DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
65
DEBORA TANNEN – “YOU JUST DON’T UNDERSTAND:
WOMEN AND MEN”
G.A.To‘lanboyeva
Ingliz tili o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13382434
Annotatsiya
Deboraning asarlari, izlanishlari dunyo tilshunoslari orasida ancha mashxur
bo‘lib, uning qarashlari, muloqot va uning xususiyatlari haqidagi fikrlari, ayol va
erkakning muloqoti, muloqtdagi aynan ayollarga va erkaklarga xos jihatlarini
o‘zining “You just don’t understand: women and men in conversation” kitobida
tahlil etgan.
Annotation
The works of Deborah Tannen, whose research is much more popular
among linguists of the world, analyzed her views, thoughts about
communication and its features, female and male communication, the specific
feminine and masculine aspects of communication in her book “You just don’t
understand: women and men in conversation.”
Kalit so‘zlar
Muloqot, ayollar nutqi, erkaklar nutqi, noverbal muloqot, meta xabar,
Key words
Debora Tannen
1
Jorjtaun universitetining taniqli tilshunos professori
hisoblanib, muloqot yo‘nalishida bir qator ilmiy ishlar muallifi sanaladi.
Berkeleydagi Kaliforniya universitetida tilshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha falsafa
doktori unvoni bilan taqdirlangan. Debora tilshunoslikda muloqot va gender
tushunchasiga katta hissa qo‘shgan. Deboraning asarlari, izlanishlari dunyo
tilshunoslari va shu yo‘nalish toliblari orasida ancha mashxur bo‘lib, uning
qarashlari, muloqot va uning xususiyatlari haqidagi fikrlari, ayol va erkakning
muloqoti, muloqtdagi aynan ayollarga va erkaklarga xos jihatlarini o‘zining ‘You
just don`t understand: women and men in conversation’ – “Siz shunchaki
tushunmaysiz: ayollar va erkaklar suhbatda” (shartli tarjima) kitobida tahlil
etgan. Ushbu kitob kirish, yetti bob, xulosa va foydalaniladigan adabiyotlardan
tashkil topgan.
Birinchi bob
– “Jinslar muloqotidagi bo‘shliq – nega ayol va
erkaklar bir-birini noto‘g‘ri tushunadi?” Erkak va ayol nutqidagi asosiy farqni
ifodalash uchun u ‘report talk va rapport talk’ni ajratgan. Report talk* hisobot
nutqi ya`ni asosiy maqsadi ma`lumot almashish bo‘lgan neytral tondagi nutqdir
va erkaklar ushbu uslubda muloqot qiladilar rapport talk* esa ayollarga xos
1
https://www.bookey.app/book/you-just-don%27t-understand
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
66
bo‘lib, o‘zida his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashgan emotsional bo‘yoqdor usul
hisoblanadi. Yana erkaklar to‘g‘ridan- to‘g‘ri, aynan nima demoqchi bo‘lsa xuddi
uni yetkazadi, ayollarda esa aksincha aylantirib, belgi-ishoralar qilib,
o‘xshatishlar vositasida o‘z fikrini yetkazadi. Deborah ushbu kitobda yana bir
misol keltiradiki, ushbu misol erkak va ayol muloqotining maqsadlarini yaqqol
ifodalab beradi. Erkak kishi yaqinlari, hamkasblari yoki do‘stlarining hayotidagi
muammoga o‘zlarining tanqidiy fikrlash qobiliyatini yana bir bor sinab ko‘rib
o‘zini namoyon etish imkoniyati o‘laroq baho beradi. Ushbu muammoga aniq,
ravshan, lo‘nda va amaliyotga tadbiq etsa bo‘ladigan yechim taqdim etadi. Ayol
kishi bo‘lsa buning teskarisi, biror yaqining hayotidagi muammo yoki biror
qiyinchilikni xabarini bilgach, uni hayoliga o‘zining xuddi shu muammoda nima
qilgani, qanday yo‘l tutgani, qanday chora-tadbirlar qo‘llaganini aytish, ko‘proq
his-tuyg‘ularini ifoda etishni afzal ko‘radi. Shu tarzda o‘zlarining hissiy
holatlarini va zaifa ekanliklarini namoyon qiladilar. Hattoki o‘sha vaziyatda
o‘zlarida mavjud bo‘lgan muammolarni ham bo‘lishishni ham unutmaydilar.
O‘zbek xalqida “azaga kelgan ayol o‘z dardini aytib yig‘laydi” degan maqoli
bejizga paydo bo‘lgan emas. Ayollar tabiatida hamdardlik, hissiy qo‘llab-
quvvatlash, his-tuyg‘ularga berilib asosiy maqsaddan chalg‘ib ketish qaysi
jamiyatda bo‘lmasin, doim namoyon bo‘lishga moyildir. Deborah ushbu bobda
ayol va erkak muloqoti, ularning nutq uslublari va undagi yaxlit farqlarni
tasvirlab, misollar keltirib, nima sababdan ikki jins vakillari bir-biri bilan
muloqotdagi tushunmovchiliklar paydo bo‘lishini isbotlab bergan. Ya`ni bir
vaziyatga turli xil tomondan qarab, har xil munosabat bildirayotgan shaxslar
albatta bir-birini tushunishi va munosabat bildirishida ziddiyatlar yuzaga kelishi
tabiiy. Kitobning
ikkinchi bobi
esa “Suhbatdagi til va kuch dinamikasi” deb
nomlanadi. Ayol va erkak nutqida so‘zlar shunchaki talaffuz qilinmaydi, balki
ushbu ifodalarda ma`lum bir darajada kuch, boshqaruvchilik, oqimga qarshi
suzish yoki oqimga ergashish kabi jihatlar mavjud. Erkaklar suhbat davomida
suhbat oqimini va suhbatdoshini boshqarish, fikrlarini tasdiqlatish va fikrlariga
ergashtirish maqsadida qator suhbat taktikasidan va tana tilidan foydalanadilar.
Erkaklar o‘z suhbatdoshiga ko‘pincha o‘zining raqibi sifatida qarab, shunga
munosib ravishda harakatlanadilar. Ayollar esa suhbat davomidagi sheriklariga
hamkor, yaqin bir hammaslak sifatida qarab, yumshoq va tuyg‘ularga boy suhbat
usulidan foydalanishadi. Ayollar unchalik suhbatni va suhbatdoshni
boshqarishga emas, balki ergashishga moyildir. Ayol va erkak muloqotiga
e`tabor qaratiladigan bo‘lsa, albatta dominantlik erkak nutqida ko‘rinib, ushbu
ustunlikni ifodalash uchun erkaklar tez-tez suhbatni bo‘lib, tasdiqlatishni istab,
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
67
shu uslubdan foydalanishadi. Erkaklar fikrini ifodalash uchun kichik ma`ruzacha,
dialog shaklidagi qisqa-qisqa, aniq so‘z va iboralardan foydalanadi. Ayollar ham
suhbat jarayonida suhbatni bo‘lishadi, ammo bu ustunlikni ifodalash maqsadida
emas, o‘zlarining ushbu suhbatda ishtirok etayotganini, suhbat oqimiga
bee`tibor emasliklarini ifodalash va qo‘llab-quvvvatlashlarini namoyon etish
maqsadida suhbatni bo‘lishadi. Shu tariqa xulosa qilinadigan bo‘lsa, erkak va yol
muloqot jarayonida o‘zining maqsadini ifoda etish uchun turli xil usullardan
foydalanadi va ustunlik odatda erkaklar tomonidan ko‘rsatiladi. Kitobning
uchinchi bobi
“Aloqa va raqobat sifatida suhbatlashish” (shartli tarjima) deb
nomlanib, erkakva ayolning suhbat jarayonidagi asosiy sababini ochib, izohlab
berishga harakat qiladi. Ayrim hollarda ushbu sabablar va ularning farqidan
xabardor bo‘lmaslik tushunmovchilik va anglashilmovchiliklarga sabab bo‘ladi.
Ushbu tushunmovchilikni oldini olish va bartaraf etish maqsadida ushbu
jinslarning muloqot usulini yaxshi anglash lozim. Ushbu bobda misol tariqasida
storytelling - hikoya qilish usuliga to‘xtalmoqda. Erkaklar hikoya uslubida yana
o‘zlarining ustunligini bir karra ifodalab isbotlash uchun doimiy keskin, aniq va
informative usulni maqul ko‘rishadi. Ayollar hikoyasi esa ularning doimiy, his-
tuyg‘ulari, sevgi, kechinmalari bilan boyitilgan bo‘lib, asosiy amzmundan ko‘ra
tasvirga ko‘proq e`tibor qaratadi. Erkaklar shu kabi hikoyalar davomida
ustunliklarini yana eslatish va o‘zlari haqidagi fikrni mustahkamlash maqsadida,
shaxsiy muvaffaqiyatlarini albatta ta`kidlab o‘tishni yoqtiradilar. Yoki yana bir
holat muammoga yechim topish uchun qilinadigan suhbatda, erkaklar aynan
o‘sha muammoga avvalgi tajribalar asosida yechim topishga harakat qilib
munozara qilsa, ayollar yechimdan muammoni tasvirlash, uni hikoya qilish, o‘zi
shu kabi mummoga duch kelganda nimani his etgani, qanday sabablar bilan bu
muammoga duch kelgani kabilarga ko‘proq e`tibor qiladi. Ayollar odatda
jarayonni, erkaklar esa natijani asosiy diqqat markaziga qo‘yadilar. Turli jins
vakillari suhbatida erkak kishi maslahat berishga shoshib, ohirigacha
eshitmaslik, ayollardan yechim kutilganda yechim bermay, asosan tasvirga
e`tibor berish kelishmovchiliklaga sabab bo‘ladi. Buning boisi shundaki, fikrlash,
dunyoqarash, tushunchalar turli ekanligida. Kitobning
to‘rtinchi bobida
“Turli
jins vakillari muloqotidagi ijtimoiy taxmin va me`yorlarning roli” haqida bayon
etilgan. Jamiyatdagi umumiy normalar, madaniy o‘lchovlar, tarbiya unsurlari
ikki jins vakilining so‘zlashuv, suhbat va muloqot uslubini shakllantirishga
zamin bo‘lib xizmat qiladi. Har ikki jins vakillari bolaligidan to voyaga
yetkunlariga qadar oila a`zolari, yaqinlari, do‘stlari va ustozlarining xatti-
harakatlari va odatlaridan o‘rganib, taqlid qilib, takrorlab, o‘zlarida ham ushbu
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
68
odatlarni shakllantirishadi. Ya`ni shaxsning shakllanishi, uning nutqiy faoliyatida
jamiyatning o‘rni beqiyos. Chunki, ijtimoiy hayotimiz, tevarak-atrofdagi voqea-
hodisalar bevosita va bilvosita kuchli darajada ta`sir o‘tkazadi. Misol uchun
televedineyidagi ko‘rsatuv va eshittirishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning
aksariyatida erkaklar jamiyatning asosiy ustuni, masalalarni hal qiluvchi, ularga
yechim topuvchi, yuqori energiya bilan bahs va munozaralar o‘tkazayotgan
bo‘lsa, ayollar qabul qilingan fikrlarni asosan qo‘llab-quvvatlab, vaziyatni
yumshoq tarzda tushuntirayotganini ko‘rish mumkin. Bu holat ikkita xulosa
uchun asos bo‘ladi:
-
Jins sifatidagi muloqot xususiyatlarining yaqqol farqi;
-
O‘sib kelayotgan yosh avlodga oyna vazifasi va ularning shaxs sifatidagi
kamoli uchun tamal tosh.
Beshinchi
bob esa “Muloqotdagi ishoralar va meta-xabarlarni tushunish”
deb nomlanadi. Shaxs muloqotining murakkab tuzilishida faqatgina verbal
vositalar – so‘zlarni ta`kidlash bilan birga, noverbal, ya`ni so‘z bilan
ifodalanmaydigan, yuz ifodalari, qosh chimirish-u nigohlar yo‘nalishi, qo‘l
harakatlaridan foydalanish va to‘xtam kabilar ham muhim. Bu kabi noverbal
vositalarni bilish, tushunish va suhbat jarayonida qo‘llay olish ikki jins
o‘rtasidagi
muloqot
jarayonida
vujudga
kelishi
mumkin
bo‘lgan
anglashilmovchiliklarni oldini olib, muloqotdagi bo‘shliqni to‘ldirishga beminnat
xizmat qiladi. Noverbal muloqotdan tashqari, fikr ifodalash ham ayol va
erkaklarda alohida yondashuvga ega. Ayollar fikr ifodalash, muammolarni
tushuntirishda ular asosiy mazmunni aylanib, qo‘shimcha fikrlarga o‘tib
ketadilar. Erkaklar esa aynan fikr va muammoni dangal, aynan o‘zini ifodalab
tushuntirihsga intiladilar. Ayollar va erkaklar muloqot jarayonida turli xil usul
va ifodalardan foydalanishlarga qaramay, har ikkala jins vakillarining ham bitta
umumiy maqsadi – suhbat jarayonida yaxshi suhbatdosh bo‘lib, muammo bo‘lsa
unga yechim topib, maslakdosh bo‘lish. Kitobning
oltinchi
bobi “Jinslararo
mulqotni saralash – yaxshi aloqalar uchun amaliy yondashuvlar” deb
nomlangan. Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi muloqotlarda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan tushunmovchiliklarni to‘liqroq anglash va uni bartaraf etish faqatgina
nazariyalar bilan bitadigan ish emas. Muloqotlarni rivojlantirish va aloqalarni
jonlantirish uchun amaliy yondashuvlar ham juda zarur. Buni amalga
oshirishdan maqsad, muloqot madaniyatin shakllantirish, rivojlantirish, o‘zaro
hurmatni yanada yuksaltirish. Munosib yondashuvlarda biri sifatida ushbu
kitobda “tinglash” ta`kidlangan. Ko‘pchilik bot-bot takrorlaganidek eng yaxshi
suhbatdosh bu – eng yaxshi tinglovchidir. Suhbatni yaxshilab tushunib, munosib
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
69
javob qaytarish uchun suhbatdosh avvalo suhbatni diqqatni jamlab yaxshilab
tinglashi, anglashi, aytilganlarni eslab qolib idrok etgan holda javob qaytarishi
kerak. Tinglash barobarida tinglovchi so‘zlovchining tana tili: yuz ifodalari, ko‘z
qarashlari, qo‘l harakatlarga ham sinchkovlik bilan e`tibor berishi kerak.
O‘zining suhbatdosh fikrlariga qiziqayotganini turli xil iboralar – “ha”, “to‘g‘ri
aytasiz”, “nahotki”, “siz juda ham oqilona yo‘l tutgansiz” kabilarni qo‘llasa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tinglashdan tashqari yana bir usul, muloqotdan nima
maqsad ko‘zda tutilganini aniqlashdir. Chunki turli xil taxminlarimiz doim ham
to‘g‘ri chiqavermaydi va natijada kutilmagan tushunmovchiliklar vujudga keladi.
Har bir suhbat, aloqa, muloqotning aynan o‘ziga xos bir maqsadi bo‘ladi:
-
Ma`lumot berish yoki almashish;
-
Bilimlarga ega bo‘lish va ulashish;
-
Aloqa o‘rnatish yoki ma`lum aloqani to‘xtatish;
-
Ogohlantirish;
-
Harakatga undash va harakatni tartibga solish;
-
His-tuyg‘ularni uyg‘otish va uni alangalatish;
-
Ta`sir ko‘rsatish va shu kabi maqsadlari bo‘lishi mumkin. Agar
yuqoridagi maqsadlardan xabardor bo‘lib, to‘g‘ri yo‘nalishda muloqot
qilinsa, u kutilganidek samarali va tushunmovchiliklarsiz bo‘lib, natijasi
kutilganidek ijobiy bo‘ladi.
2
Muloqot jarayonida uni faol tinglab, anglab, tana tiliga alohida e`tibor
qaratish faqatgina muloqot, muloqotning xususiyatlari, maqsad va vazifalarini
nazariy jihatdan tahlil qilishdan tashqari, amaliyotda ham qo‘l keladi. Masalan
hamkasblar davrasidagi rahbar boshchiligidagi suhbatni misol tariqasida olsak,
suhbat jarayonida uning ishtirokchilari - ayol va erkaklar umumiy
suhbatlashadilar. Ushbu suhbat jarayonida agar ishtirokchilar bir-birini
tushunmasalar, o‘rtada yoqimsiz tushunmvchilik bo‘lishi mumkin. Ammo, idrok
bilan anglagan holda, keng munozara va muzokara qilinuvchi suhbatlarni barcha
ohirigacha tinglab, mushohada etsalar, bir suhbatdosh so‘zlaganda qolganlar
tinglab, keyin navbat bilan birin-ketin o‘z fikrini ifodalasalar suhbatda
kutilmagan bo‘shliqlar, salbiy holatlar va nizolarni yuzaga kelishini oldini oladi.
Bundan tashqari, kundalik hayotimizdagi er-xotin munosabatlarida ham gender
tafovutlarini tushunish oilaviy muammolarning oldini olishi turgan gap. Odatda
er va xotin suhbatida ikki tomon muammolari bir-birini tinglamaslik va
tushunmaslikdan kelib chiqadi. Agar ular bir-birini avval tinglab, keyin
2
https://www.bookey.app/book/you-just-don't-understand#chapter7
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
70
mushohada qilib, javob qaytarilsa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar oldi
olinadi.
Kitobning so‘nggi
yettinchi
bobi uning umumiy xulosa vayakunidan iborat
bo‘lib, yuqoridagi oltita bob haqidagi umumiy tushunchalarni qamrab oladi
3
.
Ushbu asar muloqot va uning gender jihatidan tahlil etish haqidagi jo‘n, ammo
asosli manba bo‘lib, muloqotda muvaffaqiyatga erishish uchun taqdim etilgan
har bir usul, strategiyalar tushunarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib
berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D.Tannen. 1992. You Just Don’t Understand. London, England: Virago Press.
ISBN 9781853814716
2. G.To‘lanboyeva. Tilshunoslikda media diskurs. Xorazm ma’mun akademiyasi
axborotnomаsi –9/4-2023
3. M.Talbot. Media Discourse: Representation and Interaction. (Illustrated ed.
Leech. (1966), Fairclough (1995a) Edinburgh university press, 2007. 198 pages.
P.25.
4. A.Tolson. (1991). Televised chat and the synthetic personality. In Scannell, P.
(ed.), Broadcast talk, London: Sage
5. https://www.bookey.app/book/you-just-don%27t-understand
6. https://www.bookey.app/book/you-just-don't-understand#chapter7
3
Tannen, Deborah. 1992. You Just Don’t Understand. London, England: Virago Press. ISBN 9781853814716