Авторы

  • Jalgas Turebaev
    o’qituvchi Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.105999

Ключевые слова:

Kompozitsiya grafik ijodiy faoliyat tasavvur shakl tahlil qilish.

Аннотация

Grafik ta’limda kompozitsiya qoidalarini o‘qitish talabalarga vizual jihatdan qulay, ma’noni ifodalovchi va professional darajadagi asarlar yaratishga yordam beradi. Kompozitsiya qoidalarini o‘rgatishda nazariy bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar, tahlil va muhokamalardan foydalanish samarali natijalarga olib keladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

29

GRAFIK TA’LIMNI O‘QITISHDA KOMPOZITSIYA QOIDALARIDAN

FOYDALANISH

Turebaev Jalgas Ongarbaevich

o’qituvchi

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15639653

Annotatsiya:

Grafik ta’limda kompozitsiya qoidalarini o‘qitish talabalarga

vizual jihatdan qulay, ma’noni ifodalovchi va professional darajadagi asarlar
yaratishga yordam beradi. Kompozitsiya qoidalarini o‘rgatishda nazariy bilimlar,
amaliy mashg‘ulotlar, tahlil va muhokamalardan foydalanish samarali
natijalarga olib keladi.

Kalit so’zlar:

Kompozitsiya, grafik, ijodiy faoliyat, tasavvur, shakl, tahlil

qilish.

Grafik taʼlim, ayniqsa muhandislik, dizayn va vizual sanʼat sohalarida

kompozitsiya qoidalari muhim rol o‘ynaydi. Kompozitsiya – bu elementlarni
uyg‘unlashtirib, vizual jihatdan qulay va ma’noni ifodalovchi yaxlit bir asar
yaratish sanʼatidir. Grafik taʼlimda kompozitsiya qoidalarini o‘rgatish talabalarga
chizmalar, dizaynlar va boshqa vizual materiallarni yaratishda ko‘proq
mahoratga erishishga yordam beradi.

Kompozitsiya qonuniyatlari juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, ijodiyot

bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarning muhim shartlaridan biri va shu bilan
birga boy ma’nolarga ega bo‘lgan tushunchadir. Kompozitsiya qonuniyatlari
grafik ta’lim sohasida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda
kompozitsiyani san’atning har bir sohasiga xos bo‘lgan alohida xususiyatlari
mavjud. Xususan, grafik ta’limda kompozitsiyaning asosiy elementlari –
mutanosiblik, muvozanat, yaxltlik singari sifatlar muayyan loyiha yaratishning
asosiy qonuniyatlari sanaladi. Masalan, biz oddiy daraxtni ko‘rib ham undagi
go‘zallikdan hayratlanishimiz tabiiy. Chunki har bir go‘zal narsalarda ma’lum
tamoyil va qonuniyatlar mavjud.

Ularning shakli, o‘lchamlari, tuzilishi, o‘zaro mutanosib ko‘rinishlar kasb

etishi unda kompozitsion mutanosiblik, shakl tuzilishidagi muvozanatning
mavjudligini anglatadi. Kompozitsiya qanday shakl va mazmunda bo‘lmasin,
avvalo, u tafakkur mahsulidir.

Buni badiiy ijodining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda anglash va tahlil

qilish talab etiladi. Chunki tabiatdagi tayyor shakllar bilan badiiy ijodiyot
mahsuli bo‘lgan shakllarni o‘zaro taqqoslash asosida farqlashimiz lozim. Shuning
uchun ham grafik ta’limning barcha bosqichlarida kompozitsion faoliyatga


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

30

alohida e’tibor qaratiladi. Zero, kompozitsiya grafik ta’lim, xususan, arxitektura
va dizayn san’atining barcha jabhalarini qamrab oladi.

Har bir yo‘nalishda faoliyatning boshqa turlarida egallangan bilimlar,

amaliy grafik malakalar kompozitsiya yaratishning asosi sifatida qaraladi. Shu
tariqa badiiy kasblar sohasida ta’lim olayotgan talabalar, shu jumladan, bo‘lajak
arxitektorlarda kompozitsion mushohada yuritishga kompleks yondashish
kompetensiyalari tarkib toptirib boriladi.

Taniqli psixolog V.S.Kuzinning ta’biricha, “bilish faoliyatining uzluksiz

rivojlantirib borishga asoslangan badiiy jarayonshaxsni rivojlantirishning
muhim omillaridan biridir”[1,140-bet]. Talabalarning kompozitsion faoliyatlari
uchun bu omilning ta’limiy ahamiyati beqiyos.

Kompozitsiya tushunchasi san’atning barcha turlariga aloqador bo‘lib, ayni

paytda ularning umumiy jihatlari mavjud. Kompozitsiya qonuniyatlarini
o‘rganishuning nazariyasi va amaliyotga bo‘linishi tabiiy holat bo‘lib, uni yaxshi
o‘zlashtirish uchun yillar davomida bu sohada yaratilgan nazariyalar va
tajribalarning tub mohiyatini anglab, o‘qib o‘rganish talab etiladi. Shuning uchun
grafik ta’lim tarixida, jumladan, bo‘lajak arxitektorlar tayyorlash tizimida
kompozitsiya qonuniyatlarining nazariy asoslari hamda amaliy tatbiqiy
tajribalarni o‘zlashtirishga ustuvor tarzda qaraladi. Bu yondashuv arxitektura
ta’limi uchun ham muhim tajriba sanaladi. Zero, egallangan nazariy bilim hamda
amaliy ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay bilish ham muhimdir.

Kompozitsiyaning ayrim qonuniyatlarini amaliy tasavvur etish uchun

qalamtasvir yoki rangtasvir asarlarining kompozitsiyasi, «struktura»siga
aloqador tushunchalarni mohiyaati chizilayotgan narsaning absolyut
o‘lchamining, asliga nisbati, chizilayotgan o‘lcham tomonlarining o‘zaro
nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, narsalar qanday
burilib turganligi (obyekt yoki predmetni kuzatuvchiga nisbatan rakursi, ya’ni
to‘g‘ridan ko‘ringani – «fas», yonidan – «profil», yarim burilgan holati
«kombinatsiyalashgan» murakkab va h.k.), ufq sathi darajasi, yorug‘lik
manbaining holati, soya-yorug‘ning taqsimlanishi, tusi, soya va yorug‘ning nisbiy
muvozanati, shuningdek, asosiy rang dog‘lari muvozanati, tasvirlanayotgan
obyektlar bo‘laklarining o‘zaro joylashishi hamda ularning umumiy
konstruksiya, yaxlit kompozitsiyaning alohida komponenti sifatidagi xususiyati,
buyumlar ko‘rinishi va ularning fonga nisbatan «kontrast»lilik darajasining farqi,
rang, soya-yorug‘, buyumlar o‘lchami, komozitsiya elementlarini fazodagi
ko‘rinishini tashkil qilish kompozitsiya muayyan qonuniyatlar asosi tarkibidan
tashkil etilgan mukammal ijodiy asarning asosiy badiiy-estetik parametridir.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

31

Demak, keltirilgan tahlillar, dalillardan xulosalash mumkinki, kompozitsiya

insoniyat faoliyatining barcha sohalariga aloqador bo‘lib, uni anglash, “...tahlil
qilish, baholash, amaliy faoliyatiga tatbiq etish ketma-ketligida kompozitsiya
qonuniyatlari asosida ijodiy mahsulot (asar) yaratiladi” [3,126 bet]. Demak,
yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan tarzda ta’kidlash joizki, ijodiy faoliyat bilan
bog‘liq bo‘lgan mutaxassis tayyorlovchi ta’lim muassasalarida, ayniqsa, oliy
ta’lim, xususan, arxitektura ta’limida kompozitsiya qonuniyatlarini mukammal
o‘qitish bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun raqobatbardosh, ijodkor mutaxassis
tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.

Grafik ta’limda kompozitsiya qoidalarini o‘qitish talabalarga vizual jihatdan

qulay, ma’noni ifodalovchi va professional darajadagi asarlar yaratishga yordam
beradi. Kompozitsiya qoidalarini o‘rgatishda nazariy bilimlar, amaliy
mashg‘ulotlar, tahlil va muhokamalardan foydalanish samarali natijalarga olib
keladi. Talabalar kompozitsiya qoidalarini tushunib, amaliyotda qo‘llash orqali
o‘zlarining grafik mahoratlarini sezilarli darajada oshirishlari mumkin.
Kelajakda grafik ta’limda kompozitsiya qoidalarini o‘qitish metodlarini yanada
takomillashtirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyot:

1.Kuzin V.S. Psixologiya / Pod red. B.F.Lomova. – M.: Visshaya shkola, 1982. –
256 s.
2. Rixsiboyev T. va Xalimov M. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurini
shakllantirishda ijodiy o‘yinlardan foydalanish. –T.: //«Pedagogik ta’lim», 2012,
5-son, b. 80-85.
3. Saydaliev S.S. Sharq me’morchiligi an’analari vositasida o‘quvchilarning
fazoviy tasavvurini rivojlantirish. Nomzodlik dissertatsiyasi. -T.: 2010. b. 130. 1
4. Yodgorov N. Fazoviy almashtirishlar jarayonida o‘quvchilarning bilish
faoliyatini rivojlantirish omillari. Nomzodlik dissertatsiyasi. -T.: 2009. b. 142.
5. Arziyev A.S., Madiyarova R.R., Sarsenbayev T.T. (2023) Talabalarning mustaqil
ta’limini chizma geometriya fanidan tashkil etish texnologiyasi.Journal of
UniScience Research, 1(5), 1418-1422.
6. Nasirov P.B.,Arziyeva R.A. (2023) Теcnology of organizing independent
education of students in matnematics. Academia Repositoy, 4(11),62-67

Библиографические ссылки

Kuzin V.S. Psixologiya / Pod red. B.F.Lomova. – M.: Visshaya shkola, 1982. – 256 s.

Rixsiboyev T. va Xalimov M. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurini shakllantirishda ijodiy o‘yinlardan foydalanish. –T.: //«Pedagogik ta’lim», 2012, 5-son, b. 80-85.

Saydaliev S.S. Sharq me’morchiligi an’analari vositasida o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish. Nomzodlik dissertatsiyasi. -T.: 2010. b. 130. 1

Yodgorov N. Fazoviy almashtirishlar jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish omillari. Nomzodlik dissertatsiyasi. -T.: 2009. b. 142.

Arziyev A.S., Madiyarova R.R., Sarsenbayev T.T. (2023) Talabalarning mustaqil ta’limini chizma geometriya fanidan tashkil etish texnologiyasi.Journal of UniScience Research, 1(5), 1418-1422.

Nasirov P.B.,Arziyeva R.A. (2023) Теcnology of organizing independent education of students in matnematics. Academia Repositoy, 4(11),62-67