Ingliz tilida bilvosita nomlashda kognitiv jarayonlar

Annotasiya

Ushbu maqolada ingliz tilida bilvosita nomlashning kognitiv jarayonlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bilvosita nomlash semantika, pragmatika va kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilib, uning metafora, metonimiya va idiomalar orqali qanday ifodalanishi misollar yordamida tushuntiriladi. Shuningdek, Grice tamoyillari, Sperber va Wilsonning relevans nazariyasi, Lakoff va Johnsonning metafora nazariyalari asosida bilvosita nomlashning ijtimoiy-madaniy hamda bilish jarayonlariga ta’siri o‘rganiladi. Maqolada chet tilini o‘rganuvchilar uchun bilvosita nomlashni tushunishdagi murakkabliklar tahlil qilinib, pragmatik va semantik jihatlar asosida yechimlar taklif etiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
488-490
55

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Beknazarova, I., Nabiyeva, L., & Sulaymanova, X. (2025). Ingliz tilida bilvosita nomlashda kognitiv jarayonlar. Ilmiy Va Professional ta’lim Jarayonida Muloqot, Fan Va Madaniyatlar Integratsiyasi, 1(1), 488–490. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81917
I Beknazarova, Samarqand davlat chet tillar instituti
O'qituvchi
L Nabiyeva, Samarqand davlat chet tillar instituti
SamDChTI talabasi
X Sulaymanova, Samarqand davlat chet tillar instituti
SamDChTI talabasi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada ingliz tilida bilvosita nomlashning kognitiv jarayonlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bilvosita nomlash semantika, pragmatika va kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilib, uning metafora, metonimiya va idiomalar orqali qanday ifodalanishi misollar yordamida tushuntiriladi. Shuningdek, Grice tamoyillari, Sperber va Wilsonning relevans nazariyasi, Lakoff va Johnsonning metafora nazariyalari asosida bilvosita nomlashning ijtimoiy-madaniy hamda bilish jarayonlariga ta’siri o‘rganiladi. Maqolada chet tilini o‘rganuvchilar uchun bilvosita nomlashni tushunishdagi murakkabliklar tahlil qilinib, pragmatik va semantik jihatlar asosida yechimlar taklif etiladi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

488

Samarkand State Institute of Foreign Languages

INGLIZ TILIDA BILVOSITA NOMLASHDA KOGNITIV JARAYONLAR

I.Yo.Beknazarova

SamDChTI o‘qituvchisi

L.G’.Nabiyeva

SamDChTI talabasi

X.F.Sulaymanova

SamDChTI talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ingliz tilida bilvosita nomlashning kognitiv jarayonlar

bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bilvosita nomlash semantika, pragmatika va kognitiv lingvistika

nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilib, uning metafora, metonimiya va idiomalar orqali qanday

ifodalanishi misollar yordamida tushuntiriladi. Shuningdek, Grice tamoyillari, Sperber va

Wilsonning relevans nazariyasi, Lakoff va Johnsonning metafora nazariyalari asosida bilvosita

nomlashning ijtimoiy-madaniy hamda bilish jarayonlariga ta’siri o‘rganiladi. Maqolada chet

tilini o‘rganuvchilar uchun bilvosita nomlashni tushunishdagi murakkabliklar tahlil qilinib,

pragmatik va semantik jihatlar asosida yechimlar taklif etiladi.

Kalit so‘zlar

: bilvosita nomlash, metafora, metonimiya, pragmatika, semantika, madaniy

kontekst, kognitiv lingvistika, relevans nazariyasi, idiomalar.

Bilvosita nomlash inson tafakkuri va kognitiv jarayonlari bilan chambarchas bog'liq

bo'lib, u axborotni qayta ishlash, tushunish va interpretatsiya qilish kabi murakkab jarayonlarni

o'z ichiga oladi. Ingliz tilida bilvosita nomlash, ayniqsa, metafora, metonimiya, idiomalar va

implicature (bilvosita ma'no) orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonlarda kognitiv tilshunoslik,

psixolingvistika va semantik tahlil muhim rol o'ynaydi.

Metafora

- bu bir narsaning boshqa

narsaga o'xshatish orqali ifodalanishi. Metaforalar tilga obrazlilik va ta'sirchanlik beradi, lekin

ayni paytda ularni tushunish uchun kognitiv jarayonlar talab etiladi. Masalan, "

time is money

"

metaforasi vaqtning qimmatli resurs ekanligini anglatadi.

Metonimiya

- bu bir narsaning nomini

boshqa narsaga ko'chirish, bu narsalar o'rtasida ma'lum bir aloqa mavjudligi sababli. Masalan, "

I

drank the whole glass

" jumlasida "stakan" so'zi aslida ichimlikni anglatadi. Metonimiya

ko'pincha tilshunoslikda va adabiyotda qo'llaniladi, lekin noto'g'ri ishlatilganda

tushunmovchilikka olib kelishi mumkin.

Idiomalar

- bu ma'nosi so'zlarining literal ma'nosidan farq qiladigan barqaror birikmalar.

Masalan, "

after the rain comes the sun

" idiomasi har qanday qiyinchilikdan keyin yaxshilik

kelishini anglatadi. Idiomalarni tushunish uchun ularning madaniy va tarixiy kontekstini bilish

kerak.

Implicature (bilvosita ma'no)

- bu gapda yoki matnda ifodalangan ma'noning to'g'ridan-

to'g'ri aytilmagan, lekin kontekst va pragmatik qoidalar asosida tushuniladigan qismi. Masalan, "

hot

" degan gap sovuq ekanligini yoki issiqlikni his qilayotganini anglatishi mumkin.

Implicatureni tushunish uchun nutq vaziyatini, nutq ishtirokchilarining bilim va niyatlarini

hisobga olish kerak. Bilvosita nomlashning kognitiv jarayonlari murakkab va ko'p qirrali. Bu

jarayonlar tilshunoslik, psixolingvistika va semantik tahlil kabi fanlar tomonidan o'rganiladi.

Bilvosita nomlashni o'rganish tilning inson tafakkuri va kognitiv jarayonlari bilan qanday

bog'liqligini tushunishga yordam beradi.

J.P. Grice

“Logic and Conversation”

asarida [1]

bilvosita muloqot

va

implicature

tushunchalarini taqdim etgan. Uning

Kooperatsiya tamoyili

(Cooperative Principle) ga ko‘ra,

samarali muloqot uchun to‘rtta asosiy qoida –

samaradorlik, aniqlik, moslik va uslub

muhim

rol o‘ynaydi. Ushbu tamoyillar bilvosita nomlash jarayonining qanday shakllanishini

tushuntirishda asosiy mezon hisoblanadi. Maqolada Grice nazariyasi bilvosita nomlashning

pragmatik jihatlarini yoritishda qo‘llangan. [2] asarida insonlar muloqotda

eng kam kognitiv

xarajat bilan eng katta ma’lumot olishga intiladilar.

Maqolada bu nazariya bilvosita

nomlashning

ijtimoiy-madaniy va psixolingvistik asoslarini

ochib berishda ishlatilgan.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

489

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Lakoff va Johnson metaforalar inson tafakkurining

asosiy kognitiv mexanizmlaridan

biri

ekanligini ta’kidlaydi.

“Metaphors We Live By”

[3] asarida ular metaforalarning lingvistik

hodisa emas, balki inson ongi va mantiqiy fikrlash jarayonining ajralmas qismi ekanligini

isbotlashgan. Ushbu manba maqolada

bilvosita nomlashning metaforik jihatlarini

tushuntirish

uchun asos sifatida ishlatilgan. Sperber va Wilsonning yondashuvi muloqot jarayonidagi

kognitiv jarayonlarni chuqurroq tushuntirishga yordam beradi [4-5].

Ingliz tilida bilvosita nomlashda quyidagi kognitiv jarayonlar kuzatiladi:

- Sxema nazariyasi (

Schema Theory

) tushunchasi, odamlarning oʻrganish va ma’lumotni

qayta ishlash jarayonlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Bu nazariya shuni ta’kidlaydiki,

odamlar yangi ma’lumotlarni oʻzlarining oldindan mavjud boʻlgan bilimlari va tajribalari asosida

tushunadilar. Bu sxemalar, ya’ni odamning ongida shakllangan bilim tizimlari, yangi

ma’lumotlarni qayta ishlashda yordam beradi [5]. Quyidagi misollarni keltirsak:

«Break the ice»

iborasi yangi muloqot yoki suhbatni boshlashni anglatadi. «Break the ice» (muzni sindirish)

iborasi odamlar tomonidan metaforik tarzda ishlatiladi, chunki odamlar yangi muhitda yoki

tanish boʻlmagan kishilar bilan suhbatni boshlashda «muz»ni sindirishni tasavvur qilishadi. Bu,

odamlarning oʻz tajribalari asosida tushuniladi, chunki koʻplab madaniyatlarda muz odatda

harakat qilishning toʻsiq yoki qiyinchilikni bildiradi. Shunday qilib, «break the ice» iborasi

toʻsiqni yoki sovuqlikni bartaraf etish jarayonini ifodalaydi;

«A piece of cake»

iborasi oson yoki

oddiy ishni ifodalash uchun ishlatiladi, oʻzbek tilida “Xamirdan qil sigʻurgandek” iborasi bilan

tarjima qilinadi. Odamlar «a piece of cake» ni tez va oson bajariladigan ish sifatida qabul

qilishadi, chunki ular oʻzlarining shirinliklar va tortlar bilan bogʻliq tajribalariga asoslanib, tortni

eyish osonligini tasavvur qiladilar. Bu ibora odamning kundalik hayoti va ijtimoiy tajribalari

asosida qayta talqin etiladi. «The ball is in your court» iborasi, masalan, sportdagi o‘yinlar bilan

bog‘liq bo‘lib, tennisda “to‘p”ni kimdir tashlaganidan so‘ng, qarshi tomon uni qaytarishga

mas’ul hisoblanadi. Ushbu iboras shunday vaziyatni ifodalaydiki, ya’ni hozirda qaror qabul

qilish yoki harakat qilish uchun javobgarlik boshqa tomonning qoʻlida ekanligini bildiradi va

“Endi navbat senga”

yoki

“Endi qaror senga bogʻliq”

deb tarjima qilinadi. Odamlarning

mavjud bilimlari va tajribalari bilan bogʻliq boʻlgan holda, til va ifodalarning samarali va aniq

tushunilishi uchun iboralarni ishlatish juda muhim. Bu nazariya, shuningdek, yangi

ma’lumotlarni oʻrganishda kontekstning ahamiyati va yaxshiroq eslab qolish uchun

ishlatiladigan bilish sxemalarini koʻrsatadi.

- Muvofiqlik nazariyasi (

Relevance Theory

) tilshunoslik nazariyasi boʻlib, u tushunishni va

muloqotni samarali qilish uchun kontekstni qanday tahlil qilish kerakligini ta’kidlaydi. Bu

nazariyaning asosi, komunikatsiyada eng muhim omil sifatida «muvofiqlik» ni koʻrsatadi, ya’ni,

tinglovchi va yozuvchining har biri oʻz maqsadlariga erishish uchun kontekstga moslashadi.

Muvofiqlik nazariyasi Dan Sperber va Deirdre Wilson tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib [5],

shuni ta’kidlaydiki, tilshunoslar va muloqotchilar ma’lumotlarni samarali almashish uchun faqat

aniq va toʻgʻri soʻzlarni ishlatish bilan cheklanmaydi, balki ular ma’lumotlarni qanday

yetkazishlarini ham hisobga olishadi. Bu nazariyaning markaziy gʻoyasi shundan iboratki,

tinglovchilar soʻzlarning ma’nosini nafaqat tilning oʻzi, balki atrof-muhit, vaziyat va

muloqotning maqsadi bilan bogʻliq ravishda tushunadilar. Masalan:

«Can you pass the salt?»

iborasi oddiy soʻrov, lekin kontekstda bu soʻrovni tushunish uchun toʻgʻri tahlil qilish kerak.

Agar odam ovqatlanayotgan va tuz idishidan foydalanayotgan boʻlsa, bu ibora oddiy “

tuzni

uzatib yubora olasizmi

” soʻrovi boʻlishi mumkin. Biroq, agar bu ibora boshqa kontekstda,

masalan, muhokama qilayotgan yoki ishdan boʻshatishni muhokama qilayotgan shaxslar orasida

ishlatilsa, u holda soʻrov boshqa bir ma’no kasb etishi mumkin – “

muammo bilan yordam

soʻrash

” yoki “

nuqsonni toʻgʻrilash

” kabi; “

I’m cold”

iborasi ham kontekstga qarab oʻzgarishi

mumkin. Agar bu ibora xona ichida aytilsa va havoning sovuq boʻlganini tasvirlayotgan boʻlsa,

unda oddiy holatda issiqlikni soʻrash maqsadida aytilgan boʻladi. Ammo agar bu ibora boshqa

bir odamning oʻzaro munosabatlariga yoki ish joyida oʻzini noqulay his qilayotgan shaxsdan

kelgan boʻlsa, bu esa koʻproq ishdan boʻshatish yoki yordam soʻrashni anglatishi mumkin;

“It’s

getting late”

iborasi faqat vaqtni bildirish uchun ishlatilishi mumkin, lekin kontekstda bu ibora


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

490

Samarkand State Institute of Foreign Languages

boshqa ma’nolarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Masalan, agar doʻstlar birgalikda vaqt

oʻtkazishsa va biri bu iborani aytsa, bu, ehtimol, ularning kechqurun yigʻilishni yakunlash va

uyga qaytishni anglatadi. Kontekstga qarab, bu soʻzlar “

Kech boʻlib qilyapti

” yoki “

Yakunlash

vaqti keldi”

degan nozik ma’no kasb etishi mumkin. Muvofiqlik nazariyasi koʻproq tinglovchi

va yozuvchining muloqotdagi maqsadlarini aniq belgilash, ularning kontekstga mos ravishda

oʻzaro muloqot qilishlariga yordam beradi. Bu nazariya kommunikativ samaradorlikni oshirish

uchun har bir iboraning kontekstga qanchalik mos tushishini tushunishga asoslanadi.

Ingliz tilida bilvosita nomlash jarayoni inson tafakkuri, bilish jarayonlari va semantik

aloqalarga asoslanadi. Kognitiv lingvistika yondashuvlari ushbu jarayonning qanday amalga

oshishini tushuntirishda muhim rol o‘ynaydi. Sperber va Wilsonning

Moslik nazariyasi

, Grice

ning

Kooperatsiya tamoyillari

, Lakoff va Johnsonning

Metafora nazariyasi

bilvosita

nomlashning kognitiv mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu esa til

o‘rganishda, tarjimada va madaniyatlararo kommunikatsiyada muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanlgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. In P. Cole & J. L. Morgan (Eds.),

Speech

Acts

(pp. 41–58). New York: Academic Press.

2.

Sperber, D., & Wilson, D. (1995).

Relevance: Communication and Cognition

(2nd ed.).

Oxford: Blackwell.

3.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980).

Metaphors We Live By

. Chicago: University of

Chicago Press.

4.

Leech, G. N. (1983).

Principles of Pragmatics

. London: Longman.

5.

Sperber, D., & Wilson, D. (1995).

Relevance: Communication and Cognition

(2nd ed.).

Oxford: Blackwell.

6.

Beknazarova I.Yo., Jo’rayeva D.U.. Bilvosita nomlashning umumnazariy muammolari

(ingliz tili misolida). Samarqand davlat universiteti ilmiy Axborotnomasi. 2024-yil, 6-son (148/2)

Gumanitar fanlar seriyasi, 76-84

7.

Shomurodova Shahlo Jaxonovna. Таълим жараёнини кенг кўламли ислоҳ этишда

инновацион

ёндашувларнинг

аҳамияти.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=lpUNsSYAAAAJ&ci

tation_for_view=lpUNsSYAAAAJ:_FxGoFyzp5QC

8.

Rayhona Narzikulova. Peculiarities of 20th century English literature and main

characteristics. An International Multidisciplinary Research Journal.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Nwrzs00AAAAJ&cit

ation_for_view=Nwrzs00AAAAJ:ufrVoPGSRksC

9.

Makhzuna Shavkatovna Ismatova. Development of coaching technologies in the

educational

space

of

the

university.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=0mLmjKEAAAAJ&c

itation_for_view=0mLmjKEAAAAJ:UebtZRa9Y70C

10.

Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE

TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

11.

Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning

o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

12.

Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS?

TO TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ

ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

Bibliografik manbalar

Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. In P. Cole & J. L. Morgan (Eds.), Speech Acts (pp. 41–58). New York: Academic Press.

Sperber, D., & Wilson, D. (1995). Relevance: Communication and Cognition (2nd ed.). Oxford: Blackwell.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press.

Leech, G. N. (1983). Principles of Pragmatics. London: Longman.

Sperber, D., & Wilson, D. (1995). Relevance: Communication and Cognition (2nd ed.). Oxford: Blackwell.

Beknazarova I.Yo., Jo’rayeva D.U.. Bilvosita nomlashning umumnazariy muammolari (ingliz tili misolida). Samarqand davlat universiteti ilmiy Axborotnomasi. 2024-yil, 6-son (148/2) Gumanitar fanlar seriyasi, 76-84

Shomurodova Shahlo Jaxonovna. Таълим жараёнини кенг кўламли ислоҳ этишда инновацион ёндашувларнинг аҳамияти. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=lpUNsSYAAAAJ&ci tation_for_view=lpUNsSYAAAAJ:_FxGoFyzp5QC

Rayhona Narzikulova. Peculiarities of 20th century English literature and main characteristics. An International Multidisciplinary Research Journal. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Nwrzs00AAAAJ&cit ation_for_view=Nwrzs00AAAAJ:ufrVoPGSRksC

Makhzuna Shavkatovna Ismatova. Development of coaching technologies in the educational space of the university. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=0mLmjKEAAAAJ&c itation_for_view=0mLmjKEAAAAJ:UebtZRa9Y70C

Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).