DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
58
YEVROPADA SHIA TARIQATLARINING TARQALISHI VA BUGUNGI
KUNDAGI FAOLIYATI
Xadicha Sunnatova
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik yo‘nalishi IV kurs talabasi
+99-890-813-57-52
https://doi.org/10.5281/zenodo.15654307
Annotatsiya
Ushbu maqolada Yevropada tasavvufning paydo bo‘lishi va rivojlanish
bosqichlari, shuningdek, shia yo‘nalishining Yevropaga tarqalish jarayonlari
yoritiladi. Dastlab Yevropaga kelgan musulmonlar orqali tasavvufiy g‘oyalar
qanday kirib kelgani, bu g‘oyalar qanday shakllarda mahalliy muhit bilan
uyg‘unlashgani tahlil qilinadi. Keyinchalik esa shia tasavvufiga oid turli
tariqatlarning Yevropadagi tashkilotlari, ularning diniy-ma’rifiy faoliyati va
ijtimoiy ta’siri zamonaviy manbalar asosida tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
postkolonial mamlakatlar, tasavvuf klublari, neosufizm, shialik
tariqatlari.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda Yevropa davlatlarida tasavvuf
asosan, postkolonial mamlakatlaridagi musulmon muhojirlari hisobiga tarqala
boshlagani kuzatildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaga o‘zining tasavvuf an’analari
keng tarqalgan sobiq mustamlakalari – Hindiston, Pokiston, Bangladeshdan,
Fransiya va Germaniyaga esa, Turkiya, Jazoir, Tunis, Marokash kabi davlatlardan
kelgan muhojirlar tasavvufiy qadriyatlarga sodiq qolgan holda yangi muhitda o‘z
diniy an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Natijada, Yevropa
hududlarida yangi hayotga moslashgan tariqatlar ham kurtak yoza boshladi.
Hozirda G‘arbda tariqatlar o‘z faoliyatlarini quyidagi shakllarda tashkil etgan:
jamoaviy zikr guruhlari, Sharq davlatlaridagi mavjud tariqatlarning Gʻarbdagi
bo‘linmalari, umumiy tavsavvufiy qonun-qoidalarga bo‘ysungan holda yangicha
targ‘ibot usullaridan keng foydalanuvchi intellektuallashgan to‘garaklar
ko‘rinishida, Sharq madaniyati namunalari muxlislarini o‘ziga jalb etuvchi
“tasavvuf klublari” va boshqa madaniy muassasalar ko‘rinishida faoliyat
yuritadi.
Asosan G‘arbiy Yevropa va qisman Shimoliy Amerika hududida
tasavvufning ommalashishi “Neosufizm” harakati bilan bog‘liq. Neosufizm –
zamonaviy davrda tasavvufning qadriyat va tamoyillarini qayta talqin qilish, uni
ijtimoiy, ma’naviy, madaniy muhitga moslashtirish, tasavvufning an’anaviy
ko’rinishini yangi holat va ehtiyojlarga yo’naltirishni anglatadi. Yevropaga
asosan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarqala boshlagan va bugungi
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
59
kunda ko‘plab davlatlarda o‘z izini qoldirgan. U klassik sufiylikdan farqli o‘laroq,
ko‘proq ma’naviy o‘zini anglash, shaxsiy rivojlanish va madaniyatlararo
muloqotga urg‘u beradi.
Shialikning Yevropada tarqalishining yana bir omili 1979-yildagi Eron
inqilobi va undan keyingi siyosiy beqarorlik natijasida ko‘plab eronlik shialar,
shuningdek Iroq, Livan, Afg‘oniston kabi davlatlardagi shialar Yevropaga siyosiy
boshpana so‘rab ko‘chib o‘tishgan. Shu zaylda G‘arbda tasavvuf zamonaviy
ko‘rinishda yoyilib bordi. Tabiiyki, sunniy tasavvuf bilan shia yo‘nalishidagi
tasavvuf g‘oyasi ham tarqalib, shia tariqatlari faoliyat boshladi
1
.
Yevropadagi ko‘plab odamlar an’anaviy diniy qoidalar emas, balki ruhiy
xotirjamlik, ma’naviy yetuklik, sevgi va ichki poklanish kabi g‘oyalarni izlaydi.
Shia tasavvufi aynan shu kabi g‘oyalarga urg‘u beradi – bu esa G‘arbda
ekzistensializm va ruhiy bo‘shliqdan charchagan odamlar uchun ayni muddao
bo‘ldi va shialik yo‘nalishi tasavvufi oson qabul qilindi.
Shialikning keng miqyosda tarqalgan tariqatlaridan biri ne’matullohiyaning
G‘arbda faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Doktor Javod Nurbaxsh 1953-yilda,
o‘zidan avvalgi rahbar Munis Ali Shod vafotidan so‘ng, ne’matullohiya
tariqatining rahbarligini o‘z zimmasiga oldi. U bu tariqatni Eron ichida keng
miqyosda rivojlantirishga kirishdi. 1970-yillarda Eronga tashrif buyurgan
mehmonlar ushbu tariqatga a’zo bo‘lishdi. 1974-yilda Javod Nurbaxsh AQShga
safar qildi va u yerda doimiy faoliyat yurituvchi xonaqo (zoviya)larni tashkil
etish zarurligini anglab yetdi. 1979-yilda Eron hukumati mustaqil diniy
rahbarlarga nisbatan bosim o‘tkazgani tufayli, Dr. Nurbaxsh mamlakatni tark
etdi. U dastlab AQShda yashadi, so‘ng 1983-yilda Angliyaga ko‘chib o‘tdi
2
. 1990-
yillarning boshlariga kelib, AQShda to‘qqizta ne’matullohiya xonaqosi faoliyat
yuritardi. Sharqiy sohil (Boston, Nyu-York va Vashington)dagi xonaqolar deyarli
to‘liq amerikaliklar tomonidan to‘ldirilgan bo‘lsa, Kaliforniyadagi markazlarda
qatnashuvchilar yarmi amerikalik, yarmi eronlik edi. A’zolar turli diniy kelib
chiqishga ega bo‘lib, ular faqat shia islomidan iborat emas edi. Bugungi kunda bu
tariqat Meksika, Rossiya, G‘arbiy Afrika va Ispaniya kabi davlatlarga ham
tarqalgan.
Tariqat tomonidan chop etiladigan asosiy nashrlar qatoriga yiliga ikki
marta chiqadigan “Sufi Journal” kiradi. “Khaniqahi Nimatullahi” tashkiloti fors,
ingliz va boshqa tillarda quyidagilarni chop etadi: Dr. Javod Nurbaxsh tomonidan
yozilgan tasavvuf yo‘lining holat va maqomlari haqidagi yetti jildlik asar;
tasavvufiy atamalar ma’nosini sharhlovchi o‘n ikki jildlik to‘plam; tasavvuf
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
60
tarixidagi buyuk ustozlar haqidagi izohli tarjimai hollar. Tariqatning ijtimoiy
faoliyatlari qatorida G‘arbiy Afrikadagi qashshoq hududlarda tibbiy markaz va
klinikalar tashkil etish bor. Bu mintaqalarda tariqat keng qamrovli izdoshlarga
ega bo‘ldi
3
.
Bektoshiya tariqati sunniy tasavvuf tariqatlaridan ajralib shialikka
moyillashgan. Ushbu tariqat 1925-yil kuzida Turkiyada tarqatib yuborilgan.
Albaniyada esa bektoshiylik 1967-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan va hozir
Yugoslaviyada mavjud. 1965-yilgacha Albaniya bektoshiylik xonaqosi Qohirada
faoliyat yuritgan. 1952-yilga kelib, Turkiyada taxminan 30 ming bektoshiy bor
edi. 1953–1954 yillarda ular Istanbulda faol siyosiy harakat boshlagan, natijada
hukumat tomonidan qattiq ta’qib qilingan
4
. Yevropa Ittifoqi hududida
bektoshiylar asosan Bolqon mamlakatlarida diqqatga sazovor Albaniya va
Kosovo hududida 1990-yillardan so‘ng (kommunistik tuzum qulagach)
Bektoshiy xonaqohlari qaytadan ochilib, faoliyatini jonlantirdi. Masalan,
Albaniyada Tirana, Kruya, Vlora kabi shaharlarda asosiy maqbaralar va
xonaqohlar yangidan ta’mirlanib, xalq uchun ziyorat va marosim maskaniga
aylantirildi. Shimoliy Makedoniyada Tirgovish va Kichevo singari shaharlardagi
tarixiy bektoshiy takyalari muzey maqomida bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan ibodat
marosimlari o‘tkazilmoqda
5
.
2024-yilda Albaniya bosh vaziri Edi Rama poytaxt Tirana shahrida diniy
bagʻrikenglik ramzi boʻlib xizmat qiladigan “Mustaqil Bektoshiylar tariqati
davlati”ni yaratish qarorini tasdiqladi. Qayd etilishicha, Vatikandan ilhom
olingan bu loyiha alban madaniyatining bir qismi boʻlgan turli dinlar oʻrtasida
tinch-totuv yashash an’analarini targʻib qilishga qaratilgan. “Biz oʻz boyligimiz –
tariximizning muhim qismi boʻlgan diniy bagʻrikenglikni qadrlashimiz va himoya
qilishimiz kerak”, – dedi Rama yangi davlat yaratish maqsadini tushuntirar ekan.
Aholini roʻyxatga olish ma’lumotlariga koʻra, Albaniyada 2,4 million aholidan
115 mingga yaqini bektoshiylar tariqati a’zosi hisoblanadi
6
.
Shia tariqatlari orasida ko‘plab a’zolarga ega va zamonaviy davrda ham
G‘arbda keng omma tomonidan yaxshi qabul qilingan tariqatlardan biri zahabiya
tariqatidir. Zahabiya va uning Oveysiyya kabi tarmoqlarining G‘arb
mamlakatlaridagi faoliyati ko‘proq AQSh va G‘arbiy Yevropaga qaratilgan.
Inqilobdan keyin Eronni tark etgan Zahabiy shayxlar dastlab AQShga boshpana
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
61
topgan va “Islomiy tasavvuf maktabi” (School of Islamic Sufism) nomi bilan Los-
Anjeles atrofida markaz tashkil qilganlar.
Keyinchalik ushbu maktabning Yevropaning turli shaharlarida bo‘limlari
ochildi (masalan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va boshqa joylarda).
Zahabiylarning G‘arbdagi jamoalari o‘z faoliyatlarida yangi uslublarni
qo‘llashlari bilan ajralib turadi. Masalan, ular haftalik zikr va suhbat majlislari
bilan birga, meditatsiya, yoga mashg‘ulotlarini ham tashkil etishadi. Ko‘pincha
dars va seminarlari erkak-ayol aralash holda o‘tkazilib, bu ham G‘arb muhitiga
moslashishning bir belgisidir
7
.
Xulosa qilib aytganda, shia tariqatlarining G‘arbda faollashuv tendensiyalari
ularning qat’iy diniy majburiyatlarni yumshoq shaklda qo‘llashi, inklyuziv va
erkin ishtirok tamoyiliga tayanishi bilan izohlanadi. Bu tariqatlar zamonaviy
g‘arbiy shaxsning ma’naviy ehtiyojlariga mos ravishda o‘z faoliyatini
moslashtirgan. Shuningdek, ruhiy barqarorlik, ichki sukunat, oila muhitiga yaqin
jamoaviy aloqalar kabi omillar ko‘plab yangi a’zolarni jalb qilishda muhim rol
o‘ynaydi. Shia tariqatlarining G‘arbda tarqalish jarayoni nafaqat diniy, balki
ijtimoiy, madaniy va kommunikatsion darajada ham faol amalga oshmoqda. Bu
jarayon ularning faqat diniy guruh sifatida emas, balki ma’naviy hayotga ijobiy
ta’sir ko‘rsatuvchi institut sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Globallashuv sharoitida zamonaviy tariqatlar: ta’limot va uslublar, tahlil
va xulosalar / mas’ul muharrir I.Usmonov. – Toshkent: Movarounnahr, 2014. -
367 b.
2.
Г. В. Милославскии, А. Петросян, Б. Пиотровский,М. Прозоров. Ислам:
Энциклопедический словарь.– Москва: Наука. Главная редакция
восточной литературы, 1991. – 315 с.
3.
Editorial team. Mapping Shia Muslim Communities in Europe. Journal of
Muslims in Europe. University of Birmingham. № 6. 2017. – P. 145-157.
4.
John Hinnells and Maalik Jamal. Sufism in the West. – New York: 2017,
Routledge. – B. 48
5.
https://www.alevibektasi.eu
6.
https://azon.global/uz
7.
https://george-david-wilson.fandom.com