Авторы

  • Jasurbek Mahammadaminov
    talaba, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
  • Dilshodjon O‘rinov
    katta o‘qituvchi, Farg‘ona davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.52957

Ключевые слова:

Innovatsiya transfer sektor biznes-inkubator strategiya.

Аннотация

Maqolada mamlakatga investitsiyalarni jalb etish, uning jozibadorligini oshirishda investitsiya faoliyatini hamda turizmni yanada rivojlantirish masalalari yoritilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

5

INNOVATSIYALARNI TRANSFERINI AMALGA OSHIRISH

JARAYONLARINI BOSHQARISH

Mahammadaminov Jasurbek Jahongir o‘g‘li

talaba,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,

O‘rinov Dilshodjon Axmadjonovich

katta o‘qituvchi,

Farg‘ona davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12564579

Annotatsiya:

Maqolada mamlakatga investitsiyalarni jalb etish, uning

jozibadorligini oshirishda investitsiya faoliyatini hamda turizmni yanada
rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Innovatsiya, transfer, sektor, biznes-inkubator, strategiya.

Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni

bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion
yondashuv asosida boshlashimiz kerak.

Sh.M.Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi,

iqtisodiyotda intellektual mahsulot, axborot va ilmiy-texnik va innovatsion
faoliyat ulushining o’sishi shunga olib keldiki, innovatsiyalar xuddi foydali
qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intellektual salohiyat kabi,
mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir
fuqarosi manfaatlari yo’lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali
foydalanishning mamlakatda kompleksli innovatsion siyosatni shakllantirish va
uni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech ham
imkoni yo'q edi.

Shunday qilib, innovatsion iqtisodiyotda tadqiqot va ishlanmalar bilan

bog‘liq yangi bilimlarni yaratish, ularni tarqatish va amaliyotda foydalanishni
tashkil qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib boradi. Bunday iqtisodiyot o‘z
bilimini oshirib borish va uzluksiz yangiliklarni yaratishga layoqatli yuqori
malakali, ijodkor hamda tartibli xodimlarni taqozo etadi. Aynan shu sababli,
O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasida inson kapitalini keng
ko‘lamli investitsiyalash va innovatsion iqtisodiyot talabiga javob beradigan
malakali kadrlar tayyorlash ko‘zda tutiladiki, bu milliy ta‘lim tizimiga ham ancha
yuqori va yangi talablarni qo‘yadi. Bu ta‘lim berish jarayonining barcha
bo‘g‘inlarida o‘qitishning zamonaviy va tubdan yangi usullarini qo‘llash, yangi
konsepsiya va modellarini ishlab chiqishni talab etadi. Respublikada innovatsion


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

6

iqtisodiyot uchun innovatsion rivojlanish sohasidagi tizimli bilimlarni egallagan
va texnologiyalarni tijoratlashtirishga layoqatli malakali kadrlarni tayyorlash
hali yetarlicha o‘z o‘rniga ega emas. Bu asosan innovatsion iqtisodiyot va
tadbirkorlik sohalarida mavjud taqchillik bilan bog‘liqlik tufayli ham juda
muhim. Shu sababli, innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlashning ta‘lim
dasturlari va o‘quv kurslarini ishlab chiqish, innovatsiyalarni tadqiqot obyekti
sifatida o‘rganish va uning konsepsiyasi bayonini o‘z ichiga olgan o‘quv
adabiyotlarini yaratish davr talabidan kelib chiqib, 2022-2026-yillarda
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga
oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini quyidagi jadval asosida keltirilgan.

1-jadval
2022-2026-yillarda

O‘zbekiston

Respublikasining

innovatsion

rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari

1

№ Ko‘rsatkichlar

O‘l

chov
birligi

Amal

dagi
ko‘rsatkich

Yillar

bo‘yicha

ko‘rsatkichlar

2

023

2

024

2

025

2

026

1

.

Global

innovatsion

indeks reytingida O‘zbekistonning
o‘rnini yaxshilash

o‘

rin

86

7

4

6

8

6

2

5

6

2

.

Innovatsion

faoliyat infratuzilma
subyektlari (texnologik

parklar,

texnologiyalar

transferi

markazlari, innovatsion klasterlar,
venchur

fondlar,

innovatsiya

markazlari, biznes-inkubatorlar va
akselerator) soni

do

na

25

4

5

5

5

6

5

7

5

3

.

Innovatsion faol tadbirkorlik

subyektlari soni (sanoat ishlab
chiqarish

tashkilotlarining

umumiy sonida)

do

na

613

9

30

1

215

1

500

2

250

4

.

Ilmiy hajmdor mahsulotlar

ishlab

chiqarishga

do

na

0

1

4

2

2

2

8

3

6

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion

rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. (Elektron manba -

https://lex.uz/uz/docs/-6102462#-6106703

. Murojaat

vaqti-18.06.2024)


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

ixtisoslashgan yangi innovatsion
(spin-off) korxonalar soni

5

.

Tashqi bozorlarga umumiy

eksportda yuqori

texnologiyali

mahsulotlar eksportining ulushi

%

2,1

3

4

5

6

6

.

Ichki

va

tashqi

bozorlarda tijoratlashtirilgan ilmiy
ishlanmalar soni

do

na

150

2

50

2

75

3

00

3

25

7

.

Xususiy sektorning ishlanma

va
tadqiqotlarga investitsiyalari hajmi

ml

n so‘m

2 804

3

500

4

750

6

000

8

250

8

.

Ishlanma va tadqiqotlarga

ajratilgan xorijiy grantlar

ml

rd
so‘m

0

3

5

8

3

1

41

2

24

9

.

Innovatsion

tadbirkorlik

natijasida yaratilgan yangi ish
o‘rinlari soni

do

na

6 000

9

000

1

3500

1

8000

2

5000

1

0.

Tadqiqotlar va ishlanmalar uc

hun yalpi xarajatlar (YAIMga
nisbatan foizda)

foi

z

0,15

0

,17

0

,19

0

,21

0

,24

1

1.

Xususiy

sektor tomonidan

amalga oshiriladigan tadqiqot va
ishlanmalarga yalpi xarajatlar
(YAIMga nisbatan foizda)

foi

z

0,1

0

,2

0

,3

0

,4

0

,5

1

2.

Yaratilgan

yangi texnologiyalar soni

do

na

69

8

9

1

86

2

88

2

84

1

3.

Intellektual

mulkdan keladigan

tushumlar

(jami eksportdagi ulushi)

foi

z

0

0

,02

0

,03

0

,04

0

,05

1

4.

Ro‘yxatga

olingan yillik

patentlar soni

do

na

30

3

9

8

2

1

31

1

84

1

5.

Ilmiy tadqiqotchilar soni

na

far

15

000

1

6
500

1

8 000

1

9 600

2

1 500

1

6.

Xodimlari

orasida ilmiy

tadqiqotchilar

bo‘lgan

korxonalar (jami

korxonalarga

foi

z

13

1

4

1

5

1

6

1

7


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

8

nisbatan foizda)

1

7.

Ilm-fan

va

muhandislik

sohasida bitiruvchilar

soni (jami

bitiruvchilarga nisbatan foizda)

foi

z

35,5

3

6,9

3

8,5

4

0,1

4

1,8

1

8.

Ilmiy texnik

nashrlardagi (Web

of

Science

ma’lumotlar
bazasida) maqolalar soni

do

na

900

1

000

1

150

1

300

1

500

Turli gʻoyalarni amalga oshirish uchun turfa bilim-u koʻnikmalarga ega va

ilmga tashna insonlarni birlashtiruvchi innovatsion hududlar shaharlarda,
universitetlar kampuslarida, sanoat zonalarida joylashgan boʻlishi mumkin.
Bundan qatʼi nazar, innovatsion hududlar rivojlanishi uchun startaplar va
tadbirkorlarning faoliyatini yengillashtiruvchi infratuzilma mavjud boʻlishi
shart. Infratuzilma deganda, nafaqat yuqori tezlikdagi internet, transport,
zamonaviy uskunalar kabi moddiy taʼminot, balki moliyalashtirish, mentorlik,
taʼlim imkoniyatlari kabi ijtimoiy va iqtisodiy jihatlar ham nazarda tutiladi.
Bunda texnoparklar, biznes-inkubatorlar, texnopolislarni yaratish yaxshi natija
beradi.

Dunyodagi eng rivojlangan, oʻz yutuqlari bilan mutaxassislar olqishiga

sazovor boʻlgan innovatsion hududlarning sara roʻyxatiga Finlyandiyaning
Tampere, Ispaniyadagi Valles, Niderlandiyaning Ensxede, Buyuk Britaniyadagi
Sheffild va Kembrij, Yaponiyadagi Sukuba, Toyama, Oita va Kumamoto,
AQShning Silikon vodiysi va 128-Baston marshruti, Xitoydagi Shenchjen va
Nanxu, Belgiyadagi Leyven va Lej hamda boshqalarni kiritish mumkin. Bu
innovatsion hududlar davlat va xususiy sektor vakillari hamkorligida,
shuningdek, startaplar, tadbirkorlar va biznes-inkubatorlarni jalb qilgan holda
tashkil etilgan. Bunda maxsus iqtisodiy zona, klasterlar, xablar, texnoparklar,
kovorking kabi shahar tuzilmalari, hamkorlik va ijodkorlik muhitini yaratuvchi
infratuzilma obyektlaridan foydalanilgan.

Odatda innovatsion hududlar katta shaharlar atrofidagi turgʻunlikka moyil

hududlarni jonlantirish, aholi yashash sifatini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Bunga Yaponiyaning “miyalar shahri” — Sukubani misol qilish mumkin. U
poytaxtdan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, texnopolis tashkil etishga
qaratilgan davlat dasturi Tokiodagi bir nechta ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim
muassasalarini u yerga koʻchirishni oʻz ichiga olgan edi. Natijada Sukubani Tokio
va butun dunyo bilan bogʻlaydigan transport hamda kommunikatsiya


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

infratuzilmasi tashkil etildi. Ayni paytda shaharda yashovchilar, asosan, ikkita
yirik universitet va 50 ta tadqiqot institutida faoliyat yuritadi.

Umuman olganda, innovatsion hududlar XXI asrda ilm-fan nazariyasi va

amaliyot uygʻunligini taʼminlovchi ulkan mexanizmdir. Bunday maskanlarni
tashkil etish dabdurustdan roʻy bermaydi, balki u strategik rejalashtirishni va
shu tariqa davlat, mahalliy hokimiyat hamda xususiy sektor tomonidan qoʻllab-
quvvatlashni talab etadi. Bunday hududlar tashkil etilgan shahar yoki tuman
iqtisodiy jihatdan oʻsadi, ijtimoiy taraqqiyotga va ekologik barqarorlikka
erishadi. Shu sababli, innovatsion hududlar nafaqat ishlash va taʼlim olish, balki
yashash va maroqli hordiq chiqarish uchun ham qulay joy sanaladi.
Mazkur hududlar ilm-fan va texnologiyalar yordamida murakkab global va lokal
muammolarni hal etish hamda insoniyat hayotini har jihatdan yaxshilashga
katta yordam beradi. Prezidentimiz tomonidan Oʻzbekistonda innovatsion
hududlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan koʻzlangan
maqsad ham shu - xalqimizning farovon hayotini taʼminlash, mamlakatimizni
taraqqiyotning yangi bosqichiga olib chiqishdir.

Adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Abdusattarova X.M. «Innovatsiya strategiyasi» - o’quv qo’llanma - T.: TDIU,

2011.
2.

A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, Erkayev A.N. Innovatsion iqtisodiyot. –T.:

2019
3.

https://uzbekembassy.com.my/uzb/news_press/innovatsion_hududlar_ta

raqqiyotga_ilm_fan_asosida_yondashuv.html
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2022-2026-yillarda

O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida 06.07.2022 yildagi PF-165-son. (https://lex.uz/uz/docs/-
6102462#-6106703- Murojat vaqti-18.06.2024)

Библиографические ссылки

Abdusattarova X.M. «Innovatsiya strategiyasi» - o’quv qo’llanma - T.: TDIU, 2011.

A.A. Mamatov, T.T. Jo‘rayev, Erkayev A.N. Innovatsion iqtisodiyot. –T.: 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida 06.07.2022 yildagi PF-165-son. (https://lex.uz/uz/docs/-6102462#-6106703- Murojat vaqti-18.06.2024)