Gap tahlilida noana’naviy yondashuvning ahamiyati

Abstract

Ushbu maqola gap tahlilida noana’naviy yondashuvlarning ahamiyati deb nomlanib, gap tarkibida ishtirok etayotgan lingvistik birliklarni tahlil qilishda noana’naviy yondashuvlarning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga qaratilgan. Jumladan, gap tarkibidagi birliklarning kategorial va nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilari haqida fikr yuritiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2025
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
CC BY f
90-92
164

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tuychiev, S. (2025). Gap tahlilida noana’naviy yondashuvning ahamiyati. Dialogue, Integration of Sciences and Cultures in the Process of Scientific and Professional Education, 1(1), 90–92. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81236
Sokhibjon Tuychiev, Samarkand state institute of foreing languages
teacher
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola gap tahlilida noana’naviy yondashuvlarning ahamiyati deb nomlanib, gap tarkibida ishtirok etayotgan lingvistik birliklarni tahlil qilishda noana’naviy yondashuvlarning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga qaratilgan. Jumladan, gap tarkibidagi birliklarning kategorial va nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilari haqida fikr yuritiladi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

90

Samarkand State Institute of Foreign Languages

GAP TAHLILIDA NOANA’NAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI

Tuychiyev Soxibjon Erkinovich

SamDCHTI o‘qituvchisi

sohibjontuychiev1982@gmail.com

+998885350016

Annotatsiya.

Ushbu maqola gap tahlilida noana’naviy yondashuvlarning ahamiyati deb

nomlanib, gap tarkibida ishtirok etayotgan lingvistik birliklarni tahlil qilishda noana’naviy

yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga qaratilgan. Jumladan, gap

tarkibidagi birliklarning kategorial va nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilari

haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

lingvistik birlik, noana’naviy yondashuv, tahlil metodi, kategorial va

nokategorial belgilar, differensial sintaktik-semantik belgilar, tashqi va ichki qurilma, sintaksema,

protsessuallik, kvalifikativlik, va substansiallik.

Zamonaviy jahon tilshunosligida gap tarkibini tahlil qilishda turli lingvistik tahlil

usullaridan keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan birga, tilshunos olim N. Chomskiy tomonidan

yaratilgan “Transformatsion grammatika” nazariyasi asosida gapning tashqi va ichki qurilmasi

tushunchalari paydo bo‘lganligi bois, bu sohada ham o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar ochildi.

N.Chomskiyning fikriga ko‘ra, muayyan gapning boshlang‘ich shakli tashqi (surface structure),

transformatsiya qilish natijasida paydo bo‘lgan hosila gapning ichki (deep structure) qurilmasi

hisoblanadi, har qanday til sintaksisini bilish gap ichki qurilmasini tashkil qiluvchi birikmalar

to‘plami qoidalarini bilishni o‘z ichiga oladi, degan fikr olg‘a surilgan [8,178]. Biroq

A.M.Muxin tomonidan ishlab chiqilgan lingvistik metodlar yordamida gapning ichki qurilmasi

deganda, O‘.U.Usmonovning e’tirof etishicha, sintaksemalarga ajratib tahlil qilish, aniqlangan

komponentlarning differensial sintaktik-semantik belgilarini, ularning variantlarini hamda

sintaktik aloqalar asosida boshqa sintaksemalar bilan birika olish imkoniyatlarini aniqlash

nazarda tutiladi [5, 105-108; 6, 35-37].

Yuqorida keltirilgan fikrga asoslanib, mazkur kichik ilmiy tadqiqotimizda tillaridagi gap

qurilmasida ishtirok etayotgan birliklarni tahlil qilishda noana’naviy yondashuvlar haqida ayrim

mulohazalarga e’tibor qaratamiz. Tahlil jarayonida gap tarkibidagi komponentlar

sintaksemalarga bo‘linadi. Bunda, avvalo, kategorial differensial sintaktik-semantik belgilar

sifatida “protsessuallik,” “kvalifikativlik,” va “substansiallik” semalar aniqlanadi. Shuningdek,

mazkur semalar qamrab oladigan nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilar ham

aniqlab, ularning paradigmatik qatori ham ochib beriladi.

Sintaksemalarni aniqlash jarayonida tahlil qilinayotgan gapning o‘ziga xos

xususiyatlaridan tashqari, uning tarkibidagi kategorial va nokategorial differensial sintaktik-

semantik belgilarni boshqa gaplardagi sintaksemalar bilan taqqoslab o‘rganish muhim ahamiyat

kasb etadi. Bunda e’tiborga molik jihatlardan biri shundaki, gap tarkibidagi sintaktik birliklarni

komponentlarga bo‘lish va ularni sintaksemalarga ajratish jarayonida umumiy sintaktik aloqalar

asos qilib olinadi. Shuningdek, ushbu usul sintaktik tahlilning yaxlitligini ta’minlaydi va

sintaktik tuzilmalarni chuqurroq tushunishga imkon yaratadi.

Ma’lumki, “protsessuallik” atamasi protsess so‘zidan olingan bo‘lib, jarayon ma’nosini

ifodalab, u substansial va kvalifikativ belgilarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Protsessuallik

kategorial belgilardan biri hisoblanib, sintaktik sathda aksionallik (harakat), passivlik

(yo‘naltirilganlik) va stativlik (holat) kabi bir qancha nokategorial belgilarni ham o‘zida aks

ettiradi [1,78; 303-b., 3, 24].

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, protsessuallik sintaksemalarini ifodalovchi

unsurlarning leksik manbai, asosan, turli xil semantikaga ega bo‘lgan fe’llar, infinitiv, hozirgi va

o‘tgan zamon sifatdoshlar kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ayrim tilshunos olimlar holatni


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

91

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ifodalovchi fe’llarni harakatni ifodalovchi fe’llardan farqlash kerakligini taklif qilib, bu

xususiyatni, asosan, leksik birliklarning o‘timli yoki o‘timsiz bo‘lishi bilan bog‘laydilar [2, 123].

A.Xojiyevning ta’kidlashiga ko‘ra, o‘zbek tilida “...fe’l harakatni, holatni, ruhiy holatni,

biologik jarayonni ifodalaydi”[7, 4]. Demak, protsessuallik negizida fe’lning harakat yoki holatni

ifodalashi tan olingan, biroq harakat yoki holatni bir-biridan farqlash masalasi ilmiy

adabiyotlarda yetarlicha yoritilmaganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

J.Millerning ta’kidlashicha, ingliz tilidagi stativlikni ifodalovchi sintaktik unsurlarni

farqlashda uchta mezonga amal qilish lozim: a) holatni ifodalovchi fe’llar ko‘pgina sifatlar kabi

buyruq gaplarda qo‘llanilmaydi; b) holatni ifodalovchi fe’llar progressiv shakllarda ishlatilmaydi;

c) holatni ifodalovchi fe’llar tarzni ifodalaydigan ravishlar bilan birikmaydi [9, 433]. Ammo

bizning fikrimizcha, aksionallik va stativlikni ifodalovchi fe’llarni gap qurilmasidagi

distributsiyasi va boshqa sintaksemalar bilan birikish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda

farqlash mumkin.

Kvalifikativlik kategorial belgilardan biri sifatida sintaktik sathda muhim differensial

sintaktik-semantik xususiyatga egadir. Uning protsessuallik va substansiallikdan asosiy farqi

shundaki, kvalifikativlik substansiyaning yoki jarayonning umumiy tavsifini ifodalaydi. Bunday

tavsif kvalitativlik (sifat xususiyatlari), komparativlik (solishtirish xususiyatlari) va stativlik

(holatni) qamrab olishi mumkin. Gap qurilmasida kvalifikativlikning leksik manbai asosan

sifatlar, sifatlashgan elementlar, sonlar va otlar kabi leksik birliklardan tashkil topadi, bu esa

uning semantik va sintaktik rolini yanada kengroq ko‘rsatadi. F.Usmonovning fikriga ko‘ra,

ingliz tilida “kvalifikativlikni ifodalovchi unsurlar subordinativ aloqa asosida

rather, too

,

very,

so, how

o‘zbek tilida esa

juda, eng, o‘ta, ham

kabi til belgilari bilan birika oladi. Agarda

kvalifikativlik ot bilan ifodalangan bo‘lsa, u ko‘rsatish, egalik olmoshlari bilan bog‘lana

olmaydi”[4, 19]. Har uchala kategorial belgilarning ifodalanishi so‘z turkumlari bilan to‘g‘ridan-

to‘g‘ri bog‘lash to‘g‘ri emas, degan xulosaga kelish mumkin. Shu sababli, substansiallikni faqat

ot bilan cheklash maqsadga muvofiq emas, chunki substansiallik ot, olmosh, sifat, son, hatto

ravish orqali ham ifodalanishi mumkin. Ayniqsa, gap tarkibidagi elementlarni sintaksemalarga

ajratish jarayonida substansiallikning tillardagi turli so‘z turkumlari orqali ifodalanishiga alohida

ahamiyat beriladi. Bunda ular faqat nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilarga ko‘ra

o‘zaro farq qiladi, bu esa har bir tilning o‘ziga xosliklarini chuqurroq anglash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Ashurov Sh.S. Ingliz va o‘zbek tillarida kesim tipologiyasi. Filol.fan. nom. diss. –

Samarqand, 2007. – 154 b.

2.

Бархударов Л.С., Штелинг Д.А. Грамматика английкого языка: Учебник.

Изд. 7-е. – М.: Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2013. – 424 с.

3.

Тикоцкая К.Е. Структура предложений с каузативными глаголами в

современном английском языке. Автореф.дисс.канд. филол. наук. –Минск, 1975. –24с.

4.

Усманов Ф.М. Синтактико-семантическая сопоставления двусоставных

безглагольных предложений (на материале английского и узбекского языков)

//Дисс.канд.филол.наук. – Самарканд: 2012. – 149с.

5.

Usmonov O‘.U. Gap tahliliga yangicha yondashuv// Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman

(SamDCHTIning 10 yilligiga bag‘shlanadi). – Samarqand, 2004. – B.105-108.

6.

Usmonov O‘.U. Talabalarga sintaktik tahlilni o‘rgatishga doir ayrim mulohazalar//

Chet tili o‘qitish metodikasining asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. –

Samarqand, 2011 yil, 12-13 aprel, SamDCHTI nashri. – 2011. – B. 35-37.

7.

Hojiyev A. Fel. – Toshkent: Fan, 1973. – 192 b.

8.

Chomsky N. Deep structure, surface structure and Semantic interpretation // In

Steinberg and Jakobits. 1971. – P. 183-216.

9.

Miller J. Stative verbs in Russian. Foundation of language, 1970 vol. 6. N4.– P.488-

504.

References

Ashurov Sh.S. Ingliz va o'zbek tillarida kesim tipologiyasi. FiloLfan. nom. diss. -Samarqand, 2007. - 154 b.

Бархударов Л.С., Штелинг Д.А. Грамматика английкого языка: Учебник. Изд. 7-е. - М.: Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2013. - 424 с.

Тикоцкая К.Е. Структура предложений с каузативными глаголами в современном английском языке. Автореф.дисс.канд. филол. наук. -Минск, 1975. -24с.

Усманов Ф.М. Синтактико-семантическая сопоставления двусоставных безглагольных предложений (на материале английского и узбекского языков) //Дисс.канд.филол.наук. - Самарканд: 2012,- 149с.

Usmonov O‘.U. Gap tahliliga yangicha yondashuv// Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman (SamDCHTIning 10 yilligiga bag'shlanadi). - Samarqand, 2004. - B. 105-108.

Usmonov O‘.U. Talabalarga sintaktik tahlilni o‘rgatishga doir ayrim mulohazalar// Chet tili o'qitish metodikasining asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Samarqand, 2011 yil, 12-13 aprel, SamDCHTI nashri. - 2011. - B. 35-37.

Hojiyev A. Fel. -Toshkcnt: Fan, 1973. - 192 b.

Chomsky N. Deep structure, surface structure and Semantic interpretation // In Steinberg and Jakobits. 1971.-P. 183-216.

Miller J. Stativc verbs in Russian. Foundation of language, 1970 vol. 6. N4.- P.488-504.