DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
137
DAVLAT XIZMATI TUSHUNCHASI VA UNING SHAXS,
JAMIYAT HAMDA DAVLAT HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI
Yoqubov Sherzod Nabi oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15695050
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat xizmati tushunchasi, uning shakllanish tarixi,
huquqiy asoslari va ijtimoiy ahamiyati tahlil etiladi. Davlat xizmatining shaxs,
jamiyat va davlat hayotidagi oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Tarixiy yondashuv
orqali davlat xizmatining ilk davlatlar davridan boshlab qanday shakllangani
ko‘rsatib berilgan. Xorijiy davlatlar, jumladan, Rossiya, Qozogʻiston, Belarus
hamda Oʻzbekistondagi davlat xizmati institutlari solishtirilib, mavjud huquqiy
asoslar sharhlangan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat xizmatining
turlari, ularni tartibga soluvchi qonunlar va davlat organlari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, davlat xizmatining shaxsiy
ehtiyojlarni qondirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va davlat funksiyalarini
amalga oshirishdagi roli chuqur tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Davlat xizmati
,
davlat xizmatchisi
,
huquqiy asoslar
,
davlatchilik tarixi
,
shaxs va davlat munosabatlari
,
ijtimoiy ehtiyojlar
,
davlat
organlari
,
fuqarolik xizmati
,
xalq va davlat aloqasi
,
xorij tajribasi.
Bugungi kunda davlat xizmati tushunchasi turli doiralarda keng qoʻllanadi.
Ushbu tushunchaning mazmuni yuzasidan ham bir-biridan farq qiluvchi
yondashuvlar mavjud.
Davlat xizmatchisi tushunchasi davlatchilikning paydo boʻlishi va
rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq hisoblanadi. Har qanday davlatchilikning payda
boʻlishi va evolyutsiyasida davlat xizmatlari markaziy oʻrin tutadi.
Tarixchilarning taʼkidlashicha Yer yuzida eng qadimgi davlatlar miloddan
avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oraligʻida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda
paydo boʻlgan. Oʻzbekiston hududida esa davlatchilikning rivojlanishi uch ming
yildan ziyod davrga borib taqaladi.
Dastlabki davlatlarda tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar
va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sugʻorish va dehqonchilik ishlarini
tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni
yechish muhim va hayotiy zaruriyat edi. Davlat oldida turgan vazifalar
(funksiyalar) maʼlum institutlar tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur institutlar
rivojlanishi natijasida ularning negizida bugungi kundagi davlat xizmatlari
institutlari shakllangan.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
138
Davlatchilik qanchalik barqaror boʻlsa uning davlat xizmati institutlari ham
shunchalik rivoj topgan.
Shunday qilib, davlatchilikning ilk rivojlanishi bosqichlarida ham bugungi
kundagi zamonaviy davlatlarda ham davlat xizmatlari davlatning mavjudligini
taʼminlaydigan, uning oʻziga xosliklarini belgilaydigan, sifat koʻrsatkichlarini
yuzaga chiqaradigan institut bu davlat xizmatlari hisoblanadi.
Bugungi zamonaviy davlatlarda davlat xizmati mustahkam va barqaror
institutlarga aylangan boʻlib, davlat xizmatlarini qurish va tashkil etish borasida
alohida qonunchilik tizimi shakllangan. Davlat xizmatiga oid munosabatlar
koʻplab institutlardan tarkib topgan.
Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida davlat xizmatining
asoslari toʻgʻrisida”gi qonunida davlat xizmati – davlat organlari vakolatlarini
taʼminlash boʻyicha olib boriladigan professional faoliyat sifatida, Qozogʻiston
Respublikasining “Qozogʻiston Respublikasi davlat xizmati toʻgʻrisida”gi
qonunida davlat xizmati – davlat organlarida davlat xizmatchilarining davlat
hokimiyati vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan rasmiy
vakolatlarini amalga oshirishdagi faoliyati sifatida, Belarus Respublikasining
“Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi qonunida esa davlat xizmati – davlat lavozimlarini
egallab turgan fuqarolarning davlat vakolatlarini bevosita amalga oshirish va
davlat organlari yoki mansabdor shaxslari funksiyalarini bajarishini taʼminlash
maqsadida amalga oshiriladigan kasbiy faoliyati sifatida taʼriflangan.
Demak, yuqoridagilardan anglashiladiki, davlat xizmati:
• davlatning vakolatlari, vazifa va funksiyalarini amalga oshirishga
qaratiladi;
• maxsus vakolatli davlat xizmatchilari tomonidan haq evaziga, mehnatga
oid munosabatlar doirasida amalga oshiriladi;
• doimiy amalga oshiriladigan professional xizmat (faoliyat) hisoblanadi;
• oʻzining barqaror institutsional asoslari mavjud boʻladi.
Barcha davlatlarda davlat xizmati maʼlum tizimga ega boʻladi. Masalan,
Fransiyada davlat xizmati va mahalliy davlat xizmati bir-biridan ajratilgan,
Rossiya Federatsiyasida davlat xizmati tizimini davlat fuqarolik xizmati, harbiy
xizmat va huquqni muhofaza qilish organlarida amalga oshiriladigan xizmat
tashkil etadi. Belarus Respublikasida esa davlat xizmati tizimini davlat fuqarolik
xizmati, harbiy xizmat va harbiylashtirilgan xizmatlardan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat xizmatiga oid yagona qonun mavjud
emasligi sababli davlat xizmati tizimini turli qonunchilik hujjatlari tahlili asosida
aniqlash mumkin. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustda
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
139
qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunining 4-moddasida
davlat fuqarolik xizmati davlat xizmatining bir turi, Oʻzbekiston Respublikasi
fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari
vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlashga doir haq toʻlanadigan kasbiy
faoliyat sifatida taʼriflangan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil
12-dekabrdagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi
qonunining 4-moddasida esa harbiy xizmat – Oʻzbekiston Respublikasi
fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish
borasidagi davlat xizmatining alohida turi” sifatida taʼriflangan.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
3-oktyabrdagi
“Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
PF-5843-son
Farmonining 1-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy
xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat davlatning maxsus
xizmati hisoblanishi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi nazarda
tutilgan.
Davlat xizmati orqali:
birinchidan, davlatning vakolat, funksiya va vazifalari amalga oshiriladi;
ikkinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar
oldida masʼulligini taʼminlanadi;
uchinchidan, fuqarolarning davlat organlari orqali taʼminlanadigan turli
ehtiyojlari taʼminlanadi;
toʻrtinchidan, xalq va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar amalga
oshiriladi.
Shunday qilib, bugungi kunda davlat xizmati tushunchasining mazmuni
quyidagilarni anglatadi:
birinchidan, huquq tarmogʻi;
ikkinchidan, qonunchilik sohasi;
uchinchidan, huquqiy fan;
toʻrtinchidan, ilmiy tadqiqot sohasi.
Davlat xizmatining mohiyati uning shaxs, jamiyat va davlat hayotida
qanchalik muhim oʻrin tutishiga bogʻliq hisoblanadi:
Davlat xizmatining shaxs uchun ahamiyati shaxsning turli ehtiyojlarining
taʼminlanishida oʻz ifodasini topadi.
Maʼlumki, inson ijtimoiy mavjudot hisoblanadi. Shu sababli har bir inson
hayoti davomida turli ijtimoiy ehtiyojlar qurshovida yashaydi va ana shu
ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishi shaxs uchun muhim ahamiyatga ega.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
140
Insonning ijtimoiy ehtiyojlari qondirilishida davlat fuqarolik xizmati muhim
oʻrin tutadi. Xususan, taʼlim, tibbiyot, turli ijtimoiy xizmatlarning taqdim etilishi
aynan davlat fuqarolik xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga shaxsning huquqlarini himoya qilish, uning buzilgan
huquqlarini tiklash ham aynan tegishli davlat xizmatlari orqali taʼminlanadi.
Davlat xizmatining jamiyat uchun ahamiyati jamiyatda ijtimoiy birlik va
barqarorlikni taʼminlash, jamiyatni parvarishlash, shuningdek jamiyatga ijtimoiy
neʼmatlarni taqdim etishda namoyon boʻladi.
Davlat xizmatining davlat uchun ahamiyati davlatning vazifalari bajarilishi
hamda funksiyalari amalga oshirilishidadir.
Davlatning, qonun chiqarish, iqtisodiyot, mudofaa va xavfsizlik, huquq-
tartibot, moliyaviy, ijtimoiy himoya, qishloq va suv xoʻjaliklari, qurilish va uy-joy
kommunal xoʻjaligi, transport, energetika, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish, sport, madaniyat, yoshlar va shu kabi boshqa masalalar boʻyicha muhim
funksiyalari aynan davlat xizmati orqali amalga oshiriladi.