ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
581
Samarkand State Institute of Foreign Languages
G’ARB VA SHARQ MADANIYATIDA SEVGINING QIYOSIY TAHLILI. (“FARHOD
VA SHIRIN” HAMDA “ROMEO VA JULIETTA” ASARLARI ASOSIDA)
G.X. Nurmatova
O‘zbekiston Milliy Universiteti dotsenti, PhD
Sabirova Shohida Shuxratovna
O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada G’arb va Sharq xalqlarining ikki buyuk namoyondalari
tomonidan yozilgan “Farhod va Shirin” hamda “Romeo va Julietta” asarlarining taqqosiy tahlili
beriladi. Bu orqali biz xalqlar madaniyati
rivojlanishida adabiyotning ahamiyatini
o’rganamiz.
.
Kalit so’zlar:
sevgi qissasi, adabiy an’analar, madaniyat, xarakter.
Sharq adabiyotida Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni, G’arbda bo’lsa
Uilyam Shekspir qalamiga mansub bo’lgan “Romeo va Julietta” asarlari ushbu ikki hil
madaniyatni turli jabhadan yoritib berishda o’zining bebaho o’rniga ega. Bu asarlarni tahlil qilish
bizga G’arb va Sharq orasidagi madaniy va ijtimoiy tafovutlar, adabiy an’analarning farqli va
o’xshash tomonlarini o’rganishda va ularda muhabbat tushunchasiga qanday o’xshash va bir-
biridan farqlanadigan turli qarashlar borligi haqida mulohaza qilishga imkon yaratadi.
Ko’pchilik yozuvchi va adabiyotshunoslar ushbu asarlar haqida o’zlarining fikrlarini
bildirib o’tishgan. Masalan, Oybek “Farhod va Shirin” asarini sharqona sevgi va insoniy
kamolotning oliy namunasi deb ataydi. Uning fikricha, Farhod ham ishq uchun ham xalq uchun
fidoyilik ko’rsatgan qahramon. Irlandiyalik mashhur dramaturg Jorj Bernard Shou “Romeo va
Julietta” haqida o’zining tanqidiy fikrini bildirib o’tadi. U Romeo va Juliettani yosh va tajribasiz
hisoblaydi va ularning fojiasini yoshlikning g’ayrat va o’ylamasligi natijasida sodir bo’lgan holat
sifatida ko’radi.
Mashhur o’zbek adabiyotshunosi ustoz Oybek Alisher Navoiyning ikki dostoni “Farhod
va Shirin” hamda “Layli va “Majnun” dostoni qahramonlari Farhod va Majnunni o’zaro
taqqoslaydi. Bundan biz bir madaniyatning ikki hil obrazining turli xarakter xususiyatlari va
tashqi omillarni muhabbatga turfa ta’siri haqida o’rgana olamiz biroq bir-biridan tubdan farq
qiluvchi ikki hil mintaqaga xos bolgan ikkita asarni solishtirish orqali ma’lum bir hudud
aholisining madaniyati va dunyoqarashi shakllanishida adabiyotning o’rni qanchalik katta
ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Avvalambor, bu asarlar o’rtasidagi eng katta farq bu ularning janridir. Chunki, “Farhod
va Shirin” lirik-epik doston, “Romeo va Julietta” esa fojiyaviy drama hisoblanadi. Shu yerda
aytib o’tish joizki, drama janri G’arbda ancha oldin paydo bo’lgan va bu qadimgi Yunon davriga
borib taqladi. O’zbek adabiyotiga bo’lsa drama janri XX asr boshlarida kirib kelgan. Ammo,
shunga qaramasdan, ulardagi bir nechta bir-biriga o’xshash va farqli jihatlarni sanab o’tishimiz
mumkin.
Dastlab, asar qahramonlarining o’ziga xos harakterlarini ko’zdan kechirib chiqsak.
Hamid Olimjon Farhodni insonning billur obrazi deb tasvirlaganidek, u o’zining o’tkir aqli,
mehnatkashligi va fidoyiligi bilan tillarda doston bo’lsa, Romeo hissiyotga beriluvchanligi va
beqarorligi bilan nom qozongan. Shirin va Juliettaga qarasak, ularni bir-birdan ajratib turadigan
harakteri ularning muhabbatga bo’lgan munosabatlari desam menimcha yanglishmagan
bo’laman. Chunki, Shirin sevgini faqat hissiyotlari orqali emas balki, o’z aqliga tayangan holda
qabul qiladi. Julietta bo’lsa, bu tuyg’uni o’z hayotining asosiy mazmuni deb biladi va
shoshqaloqlik bilan qarorlar chiqarib, o’z joniga qasd qilishgacha boradi.
Menimcha, endi ular o’rtasidagi o’xshashliklarni ko’rib chiqishimiz mumkin:
Ikkala sevgi qissasi ham muhabbatni aks ettiradi va qahramonlar tashqi ta’sirlar sababli
to’siqlarga uchraydilar.
Qahramonlar o’z sevisiga erishish uchun hamma narsasini qurbon qilishga tayyor edilar.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
582
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Sevgi qissalarining fojiali yakuni G’arb va Sharq qahramonlarini birlashtirib turuvchi
o’xshashliklaridan biridir.
Bu asarlarning bir-biridan ajratib turuvchi farqli tomonlarini ham ko’zdan kechirib chiqishni
lozim deb topdim. Chunki bu orqali biz nafaqat ikki turfa millat asarlari o’rtasidagi tafovutni,
balki shu millat madaniyatini o’ziga xos jihatlarini ham solishtira olamiz. Bu farqlar quyidagicha
bo’lishi mumkin:
Qahramonlarda muhabbat paydo bo’lish jarayoni.
Ularning muhabbatidagi oila va jamiyatning o’rni.
Sevishganlarning o’limga qaror berishlari.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu ikki xil xalqqa mansub bo’lgan asar
qahramonlari taqdirida va xatti-harakatlarida shu ikki xil madaniyatning ta’sirini ko’ra olamiz.
“Farhod va Shirin” sabr-matonat va fidoyilikni aks ettirsa, “Romeo va Julietta” da ikki yoshning
otashin muhabbati ko’rsatiladi. Sharqning muhabbat qissasi sabr, mehnat va fidoyilik haqida
bo’lsa, G’arb madaniyati shiddatli sevgini o’z asarlarida ifodalaydi. Biroq, har ikkalasi ham sof,
insoniy tuyg’ular kuchini va muhabbat insonni qay ko’ylarga sola olishini ko’rsatadi. Shuning
uchun bu asarlar oradan shuncha vaqt o’tsada o’z dolzarbligini yo’qotmadi va insoniyat tarixida
unutilmas asarlar sifatida qolishga muvaffaq bo’ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Alisher Navoiy. “Farhod va Shirin”. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot manbaa
uyi, 2020.
2. Uilyam Shekspir. “Romeo va Julietta”. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va
san’at nashriyoti, 2021.
3. Mohigul Uralovna Mavlonovna, “Farhod va Shirin” dostoni Oyebek talqinida,
