Ushbu maqolada yozma nutq kompetensiyasini shakllantirishning va rivojlantirishning metodik usullari, har xil yondoshuvlar va ularning ta’sir darajasi haqida ma’lumotlar berilgan. Pedagogik muvaffaqiyatga erishish uchun, nazariy yondashuvlarni amaliy faoliyatlar bilan birlashtirish zarur, masalan, yozma namunalarini tahlil qilish, hamkorlikda yozish va aniq yozma topshiriqlarni bajarish orqali talabalar yozma nutqni chuqurroq tushunadilar.