DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
66
YOZMA MULOQOT SAN’ATI
Gulsanam To‘lanboyeva Azizjon qizi
ingliz tili o‘qituvchisi
Roziqova Gulbahor Zaylobidinovna
filologiya fanlari doktori, professor
https://doi.org/10.5281/zenodo.13918393
Annotatsiya
Ushbu maqolada yozma muloqotning asosiy tamoyillari va usullari haqida
so‘z yuritiladi. Maqolada yozma muloqotni rivojlantiruvchi asosiy strategiyalar
yoritilgan. Shuningdek, unda yozma muloqotning xususiyatlari yoritilib, fikrni
yanada samarali va ishonchli ifodalash yo‘llari tasvirlangan.
Annotation
This article will talk about the basic principles and methods of written
communication. The article covers the main strategies that develop written
communication. It also highlights the features of written communication and
describes ways to more effectively and reliably express thought.
Kalit so‘zlar
Muloqot, yozma muloqot, piktogrammalar, doimiylik, aniqlik, rasmiy
tuzilish, ixchamlik, ma’lumot beruvchi, ishontiruvchi.
Key words
Communication, written communication, pictograms, permanence, clarity,
official structure, compactness, informing, persuasive.
Yozma muloqot xabarlarni yetkazish uchun yozma belgilardan ya’ni harflar,
so‘zlar, jumlalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bu biroz muddat o‘tgach
ma’lumotlarni hujjatlashtirish, ularni almashtirish va saqlashga imkon beruvchi,
yuz ming yillarda buyon foydalanib kelinadigan muhim aloqa shakli. Ushbu
aloqa shakli turli xil vositalar, shu jumladan qo‘lda yozilgan yozuvlar, bosma
materiallar, raqamli matnlar va boshqalar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Dunyo tarixiga murojaat qiladigan bo‘lsak, tarixdan bizga qadar yetib kelgan
ko‘plab manbalar yozuv vositasida yetib kelgan. Ibtidoiy odamlar g‘or
devorlariga ov manzaralarini chizish orqali o‘tmish hikoyalarini bizga qadar
yetishiga sabab bo‘lgan. Yana shuningdek yozuv namunalari qoyatoshlarga,
devorlarga, daraxt po‘stloqlariga suyaklar yoki bosha qattiq jism yordamida
o‘yib yozilgan holda yetib kelgan. Yoki Misrliklar o‘zlarining dinlari, urf-odatlari
va kundalik hayoti haqida hikoya qilish uchun haykallar va devorlarni
iyerogliflar bilan o‘yib yozishgan. Mesopotamiyaliklar 5000 yillar avval mixxat
yozuvini yaratdilar. Harflar, so‘zlardan avval turli xil rasmlar ya’ni
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
67
piktogrammalar vositasida xabarlar ifoda etilgan. Shu tariqa tarix haqida bizda
dastlabki tushunchalar va manbalar paydo bo‘lgan. Shuningdek, bizning yozish
qobiliyatimiz vaqt o‘tgani sari takomillashib bordi. Yuqorida ta’kidlaganimdek,
avval yozuv ibtidoiy belgilar, chizmalar so‘ngra harflar va jumlalar orqali
ifodalangan. Yozuv qobiliyati keyingi vaqtlarda rivojlanayotgan ta’lim va
texnologiya sharofati tufayli ko‘pchilikda shakllandi. 1820 yilda odamlarning
atigi 12 foizi biz kabi yozish qobiliyatiga ega edilar. Bugungi kunga kelib esa
dunyo aholisining taxminan 86% o‘qish va yozish imkoniyatiga ega. Shu tarzda
qog‘oz, yozuv mashinalari, kompyuterlar ixtiro qilinib yozuv yanada oson va
ommaviylashdi. Bugungi kunda kishining savodi uning so‘nggi rusumdagi
telefon yoki mashinasiga qarab emas, balki uning o‘qish va yozish qobiliyatlariga
ko‘ra belgilanadi.
Yozma muloqotning xususiyatlari
1.
Doimiylik. Og‘zaki muloqot so‘zlab bo‘lingach yo‘qoladi, lekin yozuma
muloqot esa keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo‘yiladi va istalgan vaqtda
undan foydalanish mumkin. Bu kabi qayd etish ta’limiy, huquqiy, iqtisodiy,
rasmiy va biznes kabi sohalarda nihoyatda ahamiyatlidir.
2.
Aniqlik. Yozma muloqot uchun yozuvchi o‘z xabarlarini aniq va lo‘nda
yetkazib berish uchun so‘zlar va jumlalarni aniqlik va diqqat bilan tanlardi.
Yozuv va uning samaradorligi uchun uning tarkibi qay tarzda tanlanishi muhim.
3.
Rasmiy struktura. Aksariyat hollarda yozma muloqot hosilalari ma’lum bir
tuzilishda bo‘ladi. Ayniqsa professional va ilmiy kontekstlarda bu yaqqol
namoyon bo‘ladi. Masalan kirish, asosiy qism va xulosa kabi qismlardan tashkil
topib, grammatik, stilistik qoidalarga bo‘ysunadi.
4.
Tahrirlash. Og‘zaki nutq namunalari og‘izdan chiqadi uni qaytarish yoki
tahrirlash imkoniyati yo‘q. Shuning uchun aytiladi: “Aytilgan gap, otilgan o‘q”.
Lekin yozuv haqida bunday deya olmaymiz. Yozuvni keyinroq tahrirlash yoki
butunlay o‘chirib, o‘rniga boshqa so‘z yoki jumlani yozish mumkin.
5.
Ulashish imkoniyati. Og‘zaki muloqot diktafon vositasida yozib olinmasa,
undan faqatgina tinglagan odamlargina xabador bo‘ladilar. Ammo, yozma
muloqot qancha nusxalansa, shuncha inson undan bahra oladi.
Yozma muloqot turlari
1.
Ma’lumot beruvchi. Muayyan mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot
beradigan hisobotlar, risolalar va maqolalarni o‘z ichiga oladi. Bunday hujjatlar
odatda xabardor qilish, o‘rgatish yoki o‘qitish uchun ishlatiladi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
68
2.
Ko‘rsatma beruvchi. Ushbu turga ma’lum bir vazifalar yoki jarayonlarni
bajarish uchun ko‘rsatmalar beradigan qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar kabi hujjatlar
kiradi.
3.
Ishontiruvchi. Ishontirish xususiyatiga ega hujjatlar sirasiga reklama
roliklari, turli xil yorliqlar bunga misol bo‘la oladi. Biror mahsulotni sotib olish,
xizmatdan foydalanish uchun undovchi xususiyatga ega.
Yozma muloqot shakllari
1.
Xatlar. Odatda rasmiy yozishmalar, bildirishnomalar va shaxsiy xatlar kabi
rasmiy muloqotni shakllantirish uchun ishlatiladi. Xatlar qo‘lyozma ko‘rinishida,
xat terish mashinkasi yoki kompyuterda yozilishi mumkin.
2.
Elektron pochta xabarlari. Rasmiy va norasmiy shaklda ma’lumot
almashinuvlar uchun foydalaniladi. Aynan raqamli texnologiyalar asriga kelib bu
aloqa shakli keng miqyosda tarqaldi. Elektron pochta xabarlari ya’ni e-maillar
tezkor, qulay va xavfsiz sanaladi.
3.
Hisobotlar. Ma’lumotlarni uzluksiz ravishda taqdim etuvchi, ko‘pincha
biznes va akademik sohalarda foydalaniluvchi hujjatlar. Ular ma’lumotlar,
tahlillar, statistika va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
4.
Maqolalar va blog postlari. Ommaviy ravishda foydalanish uchun
qo‘lyozma, bosma yoki raqamli ko‘rinishda chop etiluvchi, nashr etiluvchi turli
mavzular va maqsadlarni o‘z ichiga oluvchi, yangiliklar haqida xabar beruvchi,
ba’zan mulohazali mavzularni yorituvchi yozma muloqot namunasi.
5.
Kitoblar va elektron kitoblar. O‘quv darsliklari, badiiy, ilmiy-fantastik, xalq
og‘zaki ijodi ruhidagi, tarixiy, diniy mazmundagi klassik va elektron shakldagi
kitoblar.
6.
Qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar. Mahsulotlar, xizmatlardan foydalanish va
jarayonlarni to‘g‘ri boshqarish bosqichlari batafsil yoritilgan kichik kitobchalar.
7.
Ogohlantirishlar va e’lonlar. Tanlab olingan auditoriyani kelajakdagi
voqealar, o‘zgarishlar yoki ma’lumotlar haqida xabardor qilishga mo‘ljallangan
varaqalar.
Yozma muloqot har xil tur va shakllarni o‘z ichiga oladigan, har biri ma’lum bir
maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, doimiyligi, aniqligi va qulayligi kabi jihatlarni
o‘zida mujassam etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.X.U.Urokov. Internetda muloqot qilish usullari// Innovation: the journal of
social sciences and researches. Volume 1, Issue 4, 2023.40 January, 2023
2.Internetda muloqot qilishning asosiy usullar. Internet aloqasi vositalari.
Totrdlo.ru
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
69
3.G.To‘lanboyeva. Tilning gender xususiyatlari//Theoretical aspects in the
formation of Pedagogical sciences. International scientific-online conference.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8191336
4. Max Roser and Esteban Ortiz-Ospina. Literacy. 20/09/2018.
https://ourworldindata.org/literacy
5.Brainquote.https://www.brainyquote.com/quotes/ernest_hemingway_11442
6
6. https://www.geeksforgeeks.org/arpanet-full-form/
7.https://networkencyclopedia.com/wp-
content/uploads/2019/10/packetswitching.png
8.https://www.bookyourdata.com/blog/a-brief-history-of-email
9.https://www.geeksforgeeks.org/what-is-internet-definition-uses-
workingadvantages-and-disadvantages/
10.https://www.studysmarter.co.uk/explanations/business-
studies/organizational-behavior/ability/
11.https://www.studysmarter.co.uk/explanations/business-
studies/organizational-communication/written-communication/#reference-
0.8241821717191042