Авторы

  • Xurshida Radjapboyeva
    ADTI Ijtimoiy fanlar kafedrasi mustaqil izlanuvchisi,fakulteti tyutori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53019

Ключевые слова:

differensatsiya integratsiya nimfa Nargiz go`zallik obraz

Аннотация

Ushbu maqolada,Sharof Rashidov «Kashmir qo‘shig‘i»asaridagi Nargiz obrazi hamda jaxon adabiyotida Paolo Koeloning «Alkimyogar»asarida Nargiz obrazlarinig qiyosiy tahlili asosida differensatsiya,integratsiyasi o‘rganildi.Har ikki asarda Nargiz ma`naviy ulug‘vorlikni, iliqlikva samimiylikni, poklik va axloqiy barkamollikni, ezgu tuyg‘ular va chuqur fikrlar uyg‘unligini ifodaydi.Tezısda Nargiz ikki ijodkorda farqli tomoni jaxon adabiyotida Nargiz yigit,Sh.Rashidovda qiz obrazi ekanligi yoritildi.Gul obrazi ikki ijodkorda ham yetakchilik qilgan.Har ikki ijodkor ham estetikaning go‘zallik kategiriyasini o‘zgacha mahorat bilan ifodalagan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

46

SHAROF RASHIDOVNING “KASHMIR QO‘SHIG‘I” ASARIDAGI

NARGIZ OBRAZINI QIYOSIY TAHLILI

Radjapboyeva Xurshida Maqsudovna

ADTI Ijtimoiy fanlar kafedrasi mustaqil izlanuvchisi,fakulteti tyutori

https://doi.org/10.5281/zenodo.13354524

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada,Sharof

Rashidov

«Kashmir

qo‘shig‘i»asaridagi Nargiz obrazi hamda jaxon adabiyotida Paolo Koeloning
«Alkimyogar»asarida

Nargiz

obrazlarinig

qiyosiy

tahlili

asosida

differensatsiya,integratsiyasi o‘rganildi.Har ikki asarda Nargiz ma`naviy
ulug‘vorlikni, iliqlikva samimiylikni, poklik va axloqiy barkamollikni, ezgu
tuyg‘ular va chuqur fikrlar uyg‘unligini ifodaydi.Tezısda Nargiz ikki ijodkorda
farqli tomoni jaxon adabiyotida Nargiz yigit,Sh.Rashidovda qiz obrazi ekanligi
yoritildi.Gul obrazi ikki ijodkorda ham yetakchilik qilgan.Har ikki ijodkor ham
estetikaning go‘zallik kategiriyasini o‘zgacha mahorat bilan ifodalagan.

Kalit so‘zlari:

differensatsiya,integratsiya,nimfa,Nargiz,go`zallik,obraz

Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i”asari qahramoni Nargiz obrazi

chin ma`noda go‘zallikni ifodalagani bilan ajralib turadi.Estetik kategoriyalardan
go`zallik kategoriyasi qalbdagi nozik xislatni uyg`otishi ,olamni go`zallik
qutqarishini ko`rsata olgan.Asarda quyidagicha tasvirlanadi:

Gullar bog`

i

ida eng oldin ochilgan va o`z chiroyi bilan olamga shuhrat

yoygan go`zal Nargizdir.Nargizning husnijamolini kuylamagan,uning sevgiga
sazovor bo`lishni,visoliga yetishni orzu qilmagan bormi? Uni bir ko`ray,jamoliga
bir to`yay deganlar ozmunchami?

Mana u,eng go`zal oq shohi ko`ylagi ustidan zangor baxmal nimchasini kiyib

lgan,boshiga esa,barq urib ochilgan gulning barcha go‘zalligini aks ettiruvchi
jajjigina shinam va oppoq durracha o`ragan, quloqlariga endigina ochilgan
guldan isirg‘a taqib,yasanib, yoshlik va go‘zalllik sevinchlariga, orzu-umidlariga
mast bo

lib,Gullar bog‘ida tovlanib turibdi.Ammo uning timqora ko‘zlari

ma`yus:kimnidir sog‘inadi, kimgadir intizor, qalbidagi mushtoqlik o‘ti tobora
lovillab,avj oladi, bag‘ri o‘rtanadi, uning yoqimli kuyi bulbullarning va jamiki
qushlarning jo‘r bo‘lib, musaffo tong quchog‘iga, poyonsiz vodiyga tarqaladi, ajib
aks sado beradi.

Braziliyaning mashhur yozuvchisi, Paulo Koeloning Alkimiyogar asarida

Nargiz obrazi o‘zgacha tasvirlangan.Asarda quuidagicha rivoyat keltiriladi .
Alkimiyogar qaysidir sayyoh keltirgan kitobni qo‘lga oldi. Kitob muqovasiz


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

47

edi,ammo muallifning nomini topdi-Oskar Uayld

ii

-uni varaqlayotib,o‘z-o‘ziga

oshiq bo‘lgan gul-Nargiz haqidagi rivoyatga ko‘zi tushdi.

Butun kunlarini buloqdagi o‘z aksiga mahliyo bo‘lib o‘tkazadign go‘zal

yigitcha haqidagi afsona Alkimyogarga tanish edi: Nargiz o‘z o‘ziga shunchalik
uzoq termulib o‘tiradiki, oxir-oqibatda suvga qulab cho‘kib ketadi, qirg‘oqda esa
bir gul unib chiqadi, unga Nargiz deb nom beradilar.

iii

Lekin bu rivoyatni Oskar Uayld o‘zgacha hikoya qiladi: «Nargiz halok

bo‘lganidan so‘ng o‘rmon ilohalari-nimfalar

iv

buloqning suvi ko‘z yoshlaridan

sho‘r bo‘lib qolganligini payqadilar. «Nega yig‘layotirsan?»-deb so‘radilar o‘rmon
ilohalari. «Nargizga motam tutyapman»,-deb javob berdi buloq. «Ajablanmasa
ham bo‘ladi,-deyishdi o‘rmon ilohalari.-U o‘rmondan o‘tganda biz uning izidan
yugurar edik, faqat sen uning jamolini yaqindan ko‘rgansan». «U chiroyli
edimi?»-deb so‘radi buloq. «Buni sendan yaxshiroq biladigan bormikan?»-
hayron qoldi o‘rmon lohalari.- Axir, usubhi sodiqdan kun botgunga qadar sening
qirg‘oqlaringda suvlaringdan koz uzmay o‘tirmasmidi?»

Buloq uzoq jim qoldi va nihoyat javob qildi: «Men Nargizning go‘zalligini

payqamagan bo‘lsam ham, unga motam tutyapman,u har gal qig‘oqlarimga kelib
bosh ko‘tarolmay suvlarimga termilganida uning ko‘zlari tubida mening
go‘zalligim aks etar edi,ana shuning uchun ko‘z yoshlarimni tiyolmay
yig‘layapman».

Ikki ijodkorning asaridagi integratsiyasi, Nargiz obrazi estetikaning

go‘zallik kategoriyasini ochib bera olagan. Lekin jaxon adabiyotida
differensatsiyasi, Nargiz yigit qiyofasi obraz hisoblanib,fojiaviylikni ham
ko‘rsatib berilgan.Chin ma`nodagi go‘zallik xalok bo‘lmasligi uning aksi ifodasi
albatta davom etishi bilan ishonch, umidni ifodalaydi.

Buloq hamda qirg‘oqlar o‘zini go‘zalligini Nargiz ko‘zlarida ko‘rib zavq

olishida noadatiy estetik zavq bera oladi.Asardagi Nimfalar buloqning suvi sho‘r
bo‘lishi ko‘z yoshlar sababligini ifodalaydi.Nargiz xalok bo‘lsada,qirg‘oqdan o‘sib
chiqqan gullar Nargiz go‘zalligini davomchilari bo‘lib kolaishi asar ruhiyatini
boyitdi.
Sharof Rashidov «Kashmir qo‘shig‘i» saridagi Nargiz gul go‘zal qiz obrazi
ifodalaydi.Nargizda go‘zallik,do‘stlik ,ulug‘vorlik kuchlidir.O‘z dugonlarini xalok
bo‘lmasligi uchun nozik bo‘lishiga qaramay tura oldi.Tubanlikka qrshi
chiqdi.Yoriga sadoqatini ifodalay bildi.Go‘zallik kategoriyasi har ikki asarda
ustivorligi

bilan

birlashtirsa,uni

ifodalanishi

mohiyati,borliq

bilan

munosabati,inson ruhiyati ta`siri ijodkorlarning mahoratidir.Estetik jozibasi


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

48

qalblardan o‘rin olishi bilan ajraib turadi.Chunki go‘zallik makon zamon bilan
birga yashaydi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.Sharof Rashidov Kashmir qo‘shig‘i “Yosh Gvardiya”nashriyoti Toshkent-1978

2. Oskar Uayld (1854-1900)-ingliz yozuvchisi,tanqidchi. “E‘tiqod yoki
nigilistlar”, “Garsoginiya Padunskaya”, “Salomeya” kabi asaralari mavjud.
3. Paulo Koelo ALKIMYOGAR <<ILM-ZIYO-ZAKOVAT>> TOSHKENT-
2021

https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/1

67

i

Sharof Rashidov Kashmir qo‘shig‘i “Yosh Gvardiya”nashriyoti Toshkent-1978

ii

Oskar Uayld (1854-1900)-ingliz yozuvchisi,tanqidchi. “E‘tiqod yoki nigilistlar”, “Garsoginiya Padunskaya”,

“Salomeya” kabi asaralari mavjud.

iii

Paulo Koelo ALKIMYOGAR <<ILM-ZIYO-ZAKOVAT>> TOSHKENT-2021

iv

Nimfa -yunon afsonalarida tasvirlangan xayoliy obraz- tabiat kuchlarining ayol obrazidagi ilohasi




Библиографические ссылки

Sharof Rashidov Kashmir qo‘shig‘i “Yosh Gvardiya”nashriyoti Toshkent-1978

Oskar Uayld (1854-1900)-ingliz yozuvchisi,tanqidchi. “E‘tiqod yoki nigilistlar”, “Garsoginiya Padunskaya”, “Salomeya” kabi asaralari mavjud.