Авторы

  • Erkin Sadikov
    pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Buxoro davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.52995

Ключевые слова:

kommunikativ kompetensiyalar nutq aktlari interaktiv mashg‘ulotlar interfaol metodlar aktivlik moduli.

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilidagi nutq aktlarini o‘qitishda turli shakldagi mashg‘ulotlarning xususiyatlari tavsiflanadi va sharhlanadi. Shu bilan birga, kommunikativ kompetenisyaning nutq aktlarini o‘rgatishdagi ahamiyati muhokama qilinadi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

87

KOMPLIMENTLAR VA INKORNI IFODALOVCHI NUTQ AKTLARINI

O‘QITISHDA INDIVIDUAL, GURUH-JAMOAVIY VA INDIVIDUAL-

JAMOAVIY MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI

Sadikov Erkin Tursunovich

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Buxoro davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925170

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz tilidagi nutq aktlarini o‘qitishda turli shakldagi

mashg‘ulotlarning xususiyatlari tavsiflanadi va sharhlanadi. Shu bilan birga,
kommunikativ kompetenisyaning nutq aktlarini o‘rgatishdagi ahamiyati
muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

kommunikativ kompetensiyalar, nutq aktlari, interaktiv

mashg‘ulotlar, interfaol metodlar, aktivlik moduli.

Kommunikativ kompetensiyada ijtimoiylik masalasi yetakchi o‘rin tutadi.

Tildan muvaffaqiyatli foydalanish uchun, albatta, lingvistik kompetensiyaning
talaffuz me’yorlari, grammatika va lug‘at kabi ko‘nikmalarni imkon qadar
teranroq o‘zlashtirish talab etiladi. Ammo bundan tashqari, ijtimoiy-lingvistik
kompetensiya, suhbatni qanday boshlash va yakunlash, qanday va qachon
xushmuomala bo‘lish, odamlarga qay tariqa murojaat qilish kabi ijtimoiy-
normativ bilimlar ham ahamiyatli hisoblanadi. Aynan muloqotda
komplimentlarni rad etish tamoyillarini o‘rgatishda o‘qituvchilar jarayon metod
(faoliyat usullarining tanishish, mashq qilish, qo‘llash)dan foydalanishlari
darsning ko‘zlangan maqsadiga erishishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, muloqot
jarayonida

o‘zini

qanday

tutish,

suhbatni

samarali

rivojlantirish,

tushunmovchiliklardan qochish, ziddiyatlarning oldini olish, ma’lum bir
holatlarda kompensatsiya qilish qobiliyatlari ham suhbatdoshlar uchun dolzarb
hisoblanadi. Kommunikativ kompetensiyaning qonun-qoidalari hamda atamasi
nutq aktlari nazariyasining maydonga chiqib kelishidan deyarli qirq yil o‘tib
amerikalik tilshunos Dell Slayms tomonidan ixchamroq talqinda ilm ommasiga
taqdim etildi. Slayms o‘zining nazariyasida tildan maqsadli va to‘g‘ri
foydalanishning muhimliligi xususida so‘z yuritadi. Bugungi kunda
tilshunoslarning antropologik, funksional tilshunoslik sohalarida tadqiqot olib
borayotganlari ham kommunikativ kompetensiyaning keng qamrovli ekanligini
e’tirof etmoqdalar. Komplimentlar va inkorni ifodalovchi nutq aktlarini
o‘qitishda tashkiliy shakllardan individual, guruh-jamoaviy va individual-
jamoaviy mashg‘ulotlarning ahamiyati katta. Odatda, individual ta’limning


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

88

komponenti sifatida nutq aktlarini o‘qitishda o‘qituvchilar mustaqil ta’limdan
foydalanishlari mumkin. Masalan, talabalarning shaxsiy kuzatishlari,
ko‘nikmalari asosida bajariladigan mustaqil topshiriqlarga tayaniladi. Talabalar
dam olish kunlarida yoki darsdan bo‘sh bo‘lgan paytlarida Buxoro shahridagi
turistlar gavjum joylarga borishadi, ular bilan chet tilida muloqot qilishadi;
suhbat taasssurotlari, izlanishlari natijalarini kundaliklariga qayd etib boradilar.
Guruh-jamoaviy mashg‘ulotlarda esa talabalar o‘qituvchi nazoratida va
rahbarligida nutq aktlari haqidagi bilimlarini oshira oladilar (ma’ruza, seminar,
amaliy darslarda).Ijodiy va ilmiy haftaliklarda ishtirok etish, o‘zlarining
yaratuvchanlik qobiliyatlarini sinab ko‘rish orqali talabalar individual-jamoaviy
mashg‘ulotlarning samarasini his qilishlari mumkin. Iltifot va inkorni ifodalovchi
nutq aktlarining madaniy xususiyatlari haqida ma’lumot berayotganda, ularning
qo‘llanilishi yuzasidan nazariy bilimlarni yetkazishda o‘qituvchi yetakchilik
qilishi va faol bo‘lishi kerak.

1-diagramma

O‘qitishning faol metodida talabalar aktivlik moduliga o‘tadilar, ular

komplimentlar va inkorni ifodalovchi nutq aktlari bo‘yicha mavjud senariylar,
nutq vaziyatlarida egallagan bilimlarini amalda ko‘rsatishga harakat qiladilar;
o‘qituvchi faqat nazoratchi vazifasini o‘taydi.










O‘qituvchi

Talaba

Talaba

Talaba


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

89

2-diagramma

Interfaol metodlarni qo‘llash jarayonida barcha “subyekt”lar teng huquqli

bo‘ladilar va bir xil faollikni namoyon qilishadi.

3-diagramma

Erkak va ayollarning muloqot qurishlari va muloqotga kirishishlari

turlicha bo‘lib, ikkala jins vakillari ham tildan foydalanganlarida dinamiklik
xususiyati mavzularga nisbatan qarashlar, qiziqishlarning plyuralistik ekanligi
bilan ajralib turadi. Odatda, ayollar ko‘proq vaqtlarini kiyim – kechaklar, bolalar
haqida gapirishga sarflasalar, erkaklardagi tematika mashinalar va sportni
qamrab oladi. Mazkur tafovutlarni alohida tadqiq qilganda quyidagi tasnif
muvofiqlashadi.

1. Ayollar muloqot jarayonida hayratlanish, zavqlanish holatlarini ko‘proq

his qiladilar, erkaklarda esa mazkur sohalar nisbatan kamroq uchraydi.

2. Ayollar narsa tanlashda xaridlarining farqini turli parametrlar asosida

tahlil qiladilar, masalan, rang, mato, uslub, sifat, baho, chidamlilik, loyiqlilik
belgilariga alohida e’tibor qaratadilar, qarama-qarshi jins vakillarida esa bu u
qadar ko‘p uchramaydi.

O‘qituvchi

Talaba

Talaba

Talaba


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

90

3. Qasam ichish, va’da berish hamda so‘kinish aspektlaridan nutq aktlari

sifatida foydalanish erkaklarda salmoqli bo‘lsa, ayollarda bu sohalarda minimal
ko‘rsatkichlar uchraydi.

4. Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq so‘roq gaplarni qo‘llaydilar, ayniqsa,

“It is fine, isn’t it?” (“Bu yaxshi, shunday emasmi?”) kabi tasdiq-inkor
so‘roqlardan muloqotning silsilasini ta’minlash uchun foydalanish holati odatiy
hisoblanib, mazkur holatlarda ayollar e’tiborni tortishni, murojaatlari yuzasidan
tasdiqni qabul qilib olishni xohlaydilar.

5. Muloqot jarayonida suhbatdoshining gapini bo‘lish, to‘xtatish esa ko‘proq

erkaklarga xos bilib, ayollarda bu jihatlar nisbatan kamroq uchraydi.

6. Muloqot jarayonida ayollar imkon qadar kooperativ diskursdan

foydalanishga harakat qiladilar, shu tariqa suhbatdoshlari bilan hamkorlikni,
qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Erkaklar ishlatadigan diskurs
esa aksariyat holatlarda raqobat shaklida kechib, suhbatdoshlar jarayonga,
voqea-hodisaga o‘zlarining ta’sirlarini o‘tkazishga urinadilar.

Didaktik o‘yinli darslarning syujetli rolli o‘yinlar, savol-javoblar,

munozara va muammoli vaziyatlarni

hal etishga qaratilgan turlari nutq

aktlarini o‘qitishda qo‘l keladigan metodlar bo‘lib, ular pedagog oldiga:

darslar davomida didaktik tamoyillarga amal qilish hamda vaqtni samarali
nazorat qilish;

ijtimoiy va kundalik hayotdagi muammolarga mazkur tipdagi o‘yinlar
hamda mashqlar orqali yechim topish;

jarayonda qo‘llaniladigan usullarni komil insonni kamol toptirish uchun
muhim bo‘lgan odob-axloq normalariga muvofiq tanlash;

yuqoridagi usullardan foydalanish davomida ta’limiy va tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi maqsadlarni nazarda tutish, mashg‘ulotlar orasida mantiqiy
izchillikni ta’minlash kabi bir qator talablarni qo‘yadi

Adabiyotlar:

1. Rasulov, Z. (2023). PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYADA MANIPULYATSIYA
TUSHUNCHASI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 39(39).
2. Rasulov, Z. (2022). Об объекте исследования когнитивной семантики.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. Uz), 8(8).
3. Rasulov, Z. I. (2023). THE NOTION OF NON-EQUIVALENT WORDS AND
REALIAS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Finland International Scientific
Journal of Education. Social Science & Humanities, 11(6), 35-40.
4. Sadikov, E. (2023). Teaching Pragmatic Speech Acts Of Compliments And
Refusals In Accordance With Contemporary Methods. Interpretation and
researches, 1(15).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

91

5. Tursunovich, S. E. (2021). Teaching Pragmatics to Uzbek Learners of English.
European Scholar Journal, 2(12), 9-12.
6. Sadikov, E. (2023). Teaching Pragmatic Speech Acts Of Compliments And
Refusals In Accordance With Contemporary Methods. Interpretation and
researches, 1(15).
7. Sadikov, E. (2024). Innovative Ways Of Teaching Speech Acts Through
Auditory Skills. Science and innovation in the education system, 3(2), 5-8.
8. Tursunovich, S. E. (2022). Noval Teaching Technologies of Pragmatic Speech
Acts.
9. Sadikov, E. (2023). Actual Issues of Teaching Pragmatic Competences to
English Language Learners in Uzbekistan. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz), 27(27).
10. Tursunovich, S. E. (2021). Speech acts of refusals: Challenging the challenges.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10),
2063-2067.
11. Садиков, Э. Т. (2023). ПРАГМАТИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
ЗНАЧЕНИЯ. Scientific progress, 4(4), 157-160.
12. Tursunovich, S. E. (2021). Teaching speech acts of compliments: What is
what?
13. Tursunovich, S. E. Teaching pragmatic competence in EFL context: the case of
Uzbek EFL teachers. Язык И Культура, 55.
14. Sadikov, E. T. (2021). Establishing Connectivity Between Grammar Skill
Approach And Speech Acts. Is Pragmatics In Or Out. Вестник Магистратуры,
52.
15. Tursunovich, S. E. (2021). THE ROLE OF PRAGMATICS IN OVERCOMING
CHALLENGES OF ACADEMIC WRITING. Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal, 9(11), 247-249.

Библиографические ссылки

Rasulov, Z. (2023). PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYADA MANIPULYATSIYA TUSHUNCHASI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 39(39).

Rasulov, Z. (2022). Об объекте исследования когнитивной семантики. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. Uz), 8(8).

Rasulov, Z. I. (2023). THE NOTION OF NON-EQUIVALENT WORDS AND REALIAS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Finland International Scientific Journal of Education. Social Science & Humanities, 11(6), 35-40.

Sadikov, E. (2023). Teaching Pragmatic Speech Acts Of Compliments And Refusals In Accordance With Contemporary Methods. Interpretation and researches, 1(15).

Tursunovich, S. E. (2021). Teaching Pragmatics to Uzbek Learners of English. European Scholar Journal, 2(12), 9-12.

Sadikov, E. (2023). Teaching Pragmatic Speech Acts Of Compliments And Refusals In Accordance With Contemporary Methods. Interpretation and researches, 1(15).

Sadikov, E. (2024). Innovative Ways Of Teaching Speech Acts Through Auditory Skills. Science and innovation in the education system, 3(2), 5-8.

Tursunovich, S. E. (2022). Noval Teaching Technologies of Pragmatic Speech Acts.

Sadikov, E. (2023). Actual Issues of Teaching Pragmatic Competences to English Language Learners in Uzbekistan. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 27(27).

Tursunovich, S. E. (2021). Speech acts of refusals: Challenging the challenges. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 2063-2067.

Садиков, Э. Т. (2023). ПРАГМАТИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЗНАЧЕНИЯ. Scientific progress, 4(4), 157-160.

Tursunovich, S. E. (2021). Teaching speech acts of compliments: What is what?

Tursunovich, S. E. Teaching pragmatic competence in EFL context: the case of Uzbek EFL teachers. Язык И Культура, 55.

Sadikov, E. T. (2021). Establishing Connectivity Between Grammar Skill Approach And Speech Acts. Is Pragmatics In Or Out. Вестник Магистратуры, 52.

Tursunovich, S. E. (2021). THE ROLE OF PRAGMATICS IN OVERCOMING CHALLENGES OF ACADEMIC WRITING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 247-249.