Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt va virtual muzeylar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarni ilmiy izlanishga yo‘naltirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sun’iy intellekt tizimlari inson tafakkur jarayonlarini taqlid qilish, yangi bilimlarni o4zlashtirish va interfaol ta’lim muhitini shakllantirishga yordam beradi. Virtual muzeylar esa tarixiy va madaniy obidalarni o‘rganish, mustaqil tadqiqot olib borish va o‘quv jarayonini qiziqarli qilish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt va virtual muzeylarning ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning afzalliklari va ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli tahlil etilgan.