Авторы

  • Ra’no Ergasheva
    Namangan davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.108946

Ключевые слова:

Ko’ktepa ellin madaniyati ibodatxona oltin to’qacha “Sak malikasi xazinasi” oltin tillaqosh tosh o’roq.

Аннотация

Ushbu maqolada ilk temir davriga oid qadimiy Ko’ktepa arxeologik yodgorligining o’rganilish tarixi tahlil qilingan. Bunda yodgorlikka oid dastlabki ilmiy izlanishlar, arxeologik qazishmalar, topilmalar va ularning madaniy-tarixiy ahamiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, tadqiqotlarda ishtirok etgan olimlar faoliyati, ilmiy ekspeditsiyalar natijalari va yodgorlikning qadimiy davrlar sivilizatsiyasi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Maqola Ko’ktepa yodgorligining O’zbekiston arxeologiyasidagi tutgan o’rni va uning ilmiy jihatdan o’rganilish jarayonini chuqur tahlil etishga qaratilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

81

KO’KTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGINING O’RGANILISH TARIXI

Ergasheva Ra’no Muzaffarbek qizi

Namangan davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15672477

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ilk temir davriga oid qadimiy Ko’ktepa

arxeologik yodgorligining o’rganilish tarixi tahlil qilingan. Bunda yodgorlikka oid
dastlabki ilmiy izlanishlar, arxeologik qazishmalar, topilmalar va ularning
madaniy-tarixiy ahamiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, tadqiqotlarda
ishtirok etgan olimlar faoliyati, ilmiy ekspeditsiyalar natijalari va yodgorlikning
qadimiy davrlar sivilizatsiyasi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar keltirib
o’tilgan. Maqola Ko’ktepa yodgorligining O’zbekiston arxeologiyasidagi tutgan
o’rni va uning ilmiy jihatdan o’rganilish jarayonini chuqur tahlil etishga
qaratilgan.

Kalit so’zlar:

Ko’ktepa, ellin madaniyati, ibodatxona, oltin to’qacha, “Sak

malikasi xazinasi”, oltin tillaqosh, tosh o’roq.

Abstract:

This article analyzes the history of the study of the ancient

Koktepa archeological monument of the Early Iron Age. The article highlights
the initial scientific research, archaeological excavations, discoveries and their
cultural-historical significance related to the Koktepa archaeological site. It also
provides information about the activities of researchers involved in the studies,
the results of scientific expeditions and the site’s connection to ancient
sivilizations. The article is aimed at a comprehensive analysis of Koktepa’s place
in Uzbek archaeology and the process of its scholarly exploration.

Keywords:

Koktepa, Hellenic culture, temple, golden buckle, “treasure of

the Sac queen”, golden dream, stone scythe.

Аннотатция:

В данной статье анализируется история изучения

древнего Коктепинского археологического памятника раннего железного
века. В данной статье освещены первые научные исследования,
археологические раскопки, находки и их культурно-историческое
значение, связанные с археологическим памятником Коктепа. Также
представлены сведения о деятельности учёных, участвовавших в
исследованиях, результатах научных экспедиций и связи памятника с
цивилизациями древних эпох. Статья направлена на глубокий анализ роли
памятника Коктепа в археологии Узбекистана и процесса его научного
изучения.

Ключевые слова:

Коктепа, Эллинская культура, храм, золотая

пряжка, “сокровище королевы Сак”, золотая мечта, каменная коса.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

82

O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida juda faollashgan

tadqiqotlar ko’lami va ularning samarasi tufayli, O’zbekiston arxeologiyasi
dunyo ilm-fan darajasiga ko’tarildi. Bunday natija esa, o’z navbatida, davlat
arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi markazlar bilan ilmiy hamkorlik
o’rnatishga, teng huquqli asosda shartnomalar tuzishga zamin yaratdi. Ayni
paytda, O’zbekiston hududida – Avstraliya, AQSH, Germaniya, Italiya, Yaponiya,
Fransiya, Polsha, Chexiya, Rossiya kabi davlatlarning arxeolog olimlari bilan
hamkorlikda, xalqaro miqyosda, arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

2019-yil 4-oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk obyektlari milliy ro’yxatini
tasdiqlash to’grisida”gi 846-sonli qarorida mamlakat hududidagi arxeologik
yodgorliklarda qidiruv va qazuv ishlarini amalga oshirilishi to’g’risida
ma’lumotlar berib o’tilgan.

Shunday qarorlar natijasida bugungi kunda Fransiya Respublikasi Ilmiy

Tadqiqotlar Milliy Markazi (UMR – 126.6) bilan hamkorlikda tashkil etilgan
xalqaro ekspeditsiya qadimgi Ko’ktepa va Afrosiyob shahar yodgorliklarida keng
miqyosda arxeologik qazishma ishlari olib bormoqda.

Tadqiqot

Ko’ktepa qadimiy shahar xarobasi miloddan avvalgi IX-IV asrlarga oid

bo’lib, Samarqand viloyatining Payariq tumaniga qarashli hududida, Batrak va
Shamat qishloqlari oralig’ida, Bulung’ursoyning qadimiy o’zani sohilida
joylashgan. Mahalliy aholi orasida Sayiltepa nomi bilan mashxur. Maydoni 23
gektar, relyefining atrofi bo’ylab qad ko’targan mudofaa devori bilan o’ralgan va
Afrosiyob yodgorligi singari bu yerda ham 4 ta joyda shahar darvozalarining
o’rni yaqqol ko’zga tashlanadi. Shahar mudofaa devorining shimoli-g’arbiy
qismida 1 km. uzoqlikda xom g’ishtdan qurilgan 2-mudofaa inshooti ham borligi
aniqlangan. Uning maydoni 100 ga.ni tashkil qilgan.

Yodgorlikda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra,

qadimiy shahar xayoti 3 davrga bo’linganligi aniqlangan.

Ko’ktepa I davri Zarafshon vodiysida mahalliy chorvador saklarning o’troq

hayotga, dehqonchilik xo’jaligi yuritishga ommaviy ravishda o’tayotgan,
Sug’diyona dehqonchilik vohasining jadal tarkib topayotgan davri bilan
farqlanadi [1. B – 70]. Bu davrda kulolchilik mahsulotlari, asosan qo’lda
tayyorlanib, ularning och rangli pardozlangan sirtiga qizg’ish qora bo’yoqda turli
shakllarda gul solish odat bo’lgan. Ko’ktepa I davrida dastlab aholi yarim yerto’la
shakldagi kulbalarda yashagan, ularning so’ngi bosqichiga kelib, guvala va xom
g’ishtdan ko’p xonali uylar va baland platforma (tag kursi) ustiga monumental


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

83

bino (ibodatxona) qurish odat tusiga kirgan. Bu davr majmuasi Farg’ona
vodiysining Chust madaniyati, umuman, O’rta Osiyoning Yaz I deb atalgan
arxeologik majmualari bilan har jihatdan bir-birlariga yaqin va o’xshash deb
topilmoqda.

Ko’ktepa II davriga kelib, Sug’diyona hududlariga Qadimgi Sharq

tamadduniga xos urbanistik jarayon jadal kirib kelgan. Yangi etnomadaniy
qatlamning yerli tub aholi bilan qorishuvi natijasi sifatida ushbu davr majmuasi
tarkib topgan. Bu jarayon, ayniqsa, kulolchilikda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Keramika mahsulotlari tarkibida yuqori sifatli, kulolchilik charxida tayyorlangan
idishlar keskin ko’paygan. Endi, kulolchilikda sopollarning naqshiga emas, balki
ularning sifatiga e’tibor qaralgan. Uy-joy qurilish sohasida monumental binolar,
majmualar barpo etish rivojlangan. Sug’dda qadimgi shahar madaniyati uzil-
kesil shakllanib, Ko’ktepa markazidan sharqroqda joylashgan hukmdorning
qasri tarkib topgan.

Ko’ktepa III davriga kelib, Qadimgi Sharq tamadduni an’analari asosida

rivojlanishda davom etayotgan shahar xayotiga makedoniyalik Aleksandr
yurishlari munosabati bilan ellin madaniyati kirib kelgan. Shahar
madaniyatining yuqori qismida kamida 0,50 sm qalinlikda ellin davri qatlami
hosil bo’lgan. Undan so’ng qandaydir sababga ko’ra, shaharda hayot to’xtaydi [1.
B – 71].

O’tkazilayotgan arxeologik qidiruvlar jarayonida yodgorlikda mahobatli

shahar mudofaa devorlari, muhtasham saroy qoldiqlari va shahar markazida
qad rostlagan ulkan otashparastlar ibodatxonasining xarobalari ochildi. 1998-
yilda manzilgohning ark qismidan Saklar davriga oid 25-35 yoshdagi ayol
kishining qabri ochilgan [2. B – 65]. U yerdan yog’och to’shama va qamish bo’yra
izlari topilgan. Ayolning ko’ylagi chetlari silindr shakldagi 345 ta oltin
taqinchoqlar, bosh kiyimi esa 57 ta shisha munchoq bilan bezatilgan. Belbog’iga
feruza qadamalar o’rnatilgan oltin to’qachalar taqilgan. Mayitning oyoq
tomonida qaychi, urchuq va Xitoyning Xan sulolasi davriga oid kumush
qo’shilgan dumaloq jez ko’zgu topilgan. Mana shu ko’zgu va boshqa belgilarga
ko’ra, qabr mil.avv. I asr – milodiy I asrga oid deb belgilangan. Qabr maydoni 11
x 5,5 m hajmda bo’lib, lahadning chuqurligi 6,5 m ni tashkil etgan. M.
Isomiddinovning fikricha, bu yerga malika yoki aslzoda ayol dafn etilgan, degan
edi [3. B – 851]. Qabr atrofidan esa, 250 ga yaqin tilla taqinchoqlar – tillaqosh,
tilla tugmachalar, kumush ko’zgu, yarim qimmatbaho toshlar kabi osori-
atiqalarning topilishi katta ilmiy, olamshumul voqealikka aylandi. Ushbu
qabrdagi ayol “Sak malikasi xazinasi”, “So’g’d malikasi” nomi bilan ilmiy


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

84

muomilaga kirgandan so’ng fan nuqtai-nazaridan o’rganildi va amaldagi
qonunlarga binoan O’zbekiston Respublikasining markaziy muzeylarida
namoyish qilindi. Ko’ktepa shahar yodgorligini o’rganish natijasida, mil.avv. X-IX
asrlarga oid atrofi aylanma devor bilan mudofalangan qal’a-qo’rg’onning
xususiyatlari va mil.avv. II-I asrlarga taalluqli xazinaning topilishi o’zbek
arxeologlarining mustaqillik yillaridagi eng yirik kashfiyotlaridan biri sifatida
fan tarixi sahifalaridan o’rin oldi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti

xodimlari fransuz olimlari bilan parallel shahar xrobalarini o’rgandilar.
Qazishma ishlarining asosiy qismi Ko’ktepa yodgorligida olib borildi.
Yodgorlikning ichki madaniy qatlamlari o’rganilib, olov qoldig’i kul radiokarbon
usulida tekshirilib, olov yoqilgan voqea 2750 yillar avval bo’lganligini aniqlash
imkonini berdi. Bu yerdan topilgan va aniqlangan moddiy madaniyat
Afrosiyobning ilk qatlamlaridagi ashyolar bilan bir xilligi shaharlarning qurilish
sanasi ham bir xil bo’lganligidan dalolat beradi [1. B – 73].

2001-yil Ko’ktepa minorasi o’rnida qazishma ishlari davom ettirilib, u

yerdan mil.avv. VIII-VII asrlarga oid bo’lgan sopol idishlar, tegirmon tosh
bo’laklari, tosh o’roq, qozon, bandli marmar tarozi toshi, marmardan ishlangan
buyumlar, 4 oyoqchali kichik chirog’don, to’qimachilik dastgohi uchun
mo’ljallangan suyak taroq, tosh pichoq, og’ir bolta, xayvon suyaklari topilgan [3.
B – 851].

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, mustaqillikka erishish O’zbekiston

Respublikasi qadimshunosligining bosh ilmiy markazi bo’lgan Arxeologiya
instituti uchun jahon eshiklarini chinakamiga ochib berdi. Institut O’zbekiston
hududida hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun jahonning
rivojlangan mamlakatlari ilmiy markazlari bilan shartnomalar tuzishga erishdi,
bu orqali O’zbekiston arxeologiyasi fani tom ma’noda dunyoviy nufuzga ega
bo’ldi, o’zbek xalqi tarixini o’rganish xalqaro miqyosda amalga oshirila
boshlandi. Yodgorlikning keng miqyosda o’rganilishi ilk temir davri haqidagi
ma’lumotlarning mukammallashishiga imkon bermoqda.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

Ultayeva F. O’rta Osiyoning qadimgi va o’rta asrlar urbanizatsiyasi. –

Buxoro. “Durdona”. 2021. – 189 b.
2.

Nasriddinov Sh. Arxeologiyaga kirish. O’quv-uslubiy majmua. Namangan –

2021. – 173 b.
3.

O’zbekiston

Milliy

ensiklopediyasi.

T.

“O’zbekiston

Milliy

ensiklopediyasi”. 2000. – 900 b.
4.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ko%CA%BBktepa_(Payariq_tumani)

Библиографические ссылки

Ultayeva F. O’rta Osiyoning qadimgi va o’rta asrlar urbanizatsiyasi. – Buxoro. “Durdona”. 2021. – 189 b.

Nasriddinov Sh. Arxeologiyaga kirish. O’quv-uslubiy majmua. Namangan – 2021. – 173 b.

O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – T. “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi”. 2000. – 900 b.