Авторы

  • Дилшода Бегнаева
    Самаркандский государственный институт иностранных языков image/svg+xml
  • Шахзода Икрамова
    Самаркандский государственный институт иностранных языков image/svg+xml

Биографии авторов

  • Дилшода Бегнаева, Самаркандский государственный институт иностранных языков
    Студент 1 курса, отделение английского языка
  • Шахзода Икрамова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
    Студент 1 курса, отделение английского языка

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.discpspe.81723

Ключевые слова:

Til organish подкаст подкасты о природе подкаст глобальных новостей BBC 6-минутные английские подкасты подкасты Stories

Аннотация

Chet tilini o‘rganishda hamda ushbu tilda tinglab tushunish va so‘zlashuv qobiliyatini oshirishda turli xil video va audio materiallarning, xususan, podkastlarning ahamayati beqiyosdir. Mazkur maqolada chet tilida so‘zlashuv va tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantirishda zamonaviy vositalardan biri bo'lgan podkastlarning roli, ulardan samarali foydalanish haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, podkastlarning chet tillarini o'zlashtirishdagi foydali jihatlari tahlil qilinadi.

background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

617

Samarkand State Institute of Foreign Languages

TIL O‘RGANISH JARAYONIDA TINGLAB TUSHUNISH VA SO‘ZLASHUV

QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PODKASTLARNING AHAMIYATI

Begnayeva Dilshoda Normumin qizi

SamDChTI Ingliz tili fakulteti

1-bosqich talabasi

Ikramova Shaxzoda Mashrab qizi

SamDCHTI Ingliz tili fakulteti

1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Chet tilini o‘rganishda hamda ushbu tilda tinglab tushunish va so‘zlashuv

qobiliyatini oshirishda turli xil video va audio materiallarning, xususan, podkastlarning

ahamayati beqiyosdir. Mazkur maqolada chet tilida so‘zlashuv va tinglab tushunish qobiliyatini

rivojlantirishda zamonaviy vositalardan biri bo‘lgan podkastlarning roli, ulardan samarali

foydalanish haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, podkastlarning chet tillarini o‘zlashtirishdagi

foydali jihatlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Til o‘rganish, podkast, Nature podkasti, BBC global news podkasti, 6

Minute english podkasti, Stories podkast.

Bugungi kunda chet tillarini o‘rganish ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan talab va

qiziqish shunchalik kuchaydiki,

bog‘cha yoshdagi bolalardan boshlab katta yoshdagi

mutaxassislargacha ingliz tilini o‘rganishga harakat qilyaptilar. Ammo til o‘rganish jarayonida til

o`rganuvchilar bir qancha to‘siqlarga duch kelmoqda. Shunday to‘siqlardan biri yaxshi tinglab

tushunolmaslik va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaslikdir. Ammo, darslik, qo‘llanmalar yoki

maxsus darsga doir kitoblar yordamida chet tilini o`rganish biroz qiyin va zerikarli usuldir. Balki,

hozirgi kunda texnologiyalardan foydalanib, elektron ilovalar yordamida til o‘rganish juda

samarali va qiziqarli metod hisoblanadi. Shunday metodlardan biri podkastlar yordamida til

o`rganishni rivojlantirishdir.

Podkast – bu innovatsion mobil texnologik dastur bo‘lib , mobil qurilmalarga yuklab

olinib ishlatilishi mumkin bo‘lgan video va raqamli efirlardan iborat. Amerkalik olimlar

G.Shelly, M.Frydenbergning ta’kidlashicha, podkastlar obuna bo‘lgan tinglovchilarga avtomatik

tarzda yetkazib beriladi va ular istalgan vaqtda, istalgan joyda tinglab o‘rganishlari mumkin.

Podkastlarni tinglash tinglovchilar uchun real va tabiiy nutqni tinglash imkoniyatini beradi. Bu

imkoniyat esa til o‘rganuvchiga lug‘at boyligini oshirish va talaffuz me’yorlarini yaxshilishda

yordam beradi. Ko‘plab podkastlarda turli shevalarga ega spikerlar ishtirok etishi tinglovchilarga

turli nutq uslublariga moslashishga yordam beradi [1].

Podkastlarning eng yaxshi tomonlaridan biri shuki, ular boshqa til o‘rganish usullariga

o‘xshab alohida vaqt va joy talab qilmaydi hamda barcha uchun qulaydir. Podkastlar yordamida

biror mashg‘ulot bajarish jarayonida ham til imkoniyatlarimizni hech qanday to‘siqlarsiz

rivojlantirishimiz mumkin. Hozirgi kunda turli mavzular va yo‘nalishlarda podkastlar mavjud va

ular bizning tinglab tushunish va so‘zlashish mahoratimizni oshirishda har bir turdagi podkastlar

turlicha yordam beradi. Quyida shunday podkastlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan:

BBC Global News Podcast

– bu podkast turida, asosan, dunyoda sodir bo‘layotgan eng

so‘nggi yangiliklar va voqea hodisalar haqida ma’lumot beriladi. Til o‘rganuvchilar bu turdagi

podcastlarni tinglash orqali rasmiy jarayondagi nutqlarni osonroq tushunish ko‘nikmasini hosil

qiladi va rasmiy jarayonlarda qanday so‘zlashishni o‘rganishi mumkin .

Nature Podcast

– bu podcast turida olimlar tomonidan tabiat to‘g‘risida olib borilgan eng

so‘nggi tadqiqotlar va izlanishlar haqida ma’lumotlar beriladi. Bu turdagi podkastlarni tinglash

orqali til o‘rganuvchilar tabiat haqidagi yangi so‘z va terminlarni o‘rganish va ularni nutqda

qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

6 Minute English Podcast

- bu podcast turida biz 6 minutlik turli mavzudagi

ma’lumotlarni tinglashimiz mumkin. Bu eng qulay va qiziqarli podkast turlaridan biri, chunki siz


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

618

Samarkand State Institute of Foreign Languages

bu podkast turida o‘zingizning darajangizga mos va o‘zingiz qiziqqan mavzudagi nutqlarni

tinglashingiz mumkin. Albatta, siz bu podkast turini tinglash orqali turlicha so‘zlashish

shevalarini va yangi so‘zlarni o‘rganishingiz hamda keng qo‘llashingiz mumkin.

Stories Podcast

– bu turdagi podkastda kundalik hayotda sodir bo‘layotgan voqea-

hodisalar haqida ma’lumot berib boriladi. Bu podkast turi ommalashgan podkast turlaridan biri

hisoblanib, juda ko’plab til o’rganuvchilar o’zlari qizigan mashhur insonlarning podkastlarini

kuzatish orqali til o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishadi. Bu turdagi podkastlar yordamida til

o‘rganuvchilar kundalik hayotida sodir bo’lyotgan voqealarni qanday bayon qilishni

o‘rganishlari mumkin.

Tifo Football Podast

– bu podkast turida futbol musobaqalari, ularda bo‘ladigan

jarayonlar, sportchilar haqida ma’lumotlar, sharhlarni o‘z ichiga oladi. Bu podkastlarni tinglash

orqali, asosan, futbol ishqibozlari o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlarini qilish orqali til

o‘rganishlari mumkin. Bu podkastlardan futbol jarayoniga tegishli juda ko‘p yangi so‘zlarni

o‘rganish imkoniyati mavjud.

Shuni ta’kidlash kerakki, tinglab tushunish va so‘zlashishni rivojlantirishning eng

samarali usullaridan biri bu podkastlar yordamida rivojlantirishdir. Agar har kuni o‘zimiz

qiziqqan mavzuda ikki soat podkast tinglasak, juda qisqa muddatda tinglab tushunish va

so‘zlashuv qobiliyatimizni yaxshilashimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, podcastlar orqali nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish har tomonlama

qulay va samarali usul, istalgan paytda, va istalgan mavzudagi podkastlarni tinglash barchaga

birdek yoqadigan va foydali usul, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Mark Frydenberg. Principles and Pedagogy: The Two Ps of Podcasting in the

Information Technology Classroom. Information systems education journal. 2008.

2.

Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika. Toshkent, Noshir. 2019.

3.

M. Abjalova and S. Sharipova, "Semantic and Grammatical Issues in Translating Idioms

with Automatic Translation Systems,"

2024 9th International Conference on Computer Science

and

Engineering

(UBMK)

,

Antalya,

Turkiye,

2024,

pp.

58-63,

doi:

10.1109/UBMK63289.2024.10773608.

4.

S. Sharipova, I. Husniddinova. Til va madaniyat: chet tillarini o‘rganishda madaniy

bilimlarning ahamiyati. Journal of international scientific research. 1 (5). 2024.

5.

S. Xamroxonova. O‘zbek tilidagi iboralar tizimini o‘rganishning nazariy muammolari.

Science and education. 2022, 3(10).

6.

Sharipova, S., & Sidikova, N. (2024). Iboralarni avtomatik tarjima qilish bilan bog‘liq

ayrim muammolar.

Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit

, 510-

513.

https://doi.org/10.2024/jhz2es25

7.

Sh. Istamova. Aim of linguistic typology and different approaches to the subject //

models and methods in modern science International scientific-online conference – 2023 – 73-

76p.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10390236

8.

Sharipova, S., & Xalimova, F. (2024). Actual problems of teaching a language in the

classroom and their solutions.

Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit

, 133-

135.

https://doi.org/10.2024/41yemx68

9.

Rime, Jemily & Pike, Chris & Collins, Tom. (2022). What is a podcast? Considering

innovations in podcasting through the six-tensions framework. Convergence: The International

Journal

of

Research

into

New

Media

Technologies.

28.

135485652211044.

10.1177/13548565221104444

Библиографические ссылки

Mark Frydenberg. Principles and Pedagogy: The Two Ps of Podcasting in the Information Technology Classroom. Information systems education journal. 2008.

Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika. Toshkent, Noshir. 2019.

M. Abjalova and S. Sharipova, "Semantic and Grammatical Issues in Translating Idioms with Automatic Translation Systems," 2024 9th International Conference on Computer Science and Engineering (CBMK), Antalya, Turkiye, 2024, pp. 58-63, doi: 10.1109/UBMK63289.2024.10773608.

S. Sharipova, 1. Husniddinova. Til va madaniyat: chet tillarini o‘rganishda madaniy bilimlarning ahamiyati. Journal of international scientific research. 1 (5). 2024.

S. Xamroxonova. O‘zbck tilidagi iboralar tizimini o‘rganishning nazariy muammolari. Science and education. 2022, 3(10).

Sharipova, S., & Sidikova, N. (2024). Iboralarni avtomatik tarjima qilish bilan bog‘liq ayrim muammolar. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 510-513. https://doi.org/10.2024/ihz2cs25

Sh. Istamova. Aim of linguistic typology and different approaches to the subject // models and methods in modern science International scientific-online conference - 2023 - 73-76p. https://doi.org/10.5281/zcnodo. 10390236

Sharipova, S., & Xalimova, F. (2024). Actual problems of teaching a language in the classroom and their solutions. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 133-135. https://doi.org/10.2024/41 vemx68

Rime, Jcmily & Pike, Chris & Collins, Tom. (2022). What is a podcast? Considering innovations in podcasting through the six-tensions framework. Convergence: The International Journal of Research into New Media Technologies. 28. 135485652211044. 10.1177/13548565221104444