ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
28
Samarkand State Institute of Foreign Languages
XALQ OGʻZAKI IJODINI RIVOJLANTIRISHDA TIL VA MADANIYATNING
AHAMIYAT
T.K.Mardiyev
SamISI dotsenti
Annotasiya:
Ushbu maqolada til va madaniyatning uzviy bogʻliqligi toʻgʻrisida biroz
fikrlar bayon etiladi. Chunonchi, til – har qanday fiziologik belgi sistemasi, bu sistema inson
faoliyati jarayonida bilish va kommunikativ (aloqa) funksiyalarni bajaradi. Til tabiiy ham, sun'iy
ham boʻlishi mumkin. Tabiiy til deganda fikrlarni ifodalash formasi va kishilar oʻrtasida aloqa
vositasi boʻlib xizmat qiladigan kundalik hayotdagi til tushuniladi. Sun'iy til – kishilar
tomonidan tor ehtiyojlar uchun yaratilgan tildir.
Kalit soʻzlar:
Til, milliy, tafakkur, kommunikativ, tabiiy til, sun'iy til, madaniyat, ong,
xalq, mentalitet.
Аннотация:
В данной статье представлены некоторые мысли о взаимозависимости
языка и культуры. Например, язык – это любая физиологическая знаковая система,
выполняющая познавательные и коммуникативные (коммуникативные) функции в
процессе деятельности человека. Язык может быть как естественным, так и
искусственным. Естественный язык понимается как форма выражения мыслей и язык в
повседневной жизни, служащий средством общения между людьми. Искусственный язык
— это язык, созданный человеком для узких нужд.
Ключевые
слова:
Язык,
национальное,
мышление,
коммуникативное,
естественный язык, искусственный язык, культура, сознание, народ, менталитет.
Abstract:
This article presents some thoughts on the interdependence of language and
culture. For example, language is any physiological sign system that performs cognitive and
communicative (communicative) functions in the process of human activity. Language can be
both natural and artificial. Natural language is understood as a form of expression of thoughts
and language in everyday life, serving as a means of communication between people. Artificial
language is a language created by man for narrow needs.
Key words:
Language, national, thinking, communicative, natural language, artificial
language, culture, consciousness, people, mentality.
Ma'lumki, barcha xalqlarda til milliy his-tuygʻu va ong bilan uzviy bogʻlangan. Insonning
oʻz ona tiliga yaqinlik tuygʻusi har bir tilda obrazli tafakkurning takrorlanmas assosiasiyalarining
mavjudligi bilan tushuntiriladi. Ular har bir soʻzning oʻziga xos semantik toʻliqligicha madaniy
mazmunga ega boʻlib, til tizimida mustahkamlanadi va uning milliy oʻziga xosligini tashkil etadi.
Zero, tilsiz etnos (xalq) ham, madaniyat ham boʻlmaydi. Chunki insonning insoniyligi,
madaniyligi til orqali aks etadi yoki yuzaga chiqadi. Falsafa lugʻatida til haqida shunday yaxshi
ta'rif berilgan[5,483]. Chunonchi, til – har qanday fiziologik belgi sistemasi, bu sistema inson
faoliyati jarayonida bilish va kommunikativ (aloqa) funksiyalarni bajaradi. Til tabiiy ham, sun'iy
ham boʻlishi mumkin. Tabiiy til deganda fikrlarni ifodalash formasi va kishilar oʻrtasida aloqa
vositasi boʻlib xizmat qiladigan kundalik hayotdagi til tushuniladi. Sun'iy til – kishilar
tomonidan tor ehtiyojlar uchun yaratilgan tildir. Til ijtimoiy hodisa hamdir. U ijtimoiy
rivojlanish jarayonida paydo boʻladi va alohida har bir odamning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
vositadan iboratdir. Til ayni vaqtda ongning shakllanishida muhim oʻrin tutadi. Til qobigʻidan
tashqari ong mavjud boʻlmaydi. Oʻz fizik tabiatiga koʻra oʻzi bildiradigan narsaga nisbatan
shartli boʻlgan til belgisi, shunday boʻlishiga qaramay, pirovard natijada real voqelikni bilish
jarayoni bilan bogʻliqdir. Til jamgʻarilgan bilimlarni qayd etish, qayta ishlash va saqlash hamda
ularni avloddan-avlodga etkazish vositasidir.
“Jamiyatning tilga, tilning esa oʻz navbatida jamiyatga ta'sir qilishi” [1,70] haqidagi
tezisdan kelib chiqilsa, mentalitet tilga, til esa mentalitetga ta'sir qilishini nazarda tutish lozim.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
29
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Bunday chigal holatni, mentalitetni ta'riflashga urinishlarda ham kuzatish mumkin. Mentalitet
tadqiqotiga bagʻishlangan adabiyotlarda ushbu tushunchaga koʻplab ta'riflar berib oʻtilgan.
Ulardan quyidagi ta'rifga toʻxtalish mumkin: “Mentalitet tarixan shakllangan, nisbatan barqaror
va oʻziga xos jamoaviy dunyoqarashlar majmuasi boʻlib, u kishilarning til va har xil
xarakterlarida beixtiyor namoyon boʻladi” [2,21]. Bunday ta'riflarda til
xarakterning
shakllaridan biri deb qaralsa, ikkinchidan tilni xarakter, xulq bilan bir qatorga qoʻyib alohida
ta'kidlab, ajratib koʻrsatiladi. Ushbu ta'rifning oʻzidayoq mentalitet va til oʻrtasidagi munosabat
mavjudligini koʻrsatuvchi bir qancha holatlarni kuzatish mumkin. Shunga koʻra mentalitetning
asosiy tarkibida: bir tomondan dunyoqarash, ikkinchi tomondan dunyoqarashdan kelib
chiqadigan til xarakteri aks etadi. Konseptning lisoniy moddiylashuv jarayoni yana bir muhim
mental bosqichni bosib oʻtishidir.
Voqelikning tafakkurdagi umumlashgan in'ikosi – obrazning mantiqiy “qayta ishlanish”
natijasida hosil boʻlgan konsept lisoniy “libos”ga ega boʻlishidan oldin ushbu “libos”ning
tasavvurdagi aksi – modeli yuzaga keladi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo boʻlgan zahotiyoq uni
amalga oshirish uslubi izlanadi. Reja hamda “soʻzsiz” model nolisoniy yoki “botiniy nutq”
jarayonida yuzaga keladi. Botiniy nutqning yuzaga kelish muammosi bilan shugʻullangan
psixolog va psixolingvistlar ushbu hodisani turlicha talqin qilib kelishmoqda, ulardan ayrimlari
botiniy nutqni oddiygina qilib, oʻz-oʻziga gapirish bilan tenglashtirsalar, boshqalari uni alohida
tashqi (zohiriy) nutqdan butunlay farq qiluvchi hodisa sifatida ta'riflaydilar [2,24]. Umuman
mental tuzilma konseptining lisoniy belgiga oʻtish jarayoni qanday kechish masalasi bahsli
mavzudir.
Manbalarda xalqning mentaliteti va an'analarini, madaniyatini ifodalovchi tilning xizmat
doirasi turlicha ta'riflanadi. Masalan, oʻzbek xalqi maqollari va hikmatlarida quyidagicha
iboralarni uchratish mumkin.
a). Til – milliy madaniyat oynasi, uni saqlovchi xazina. Bu iborada leksik boylik,
grammatik birliklar, idiomatik soʻzlar, maqollar, umuman, folklor, badiiy va ilmiy adabiyotning
boyliklari nazarda tutiladi.
b). Til – qudratli ijtimoiy - siyosiy qurol, ya'ni til orqali ijtimoiy, siyosiy, madaniy
qarashlar uzoq vaqt saqlanadi va u orqali inson, millat shakllanadi. Xalq tili hamisha milliy ruh
bilan chambarchas bogʻlangan [5,184].
Jumladan, Sh.Abdurazzoqovaning “Tafakkur gulshani” nomli asarida buyuk bobomiz Alisher
Navoiyning til va soʻz insoniylikning asosiy belgisi ekanligi haqida aytgan quyidagi misralari
keltiriladi: Chunonchi,
Soʻzdurki, nishon berur oʻlukka jondin,
Soʻzdurki, berur jongʻa xabar jonondin,
Insonni soʻz ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yoʻq ondin [3,165].
Albatta til xalq ogʻzaki ijodini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
inglizlarda tilga nisbatan shunday fikrlar mavjud. Chunonchi, til tafakkur libosi, til aql bezagi.
“Language is the dress of thought”. Shuningdek,“Webster” izohli lugʻatida tilni san'at darajasiga
qiyoslab shunday fikrlar beriladi. “Language art is the group of subjects taught in elementary and
secondary schools for improving oral and written communication”. Chunonchi, til san'at, oddiy
qilib aytganda ma'lum bir mavzu yoki voqelikni ogʻzaki yoki yozma tarzda bayon etishdir
[4,759].
Darvoqe, til madaniyat yoki madaniy boylikni kelgusi avlodlarga etkazuvchi nihoyatda
muhim va qudratli kuchga ega boʻlgan vositadir. Zero, hozirgi zamon fanida til va
madaniyatning oʻzaro munosabatiga alohida e'tibor beriladi. Til insonning eng yuksak darajadagi
mulkidir. U insonning, etnos (xalq)ning xarakterini yorqin ifodalaydi, dunyo madaniyati bilan
aloqasini belgilaydi. Bunda biz insonni u yashayotgan va har xil xarakterda boʻlgan jamiyat
orqali bilsak, uning soʻzlashayotgan tiliga qarab qaysi millatga xosligi va madaniyati darajasi
haqida fikr yuritish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Umuman inson tili xalq, millat tafakkurining
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
30
Samarkand State Institute of Foreign Languages
oynasidir va har bir millatning aqliy tuzilishi oʻz tilida stereotip (andoza) sifatida shakllangan
boʻladi. Buni biz yuqorida qayd etgan manbalarda aytilgan fikrlar orqali tasdiqlashimiz mumkin.
Xullas, hozirgi kunda ilmiy bilishning lingvistik paradigmasida yetakchilik qiluvchi
farazlar shuni tasdiqlaydiki, har bir til atrofimizni oʻrab turgan olamni konseptlashtirishning
ma'lum bir usulini namoyon etadi. Bunda tilning ma'no anglatuvchi birliklari ma'lum “qarashlar
tizimini, oʻziga xos jamoa (kollektiv) falsafasini yaratadi.
ADABIYOTLAR
1. Воркачев С.Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление
антропоцентрической парадигмы в языкознании // Филологические науки 2001. № 1.
2. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: Сангзор, 2006.-91б.
3. Абдуроззоқова Ш. Тафаккур гулшани. –Т.: Ғафур Ғулом, 1989.-462 б.
4. Webster’s – Webster’s New World Dictionary of American English, third college edition:
Simant Schuster, Inc., 1988.- 1574 p.
5. Ғофуров З. Фалсафа луғати. – Т.: Ўзбекистон, 1976.- 640 б.
6. Холиков, Б. (2018). Детектив романларда воқеликнинг бадиий талқинини тизимли
моделлаштириш (Марио Пьюзонинг «Чўқинтирган ота»(«The godfather») ва Тоҳир
Маликнинг «Шайтанат» асарлари мисолида). Фалсафа доктори илмий даражасини олиш
учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фалсафа доктори илмий
даражасини олиш учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фaл. фанл.
докт.(PhD) дисс.
7. Khayrullaev, K. Z. (2001). The relation of word, word composition and sentence to the
predicativeness. Abstract of candidate dissertation.–Tashkent.
8. Хайруллаев, Х. (2002). Предикативлик ҳодисаси ва унинг ифода объектлари.
9. Хайруллаев, Х. (2009). О лингвистической природе уровней языка и речи. Вопросы
филологических наук, (2), 78-79.
10. Турниёзов, Н., Турниёзова, К., & Хайруллаев, Х. (2009). Структур синтаксис асослари.
11. Хайруллаев, Х. З. (2001). Сўз, сўз бирикмаси ва гапнинг предикативликка
муносабати. Номзод. дис автореферати. Тошкент.
12. Turniyozov, N., Turniyozova, K., & Xayrullayev, X. (2009). Struktur sintaksis
asoslari. Samarqand: SamDCHTI.
