Авторы

  • Махфуза Азимова
    Самаркандский государственный институт иностранных языков image/svg+xml

Биография автора

  • Махфуза Азимова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
    PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.discpspe.81326

Ключевые слова:

культура общения социально-психологическая задача деятельность педагога диалогическое общение сотрудничество

Аннотация

Bo‘lg‘usi ingliz tili kadrlarni shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini sifatida talabaning muloqot vaziyatida o‘zini o‘zi anglab yetishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, shuningdek, hayotiy tajriba asosida pedagog sifatida o‘zini rivojlantirishini ta’kidlab o‘tish mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida xorijiy til o‘qituvchisi yuqori darajadagi kasbiy madaniyatning sohibi boMishga da’vat qilinadi, buning uchun muhim va zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi, o‘zini tarbiyalash va shu qatorda o‘zini takomillashtirishi pedagog madaniyati hamda va pedagogik muloqotning ajralmas qismi hisoblanadi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

330

Samarkand State Institute of Foreign Languages

CHET TILINI O‘QITISHDA MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VAZIFASI

PhD.

Azimova Maxfuza Hasanovna

SamDCHTI

Annotatsiya.

Bo‘lg‘usi ingliz tili kadrlarni shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini sifatida

talabaning muloqot vaziyatida o‘zini o‘zi anglab yetishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, shuningdek,

hayotiy tajriba asosida pedagog sifatida o‘zini rivojlantirishini ta’kidlab o‘tish mumkin. Uzluksiz

ta’lim tizimida xorijiy til o‘qituvchisi yuqori darajadagi kasbiy madaniyatning sohibi bo‘lishga

da’vat qilinadi, buning uchun muhim va zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega

bo‘lishi, o‘zini tarbiyalash va shu qatorda o‘zini takomillashtirishi pedagog madaniyati hamda va

pedagogik muloqotning ajralmas qismi hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

muloqot madaniyati, ijtimoiy-psixologik vazifa, pedagog faoliyati,

dialogik muloqot, hamkorlik, pedagok faoliyati

Muloqot madaniyatini rivojlantirishning muhim omillariga pedagogning o‘quvchilar

bilan o‘zaro munosabati, ularning kasbiy va fan yuzasidan tayyorgarligi (nafaqat o‘z

mutaxassisligi balki pedagogika, metodika va psixologiya bo‘yicha bilim, ko‘nikma va

malakalarga ega ekanligi), dars beruvchining shaxsiy xislatlari, ilmiy salohiyati, kasbiy bilimi,

dunyoqarashi, qiziqishlari, intilishlari va shu bilan bir qatorda uning shaxsiy qobiliyatlari bilan

ham xarakterlanadi. Pedagog faoliyatining eng muhim xususiyatlari sifatida quyidagi

yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish lozim: a) o‘quv faoliyatiga; b) o‘qitish faoliyatini va natijasi

xususida; c) o‘rganish natijasi. Ushbu yo‘nalishlar o‘qituvchi shaxsining faoliyat uslubi va

muloqot usullarini aniqlab ko‘rsatadi. Shu sababli muloqot madaniyatini shakllantirish tizimida

ta’lim beruvchining shaxsiy fazilatlari va markaziy o‘rinda gavdalanishi asosiy o‘rinni egallaydi.

A.A. Lobanov ta’riflaganidek, “Talabalar bilan aloqada bo‘lgan o‘qituvchi nafaqat

bilimlarni uzatadi, balki o‘zining farovonligi, his-tuyg‘ulari, kayfiyati bilan ham bo‘lishadi”

[1;162]. Shunday ekan, pedagog shaxsi ta’lim oluvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, “o’zi

orqali” va “o’zidan” jamiyatga bo‘lgan qarashlarini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda, bo‘lajak

pedagog

xususiyatida

asosiy

sanalgan

insonparvarlik

madaniyati

muloqotni

insonparvarlashtirishning ajralmas bir qismi ekanligi, u boshqa insonni anglash xususiyatini

muntazam tarzda takomillashtirishni o‘zida mujassam etadi. Buning sababi shundaki, boshqa

insonni bilishdagi ijodkorlik faoliyati unda faol, ijobiy qiziqishni, o‘zgaruvchanlik fazilatini

namoyon bo‘lishini anglatadi.

Darhaqiqat, pedagogik faoliyatda bo‘lajak chet tili o‘qituvchilar muloqot madaniyatining

shakllanganligi muhim hisoblanadi va ta’lim beruvchiga va ta’lim oluvchining o‘zaro

munosabatlarini ya’ni ular orasidagi insoniy munosabatlarni ham o‘rgatish imkoniyatini

tug‘diradi, boshqa shaxslarning manfaatlari esa shaxsiy manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishga,

ularning holatini tahlil qilish va jamoada obyektiv baholashga undaydi. Muloqot orqali pedagog

va talabaning shaxsiy fazilatlari namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mazmunli va samarali muloqot,

talabaga individual yondashish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shaxssiz muloqot yuzsiz,

befarq odamlarni paydo qiladi hamda axloqiy nizolarni vujudga keltiradi. Ta’lim jarayonining

har qanday axboroti muloqotda individual yondashuv orqali yetkaziladi [2; 26].

V.Y.Laudis tomonidan ta’lim jarayonida hamkorlik qilish mohiyati o‘rganilgan.

Birgalikdagi faoliyat jarayonida pedagog hamda ularning shogirdlari o‘rtasidagi holat o‘zgarishi

mumkin, bu jarayon ularning faoliyatdagi maqsadlari va bir-biri bilan munosabatlarning

almashishida yaqqol ko‘rinadi. Birgalikdagi faoliyatning maqsadi – obyektiv faoliyatni, o‘zaro

ta’sir va aloqa aktlarini o‘zlashtirishni o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmini qurish va usullarini

bilishdir. Birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun o‘qituvchilar bilan talabalar

o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir (hamkorlik) tizimini shakllantirish, qarama-qarshi fikrlashlarning oldini

olishga yordam beradi. Xususan, birgalikda hamkorlikni olib borish ustozlik diktatidan voz


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

331

Samarkand State Institute of Foreign Languages

kechishni va boshqa turdagi munosabatlarni o‘rnatishni nazarda tutadi: muammolarni birgalikda

yechish, natijalarni birgalikda tahlil qilish, noto‘g‘ri hisob-kitoblarni birgalikda qidirish va tahlil

qilish va boshqalar, ya’ni bunda subyektlar o‘zaro ta’siri kuzatiladi [3;102]. Demak,

hamkorlikdagi faoliyat jarayonini chuqur tahlil qilish, uyushtiriladigan turli tadbirlar,

bayramlarni ta’lim va tarbiya unumdorligi va sifat darajasiga tadbiq qilmasdan, balki ijodiy

tarafdan muloqotni rivojlantirish, uning madaniyatini yuksaltirish bilan amalyotda foydalaniladi.

Pedagogik muloqot tushunchasini ko‘p funksiyali deyish mumkin. Buning sababi

shundaki, pedagogik faoliyat amaliyotida pedagog o‘zining ko‘plab kommunikativ vazifalarni

namoyon qiladi va amaliy darslarda talabalar bilan aloqa tizimini yaratadi. Muloqot

madaniyatining ijtimoiy-psixologik vazifasi sifatida axborot almashish, faoliyatni tashkil qilish,

shaxsni bilish, rol almashish, empatiya, o‘zini o‘zi tasdiqlash kabi xususiyatlar ifodalanadi.

Muloqot madaniyatining bu vazifalarini A.A.Bodalev [4;250] bir qancha bosqichlar shaklida

izohlagan (1.1-jadvalga qarang):

1.1-jadval.

1.1-jadval. Muloqot madaniyatining ijtimoiy-psixologik vazifalari

1

Bo‘lajak chet tili o‘qituvchisining auditoriyada muloqotni modellashtirish

bosqichi. Bu talabalarning xususiyatlarini, xarakterini, ularning kognitiv faolligi,

ehtimollik qiyinchiliklari va dinamikasini bilishni talab qiladi.

2

Dastlabki o‘zaro ta’sir (kommunikativ hujum) vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri

muloqotni tashkil etish bosqichi. Ushbu bosqich uchun sizga auditoriani tezda ishga jalb

qilish texnikasi kerak, o‘zingizni taqdim etish va dinamik ta‘sir qilish usullarini

o‘zlashtirishingiz kerak.

3

Pedagogik jarayonida muloqotni boshqarish bosqichi. Ushbu bosqichda

talabalarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, dialogik muloqotni tashkil qilish, o‘z

rejangizni real sharoitlarga moslashtirish.

4

Tajribada sinalgan aloqa tizimini o‘rganish va kelajakdagi faoliyat jarayoni uchun

yangi modellashtirish bosqichidir.

Yuqorida ko‘rsatilganidek, o‘qituvchi shaxsining muloqotni yangicha modellashtirish

faoliyatini turli bosqichlarda ta’lim oluvchilar bilan muloqotni ijodiy faoliyat shaklida tashkil

qilishi, ularning bilimdonligi, zukkoligi hamda tashabbuskorligini to‘laqonli ko‘rinishda

namoyon eta olishlari uchun ko‘maklashishi, o‘zini ijodiy faoliyatini ko‘rsata olishi o‘zini o‘zi

anglab yetish maqsadida sharoit yarata olishi muhimdir. Bundan tashqari,

N.Sh. Buranova

zamonaviy pedagogikaning maqsadini bolalarga o‘zlarining avtonom ichki dunyosini yaratishga

ko‘maklashish kerakligini, o‘z taqdirini o‘zi qurish jarayonini tavsiflovchi markaziy tizim

kontseptsiyasini tashkil etish deb hisoblaydi [5;35].

Bo‘lg‘usi ingliz tili kadrlarni shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini sifatida talabaning

muloqot vaziyatida o‘zini o‘zi anglab yetishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, shuningdek, hayotiy

tajriba asosida pedagog sifatida o‘zini rivojlantirishini ta’kidlab o‘tish mumkin. Uzluksiz ta’lim

tizimida xorijiy til o‘qituvchisi yuqori darajadagi kasbiy madaniyatning sohibi bo‘lishga da’vat

qilinadi, buning uchun muhim va zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi,

o‘zini tarbiyalash va shu qatorda o‘zini takomillashtirishi pedagog madaniyati hamda va

pedagogik muloqotning ajralmas qismi hisoblanadi. Kasbiy, shuningdek, ijtimoiy ehtiyojlarini

o‘qituvchi o‘zini anglab yetishda o‘z iste’dodlari va qobiliyatlarini ta’lim berish jarayonida

amalga oshiradi. O‘qituvchining muloqot madaniyatini shakllantirish kasbiy va shaxsiy o‘zini

o‘zi tushunish vositasi hisoblanib, pedagog madaniyatining asosiy tarkibiy qismi sifatida

muloqot madaniyati ta’kidlanadi. Muloqot orqali ta’lim oluvchi shaxslar ijodiy imkoniyatlarni,


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

332

Samarkand State Institute of Foreign Languages

o‘zini-o‘zi boshqara olish qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi muloqot madaniyatining mohiyati

hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Лобанов, А. А. Основы профессионально-педагогического общения : учеб, пособие

для студентов вузов / А. А. Лобанов. — М. : Академия, 2004. – 189 с.

2. Ильичева О.С., Поздняков В.С. Формирование нравственных убеждений учащихся

как педагогическая проблема. Поволжский педагогический вестник. 2014. № 1.– C. 26-31.

3. Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. Учебное пособие. - М.: Изд-во Уни-та

Рос.. Акад. Образования, 2000. – 128 с.

4. Бодалев, А.А. Психология общения / Избранные психологические труды. - 3-е изд. -

М. : Изд-во Московского психологического института; Воронеж : МОДЕК, 1996. –258с.

5.Буранова Н.Ш.. Игровые технологии на уроках внеклассного чтения в школе.

Ученый XXI века. 2022. – C. 96. № 1 (82). doi: 10.15350/24103586.2022.1.9

6. MB Fayzullayeva. ICT is the key of motivation in teaching FL. Oriental renaissance:

Innovative,

educational,

natural

and

social

sciences,

2021.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=9NS0PMkAAAAJ&c

itation_for_view=9NS0PMkAAAAJ:u5HHmVD_uO8C

7. Rakhmatova Madina Sobirovna. Features of Teaching English to Primary School

Children. Journal of Language Pedagogy and Innovative Applied Linguistics (JLPIAL). 2024.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=wUFDAHYAAAAJ

&citation_for_view=wUFDAHYAAAAJ:_FxGoFyzp5QC

9. Pardaeva, I. M. (2014). ON THE EXAMPLE OF THE ARTISTIC AND HISTORICAL

PROSE OF NAVOI IN TURKISH. The Way of Science, 73.

10. Mamayunusovna, P. I. (2021). BOBURNOMA. AS A HISTORICAL AND LITERARY

SOURCE. Thematics Journal of Social Sciences, 7(5).

11. Pardaeva, I. M. (2022). NAVOI AND THE WISDOM OF HISTORY. Science and

innovation, 1(Special Issue 2), 1-83.

12. Пардаева, И. М. (2024). ВЕЛИКИЕ ФИГУРЫ ДВУХ НАРОДОВ. THEORY AND

ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 3(26), 250-254.

Библиографические ссылки

Лобанов, А. А. Основы профессионально-педагогического общения : учеб, пособие для студентов вузов / А. А. Лобанов. — М. : Академия, 2004. - 189 с.

Ильичева О.С., Поздняков В.С. Формирование нравственных убеждений учащихся как педагогическая проблема. Поволжский педагогический вестник. 2014. № 1.-С. 26-31.

Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. Учебное пособие. - М.: Изд-во Уни-та Рос.. Акад. Образования, 2000. - 128 с.

Бодалев, А.А. Психология общения / Избранные психологические труды. - 3-е изд. -М. : Изд-во Московского психологического института; Воронеж : МОДЕК, 1996. -258с.

Буранова Н.Ш.. Игровые технологии на уроках внеклассного чтения в школе. Ученый XXI века. 2022. - С. 96. № 1 (82). doi: 10.15350/24103586.2022.1.9

MB Fayzullayeva. ICT is the key of motivation in teaching FL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2021. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=9NS0PMkAAAAJ&citation_for_view=9NS0PMkAAAAJ:u5HHmVD_uO8C

Rakhmatova Madina Sobirovna. Features of Teaching English to Primary School Children. Journal of Language Pedagogy and Innovative Applied Linguistics (JLP1AL). 2024. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=wUFDAHYAAAAJ&citation_for_view=wUFDAHYAAAAJ:_FxGoFyzp5QC

Pardaeva, I. M. (2014). ON THE EXAMPLE OF THE ARTISTIC AND HISTORICAL PROSE OF NAVOI IN TURKISH. The Way of Science, 73.

Mamayunusovna, P. 1. (2021). BOBURNOMA. AS A HISTORICAL AND LITERARY SOURCE. Thematics Journal of Social Sciences, 7(5).

Pardaeva, I. M. (2022). NAVOI AND THE WISDOM OF HISTORY. Science and innovation, 1 (Special Issue 2), 1-83.

Пардаева, И. M. (2024). ВЕЛИКИЕ ФИГУРЫ ДВУХ НАРОДОВ. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 3(26), 250-254.