DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
78
XOTIN QIZLARDA SOGʼLOM TURMUSH TARZINI
SHAKLLANTIRISHDA MULTIMEDIA VOSITASI ASOSIDA
TAKOMILLAShTIRISH. (JISMONIY TARBIYA NAZARYASI VA
METODIKASI MISOLIDA)
Turgʼunova Dilnura Mamanazar qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Taʼlim tarbiya nazariyasi va metodikasi tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13641596
Annotatsiya.
Ushbu maqola xotin -qizlarning ovqatlanishini gigiyenik
talablar asosida tashkil etish, ularni mutadil o’sishi va rivojlanishi uchun, juda
ko’plab yuqumli kasalliklarga chalinishini oldini olishdek dolzarb muammolarni
hal qilish. Ovqatlanishning sifat miqdori va jismoniy faoliyat jismoning
mashqlarning inson xayoti uchun ahamiyati,ovqat ratsionini belgilash kabi
ma’lumotlar keltirilgan. Mamlakatimizdagi Xotin-qizlarni sog’ligini tabiiy
jismoniy yo’l bilan (dori darmonlarsiz, operatsyasiz) saqlashimiz eng ustuvor
vazifa xisoblanadi.
Ushbu maqolada xotin-qizlarga to’g’ri jismoniy yuklama
berish va to’g’ri ovqatlanishi orqali jismoniy qobilyatlarini va jismoniy o’sish
jarayonini saqlab qolgan xolatda tana massa indeksini normal xolatga
keltirishdagi eng maqsadli omil xisoblanishi to’g’risida so’z olib borilgan.
Kalit so’zlar:
ovqat ratsioni,multimedia,gigiena,amino va yog’ kislota,
karbonsuv, vitamin, mineral, antropometriya.
Yosh qizlarning ovqatlanishini gigiyenik talablar asosida tashkil qilinishi,
ularni mutadil o’sishi va rivojlanishi uchun, juda ko’plab yuqumli kasalliklarga
chalinishini oldini olishdek dolzarb muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Jismoniy mashqlarni boshqarish, kardiometabolik xavfni kamaytirish, tana
tarkibini va antropometriyani yaxshilash va yoshga bog'liq disfunktsiyalarni
bartaraf etish uchun foydalidir. Jismoniy faollik salomatlikni saqlash uchun juda
muhimdir. Yurtimizda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik
darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini kamol
toptirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Jismoniy tarbiya va
sport insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy vositalardan
hisoblanadi.
[1] Xotin-qizlarga o'zlarining jismoniy farovonligini tushunish,
sportga qiziqishni rivojlantirish va madaniy va jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini
kuchaytirish muhim ahamiyatga ega [2]To’yimli taom organizmni unga zarur
bo’lgan oziq moddalar bilan ta’minlashi zarur. Zarur oziq moddalar tarkibiga –
almashtirib bo’lmaydigan amino va yog’ kislotalari, karbonsuvlar, vitaminlar,
mineral moddalar va suv kiradi.Ovqat o’z vaqtiga qarab kunda reja asosida
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
79
iste’mol qilinishi kerak.Ishtaha bilan iste’mol qilingan ovqat, organizm uchun
zarur bo’lgan kuch -energiyani to’la qoplashi zarur. Ovqat rasionida yuqorida
qayd qilingan komponentlar to’lig’icha muvozanatlashtirilgan bo’lishi va uni
oson hazm qila olishi lozim. [3]
Ovqatning sifat miqdori va biologik qiymatining ahamiyati.
Xotin
qizlarning ovqatlanishini tashkil qilishda har tamonlama muvozanatlashtirilgan
ratsion tuzishning amaliy ahamiyati katta. Muvozanatlashtirilgan ovqat ratsioni
tuzishning 4 ta asosiy tamoyili mavjud:
1.xotin qizlarning individning bir kecha-kunduzlik ratsioni tarkibidagi umumiy
kaloriya bilan uning organizmida sarflanadigan energiya miqdorlari bir-biriga
muvofiq kelishi kerak.
2.Ratsiondagi organik moddalarning miqdori hech bo’lmaganida, minimal
(eng kam) darajadagi ehtiyojga mos kelishi zarur.
3.Ratsion tarkibidagi dormondorilar, makro va mikroelementlarning
tuzlarini miqdori minimal talab darajasida bo’lishi zarur.
4.Ratsionning organik moddalarsiz qismi; -vitaminlar, tuzlar va
mikroelementlarning miqdori toksinli darajadan past bo’lishi, ya’ni iste’mol
qilingan tuzlar ayollar organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. [4]
Ovqat ratsionini belgilashda oqsillar bir
kecha-kunduzlik kaloriyalilikning 15% ni tashkil qilishi kerak bo’ladigan bo’lsa,
uning yarmini hayvonlar oqsillari, yog’lar - 30% va uglevodlar - 55% tashkil
qilishi kerak.
Qo’shimcha tarzda yosh ayol qizlarimiz uchun kunlik ratsional jadvalini
tuzish va jismoniy yuklamalarni multimedia vositasi asosida mabil phone dan
foydalangan ilovalarda keltirishni kundalik turmush tarziga tarziga olib
kirishlozim.
Xotin-qizlarda sog’lom turmush tarzini olib borishdagi asosiy qarashlari:
jismoniy tarbiya va chiniqish;
muvozanatli ovqatlanish;
ish va turmush tarzida shaxsiy gigiena va mas’uliyatli gigienik xatti -
harakatlar;
yomon odatlarga salbiy munosabat
Xotin-qizlarning sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiyaning va jismoniy
mashqlarning ro’li katta. Zamonaviy metodlardan foydalanish, mashg’ulot
jarayonini takomillashtirish xozrgi davr ta’labi desak bo’ladi. Sababi oson tayyor
bo’ladigon taomlar, xayot tarzining zamonaviyligi bois kundalikdagi kam
xarakatliylik oqibatida jismoniy faoliyat juda ham sustlashgan. Natijada
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
80
kasalliklar,ortiqcha vazn muammosi xam keng tarqalmoqda. Buning oldini olish
maqsadida mamlakatimizda xam ayollar uchun turli sport tadbirlari o’tkazilib
boradi. Bunga qo’shimcha vosita sifatida mentalitetimizga mos tarzda xar bir
ayol “mobil phone” niga jismoniy kundalik mashqlarni yuklab olishi va undan
foydalanishi lozim. Bundan tashqari to’g’ri ovqatlanish ratsionini kundalik
tarziga olib kirishini tavsiya qilamiz.
Xulosa
Sog’lom onadan sog’lom bola vujudga keladi. Sog’lom onadan sog’lom aqliy
faoliyat to’g’ri tarbiya yuzaga keladi.Mamlakatimizdagi Xotin-qizlar bilim olishga
hammadan koʻproq intilishi lozim. Zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni
tarbiyalaydi. Xotin-qizlarni yanada sog’lom bilimli, maʼrifatli qilish eng asosiy
vazifalardan biridir.
Maʼrifatli sog’lom ayol jamiyatning taraqqiyot yoʻlini belgilab beradi.
Chunki aynan u bolalarni tarbiyalaydi va ongi, dunyoqarashi, bilim darajasini
shakllantiradi.
Shu bois, davlatimiz ravnaqi yo’lida aynan ayol qizlarning sog’lom, bilimli
boʻlishiga katta eʼtibor qaratish eng oliy maqsadlardan biri xisoblanadi.
Adabiyotlar:
1.
“Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”. Abdullayev Mehriddin
Junaydulloyevich.2020-y 3-b
2.
Y. Zheng, J. Wang, W. Doll, X. Deng, M. Williams, The impact of
organisational support, technical support, and self-efficacy on faculty perceived
benefits of using learning management system, Behav. Inf. Technol. 37 (4)
(2018) 311–319.
3.
Guthold R, Stevens GA, Riley LM et al. Worldwide trends in insufficient
physical activity from 2001 to 2016: a pooled analysis of 358 population-based
surveys with 1 9 million participants. Lancet Glob Health 2018;6(10):e1077-
e1086. doi:10.1016/ S2214-109X(18)30357-7
4.
“Yangi O’zbekistonda Imunofiziologiyaning muammolari va rivojlanish
bosqichlari”. 2023-y Bolalar va o’zmirlarning ovqatlanish tartibi Toshmatova
Sh.R. 2023-y 132-b.