ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
467
Samarkand State Institute of Foreign Languages
MAQOLLARNING PAREMIOLOGIK BIRLIK SIFATIDAGI O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Abduraximova Farida Komiljon qizi
SamDChTI, Ingliz tili tarixi
va grammatikasi kafedrasi o’qituvchisi
Nuriddinova Nafosat Bektosh Qizi
SamDChTI, Ingliz tili fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqollarning paremiologik
birlik (parema) sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, matal, masal va aforizmlar bilan o‘xshash va
farqli tomonlari ko‘rib chiqiladi.Maqollardagi mashhurlik, obrazlilik, didaktiklik, ixchamlik,
semantik-tarkibiy to‘liqlik, emotsionallik uch tilda misollar bilan yoritilgan. Maqolada
maqollarda qo‘llaniladigan stilistik vositalar haqida ham so‘z boradi.
Kalit so’zlar:
paremiologik birlik, xalqchillik, didaktik, tugallanganlik, obrazlilik,
aforizmlar, sinekdoxa, metafora, alliteratsiya, antiteza, jonlantirish, qiyoslash.
Maqollar – bu xalqning donoligini, millatning ruhini, uning madaniyatini ko’rsatadigan xalq
og’zaki ijodining gavharidir. Maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish
bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu “gavhar” nafaqat tilshunoslar, balki
boshqa turli soha vakillarini ham qiziqtirib qo’ygan desak xato qilmaymiz: etnograflar,
madaniyatshunoslar, folkloristlar, adabiyotshunoslar, psixologlar, faylasuflar va boshqalar.
Sanab o’tilgan sohalar, albatta, maqollarning turli jabhalarini tadqiq qiladilar. Biz esa quyida
o’zbek, ingliz va rus tili maqollarining paremiologiyadagi o’rni va o’ziga xos xususiyatlarini
tahlil qilsak.
Maqollar paremiologiya sohasi doirasida o’rganilib, paremiologik birlik – parema
hisoblanadi. “Paremiologiya – (yunoncha “paroimia” – masal, ramzli hikoya; “logos” – so’z, fan)
ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og’zaki shaklda ko’chib yuruvchi, ixcham, sodda, qisqa va
mazmundor mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo’lgan turg’un ibora, maqol va matal –
paremalarni o’rganuvcha fan” [1, 249].
Tabiiyki shunday savol tug’iladi: barcha tillarda ham maqollar paremalar sifatida bir xil
xususiyatlarga egami yoki turli tillarda, umuman, maqollar farq qiluvchi jihatlarga egami?
Quyida esa shu savollarga javob berish maqsadida maqollarning boshqa paremiologik
birliklardan ajratib turuvchi xususiyatlari to’g’risida to’xtalsak.
Ma’lumki, maqol deganda biz “(arabcha maqola, kichik asar, so’z, nutq degan ma’nolarini
anglatadi) hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand – nasihat mazmuniga
ega bo’lgan ixcham obrazli, tugal ma’noli ibora, gap” [1, 187] ni tushunamiz. Maqollarda avlod
– ajdodlarning jamiyat va tabiatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg’ulari,
ijobiy va salbiy fazilatlar haqidagi mulohazalari aks etishi tabiiy. Maqollar boshqa paremalar,
ya’ni matal, masal, aforizm va boshqalar bilan bir qatorda tursada, ulardan o’ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Maqollar – bu xalq tajribasi, uning nafasi, yig’isi, shodligi va sevinchi, qayg’usi va ovunchi,
bu xalq haqiqati, uni to’g’ri yo’lga eltuvchi mayoqdir. “Xalq asrlar mobaynida to’plagan hayotiy
tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Aynan, xalqchillik
maqolning ichki strukturasi, ya’ni ma’nosining yo’q bo’lib ketishi mumkin emasligini isbotlaydi.
Bu jihat maqollarni aforizmlardan farqlab turadi. “Aforizmlar – (yunoncha “aphorismos” –
hikmatli so’z) ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap; hikmatli so’zlar” [1,83].
Shuni ham aytib o’tish kerakki, aforizmlar ham maqollar singari biror narsa haqida bahs
yuritmaydi, balki inson ongiga ta’sir etadi. Aforizmlar, ta’rifdan ko’rinib turibdiki, maqollardan
aniq muallif tomonidan yaratilganligi bilan ajralib turadi.
Maqoldan kelib chiqayotgan ma’no har doim ham uni tashkil etayotgan so’zlarning
ma’nosidan kelib chiqmasligi mumkin, balki uning obrazliligi bilan bog’liqdir. Shunday ekan
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
468
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ularni bemalol majoziy va ko’chma ma’noga ega deb ayta olamiz. Misol uchun: Asli qora
oqarmas, oqarsada bo’zarmas ( ya’ni “qancha harakat qilinmasin yomon yaxshiga aylanib
qolmaydi”).bunday holatni biz ingliz va rus tiilarida ham kuzatishimiz mumkin:
Не в свои сани не садись (ya’ni “qo’lingdan kelmaydigan ishga kirishma”);
Every dog has its day (ya’ni “hali bizga ham omad kulib boqadi”).
Ularning hikmatli so’zlardan farqli jihati ham maqol ma’nosining ikki jihatga ega
ekanligidir. Aniqroq qilib aytganda, hikmatli so’zlar faqat o’z ma’nosida kelsa, maqollar esa ham
o’z ma’nosida, ham ko’chma ma’noda qo’llanila oladi. Fikr dalili sifatida quyidagi maqollarni
keltirish mumkin:
O’zbek tilida: Tog’ bo’risiz bo’lmas, to’qay arslonsiz.
Ingliz tilida: Don't cross the bridge until you come to it.
Rus tilida: Волков бояться – в лес не ходить.
Quyidagi maqollar esa faqat ko’chma ma’noga ega: O’zbek tilida: Ko’z yoshi toshni eritar
Ingliz tilida: If the mountain will not come to Mahomet, Mahomet must go to the mountain Rus
tilida: Всякий кулик свое болото хвалит.
Maqollar didaktik xususiyatga boydir. Ularning bu jihati pand – nasihat berish kabilarni o’z
ichiga olib, ijobiy ( ruxsat ) va salbiy ( ta’qiq )ma’nolariga ega bo’lishi mumkin:
a) O’zbek tilida: Qish g’amini yozda ye. Ingliz tilida: Beware of a silent dog and still water.
Rus tilida: Куй железо, пока горячою
b) O’zbek tilida: Tirikligida siylamasang, o’lganida yi’g’lama. Ingliz tilida: Never look the
gift horse in the mouth. Rus tilida: Не в свои сани не садись. Bu xususiyat maqollarga xos
bo’lib, topishmoq, tezaytish va frazeologik iboralarga begonadir.
Maqol – badiiy asardir hamda unda obrazlilik namoyon bo’ladi. Obrazlilikni yaratish uchun
esa quyidagilar muhim rol o’ynashini P.U.Bakirov o’z kitobida ta’kidlab o’tadi: 1) metafora:
Bahorning bir kuni qishni boqar; Omad o’z oyog’i bilan kelar; If wishes were horses, beggars
might ride; Fools rush in where angels fear to tread; Лес рубят – щепки летят; Плетью обуха
не перешибешь; 2) sinekdoxa: Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh; Qars ikki qo’ldan chiqar;
Don't bite the hand that feeds you; Two heads are better than one; Сытое брюхо к учению
глухо; Дурная голова ногам покоя не дает; 3) jonlantirish: Ot o’rnini toy bosar; Qush uyasida
ko’rganini qiladi; It is an ill bird that fouls its own nest; Curiosity killed the cat; Не смейся,
горох, не оскаливай зубов, намокнешь сам лопнишь; Без ветра дерево не шатается; 4)
o’xshatish: Aytilgan so’z – otilgan o’q; Bolamning bolasi – qandin o’rik donasi; Curses like
chickens come home to roost; Necessity is the mother of invention; Родина наша – солнце
краше; Жизнь – это море житейское; Lekin olim o’zining kitobida maqollarga xos yana bir
xususiyat – alliteratsiya haqida to’xtalmagan. Biroq bu jihatni aytib o’tmaslikning iloji yo’q,
nazarimizda: 5) alliteratsiya: Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar; Bolam – bolim, bolam
bolasi – jonim; There's many a slip between the cup and the lip; Don't trouble trouble until
trouble troubles you; Деньги делают деньги; Не в свои сани не садись.
Maqollar folklorning bir qismi bo’lsada, boshqa xalq og’zaki ijodi namunalaridan o’ziga xos
jihatlari bilan ajralib turadi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, demak, barcha
tillarda maqollar paremalar sifatida bir xil xususiyatlarga ega va “maqol – struktur-semamtik
tugallangan, qisqa va lo’nda, didaktik, qadimiy hamda xalqchil obrazli majoziy jumla, gap.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. O’zbek tilining izohli lug’ati (I,II va III jildlar). – T.: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 680 b.
2. Bakirov P.U. Milliy g’oya targ’ibotida o’zbek xalq maqollaridan foydalanish. – T.:
“Ma’naviyat”,2007. – 47 b.
3. Dal V.I. Пословицы русского народа. – М.: “Худож.лит.”, 1984. – 383 b.
4. O’zbek xalq maqollari . – T.: “Sharq”, 2012. – 512 b.
5. www.englishproverbs.com
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
469
Samarkand State Institute of Foreign Languages
6. Abduraximova F. Mentality and nationality in proverbs of English, Uzbek and Russian
languages //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С.
691-694.
7. qizi Abduraximova F. K. INGLIZ TILINI O ‘QITISHDA MAQOLLARNING ROLI
//SCHOLAR. – 2023. – Т. 1. – №. 12. – С. 123-127.
8. Umida K. et al. DEVELOPMENT STAGES OF THE CONCEPT TO
CONSTRUCTIVISM //
湖南大学学
报
(
自然科学版
). – 2022. – Т. 49. – №. 07.
9. qizi Abduraximova F. K. LINGVOKOGNITOLOGIYA: TIL VA TAFAKKUR //Results
of National Scientific Research International Journal. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 47-50.
10. qizi Abdurakhimova F. K. USAGE OF MULTIMEDIA IN ENGLISH TEACHING
//Results of National Scientific Research International Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 96-
101.
11. Abduraximova F. K. MODERN APPROACHES AND METHODS IN TEACHING
ENGLISH LANGUAGE //Экономика и социум. – 2022. – №. 1-1 (92). – С. 10-13.
