Авторы

  • Zarnigor Ibrohimova
    Farg‘ona davlat universiteti 1- kurs doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.52941

Ключевые слова:

: lingvokulturologiya universal atamalar hissiy kechinmalar marosimlar madaniy omil muloqot.

Аннотация

Ushbu maqolada lingvokulturologiyaning jahon tilshunosligida o’rganilishi va buning tildagi ahamiyati   haqida so‘z boradi. Shuningdek, linvokulturologiyaga oid leksik birliklar va ularning o‘rganilishi soha rivoji uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi haqida  ham fikrlar bildirilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

5

CHET EL LINGVOKULTUROLOGIYASINING PAYDO BO’LISHI

TARIXI

Ibrohimova Zarnigor Nodirjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti 1- kurs doktoranti

Zarijon0611@gmail.com; +998905343708

ORCID ID 0009-0007-7294-0113

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292414

Annotatsiya

Ushbu maqolada lingvokulturologiyaning jahon tilshunosligida o’rganilishi

va buning tildagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek,
linvokulturologiyaga oid leksik birliklar va ularning o‘rganilishi soha rivoji
uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi haqida ham fikrlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

lingvokulturologiya, universal atamalar, hissiy

kechinmalar, marosimlar, madaniy omil, muloqot.

Tilshunoslikda lingvokulturologiya yo’nalishi XX asrning so’nggi

choragida shakllangan bo’lib, “lingvokulturologiya” atamasi tilshunos V.N.Teliya
boshchiligidagi Moskva frazeologik maktabida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar
natijasida tilshunoslikka tatbiq qilingan. Aksariyat tadqiqotlarda
lingvokulturologiyaning shakllanishi aslida nemis tilshunosi V. fon Gumboldtga
aloqador ekanligi ta’kidlanadi. Chunki u hamisha tilni inson ruhiga bog’lab
o’rganish g’oyasini ilgari surgan. Lingvokulturologiya ham tilni madaniyatga
bog’lab o’rganadi, madaniyat esa inson tafakkuri, onggi, ma’naviyatiga bog’liq
hamma narsa. Bu miflar, asotirlar, marosim va udumlar, ibora va maqollar,
aytimlar, hattoki duo va qarg’ishlar hamdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tilshunoslik tilni ruh faoliyati sifatida tushunish darajasiga yetmaguncha

hech qanday masalani yecha olmaydi. Shuning uchun ham V.Gumboldt doimo
“xalq ruhi” tushunchasiga murojaat qiladi. “Xalq ruhi” atamasi ostida xalqning
ruhiy o‘ziga xosligi, intelektual qadriyatlari, milliy madaniyat tushunchalari o‘z
ifodasini topadi. Boshqacha aytganda, xalqning dunyoqarashini belgilovchi
tafakkur tarzi, fani, adabiyoti va san’ati shu xalqning ruhiy dunyosini tashkil
qiladi hamda tilida aks etadi.

V.Gumboldt xalq ruhi va tili o‘rtasidagi munosabat o‘zaro zich

bog‘langanligini, ularni ayro tasavvur qilib bo‘lmasligini bayon qilar ekan, tilni
xalq ruhining tashqi voqelanishi, xalq tili uning ruhi, ayni paytda xalq ruhi uning
tili ekanini ta’kidlaydi. Ana shu g‘oyadan kelib chiqqan holda tilning xilma-xilligi


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

6

xalq ruhining xilma-xilligi natijasidir, degan xulosaga keladi, til ruh qonuniyati
asosida o‘zgarib rivojlanib boradi, deydi.

Tilshunoslikda lingvokulturologiyaning shakllanishida A.A.Potebnya,

L.Vaysgerber, X.Glints, X.Xolg`ts, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf,
G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz singari tilshunoslarning hissasi katta.
Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova
ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi:
1) fan shakllanishiga turtki bo`lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi
(V. Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi
tilshunoslarning ishlari);
2) lingvokulturologayaning alohida soha sifatida ajratilishi;
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi.
XX

asr

oxirlariga

kelib

Rossiyada,

xususan,

Moskvada

to‘rtta

lingvomadaniyatshunoslik maktablari shakllandi.
1. Yu.Yu. Stepanov maktabining maqsadi madaniyatning davomiyligini diaxron
nuqtai nazardan tasvirlashdir. Yo'nalish turli davrlarda yaratilgan matnlar
yordamida, ya’ni tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi sifatida ish
ko'radi. Bu maktab asoschisi akademik Yu.S. Stepanov qalamiga mansub
“Konstanto: Slovar russkoy kulturo” asari lingvokulturologiyaga bag’ishlangan
va fanda o‘z ahamiyatiga ega. Bu asar rus yozuvchilari, jamiyatning mashhur
kishilari

asarlari,

shningdek,

lug’atlardagi

ibora

va

tushunchalar

etimologiyasining tahliliga bag’ishlangan bo‘lib, bir necha bor chop etilgan.
2. Arutyunova lingvokulturologiya maktabi.Bu maktabda ham tahlil qilinadigan
atamalar faol til egalari tomonidan emas, balki kuzatuvchilar tomonidan
o‘rganiladi.Arutyunova maktabi tilshunoslari turli zamonlarda yozilgan tarixiy
matnlardan olingan universal atamalar va tushunchalarni tahlil etadi.
N.D.Arutyunova lingvokulturologiyaga bag’ishlangan “Культурноеконсепто”
asarida shunday deydi: “Odam madaniyat konteksida yashaydi. Unig uchun bu
kontekst “ikkinchi voqelik’’ sanaladi. O‘sha odam tomonidan yaratilgan va uning
uvhun bilish obyektiga aylangan tabiat chetdan o‘rganiladi, madaniyat eesa
ichdan. U g’ayriixtiyoriy refleks tufayli idrok etiladi”.
3. V.N. Teliya asos solgan lingvokulturologiya maktabi. Bu maktab o‘z esa
navbatida jahon tilshunosligida Frazeologizmlarni lingvomadaniy tahlil qilish
Moskva maktabi nomi bilan mashhur. Bu maktab madaniy semantikani til
madaniyat egalari orqali o‘rganadi, ya’ni real til egalarining nuqtai nazari va
dunyoqarashi orqali tilning mohiytai tadqiq qilinadi. Tilshunos V.N. teliya til va
til birliklarini o‘sha tilning ichidan ichki kuzatuvchi sifatida o‘rganish g’oyasini


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

ilgari suradi. Uning fikricha, lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog’i
insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir.
Teliya o‘zining “ Rus frazeologiyasi: semantik, pragmatik va lingvomadaniy
aspektlar” kitobida yozishicha: “Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i,
insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki,
lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi
antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir.”
4. Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetidaV.V.Vorobyev ,V.M.Shaklein va
boshqalar tomonidan asos solingan linvomadaniyatshunoslik maktabi. Bu
maktabning yo‘nalishi ekvivalenti bo‘lmagan til birliklari – ya’ni muayyan
madaniyatgagina xos bo‘lgan, maxsus, faqat so‘zlovchining ongida bor va til
egalarinig

tajribasini

mustahkamlovchi

so‘zlarni

o‘rganadi.

Bu

lingvomadaniyatshnoslik maktabi g’oyasi – tillar o‘rtasidagi farq madaniyatlar
o‘rtasidagi farqqa bog’liqdir, ular leksik birliklar va iboralarda yaqqol namoyon
bo‘ladi. Bunga sabab esa tilning nominative vositalri asosan g’ayrilisoniy voqelik
bilan bo‘liq. Tilshunos Vorobyovning yozishicha, “Bugungi kunda
lingvokulturologiyani muayyan yo‘l bilan saralangan madaniy qadriyatlar
majmuini o‘rganadigan, nutqni yaratish va uni idrok qilishdagi jonli
kommunikativ jarayonlarni, lisoniy shaxs tajribasini va milliy mentalitetni
tadqiq etadigan, olam manzarasining lisoniy tasvirini tizimli ravishda beradigan,
ta’limning bilim olish , tarbiyaviy va intellektual vazifalarining bajarilishini
ta’minlaydigan yangi filologik fan sifatida qayd qilish mumkin.Demak
lingvokulturologiya madanniyat va tilning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirini va bu
jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun strukturasi
sifatida aks ettiradigan kompleks fandir” .
Vorobyev, shuningdek, lingvokulturologiya haqida “lingvokulturologiya –
sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi bo‘lib, u madaniyat va til o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalar va ta’sirlashuvlarni o‘rganadi. Bu jarayonni yagona lisoniy va
nolisoniy (madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit tarkibi sifatida mazkur
jarayonni zamonaviy nufuzli madaniy ustuvorliklarga (umuminsoniy me’yorlar
va qadriyatlar) qaratilgan tizimli metodlar yordamida aks ettiradi”, - deb
izohlaydi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Bugungi kunda, lingvokulturologiya jahon tilshunosligida jadal rivojlanib
borayotgan fan sanaladi. Buning natijasi o‘laroq, lingvokulturologiyaga


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

8

bag’ishlangan qator o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan. Ular orasida eng mashhuri
tilshunos V.A.Maslova tomonidan yaratilaganidir. Unda lingvokulturologiyaning
metodlari, yo‘nalishlari, obyekti va predmeti atroflicha yoritilgan, shuningdek,
muayyan til birligini lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish bo‘yicha misollar
berilgan.
Yana

bir

tilshunos

N.F.Alefirenkoning

o‘n

to‘rt

bobdan

iborat

lingvokulturologiyaga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanmasi e’tiborga loyiq. Asarda
lingvokulturologiyaning tadqiqot metodlari; madaniyat hamda til madaniyati;
til, madaniyat va mentallik tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi; olamning
lisoniy manzarasi; so‘zning etnomadaniy asos va xususiyatlari, madaniy konsept
va semantika; so‘zning madaniy-pragmatik ma’nosi kabi dolzarb masalalarga
atroflicha ta’rif berilgan. Alefirenko tilni xalq madaniyati, psixologiyasi, falsafasi
va tarixini aks ettiruvchi oynaga qiyoslaydi. Manbada lingvokulturologiya
fanining obyekti sifatida mazmunni o‘rganishga qaratilgan til faoliyat ekanligi
qayd qilingan.Olim lingvokulturologiyaga oid qator maqolalar muallifi hamdir .
Uning «Linguocultural nature of mentality» nomli maqolasi mentallik
tushunchasiga lingvomadaniy aspektdan qaralgan. Maqolada, avvalo,
«mentallik», «mentalitet» terminlarining izohi berilgan. Maqolada mentallik
haqida shunday fikrlar bor: «Mentallik – dunyoni anglash jarayonida vujudga
kelsa, mentalitet – muayyan xalq tomonidan yaratilgan dunyo manzarasi
hisoblanadi. Shunday ekan, xalqning mental xususiyatlari tilda o‘z aksini topadi.
Demak, muayyan millat madaniyati va mental xususiyatlarini o‘rganish uchun
uning tilini tadqiq etish maqsadga muvofiq”. Olim lingvokulturologiyaga
shunday ta’rif bergan: “Lingvokulturologiya mentallikni tasvirlashning o‘zgacha
bir usuli bo‘lib, uni dunyo manzarasining maxsus ko‘rinishi, deb ta’riflasa
bo‘ladi”.
Tilshunos V.N.Teliya ning fikricha, linvokulturologiya shaxs va madaniy
omillarni uzviylikda tadqiq etuvchi fandir.
G.G.Slishkinning fikricha:” Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i,
insondagi madaniyat omiliga yo‘naltirilgan. Lingvokulturologiyaning
markazi madaniyat fenomenidan iborat bolishi inson haqidagi fanning
antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi".
Yuqorida nomlari keltirilgan tilshunoslar lingvokulturologiyaning umumiy
muammolaridan tortib, eng kichik tushunchalarigacha ilmiy tadqiqot ishlarini
amalga oshirib, tegishli xulosalar berganlar. Xususan, V.A.Maslova bu borada
“Lingvokulturologiya xalqning nafaqat qadimiy an’ana va urf -odatlari, asrlar
davomida shakllanib kelayotgan og‘zaki ijod namunalarini, balki xalq hayoti va


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

turmush tarzi, madaniyati va urf-odatlarini, umuman, muayyan elat va
millatning mental jihatlarini aks ettiruvchi zamonaviy nutq hodisalarini ham
tadqiq etishi borasidagi nuqtai nazarlarini bildirgan”.
Adabiyotlarda lingvokulturologiyaning obyekti haqida bir qancha bahs-
munozaralar ham uchrab qoladi. Jumladan, V.N.Teliyaning fikricha,
lingvokulturologiya til va madaniyatning faqat sinxron aloqasini o‘rganadi.
V.A.Maslovaga ko‘ra, bu soha tilni ham sinxron, ham diaxron jihatdan o‘rganadi.
Shuningdek,V.N.Teliya lingvokulturologiya obyekti umuminsoniy xarakterga
egaligi to‘g’risidagi g’oyani ilgari suradi. V.A.Maslova esa muayyan xalq yoki
qardosh xalqlar tilining lingvokulturologik xususiyatlari alohida tadqiq qilish
kerakligini ta’kidlaydi.
Maslovaga ko’ra: "Har qanday ilmiy tadqiqotning aniq metodi o'zining qo'llanish
chegarasiga ega. Biroq o'zaro aloqada bo'lgan til va madaniyat shunchalik ko'p
qirraliki, ularning tabiati, funksiyalari va genezisini bir metod vositasida bilish
mumkin emas. Shuning uchun ham bu sohada bir-birini to'ldiruvchi qator
metodlarning qo'llanilishi g'oyat tabiiydir"
Haqiqatan ham tilshunoslikda lingvokulturologiyaga oid ilmiy ishlar qilishda
turli xil metodlardan foydalanilib, til va madaniyatning o’zaro aloqasi
o’rganiladi, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilinadi. Bunday uslub, metodlarga
lingvistik, etnografik, madaniy va ijtimoiy metodlar kiradi.
V. V. Vorobevning yozishicha, “bugungi kunda lingvokulturologiyani muayyan
yo’l bilan saralangan madaniy qadriyatlar majmuyini o'rganadigan, nutqni
yaratish va uni idrok qilishdagi jonli kommunikativ jarayonlarni, lisoniy shaxs
tajribasini va milliy mentalitetni tadqiq etadigan, olam manzarasining lisoniy
tasvirini tizimli ravishda beradigan, ta’limning bilim olish, tarbiyaviy va
intellektual vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yangi filologik fan
sifatida qayd qilish mumkin Demak, lingvokulturologiya madaniyat va
tilning o'zaro aloqasi va o'zaro ta’sirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy
(madaniy) birliklarning bir butun strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks
fandir”.
V.M. Shakleyinning fikricha, “Lingvokulturologiya bu – tilshunoslik emas.
Shubhasiz,

materiallar

tadqiqida

tilshunoslik

va

lingvokulturologik

yo'nalishlarni birlashtirish samara beradi, biroq lingvokulturologiyani mustaqil
fan sifatida shakllanish yo'Iiga olib chiqmaydi”.
So‘nggi yillarda qilingan ilmiy izlanishlarda asosan inson va insoniy tuyg’ular,
voqea-hodisalar tadqiq qilinib, ularda faqatgina lingvokulturologik yondashuv
emas, balki psixolingvistik, sotsiolingvistik, etnolingvistik, neyrolingvistik tahlil


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

10

usullaridan ham keng foydalanilgan. Xususan, tilshunos L.Ye.Vilms “muhabbat”
tushunchasining rus va nemis tillaridagi lingvokulturologik xususiyatlarini
o‘rganib,bu tushunchaning har ikki tilga xos bo‘lgan birliklarda ifodalanishiga
oid turli ijtimoiy va tarixiy omillarni aniqlagan.
N.A.Bagdasarov esa insonning hissiy kechinmalarining og‘zaki ifodasini
lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilgan. U ingliz va rus tillarida shaxs ruhiy
holatini ifodalovchi birliklarni tahlil etib,ruhiy holatning ingliz va rus xalqlariga
xos noverbal ifoda ko‘rinishlaridan misollar keltirgan va ularni klassifikatsiya
qilgan.Shuningdek, tadqiqot ishi etnokulturologiya, etnopsixolingvistika,
psixofiziologiya kabi fan tarmoqlari haqidagi mulohazalarni ham o‘z ichiga
olgan.
Jahon tilshunosligida ommaviy axborot vositalarida qo‘llanadigan til birliklarini
lingvokulturologiya nuqtai nazaridan tahlil qilishga bag’ishlangan ilmiy
izlanishlar ham tahsinga loyiq. Xususan, M.A.Strelnikova Rossiya va Amerika
muloqot madaniyatida og‘zaki teleintervyu janrining milliy xususiyatlarini
tadqiq qilgan va muloqot madaniyatida siyosiy intervyuning ahamiyatini
yoritgan.Tadqiqotchi, asosan, ingliz va rus muloqot madaniyatida
teleintervyuning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy fakt va kuzatishlar bilan asoslagan.
Ye.A.Kurchenkova ingliz va rus tillaridagi gazeta e’lonlari matnining
lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etgan.
S.V.Nikitina rus va ingliz tillaridagi sanoatga oid reklamalarda bu ikki xalqqa xos
bo‘lgan milliy mentalitet tamoyillarini tahlil qilgan.
F.O.Smirnov elektron aloqaning milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganishni
maqsad qilib, rus va ingliz tillarida virtual aloqalarning o‘ziga xosliklarini
qiyoslagan. Bu ilmiy tadqiqotda elektron muloqot o‘zi nima, uning qanday
turlari bor, ularning foydalanuvchiga ta’siri qanday va qanday psixologik
xususiyatlariga ega singari qator savollarga javob berilgan.
Yuqorida nomlari qayd etilgan tilshunoslar olib borgan tadqiqotlar natijasi
o‘laroq, hozirda lingvokulturologiyaning bir qancha yo‘nalishlari mavjud:
1. Lingvokulturologiyaning o‘zi madaniy aloqalarni, lingvomadaniy holatlarni,
aniq ilmiy izlanishlarni o‘z ichiga oladigan alohida guruh.
2. Diaxronik lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatning etnos holatidagi aniq
o‘tish vaqtining o‘zgarishlarini o‘rganadi.
3. Qiyosiy lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatda paydo bo‘ladigan turli xil
etnoslarning ikki tomonlama qiyoslash bilan shug‘ullanadigan yo‘nalish.
4. Таvsifiy lingvokuturologiya. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bir
muncha kamroq. Biroq ular orasida M.K.Golovanivskaning “Rus tilida


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

11

so‘zlashuvchilar nuqtai nazarida fransuz mentaliteti” nomli ishi katta
ahamiyatga ega. Ishning obyekti sifatida rus va fransuz tillaridagi mavhum
tushunchalar bo‘lib, ular taqdir, xavf, omad, qalb, ong, tafakkur, g‘oya singari
so‘zlarni o‘z ichiga oladi.
5. Lingvokulturologik leksikografiya. Bu yo‘nalish lingvoo‘lkashunoslik bo‘yicha
lug‘atlarni tuzish bilan shug‘ullanadi. Lingvokulturologiyadagi ushbu
yo‘nalishida bugungi kunda boshqa yo‘nalishlarga qaraganda ko‘proq ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu esa soha rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqda.
Xususan , D.G.Maltsevaning lingvoo‘lkashunoslik lug‘ati 25 bobdan iborat. Unda
nemis jamiyatida faol qo‘llaniluvchi til birliklari, iqlim xususiyatlari, hayvonot va
nabobot olami, mamlakat tarixi, qadimiy urf-odatlar, an’analar; qadimgi
afsonalar va rivoyatlar, son va rang belgilari marosimlar, bayramlar; ; nemis pul
birligi; o‘lchov birliklari, xususan, uzunlik, og‘irlik, hajm, yuza; savdo-sotiq
ishlari, fan, texnika, tibbiyot; pochta xizmati, shaharlar qurilishi tarixi singari
narsa va jarayonlar obyekt qilib tanlab olingan. Shuningdek, lug‘at tarkibidagi
mavzulashtirilgan ma’lumotlar tarkibiga nemis mentalitetiga xos bo‘lgan
an’analar , urf –odat va marosim leksemalari, an’anaviy qo‘shiqlar va aforizmlar ,
milliy imo-ishoralar va ularning xarakterli jihatlari va semantikasi kiritilgan.
Aytish mumkinki, Maltsevaning ushbu asari lingvokulturologiya sohasida o‘ziga
xos muhim ahamiyatga ega. Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha
ravishda lingvoo‘lkashunoslik yo‘nalishining asoschilari E.M . Verechagin va
V.G.Kostomarovlarning quyidagi so‘zlarini ham keltirib o‘tishni lozim topdik:
“Chet tilini o‘rganuvchilar,eng avvalo, odatda kommunikatsiyada ishtirok
etishning yana bir usulini egallashga intiladilar. Ammo, tilni o‘rganar ekan, inson
bir vaqtning o‘zida yangi milliy madaniyatga suqilib kiradi, o‘rganilayotgan tilda
saqlanayotgan ulkan ma’naviy boylikni egallaydi.”
XULOSA
Jahon tilshunosligida olib borilgan tadqiqotlar va keltirilgan ilmiy fikrlar shuni
anglatadiki, lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida tadqiq etadi,
ilmiy asoslaydi. Bu tadqiqotlar sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika,
lingvomamlakatshunoslik, madaniyatshunoslik va boshqa shunga yaqin
yo‘nalishlar doirasida olib boriladi. Bunday ilmiy izlanishlar uchun umumiylik
bu - o‘zaro chambarchas bog’langan til va madaniyatdir.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.A. Nurmonov. Tanlangan asarlar . 2jild. Lingvistik ta’limotlar tarixi. B. 26-27.
2. I. Darvishov. LINGVOKULTUROLOGIYA FANIDAN MA`RUZALAR MATNI.
Namangan-2021. B. 15.
3. Sh. Usmanova. Lingvokulturologiya. Toshkent - 2019. B.24.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

12

4. N. Shayxislamov LINGVOKULTUROLOGIYANING FANLAR SISTEMASIDAGI
MAQOMI

VA

UNING

ETNOLINGVISTIKA,

SOTSIOLINGVISTIKA

VA

ETNOPSIXOLINGVISTIKA BILAN BOG'LIQLIGI. Academic Research in
Educational Sciences Vol. 1 No. 2, 2020 ISSN 2181-1385. B.222.
5. M. Amonova. LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK FANINING TARIXIY VA
NAZARIY NEGIZLARI
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021:
5. B. 423 .
6. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и
лингвокультурологический аспекты. –М.: Школа “Языки русской
культуры”, 1996. С.38.
7. S. Ahmedova. Lingvokulturologiya yo‘nalishining tilshunoslikda tutgan o‘rni.
JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS)Volume: 01 Issue: I
SSN: 2181. B. 400.
8. Alefirenko N.F. Linguocultural nature of mentality // Словесность. Культура.
1/2011. С. 161.
9. Maslova. Lingvokulturologiya. M.-Akademiya, 2001. – B. 34.
10. Багдасарова Н.А. Соотношение вербализованных эмоций в русском и
английском языках: Дисс. … канд. филол. наук. –М.2004. B.61.
11. Kurchenkova Ye.A. Культурно-языковые характеристики текстов
газетных объявлений (на материале английской и русской прессы).
Волгоград – 2000.C. 188.
12. G. To'lanboyeva.LINGVOKULTUROLOGIYA O‘RGANILISH TARIXI. Science and
innovation. International scientific journal volume1/ issue6 / 2022 ISSN: 2181-
3337. B.542.
13. Смирнов. Ф. О.Hационально-культурные особенности электронной
коммуникации на английском и русском языках Ярославль- 2004.C.22.
14. A. Odilov.LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING YUZAGA KELISH TARIXI.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601. B.1378.

Библиографические ссылки

A. Nurmonov. Tanlangan asarlar . 2jild. Lingvistik ta’limotlar tarixi. B. 26-27.

I. Darvishov. LINGVOKULTUROLOGIYA FANIDAN MA`RUZALAR MATNI. Namangan-2021. B. 15.

Sh. Usmanova. Lingvokulturologiya. Toshkent - 2019. B.24.

N. Shayxislamov LINGVOKULTUROLOGIYANING FANLAR SISTEMASIDAGI MAQOMI VA UNING ETNOLINGVISTIKA, SOTSIOLINGVISTIKA VA ETNOPSIXOLINGVISTIKA BILAN BOG'LIQLIGI. Academic Research in Educational Sciences Vol. 1 No. 2, 2020 ISSN 2181-1385. B.222.

M. Amonova. LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK FANINING TARIXIY VA NAZARIY NEGIZLARI

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5. B. 423 .

Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. –М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996. С.38.

S. Ahmedova. Lingvokulturologiya yo‘nalishining tilshunoslikda tutgan o‘rni. JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS)Volume: 01 Issue: I SSN: 2181. B. 400.

Alefirenko N.F. Linguocultural nature of mentality // Словесность. Культура. 1/2011. С. 161.

Maslova. Lingvokulturologiya. M.-Akademiya, 2001. – B. 34.

Багдасарова Н.А. Соотношение вербализованных эмоций в русском и английском языках: Дисс. … канд. филол. наук. –М.2004. B.61.

Kurchenkova Ye.A. Культурно-языковые характеристики текстов газетных объявлений (на материале английской и русской прессы). Волгоград – 2000.C. 188.

G. To'lanboyeva.LINGVOKULTUROLOGIYA O‘RGANILISH TARIXI. Science and innovation. International scientific journal volume1/ issue6 / 2022 ISSN: 2181-3337. B.542.

Смирнов. Ф. О.Hационально-культурные особенности электронной коммуникации на английском и русском языках Ярославль- 2004.C.22.

A. Odilov.LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING YUZAGA KELISH TARIXI. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601. B.1378.