Авторы

  • Temurmalik Oripov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi
  • Asilbek Avezov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 1-kurs kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.106002

Аннотация

Qasddan badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda surishtiruvchi va tergovchining tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mazkur turdagi jinoyatlarni muvaffaqiyatli ochish, sifatli, to‘liq va har tomonlama tergov qilish, aybdorlarni fosh etish, sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash  va sodir etilishini oldini olish uchun faqatgina surishtiruvchi va tergovchining protsessual faoliyati yetarli emas.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

18

QASDDAN BADANGA SHIKAST YETKAZISH JINOYATLARI FOSH

ETISHDA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUVNI AMALGA

OSHIRUVCHI ORGANLAR BILAN HAMKORLIGI

Oripov Temurmalik Baxtiyor o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi

Avezov Asilbek Akmalovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 1-kurs kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15636598

Qasddan badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda

surishtiruvchi va tergovchining tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
organlari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mazkur turdagi
jinoyatlarni muvaffaqiyatli ochish, sifatli, to‘liq va har tomonlama tergov qilish,
aybdorlarni fosh etish, sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash
va sodir etilishini oldini olish uchun faqatgina surishtiruvchi va tergovchining
protsessual faoliyati yetarli emas.

Shuning uchun ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda tergovga qadar

tekshiruvni amalga oshiruvchi organlari bilan o‘z vaqtida hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish, shu orqali tezkor-qidiruv ma’lumotlaridan va texnik-kriminalistika
vositalari hamda usullaridan kompleks foydalanish lozim bo‘ladi. Mana shu
jihatdan hamkorlikni jinoyatlarni ochish va tergov qilishda muhim tarkibiy
qismi deyish mumkin.

Jinoyatlarni tergov qilish murakkab ko‘p elementli jarayon bo‘lib,

kriminalistika fani nuqtai nazaridan bir necha turli bosqichlardan iborat.
Ularning asosiy mazmuni tergov va boshqa protsessual harakatlar, kriminalistik
kombinatsiyalar

va operatsiyalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Tergov jarayoni ko‘p hollarda

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarining
ishtiroki bilan kechadi. Umuman olganda, tergovni jinoyat-protsessual va
kriminalistik vositalar majmuasi yordamida amalga oshiriladigan jarayon
sifatida anglashimiz mumkin. Shu sababli tergov surishtiruvchi va tergovchining
oldida turgan vazifalarni hal qilishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan o‘zaro
hamkorligiga asoslanadi.

Qasddan badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlari bilan hamkorlik
masalasini yoritishdan avval “hamkorlik” tushunchasi, uni mohiyati va o‘ziga hos
xususiyatlarini anglab olishimiz kerak.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

19

S.V. Vedrensevaning fikricha, ilmiy adabiyotlarda mavjud bo‘lgan ilmiy

qarashlar tahlilini hisobga olgan holda, tergovchining hamkorligi masalalarini
jinoyatlarni tergov qilishni tashkil etish bo‘yicha kriminalistikaning qoidalari
kontekstida hal qilishni taklif qiladi va unga ko‘ra, markaziy masala "tergovni
tashkil etish" va "hamkorlik" tushunchalari o‘rtasidagi munosabatlar bo‘lishini
ta’kidlaydi

V.D. Zelenskiy hamkorlikni tergov tuzilmasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqib,

uni tergovning tashkil etilishi kerak bo‘lgan qismi sifatida belgilaydi. Shuni
hisobga olgan holda, u tergovni boshqarishni jinoyatni tergov qilishni tashkil
etishni elementiga kiritadi. Muallifning fikricha, tergovni tashkil etish va
hamkorlik o‘rtasida "tergovga rahbarlik qilish" deb nomlangan element mavjud.
Shu bilan birga, hamkorlik tergovning protsessual va protsessual bo‘lmagan
vositalaridan ularni qo‘llash samaradorligini oshirish va kerakli natijani olish
uchun muvofiqlashtirilgan holda qo‘llanilishi sifatida belgilanadi. Uning fikricha,
hamkorlikda asosiy narsa, protsessual va protsessual bo‘lmagan harakatlar
imkoniyatlaridan optimal foydalanishning birligini ta’minlashdir. Bu birinchi
navbatda, ishtirokchilarning funksiyalarini ajratish va hamkorlik qilish hamda
tergovchining yetakchi roli bilan hamkorlik tamoyillarini amalga oshirishga
yordam beradi .

R.S. Belkin bu masalani shakl va mazmun kategoriyalari nuqtai nazaridan

ko‘rib chiqishni taklif qiladi. Olimning fikricha, hamkorlik jinoyatlarni tergov
qilishni tashkil etish shakllaridan biri bo‘lib, u tergovchining boshqa organlar
bilan qonunga asoslangan, maqsadlari, joyi va vaqti kelishilgan holda hamkorlik
qilishidan iborat. Shuningdek, ushbu faoliyat jinoyat ishini yakunlash, tez, har
tomonlama va xolisona tergov qilish hamda yashiringan jinoyat sodir etgan
shaxslarni, o‘g‘irlangan boyliklar va ish uchun muhim bo‘lgan boshqa ashyolarni
qidirish maqsadida, qat’iy ravishda qayd etilgan subektlarning vakolatlari
doirasida amalga oshirilishini ta’kidlagan .

Kriminalistik adabiyotlarda hamkorlik ko‘pincha tergovchining huquqni

muhofaza qilishning boshqa subyektlari bilan qonunga asoslangan
muvofiqlashtirilgan faoliyati sifatida tushuniladi, ularning har biri o‘ziga xos usul
va vositalardan foydalanadi .

Shu o‘rinda, tergovchi va surishtiruvchining alohida subyekt sifatida jinoyat

qidiruv bo‘linmalari bilan hamkorligi bo‘yicha D.E. Karimovaning yondashuvi
ham o‘rinli deb hisoblaymiz .

Ba’zi mualliflar hamkorlikning sifat tomoniga e’tibor qaratib, hamkorlik

jamoaviy faoliyat xarakteriga ega bo‘lgan ta’rifni taklif qiladilar . F.Yu.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

20

Berdichevskiyning fikricha ham hamkorlikni vaqtinchalik xarakterdagi muayyan
tashkiliy, o‘ziga xos jamoaviy tuzilma sifatida tushunish lozim .

O.V. Tankevichning yondashuvida e’tibor tergovchi va boshqa organlar

o‘rtasidagi jinoyat ishini tergov qilish jarayonida yuzaga keladigan va jinoyat-
protsessual yoki boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan munosabatlarning kasbiy tomoniga
qaratiladi .

Hamkorlik tushunchasiga Ye.N. Xolopova tomonidan berilgan ta’rif juda

muhim bo‘lib, unga ko‘ra, hamkorlik birgalikdagi, qonunga asoslangan,
maqsadlar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan, joy, vaqt, kuchlar, vositalar va usullar
bo‘yicha rejalashtirilgan, vakolat va mas’uliyatlar aniq chegaralangan faoliyat
tushuniladi .

Bizning nazarimizda, A.I. Bastrыkinning hamkorlikka bergan ta’rifi diqqatga

sazovor bo‘lib, uning fikricha, hamkorlik deganda bu tergovchining, tezkor
organning, ekspert-kriminalistik bo‘linmasining jinoyatni tergov qilishda
ularning har biri o‘z funksiyalariga muvofiq va qonunda berilgan vakolatlar
doirasida amalga oshiradigan protsessual harakatlar, tezkor-qidiruv tadbirlar va
boshqa harakatlarni oqilona uyg‘unlashtirishni nazarda tutgan holda jinoyat ishi
yuritishning vazifalarini eng muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun maxsus
bilimlar, texnik va texnik-kriminalistik vositalardan foydalanish bo‘yicha
muvofiqlashtirilgan faoliyati tushuniladi .

Biz ham yuqoridagi bir qator olimlarning fikr-mulohazalarini tahlil qilgan

holda, F.Yu. Berdichevskiy va boshqa ba’zi olimlarning hamkorlikni vaqtinchalik
xarakterdagi muayyan tashkiliy, o‘ziga xos jamoaviy tuzilma sifatida tushunish
lozimligi va A.I. Bastrikinning hamkorlikni tergovchining boshqa subyektlar
bilan birgalikdagi faoliyati sifatida belgilanishi, hamkorlikning mohiyati ularning
harakatlarining kombinatsiyasi hisoblanishi haqidagi ta’riflarga qo‘shilamiz.

Nazarimizda, hamkorlikni o‘ziga xos jamoaviy tuzilma sifatida tushunishga

amaliyotdagi tergov-tezkor guruhi faoliyati aniq misol bo‘la oladi. Bunda, sodir
etilgan muayyan jinoyat bo‘yicha surishtiruvchi yoki tergovchi rahbarligida

tergov-tezkor guruhi tuzilib, gurux tarkibidagi tergovga qadar tekshiruvni

amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxslarining amalga oshirishlari lozim
bo‘lgan vazifalari belgilab beriladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi jinoyat ishiga
doir protsessual faoliyat bilan shug‘ullansa, tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organ vakillari qonunda berilgan vakolatlar doirasida amalga
oshiradigan protsessual harakatlar bilan birga tezkor-qidiruv tadbirlari va


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

21

boshqa harakatlarni bajarishadi. Natijada tergov va tergovga qadar tekshiruv
organi o‘rtasidagi hamkorlik harakatlarining kombinatsiyasi yuzaga keladi.

Biz hamkorlikni jinoyatlarni tergov qilishni tashkil etishni bir elementi deb

hisoblaymiz. Chunki jinoyatlarni tergov qilishni tashkil etish surishtiruvchi yoki
tergovchini vakolati bo‘lib, hamkorlik ular lozim topgan jinoyat ishi doirasidagi
yuzaga keladi. Aniqroq qilib aytganda, agar isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni
aniqlash qiyin bo‘lmasa, surishtiruvchi yoki tergovchi tezkor xizmatlar,

ekspert-kriminalist va boshqalar bilan hamkorlik o‘rnatmasdan turib,

barcha masalalarni tergov harakatlarini o‘tkazish orqali hal qilishi mumkin..