DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
117
IIO TIZIMIGA ZAMONAVIY KRIMINALISTIK TEXNIKA
VOSITALARINI JORIY QILINISHI.
Хусанов Анвар Джумабаевич
Криминалистик экспертизалар кафедраси бошлиғи, ю.ф.б.ф.д.,
доцент, подполковник
https://doi.org/10.5281/zenodo.13888656
Kalit so
‘
zlar:
Raqamli kriminalistika tarixi, raqamli kriminalistika,
kompyuter jinoyatlari, kiberhujum, statistika ma’lumotlari, bulut hisoblash
xizmati.
Ключевые
слова:
история
криминалистики,
цифровая
криминалистика, компьютерные преступления, кибератака, статистика.
Key words:
history of forensics, digital forensics, computer crimes, cyber
attack, statistics.
XXI asr kompyuter va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan
ajralib turadi. Insoniyat jamiyati o‘z rivojlanishining raqamli bosqichiga jadal
kirib bormoqda. An’anaviy ijtimoiy munosabatlar tobora yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirilmoqda va ulardan foydalanmasdan
umuman imkonsiz bo‘lganlari ham mavjud. Afsuski, ushbu sohani zamonaviy
huquqiy tartibga solish texnologik rivojlanish suratlaridan ortda qolmoqda.
Texnologik rivojlanish esa, ayniqsa informatika taraqqiyoti hali ham shiddat
bilan oldinga siljimoqda. Axborot texnologiyalari nafaqat professionallar
hayotiga, balki oddiy insonlarning kundalik hayotiga ham tobora ko‘proq kirib
bormoqda. Odamlar ish va bo‘sh vaqtining katta qismini kiber-makonda
o‘tkazadilar. Insonlar haqiqiy moddiy dunyo va kiber-makon o‘rtasida harakat
qilishganligi sababli, bu ikki xil muhitning uyg’unlashuvi yuzaga kelmoqda.
Afsuski, real hayotning salbiy jihatlari ham kiber-makonga kirib boradi va kiber
jinoyatlar ham bundan mustasno emas. Bundan tashqari, odamlarning kiber-
makonda ko‘p vaqt o‘tkazishlari, bu yerda katta miqdordagi ma’lumotlarni
qoldirib ketishlarini anglatadi. Jinoyatlarni tergov qilish dastlab moddiy (real)
dunyoda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ammo bugungi kunga kelib dalillarni ,
ma’lumotlarni kiber-makondan (raqamli shaklda) olish borasida katta
imkoniyatlar mavjud. Ushbu imkoniyatlar, ya’ni raqamli dalillarni olish, to‘plash,
tahlil qilish va taqdim qilishning raqamli kriminalistik usullari hali ham
rivojlanib bormoqda. Chunki raqamli ma’lumotlarning hajmi kundan kun o‘sib
bormoqda. Raqamli dalillar yuzasidan tadqiqot olib boruvchilar soni ham
ko‘paymoqda. Bugungi kunda elektron dalillarni va ulardan jinoyat ishlarini
yuritishda foydalanishning jinoyat-protsessual va kriminalistik jihatlarini
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
118
o‘rganish bilan chegaralanib qolmasdan, uni fundamental ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazgan holda o‘rganish talab qilinadi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
(ISO) inson faoliyatining deyarli barcha sohalari uchun standartlarni ishlab
chiqish va nashr etish bilan shug’ullanadi. Jumladan, mahsulotlar, xizmatlar va
eng yaxshi amaliyotlar uchun bir xil standartlarni taklif etadi. Aslida, raqamli
kriminalistika borasida amaliyotni tartibga solish va raqamli dalillarni aniqlash,
to‘plash, olish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni
ommalashtirish 90-yillarning oxiriga kelib boshlangan edi. ISO 27 000
standartlar oilasi axborot xavfsizligiga, shu jumladan raqamli ekspertiza
tekshiruvi uchun ISO / IEC 27037: 2012 standartini o‘z ichiga oladi. ISO 27037
raqamli dalillarga ishlov berish uchun protseduralarni tasvirlaydi. Ushbu
standartlar ilg’or tajribalar standartlari guruhiga kiradi va raqamli dalillarni
aniqlash, to‘plash, olish va saqlash jarayonida bajarilishi kerak bo‘lgan
protseduralarni umumlashtiradi.
Insoniyat taraqqiyotining eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri bu XXI
asr-axborot asri hisoblanadi. Ushbu asrda kompyuter vositalari va
axborotlashtirish jarayonlari kashf etilib insoniyat hayotining yengil bo‘lishi
bilan birga tezkorlik bilan axborot olishi, saqlashi, ulardan nusxa ko‘chirishi va
unga taqiq qilish kabi ko‘p masalalar o‘z yechimini topdi. Axborot
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda bu sohada jinoyatchilikning
o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan tendensiyasi mavjud. Jinoyatlarni tergov
qilish ancha mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Bu jinoiy va jinoyat-protsessual
huquq sohasidagi bilimlardan, shuningdek, fan, texnologiya, san’at yoki
hunarmandchilik sohasidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan maxsus bilimlardan
foydalanishni talab qiladi. Jinoyat protsessida maxsus bilimlardan
foydalanishning muhim protsessual shakllaridan biri bu sud ekspertizasi
hisoblanadi. O‘rganish natijalari bo‘yicha ekspert xulosa beradi. Bu qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlaridan biridir. Dastlabki tergov
va sud tergovi davomida ham amalga oshiriladigan protsessual harakat sifatida
ekspertiza ma’lumotlarning belgilangan hajmi va ahamiyati bo‘yicha so‘roqdan
keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, sud-ekspertizasi
amaliyoti soha sifatida turli xil elementlarning murakkab tizimi bo‘lib, ular
quyidagilarni o‘z ichiga oladi, normativ tartibga solish, ekspert faoliyati
subyektlarining holati va funksiyalari, texnik vositalar va ilmiy asoslangan
ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish usullari. Shuning uchun bunday murakkab,
rivojlanayotgan tizimda zamonaviy texnik vositalardan foydalanmasdan turib,
rivojlanish mumkin emas. Albatta, ular kompyuter texnologiyalari va tizimlarini
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
119
o‘z ichiga olishi kerak. Hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuter texnologiyalari juda
yuqori darajaga ko‘tarilganligi va ulardan foydalanishda ekspertiza
tadqiqotlarini o‘tkazishda odatiy operatsiyalarni ko‘p jihatdan avtomatlashtirish,
murakkab va mashaqqatli hisob-kitoblarning aniqligi va samaradorligini
oshirish imkoniyatini beradi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma’lum
ekspertiza tadqiqotlarini kognitiv jarayon sifatida aylantirish bo‘lsa, boshqa
tomondan, uning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishga, shuningdek,
olingan ma’lumotlarning ilmiy asosliligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi
kunda qo‘llaniladigan ko‘p sonli ekspert tadqiqot usullarining har biri, jumladan,
kompyuterlardan foydalanish, o‘ziga xos va turli obyektlarni o‘rganishda
muayyan muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, ular ham bir
qator umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda
telekommunikatsiya tizimlari, videoyozuvlarning raqamli fonogrammalari,
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha tadqiqotlar jadal
rivojlanmoqda, sud-ekspertizalarining boshqa turlarini o‘tkazish usullarini
takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Sud-ekspertizasiga kompyuter
texnologiyalarini joriy etilishi bu insoniyat faoliyatining barcha sohalarini, ham
kasbiy, shaxsiy, maishiy faoliyatni kompyuterlashtirishning umumiy jarayoni
bo‘lib qolmoqda. Kompyuter texnologiyalari sud-ekspertizasi jarayonini ko‘p
jihatdan avtomatlashtirishga imkon berdi. Eksperimental ma’lumotlarni yig‘ish
va qayta ishlash, ma’lum formulalar va algoritmlar yordamida yordamchi hisob-
kitoblarni amalga oshirish, tasvirlarni tahlil qilish, individual ekspert
muammolarini hal qilishda va yangi usullarni joriy etdi va ekspert tadqiqotlari
metodologiyasini o‘zgartirdi. Sud ekspertizasini rivojlantirish jarayoni bevosita
tergov va sud amaliyotining ehtiyojlariga bog‘liq. Aynan u jinoyatlarni tergov
qilish uchun muhim bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun zarurligini yoki boshqa
ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlaydi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-
huquq tizimini yanada isloh qilishga, shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda ushbu
sohada xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan
samarali ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, jinoyat sodir etishda zamonaviy
texnologiyalar va usullarni qo‘llash butun dunyoda tobora ommalashib
borayotganligini inobatga olib, shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish uchun aybliligini
sudda ilmiy-texnik jihatdan asoslangan ishonchli dalillar bilan isbotlash
jarayonlarini yanada takomillashtirish talab etilmoqda. Jinoyatchilikka qarshi
kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
120
harakatlarida dalillarni to‘plashda zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or
yutuqlarini, xususan, kriminalistik ilmiy usul va vositalarni qo‘llash amaliyotini
yangi bosqichga olib chiqish lozim.
Sodir etilgan huquqbuzarliklarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘z vaqtida aniqlash va qisqa muddatlarda fosh
etish, ashyoviy dalillarning kriminalistik tadqiqotlarini yanada takomillashtirish,
shuningdek, ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalarining bu
boradagi imkoniyatlarini oshirish maqsadida quyidagilar Ichki ishlar
organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanishi zarur hisoblanadi:
zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini, raqamli
texnologiyalarni, kriminalistikaning yangi ilmiy usul va vositalarini qo‘llash
mexanizmlarini joriy etish, zamon talablariga mos avtomatlashtirilgan
kriminalistik axborot-qidiruv tizimlari va axborot bazalarini yaratish;
axborot
texnologiyalari
yordamida
sodir
etiladigan
huquqbuzarliklar bo‘yicha raqamli ekspertizaning imkoniyatlaridan keng
foydalanish, bu borada kriminalistik hisoblarni yuritish;
shaxsga doir biometrik ma’lumotlar (genomga oid axborot, yuz
qiyofasi, qo‘l barmoq izlari) asosida avtomatlashtirilgan identifikatsiya
tizimlarini qo‘llash sohasini muvofiqlashtirish mexanizmlarini tatbiq qilish;
tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida ashyoviy
dalillar tadqiqotining yangi turlari, innovatsion kriminalistik yondashuv, usul
hamda texnik vositalarini keng joriy etish, bu borada laboratoriyalar faoliyatini
xalqaro standartlar talabiga moslashtirish;
ashyoviy dalillarni isbot qilishda ularning ishonchliligini oshirish
bo‘yicha doimiy ravishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini
amalga oshirish hamda sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish amaliyotini yo‘lga
qo‘yish;
ekspert-kriminalistika sohasida kadrlarni maqsadli tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha butunlay yangicha samarali
o‘quv-amaliyot jarayonini tashkil etish, ekspert-kriminalist xodimlarning
mavqeyini ko‘tarish hamda sud-ekspertlik faoliyatidagi xolisligi va mustaqilligini
har tomonlama ta’minlash.
Aniqlash (Identifikatsiya):
Identifikatsiya qilish jarayoni raqamli
dalillarni qidirish, aniqlash va hujjatlashtirishni o‘z ichiga oladi (raqamli dalillar
ham moddiy (fizik), ham mantiqiy shaklda ifodalanadi). Moddiy va mantiqiy
tasvirlar o‘rtasida sezilarli farq mavjud.
Moddiy tasvir –
fayl tizimiga ajratilgan
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
121
yoki ajratilmaganligidan qat’iy nazar saqlash vositasida barcha ma’lumotlarni
to‘playdi. Mantiqiy tasvir esa faqat fayl tizimiga ko‘rinadigan ma’lumotlarni
to‘playdi. Raqamli dalillarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qurilmalar
ushbu jarayon davomida aniqlanishi kerak. Tergovchi, ekspert yoki mutaxassis
jinoyat sodir bo‘lgan joyni tekshirishni tizimli shaklda amalga oshirishi kerak.
Bundan maqsad, kichik, niqoblangan qurilmalar yoki birinchi qarashda
ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinadigan narsalarni nazardan qochirmaslik hisoblanadi.
Bundan tashqari, ekspert-mutaxassis virtual komponentlar shaklidagi yashirin
raqamli dalillarning mavjud bo‘lishining ehtimoli borligi haqida o‘ylab ko‘rishi
lozim. Masalan,
Bulut hisoblash xizmati.
Ba’zi qurilmalarning ishlamay qolishi
(ularning holati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin), dalillarni olishda ushbu
turdagi qurilmalarga ustunlik berish ya’ni birinchi navbatda ulardagi
ma’lumotlarni qo‘lga kiritish juda muhim hisoblanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir
etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, shuningdek,
ularni aniqlash va tergov qilish uslublarini takomillashtirishga qaratilgan
raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish
maqsadida “
Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori
qabul
qilindi.Mazkur qarorda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi negizida
Raqamli
kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutini
tashkil etish nazarda tutilgan.
Institut raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqot va ishlanmalar
markaziga aylanishni maqsad qilgan. Qarorning asosiy jihatlari:
1. Institutga raqamli kriminalistika sohasida sud-tibbiy ekspertiza va
tadqiqotlar o‘tkazish vakolati beriladi;
2. Kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar
joriy etiladi. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini
oshirishda “katta hajmli ma’lumotlar” (Big Data) tahlili, sun’iy intellekt va
boshqa ilg‘or texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi;
3. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini
aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq etishda amaliy yordam ko‘rsatiladi;
4. Raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish usullari
ishlab chiqiladi va takomillashtiriladi;
5. Kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda sodir
etilgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish usullari ishlab chiqiladi;
6. Raqamli kriminalistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
122
7. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy
hamkorlik kengaytiriladi. Qarorda “Raqamli dalillarning yagona reyestri” –
idoralararo avtomatlashtirilgan tizimni yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Reyestr raqamli dalillarni, jumladan, fotosuratlar, video va audio yozuvlar,
elektron hamyonlar haqidagi ma’lumotlar, kripto-aktivlar manzillari, IP-
manzillar va jinoyatlarning boshqa raqamli izlarini to‘plash, qayd etish, saqlash
va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.
Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlar
oldini olish yo‘nalishida professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-
bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi
qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh
prokuraturaning quyidagi takliflari ma’qullanadi:
- 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, raqamli texnologiyalar sohasida
jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishi bo‘yicha bosqichma-bosqich har yilgi
belgilanadigan davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqib, Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston milliy universitetida
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar
tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
- Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Raqamli kriminalistika”
yo‘nalishi bo‘yicha tergovchilar hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimlari uchun
doimiy maxsus o‘quv kurslarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda masofaviy shaklda axborot-ta’lim portali orqali tashkil etish;
- Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025/2026-o‘quv yilidan
boshlab “Kiberhuquq” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura yo‘nalishini ochish.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab universitetlarda raqamli texnologiyalar
sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va
magistratura mutaxassisliklari kvotalarini davlat buyurtmasiga asosan davlat
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish har yilgi davlat buyurtmasi
parametrlarini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Belgilanishicha:
- nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan raqamli
texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida 3 va 4-o‘quv
kurslari talabalari ichki ishlar va prokuratura organlarida o‘quv rejalarida
belgilangan muddatlarda amaliyot (stajirovka) o‘tashi tashkil etiladi;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
123
- universitetlarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini
olishga doir mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalar
huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmatga belgilangan maxsus tartiblar
va talablar asosida qabul qilinadi;
- raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida
professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta
tayyorlash respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi tushunchalarga asoslangan holda Ichki ishlar organlari
xodimlari o’z faoliyatlari davomida xizmat vazifalarini olib borishlari natijasida
jinoyatlarning “issiq izidan” aniqlash kooiffitsienti hamda ularni tez va to’la
ochilishida muhim ahamiyat kasb etishini ko’rishimiz mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurati
ekspert hal qilinadigan muammolari sonining kengayishi va murakkabligi bilan
bog‘liq. Hozirda ekspertiza amaliyotida qo‘llanilayotgan texnologiyalarni
kengaytirish va mukammallashtirish, shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni
sud-ekspertizasi ehtiyojlariga moslashtirish kerak. Bu sohani yanada
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ekspert muassasalarining umumiy
ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya tarmog‘ini yaratish yo‘li bilan
foydalanilayotgan axborot tizimlarini integratsiyalash, internet tarmog‘idagi
jinoiy ko‘rinishlarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan yangi ekspertiza
usullarini ishlab chiqish, eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanishdan iborat
bo‘lib, raqamli texnologiyalar, shu jumladan, sun’iy intellekt tizimlarini joriy
etish kerak bo’ladi. Barchamizga ma’lumki, jahon hamjamiyati olimlari
tomonidan taqdim etilgan jinoyatlarning yuz berishi hamda qaysi turdagi
jinoyatlar hozirgi kunda ko’p yuz berayotgani yuzasidan taqdim etilgan statistik
ma’lumotlarga ko’ra, raqamli texnologiyalar orqali sodir etilayotgan kiber
jinoyatlar global muammolardan biriga allaqachon aylanib bo’lganligini alohida
ta’kidlab o’tishgan. Bu kabi jinoyatlarning oldini olish hamda ularning
profilaktikasini olib borish borasida bir qator yangi, zamonaviy dasturlar hamda
yetuk kadrlar yetishib chiqishi zarur masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. ISO. (2012) ISO/IEC 27037:2012 Information Technology – Security
Techniques – Guidelines for Identification, Collection, Acquisition, and
Preservation of Digital Evidence, International Organization for Standardization,
Geneva.
2. И.Р. Атанов. Жиноят ишлари бўйича махсус билимлардан
фойдаланишнинг процессуал ва криминалистик жиҳатлари. Монография.
– Т.: ТДЮУ, 2018. Б. 408
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
124
3. Vassil Roussev. Digital Forensic Science: Issues, Methods, and Challenges. –
Morgan & Claypool Publishers series. University of Texas, San Antonio. 2016. –
155 p.
4. Sindhu, K.K., Meshram, B.B. (2012) “Digital Forensic Investigation Tools and
Procedures”, International Journal of Computer Network & Information Security,
Vol. 4, no. 2, pp 39-48.
5. ACPO. Good Practice Guidelines for Digital Evidence. Association of Chief
Police Officers 2012. – 43 p. Available from: www.OSINTTOOLS.co.uk
6. Federici, C. (2014) “Cloud Data Imager: A unified answer to remote acquisition
of cloud storage areas”, Digital Investigation, Vol. 11, no. 1, pp 30-42.
7. Sean E. Goodison, Robert C. Davis, and Brian A. Jackson. “Digital Evidence and
U.S. Criminal Justice System” – The National Institute of Justice, Office of Justice
Programs, U.S. Department of Justice. 2014. – 31 p.
8. Hegarty, R., Lamb, D., Attwood, A. (2014) “Digital Evidence Challenges in the
Internet of Things”, 9th International Workshop on Digital Forensics and
Incident Analysis, Plymouth, pp 163–172.
9. Buzarovska Lazetik, G., Koshevaliska, O. (2013) “Digital Evidence in Criminal
Procedures”, Balkan Social Science Review, Vol. 2, pp 63-83.
10. Veber, J., Klíma, T. (2014) “Influence of Standards ISO 27000 Family on
Digital Evidence Analysis”, 22st Interdisciplinary Information Management
Talks (IDIMT), PodĢbrady, pp 103-114.
11. https://www.egm.gov.tr (turkiya davlati politsiyasining rasmiy malumotlar
markazi)
12. https://uz.wikipedia.org/ (Qidiruv resurslar bazasi)