Авторы

  • Ansatbay Orinbaev
    Nukus davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlarni masofadan o’qitish” kafedrasi stajyor o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.52978

Аннотация

Respublikamiz oliy ta’lim tizimida talabaning mustaqil fikrlashini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limni joriy etish borasida bir qator me’yoriy xujjatlar qabul qilingan hamda unda belgilangan talablarni amalga oshirish borasida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim shakli, bosqichi va yo‘nalishidan qatiy nazar ta’limning mazmuni keskin o‘zgarmagani holda uni talabalarga yetkazish borasida, amaldagi o‘quv rejalarida fanlar bo‘yicha umumiy soatlar miqdori deyarli saqlanib, mustaqil ta’lim soatlari miqdorini bosqichma- bosqich ko‘paytirish hisobiga auditoriya mashg‘ulotlariga ajratilgan o‘quv soatlari miqdorining tobora kamaytirib borilishida ko‘zga tashlanmoqda.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

97

AXBOROT TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA O`QITUVCHILARINING

MUSTAQIL TA`LIMINI RIVOJLANTIRISHNING DASTURIY-

TASHKILIY TUZULMASI

Orinbaev Ansatbay Amanbaevich

Nukus davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlarni

masofadan o’qitish” kafedrasi stajyor o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13960166

Respublikamiz oliy ta’lim tizimida talabaning mustaqil fikrlashini

shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limni joriy etish borasida bir
qator me’yoriy xujjatlar qabul qilingan hamda unda belgilangan talablarni
amalga oshirish borasida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim shakli,
bosqichi va yo‘nalishidan qatiy nazar ta’limning mazmuni keskin o‘zgarmagani
holda uni talabalarga yetkazish borasida, amaldagi o‘quv rejalarida fanlar
bo‘yicha umumiy soatlar miqdori deyarli saqlanib, mustaqil ta’lim soatlari
miqdorini bosqichma- bosqich ko‘paytirish hisobiga auditoriya mashg‘ulotlariga
ajratilgan o‘quv soatlari miqdorining tobora kamaytirib borilishida ko‘zga
tashlanmoqda.

Hozirgi kunda amaldagi o‘quv rejalariga ko‘ra aksariyat fanlar bo‘yicha

mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlar miqdori umumiy soatning deyarli 50
foizini tashkil qilmoqda.

Ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi o‘quv rejalarida ayni bir fan uchun

belgilangan umumiy o‘quv soati ikki qismga: auditoriya va mustaqil ta’lim
soatiga ajratilgan. Auditoriya soati o‘quv rejalarida auditriya mashg‘ulotlari
(ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya ishlari) uchun taqsimlangan holda
berilgan. Mustaqil ta’lim soati yaxlit holda berilgan bo‘lib, talabalarning
mustaqil o‘quv faoliyatini qanday materiallar asosida yo‘lga qo‘yish har bir
fanning o‘ziga hos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu fan
o‘qituvchilarining uquvi, bilimi tajribasi va pedagogik mahoratiga havola
qilingani holda mustaqil ta’lim soatlarini bajarish tavsifi va ko‘rsatmalar bir
qator me’yoriy xujjatlarda berildi [5].

Mazkur loyiha doirasida oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim talabalarning

bilim olishdan maqsadlari va shu maqsadlarga qanday erishishlari – mavjud
o‘quv resurslardan foydalangan holda amaldagi o‘quv dasturlari doirasidagi
materiallarni qanday o‘zlashtirishlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishlarini
nazarda tutadi. O‘qituvchilar talabalarni ta’lim olishdagi individul
strategiyalarni shakllantirish bo‘yicha talabalarning intilishlarini olqishlash va
to‘g‘ri yo‘naltira olishlari lozim. Talaba yakka holda samaraliroq ishlaydimi yoki


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

98

bir necha kishidan iborat guruh bilan birgalikda ishlashni yoqtiradimi, talaba
vaqtini kutubxonada o‘tkazadimi, yoki unga Internet tarmog‘idagi mavjud
elektron materiallardan foydalanish qulayroqmi – mustaqil ta’lim
sharoitida talaba ishni qanday qilib yaxshiroq, samaraliroq va qulayroq tashkil
etish kerakligini o‘zi yaxshi bilishi kerak. Talaba olgan bilimlari sifatiga
javobgarlikni o‘ziga olishi kutiladi. Talabalarning bilim manbai faqatgina
o‘qituvchi ma’ruzalarida berayotgan mavzular bo‘lishi kerak emas.

Talaba o‘zi anglashi va harakat qilishi, o‘qituvchi esa, o‘z navbatida,

talabalarning tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini, o‘tilgan materiallarni yanada
chuqurroq o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni izlab topish
qobiliyatlarini rivojlantirishga undashlari lozim. Ba’zan mustaqil holda o‘qish va
mustaqil ta’lim tushunchalari adashtiriladi.

Mustaqil holda o‘qish rasmiy o‘quv jarayonidan tashqarida kechishi

mumkin, ya’ni muayyan o‘quv yurtiga bormay turib, uyda o‘z materiallari
asosida mustaqil, individual holda o‘qish, ta’lim olish mumkin. Bu qiziq
pedagogik hodisa bo‘lsada, ushbu loyihada mustaqil holda o‘qish (o‘quv yurtiga
bormay turib ta’lim olish) o‘rganilmaydi. Mazkur loyiha doirasida mamlakatimiz
kelajagi uchun mustaqil fikrlaydigan, bilimli va malakali kadrlarni tayyorlash
maqsadida rasmiy oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim unsurlarini tadbiq etish va
rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik chora-tadbirlar tahlil qilinadi [6].

Odatda o‘quvchi o‘qituvchini bilim o‘chog‘i hamda talabani qanday bilim

olishini yaxshi bilguvchi inson sifatida qabul qiladi. Haqiqatda esa o‘qituvchi
talabalarni oliy o‘quv yurtida o‘qishi davomidagina ularga javobgar bo‘ladi, lekin
u har doim ham uning yonida bo‘ladimi? Talaba o‘quv dargohini tamomlaydi va
bir o‘zi o‘z kelajagi bilan qoladi. U mehnat faoliyatini boshlay-, u yerda u va faqat
u olgan bilimlarini ko‘rsatib, amaliyotga tadbiq eta olishi kerak bo‘ladi. Xalqda
bir naql bor: «Bir kishiga baliq bersang, u bir kun qorni to‘q yuradi. Bir kishini
baliq tutishga o‘rgatsangiz, siz uni bir umrga to‘ydirgan bo‘lasiz». Bugungi
kunda bu azaliy naql har doimdanda dolzarb. Davlatimizdagi zamonaviy iqtisod
qonuniyatlari o‘z shartlarini ilgari surmoqda va shuning uchun bilimga faqat
egalik qilish bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Zamon bilan hamnafas bo‘lish,
mustaqil qaror qabul qila olish, o‘z ustida doimiy ravishda ishlash, o‘z
malakasini oshirib borish darkor. Shuning uchun talaba yoshlarning yangi
avlodini mustaqil qaror qabul qila oladigan, bilim olishiga o‘zi mas’ul bo‘la
oladigan qilib tarbiyalash ehtiyoji sezilmoqda. Mustaqil fikrlaydigan talabalarni
tarbiyalash davlatimiz ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biridir.

Mustaqil ta’limning ustuvor omillaridan biri talabaning bilim olishi uchun


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

99

o‘zi mas’ul bo‘lishi, javobgarlikni his qilishidadir. U o‘qituvchiga qaram emas, u
nimani va qanday qilib o‘rganishni hal qila oladi. Bunday talaba o‘zining
kamchiliklarini biladi va ular ustida ishlaydi. Bunda o‘z ta’limini mustaqil
rejalashtirish qobiliyati ham muhimdir.

An’anaviy ta’lim bilan talabaning mustaqilligini shakllantirishga

yo‘naltirilgan ta’lim o‘rtasidagi farqni quyidagicha ko‘rsatish mumkin [7].

An’anaviy ta’lim

Mustaqil ta’lim

Talabalar o‘qituvchining ko‘rsatmalarini
sustlik bilan bajaradilar.

Talabalar o‘qish jarayonida faol
ishtirok etadilar.

O‘qituvchi talabalar nima o‘rganishi

zarurligi borasida qaror qabul qiladi.

Talabalar o‘zlari nima o‘rganishlari

borasida qaror qabul qiladilar.

Talabalar o‘qituvchiga “qaram”, o‘qish

jarayonida qanday axborot
manbalaridan foydalanish haqida qaror

qabul qila olmaydilar.

Talabalar tadqiqot ko‘nikmalarini

rivojlantiradilar, kerakli adabiyotlarni
mustaqil tanlaydilar va

ma’lumolarni qayta ishlaydilar.

Darsdagi mashqlar talabalarni xayotiy

masalalarni yechishga tayyorlamaydi.

Talabalar o‘qishga haqqoniy

qiziqmaydilar.

Talabalar nafaqat o‘qish uchun, balki

hayot uchun ham zarur bo‘lgan amaliy
ko‘nikmalarni shakllantiradilar.

Talabalarning darsga qiziqishi ortadi.

Kichik guruhdagi har bir talabaning ishtiroki zarur bo‘lgan topshiriqlar

tavsiya etish mumkin. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarning samarasi
qandaydir bir mahsulot (tadqiqot, devoriy gazeta, buklet va b.) bo‘lib, har bir
talaba uni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shishi kerak bo‘ladi. Kichik guruhlarda
bajariladigan ommaviy topshiriqlardan biri talabalarning o‘tilgan mavzular
bo‘yicha takrorlash testlari tuzishidir. Talabalar bilimini baholash shakllari.

Baholash shakli.

Ushbu shakl yordamida baholash mumkin bo‘lgan bilim

va ko‘nikmalar:

Odatiy yozma ishlar

– talaba bir nechta majburiy savollarga javob

beradi va qo‘shimcha bir nechta savollardan tanlash huquqi beriladi:

ma’lumotni esda olib holish qobiliyati;

tig‘iz vaqt sharoitida ishlash qobiliyati;

o‘z fikrlarini yozma shaklda ravon ifodalash mahorati;


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

100

ma’lumotni yozma shaklda to‘g‘ri tashkillashtirish va taqdim qilish

mahorati;

isbotlash mahorati;

tez qaror qabul qilish mahorati.

Oldindan e’lon qilingan savollar yordamidagi yozma ish

– savollar

imtihondan bir qancha muddat avval tarqatiladi:

tadqiqot ko‘nikmalari;

manbalardan foydalanish mahorati;

tahliliy (analitik) fikrlash qobiliyati;

ma’lumotni esda olib qolish qobiliyati;

qisqa muddat ichida ishlash qobiliyati;

o‘z fikrlarini yozma shaklda ravon ifodalash mahorati;

ma’lumotni yozma shaklda to‘g‘ri tashkillashtirish va taqdim qilish

mahorati;

isbotlash mahorati;

tez qaror qabul qilish mahorati.

Kitoblar ochiq bo‘lgan holda yozma ish

– imtihon paytida darslik va

boshqa materiallardan foydalanishga ruxsat beriladi [8].

tig‘iz vaqt sharoitida ishlash qobiliyati;

o‘z fikrlarini yozma shaklda ravon ifodalash mahorati;

ma’lumotni yozma shaklda to‘g‘ri tashkillashtirish va taqdim qilish

mahorati;

isbotlash mahorati;

tez qaror qabul qilish mahorati;

kitob bilan ishlash ko‘nikmasi.

Testlar:

ma’lumotni esda olib qolish qobiliyati;

tig‘iz vaqt sharoitida ishlash qobiliyati;

bilimlarni tadbiq qila olish qobiliyati;

bilimlarni sintezlash mahorati;

bilimlarni to‘g‘ri talhin qilish qobiliyati;

tez qaror qabul qilish mahorati.

Laboratoriya hisobotlari, qaydlari:

kuzatish ko‘nikmalari;

sinovlar o‘tkazish ko‘nikmalari;

tahliliy (analitik) fikrlash qobiliyati;

natijalarni talhin qilish va baholash mahorati.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

101

Kuzatuv o‘quv kundalik daftarini yuritish:

yozma ma’lumotni taqdim qilish mahorati;

ma’lumotni yozma shaklda to‘g‘ri tashkillashtirish va taqdim qilish

mahorati;

isbotlash mahorati;

tashkiliy va rejalashtirish mahorat

Referatlar:

ma’lumotni tadqiq etish, tanlash va taqdim etish ko‘nikmasi;

tanqidiy baholash;

o‘z fikrlarini yozma shaklda ravon ifodalash mahorati;

tanqidiy muhokama qilish mahorati.

Hisobotlar:

ma’lumotni tadqiq etish, tanlash va taqdim etish ko‘nikmasi;

tanqidiy baholash;

o‘z fikrlarini yozma shaklda ravon ifodalash mahorati;

tanqidiy muhokama qilish mahorati;

bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyati.

Dissertatsiyalar:

tadqiq qilish malakasi;

tanlash ko‘nikmasi;

rejalashtirish qobiliyati;

loyihani boshqarish mahorati;

tanqidiy fikrlash;

prezentatsiya qilish mahorati.

Adabiyotlar/ matbuotni sharhlash:

adabiyotlarni (maqola va b.) tanqidiy o‘rganish ko‘nikmalari;

baho berish;

xulosalar chiqarish;

o‘z nuhtai nazarini ifodalash mahorati.

Prezentatsiyalar (yakka/guruh tartibida):

notiqlik mahorati;

imo-ishoralar tili;

ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘nikmalari;

ma’lumotni taqdim qilish va strukturalashtirish ko‘nikmalari;

odamlar bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lish mahorati;

jamoa (komanda) da ishlash ko‘nikmalari;

ishni to‘g‘ri taqsimlash;


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

102

Plakatlar (yakka/guruh tartibida):

ijodiy mahorat;

ko‘rgazmali hurollar tayyorlash mahorati;

grafika taqdimoti ko‘nkimalari;

xulosalash ko‘nikmalari;

tanlash ko‘nikmalari;

fanga tegishli bilimlari;

jamoa (komanda)da ishlash ko‘nikmalari ;

Muayyan holatlar (Case studies):

muammolarni yechish qobiliyati;

nazariy konsepsiyalarni konkret hollarda tadbiq etish qobiliyati;

qaror qabul qilish qobiliyati;

Og‘zaki imtihonlar:

to‘g‘ri va ishonchli so‘zlash; talaffuz;

fikrni qisqa muddat ichida kengaytirmoq;

fanga tegishli bilimlar;

odamlar bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lish ko‘nikmalari;

Guruh loyihalari:

rejalashtirish mahorati;

ishni to‘g‘ri tashkil qilish va uni yuoshqarish qobiliyati;

jamoa (komanda) da ishlash ko‘nikmalari;

masalalarni yechish qobiliyati;

ijodiy mahorat;

nazariy konsepsiyalarni konkret hollarda tadbiq etish qobiliyati;

tahlil qila olish qobiliyati;

hisobotlar yozish ko‘nikmalari;

Portfolio:

portfolio komponentlari va o‘tgan vaqtga qarab o‘zining o‘sish

darajasini ko‘ra olish ko‘nikmalari;

vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish mahorati;

jamoa (komanda)da ishlash ko‘nikmalari;

Ko‘rgazmalar:

ijodiy mahorat;

tuzilma (struktura)ni tushunish;

ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘nikmalari;

ma’lumotni taqdim qilish va strukturalashtirish ko‘nikmalari;

odamlar bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lish ko‘nikmalari;


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

103

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va mustaqil ishlashni oqilona tashkil etish, mustaqil
ishlashning forma va metodlarini aniqlab olish muhim axamiyat kasb etadi. U
yoki bu fanlardan uyga berilgan vazifalarni bajarish mustaqil ishning oddiy
shakli hisoblanadi. Murakkab shakliga esa o‘tilgan darslar-ma’ruzalar va amaliy
mashg‘ulotlar, seminar va laboratoriyalar, bo‘limlar yuzasidan adabiyotlarni
mustaqil ravishda tahliliy o‘rganib chiqish, ayrim savollarga aniq javoblar topish
bilan bog‘liqdir. Manbalarni mustaqil o‘qish yo‘li bilan quyilgan savollarga bir
necha adabiyotlardan umumlashtirib, javob topishga o‘rgatib borish yaxshi
natijalar beradi.

Adabiyotlar ro`yxati:

1.

Abdurahmonov Sh. Pedagogik texnologiyalar. Ilmiy-metodik ishlanma:

Kasbiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun. – NamMPI, 2018.
2.

Abduraxmonov Sh., Qobilova N. O‘qish va o‘qitish jarayonini talabalar

bilimini baholashning reyting tizimiga mos ravishda tashkil etish
texnologiyalari. Ilmiy maqolalar to‘plami: Professor o‘qituvchilar uchun uslubiy
yordam. – NamMPI, 2010.
3.

Ishmatov Q. Ta’lim sifatini baholashning zamonaviy usullari (Metodik

qo‘llanma). – Namangan: NamMPI, 2016.
4.

Ishmatov Q. O‘qitishning interfaol texnologiyasi (Metodik qo‘llanma). –

Namangan: NamMPI, 2017.
5.

Rahmonova Yo.R., Razzoqov D.N. Pedagogik texnologiyalar (O‘quv

qo‘llanma). – T., Toshk. Tibbiyot akademiyasi, 2017.
6.

Farberman B.L., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida

o‘qitishning zamonaviy usullari (O‘quv qo‘llanma). – Toshkent: «Fan», 2012.
7.

Xodiev B.Yu., Abdullaev O.M., Imomov I., Abdullaeva G. Yangi pedagogik

texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T., TDIU, 2017.
8.

k.o‘q.N.N.Majidov ass.A.S.Abduraxmonov mag.D.A.Atamov.

Innovatsion

texnologiyalar tushunchasining mazmun va mohiyati //NamMPI: Iqtidorli
talabalar, magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning
ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. – Namangan, NamMPI, 2011.
112-113-bb
9.

http://www.e-bozor.com/maqolalar/107-kiber-jinoyat.html

10.

ictp.uz/downloads/publications/ar_2008_uz/chapter-9.pdf

Библиографические ссылки

Abdurahmonov Sh. Pedagogik texnologiyalar. Ilmiy-metodik ishlanma: Kasbiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun. – NamMPI, 2018.

Abduraxmonov Sh., Qobilova N. O‘qish va o‘qitish jarayonini talabalar bilimini baholashning reyting tizimiga mos ravishda tashkil etish texnologiyalari. Ilmiy maqolalar to‘plami: Professor o‘qituvchilar uchun uslubiy yordam. – NamMPI, 2010.

Ishmatov Q. Ta’lim sifatini baholashning zamonaviy usullari (Metodik qo‘llanma). – Namangan: NamMPI, 2016.

Ishmatov Q. O‘qitishning interfaol texnologiyasi (Metodik qo‘llanma). – Namangan: NamMPI, 2017.

Rahmonova Yo.R., Razzoqov D.N. Pedagogik texnologiyalar (O‘quv qo‘llanma). – T., Toshk. Tibbiyot akademiyasi, 2017.

Farberman B.L., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari (O‘quv qo‘llanma). – Toshkent: «Fan», 2012.

Xodiev B.Yu., Abdullaev O.M., Imomov I., Abdullaeva G. Yangi pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T., TDIU, 2017.

k.o‘q.N.N.Majidov ass.A.S.Abduraxmonov mag.D.A.Atamov. Innovatsion texnologiyalar tushunchasining mazmun va mohiyati //NamMPI: Iqtidorli talabalar, magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. – Namangan, NamMPI, 2011. 112-113-bb

ictp.uz/downloads/publications/ar_2008_uz/chapter-9.pdf