Zaharli o‘simliklar”.
Bolalarga yo‘l chetlarida, dalalarda, uy atroflarida o‘sadigan o‘simliklar
zaharli bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tushuncha berish. Bu o‘simliklarning 1-2
vakili bilan tanishtirish. Bolalarda hamma narsani bilib-bilmay iste’mol qilish
mumkin emasligi, zararli odatlardan saqlanish lozimligi to‘g‘risidagi tasavvurini
kengaytirish.
Juma
“Uy hayvonlari bizning do‘stimiz”.
Bolalarga hayvonlar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish to‘g‘risida
tushuncha berish.(Masalan, ko‘chada qarovsiz qolgan kuchuk va mushuklarni
boqish mumkin emasligi, shuningdek, ularga qo‘l bilan tegish, qo‘lga olish
mumkin emasligini aytish .Ular bilan o‘ynaganda ehtiyot bo‘lish kerakligini
tushuntirish) Ayniqsa, qishloq sharoitida juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘lishlari kerakligi to‘g‘risida tushuncha berish. Bu hayvonlarning jahlini
chiqarmaslik, ularni qiynash mumkin emasligi to‘g‘risida tushuncha berish.
3- hafta «Bola yolg‘iz uyda».
Dushanba
“Tez yordam”.
Bolalarni jarohat olganida o‘zini qanday tutish kerakligiga o‘rgatish,
barmoq kesilganida qo‘lni tepaga baland ko‘tarish va yordam uchun kattalarga
murojaat qilish kerakligini aytib o‘tish va tushuntirish. Bolaning o‘ziga mustaqil
ravishda birinchi yordam ko‘rsata olishiga odatlantirish, bosh oftobda aylanib
ketsa darrov o‘tirib olish va soyada biroz dam olish yoki kattalarni chaqirish
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
25
lozimligini uqdirish. Agarda yuz sovuqda muzlab qolsa yuzni sharf, qo‘lqop
bilan isitish lozimligini aytish, oyoq muzlab qolsa bir oz yugurish, sakrash,
barmoqlarni biroz ishlatish lozimligi haqida ma’lumot berish, oyoq xo‘l bo‘lsa
darrov xo‘l kiyimni quruq kiyimga almashtirish, xo‘l paypoq va oyoq kiyimda
yurmaslik kerakligi haqida aytib o‘tish.
Seshanba
“O‘t o‘chirish yordami”.
Yong‘in chiqqan vaqtda “101” telefon raqamiga telefon qilish lozimligini
uqtirish. O‘t o‘chirish xodimlar yetib kelgunga qadar zudlik yonayotgan joyni
qalin mato bilan yopish, agar alanga avjiga chiqayotgan bo‘lsa, paxtali matoni
sovuq suvda namlab, burunni berkitgan holda zudlik bilan xonani tark etish
kerakligi o‘qtirish.
Chorshanba
“Yong‘in”.
Bolalarga yong‘in bu katta ofat ekanligini tushuntirish. Yong‘inning kelib
chiqish sabablari va oldini olish yo‘llari haqida tushuncha berish. Yong‘in
o‘chiruvchilarning xavfli mehnatlari bilan tanishtirish, ularga nisbatan
muhabbat uyg‘otish. Olovning zararli va foydali tomonlarini tushuntirish.
Kuyish jarayonida beriladigan birinchi yordam elementlari bilan tanishtirish.
Yong‘in chiqaruvchi narsalar bilan tanishtirishda davom etish. Yong‘indan havfli
buyumlar yaqinida gugurt o‘ynash mumkin emasligi tushuntirish.
Payshanba
«Xavfli buyumlar dunyosi».
Bolalarga mehnat turlari haqida tushuncha berish. Inson mehnati va bu
jarayonda ishlatiladigan ish qurollari haqidagi fikrlarini kengaytirish. Mehnat
qilish vaqtida ish qurollari bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi
tushunchalarni berish. Tabiatda mehnat qilish jarayonida ularni bolta, bolg‘a,
arra, randa, mix,tesha, kabi ish qurollari bilan tanishtirish. Ish qurollari bilan
ishlatayotib behosdan jarohat olinganda beriladigan birinchi yordam ko‘rsatish
usullari bilan tanishtirish. Xonadondagi tig‘li buyumlardan foydalanishdagi
xavfsizlik qoidalari.
Juma
«Elektr asboblar».
Bola har qanday vaziyatda ham mustaqil ravishda gugurt ishlatishda, gaz
plitasini yoqishi, elektr jihozlaridan foydalanishi mumkin emasligini
tushuntirish. Tushuntirish davomida turli badiiy adabiyotlar, o‘yinlardan
misollar keltirish. Guruhga mansub narsalardan foydalanishlari uchun kerakli
malakalarni egallashlari borasida ular yoshiga qarab maxsus ta’limiy
mashg‘ulotlardan foydalanish.
4-hafta “Bolaning sog‘lig‘i va ijobiy hissiyotlari”.
Dushanba
“Biz nimani iste’mol qilishimiz kerak”.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
26
Har bir bola diyorimizda o‘sadigan meva sabzavotlar vitaminlarga boyligi,
uni iste’mol qilganda bola sog‘lom o‘sishi, rivojlanishiga yordam berishini,
kechki ovqatdan keyin sayrga chiqishi, uxlashdan oldin to‘yib ovqat yeb
bo‘lmaslini, zarurat tug‘ilganda olma, sut iste’mol qilishi lozimligini tushuntirish.
Seshanba
“Kasal bo‘lmaslik uchun”.
Bolalarni o‘z tana a’zolariga quloq solishga o‘rgatish va shu orqali tana
a’zolarining to‘g‘ri ishlashiga yordam berish, tana a’zolari tomonidan berilgan
signallarga (eyishni xohlayman, uxlashni xohlayman, sayr qilishni xohlayman
kabi)javob berishga odatlantirish.
Chorshanba
“Vitaminli oila”.
Bolalarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun kasalliklarning
oldini olishning ahamiyati haqida ma’lumot berish, chiniqishning turli usullari,
nafas olish mashqlari, havo va quyosh vannalari haqida gapirib berish.
Vitaminga boy meva va sabzavotlar to‘g‘risida tushuncha berish.
Payshanba
“Cho‘milish qoidalarini o‘rganamiz”.
Suv hayot manbai ekanligini, undan oqilona foydalanishni. Suv havzalariga
borganda ehtiyotkorlik bilan yondashmasa turli noxush hodisalar yuz berishini,
taqiqlangan joylarga cho‘milmaslikni, uzoq vaqt mobaynida suvda qolib
ketmaslikni bolaning ongiga singdirish.
Juma
“Salomatlik kuni”.
Tana a’zolarining tuzilishi va uning faoliyati to‘g‘risida gapirib berish, tana
a’zolari tuzilishining murakkabligi va mo‘rtligini ko‘rsatish, shuningdek o‘z tana
a’zolariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerakligi haqida
tushuntirish, tanani parvarish qilishga o‘rgatish. Bolalarda shaxsiy gigiena
malakalarini shakllantirib borish.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» parsial dasturi
maktabgacha yoshdagi bolalarning aqlini o‘stirish, bilim doirasini kengaytirish,
zukkolikka, noxush hodisa va turli vaziyatlarda o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri
boshqarish, bolalarni mustaqil, erkin, hushyor, ziyrak etib tarbiyalashga ko‘mak
beradi va jabrlanuvchi bolalar sonini kamaytirishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullayeva G.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarni favqulodda vaziyatlardan
muhofazalanishga tayyorlashda psixologik tayyorgarlikning roli Namangan
davlat universiteti // “Hayot faoliyati xavfsizligi” va “Texnologik ta’lim”
bakalavriat yo‘nalishlarida texnik fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari
Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani to‘plami 2021 yil. 184-187 betlar.
2. Abdullayeva G.A. Favqulodda vaziyat ta’sirida o‘tkir qayg‘uni boshdan
kechirishda bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish xususiyatlari //
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
27
Fuqaro muhofazasi instituti “Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning dolzarb
muammolari va sohada innovatsion texnologiyalarning o‘rni” respublika ilmiy-
amaliy seminar to‘plami 2021 yil 35-43 betlar.