Авторы

  • Kamola Ahmedova
    UrDU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53051

Ключевые слова:

virtual makon onlayn hayot onlayn-hamjamiyat kommunikatsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada muloqotning yangi ko’rinishi sifatida maydonga chiqqan internet muloqoti va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

38

VIRTUAL MAKONDAGI MULOQOT JARAYONINING XARAKTERLI

JIHATLARI.

Ahmedova Kamola Kudratovna

UrDU

https://doi.org/10.5281/zenodo.12784175

Annotatsiya:

Ushbu maqolada muloqotning yangi ko’rinishi sifatida

maydonga chiqqan internet muloqoti va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida
fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

virtual makon, onlayn hayot, onlayn-hamjamiyat,

kommunikatsiya.

Zamonaviy kоmpyuter tarmoqlarining inson faoliyatiga jadal suratlarda

kirib kelishi va rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy
masalalarini hal etishda o’ziga xos ahamiyat kasb etmoqda, shu bilan birga,
insonning shaxsiy xususiyatlari, bilim doirasi, dunyoqarashi, tafakkuri
o‘zgarishiga ham ta’sir etmoqda. Global internet tarmog‘ining taraqqiy etishi
bilan zamonaviy shaxs axborot texnologiyalari davri bilan hamnafas holda uning
ma’naviy va madaniy hayoti «onlayn hayot» tarzini boshidan kechirmoqda
desak also mubolag’a bo’lmaydi.

21-asr yangi axborot texnologiyalari asri ekanligi hech kimga sir emas. Shu

boisdan ham jamiyatning har jabhasida axborot kommunikatsiyalari bilan
bog’liq yangiliklar, o’zgarishlar kuzatilishi tabiiy hol sanaladi. Global
kommunikatsiyalar davri hisoblangan bugungi kunda internetdagi muloqot eng
ommabop muloqot turiga aylanib, u o’zida turli-tuman til amaliyotlari,
kommunikatsiya uslublari va shakllarini mujassam etmoqda va bu muloqot turi
asta-sekin Signum Temporis (davrimizning belgisi)ga aylanib bormoqda[1].

Zamonaviy shaxs har sohadan xabardor, bilim va malakali, keng

dunyoqarashli, ishbilarmon bo‘lishi uchun tun-u kun mobil telefonidan
ajralmasligi, doimo elektron pochtasini kuzatib borishi, internet ijtimoiy
tarmoqlarida onlayn muloqotda bo‘lishi, umuman internet-muhitda yashashi
zarurdek tuyuladi. Insonlarda kompyuter texnologiyalari, kompyuter texnikasi,
elektron va tarmoq resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ularni tez-tez kibermuhitda
bo‘lishlariga hamda buning ta’sirida ularning shaxsiy xislatlari, onglari,
shuningdek, motivatsiyalari o‘zgarishiga olib keladi[2].

Ijtimoiy tarmoqlarni bir-biriga xabar yuborish, sharhlash va o'zaro

aloqada bo'lish orqali onlayn-hamjamiyat bilan bo'lishish va hamkorlik qilishni
o'z ichiga olgan onlayn platformalar to'plami deb ta'riflash mumkin. Bugungi
kunda Instagram, Facebook, Twitter, Pinterest, Linkedin, Odnaklasniki,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

39

Telegram, Watsapp, va Snapchat kabi eng ko'p ishlatiladigan ijtimoiy media
platformalar mavjud[3].

Internetdagi muloqot qilish usullarining kundalik hayotimizdagi oddiy

muloqot qilish usullaridan farqli tomonlari, foydali taraflari ham juda koʻp.
Internetdagi muloqot usullarining foydali tomonlari sirasiga biz juda tezkorlik
bilan ma’lumot almashishni kiritishimiz mumkin. Xabar almashish jarayonida
makon va zamon chegarasining yo’qligi ushbu muloqot ko’rinishiga alohida
ustuvorlik beradi.

Internet muloqot deganda biz ikki va undan ortiq shahsning internet

orqali muloq’oti, yozma xabar va tezkor fikr-mulohazalar bilan elektron
xabarlar almashinuvi, ularning saqlanishini tushunamiz. Shaklga ko’ra,
kompyuter aloqasi og’zaki va yozma muloqotga bo’linadi. Muloqot usuliga
ko’ra, internet bilvosita aloqadir, chunki u texnik vositalar yordamida amalga
oshiriladi. Axborotni uzatish va idrok etishga ko’ra, kompyuter aloqasi
aktual (haqiqiy odamlar bilan aloqa) va virtual (noma’lum, xayoliy
suhbatdoshlar bilan aloqa) ga bo’linadi[4]. Muloqotning sinxron va asinxron
ko’rinishlari ham mavjud sanalib, sinxron muloqot real vaqt davomida amalga
oshirilsa, asinxron muloqot esa buning aksi sanaladi.

Sh.H.Shahobiddinova va Sh.X.Yuldashevalarning “Internet muloqot vа

uning tаdqiqigа doir аyrim mulohаzаlаr” nomli maqolasida internet
muloqotning ijobiy va salbiy tamonlarini ko’rib chiqilgan va yuqoridagi
internet muloqotning ijobiy tomonlariga oid fikrlar o’z tasdig’ini topgan[5].
Shunisi qiziqki, kamchiliklar yutuqlardan deyarli farqlanmaydi, xususan:

1. Makonda chegaralanmaganlik: internet orqali er sharining xohlagan

nuqtasidagi inson muloqotga kirishib muloqot oqimini sizga maqbul
bo’lmagan o’zanga burishi mumkin va u o’zining jazosiz qolishini bilgani
uchun unda chegaradan chiqib ketish holatlari bo’lishi ham kuzatiladi.

2. Zamonda chegaralanmaganlik: internetga qaramlikka olib keluvchi

eng asosiy omillardan biri. Istalgan paytda muloqotga kirishish insoniyatning
ko ’p mingyillik muloqot tajribasiga yirik o’zgarishlar kiritdi. Hamsuhbatning
vaqtini hisobga olish shart emasligi, bir paytning o’zida bir necha
yo’nalishga bog’lanish imkoni muloqotning deyarli uzluksiz davom etishiga
yo ’l qo’yadi. Bu esa internet foydalanuvchilarning ijtimoiy-maishiy
xususiyatlari, sog’lig’i va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi shubhasiz.

3. Anonimlik. O’z shaxsiyatini yashirish va istalgandek tavsiflash

virtual muloqotni aktual muloqotga nisbatan kutilmagan hamda
himoyalanmagan qilib qo’yadi. Suhbatdoshning aslida kim ekanligini bilmay


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

40

turib muloqotga kirishish aktual muloqot chog’ida qo’lga kiritgan usullarni
deyarli samarasiz qilib qo ’yadi.

4. Ixtiyoriylik. Muloqotga kirishish bir tomonning ixtiyoriga ko’ra

boshlanishi va tugallanishi mumkinligi ham alohida yutuq sifatida qaraladi.
Muloqotni ixtiyoriy boshlash uchun replikalarni yo’llash kifoya. Narigi taraf
uchun ham uni ko ’rishko’rmaslik va javob yo’llash-yo’llamaslik ixtiyoriydir.

5. Globallik. Aktual muloqotda odatiy bo’lgan milliy, jinsiy, tabaqaviy

chegaralanishlar virtual muloqotda deyarli mavjud emasligi milliymentalital
xususiyatlarga berilgan zarbadir. Milliy o’ziga xoslikning tarkibiy qismi
bo’lgan muloqot odati va odobi asta-sekin o’z o’rnini ommaviy madaniyat
elementlariga bo’shatib berayotgani sir emas.

6. Xavfsizlikka tahdid ham virtual muloqot usullarida yangicha shakllar

kasb etib bormoqda. Yuqorida taъkidlanganidek, anonimlik muloqotni
kutilmagan hamda himoyalanmagan qilib qo’yadi. Yuzma-yuz muloqotda
mavjud bo’lgan suhbatdoshni baholashda qo’l keluvchi paralingvistik vositalar
(ovoz tembri, ko’z qarashi, teri rangi, qo’l harakatlari)ning cheklanganligi
odatdagi muloqot shakllarida samarali bo’lgan suhbat jarayonini tashxislash va
himoyalanish mexanizmini deyarli foydasiz qilib qo’yadi.

7. Muloqot uchun qulay konstituatsiyani tanlash imkoni suhbat

jarayoniga befarq qarash, zaruriy momentlarni nazardan qochirish kabilar
natijasida suhbat samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib xulosalashimiz
mumkin-ki, zamonaviy texnik taraqqiyot bilan birga kundalik hayotimizga kirib
kelayotgan yangiliklardan voqif bo’lish zamon talabi sanalib, xoh ijobiy xoh
salbiy bo’lsin, virtual makonda kechayotgan voqea-hodisalar, yangiliklar,
o’zgarishlar hozirda ko’pchilikning diqqat markazidan o’rin egallagan. Ayniqsa,
aholining yoshroq qatlami ushbu jarayonga o’zgacha bir qiziqish bilan
yondashmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

Атабекова

А.

А.

Лингвистический

дизайн

WЕБ-страниц

(сопоставительный

анализ

языкового

оформления

англо-

и

русскоязычных WЕБ-страниц).Дисс. ... к. филол. н. – Москва: Изд-во РУДН,
2003. – С. 181. (356)
2.

http://uz.infocom.uz/2014/06/29/onlayn-muloqotning-bolalar-va-

yoshlar-ruhiyatiga-tasiri/
3.

Normatov S.A. Muloqotning bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalari

bilan

aloqadorligi

va

kommunikatsiyalashuvi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

41

https://pshedu.jdpu.uz/index.php/history/article/download/4075/2749/1004
9
4.

Галичкина, Е.Н. Характеристика компьютерного дискурса // Вестник

ОГУ http://www.vestnik.osu.ru/2004_10/9.pdf
5.

Shahobiddinova, Sh. H., & Yuldasheva, Sh. Х. (2018). Internet muloqot va

uning tadqiqiga doir ayrim mulohazalar. Ilmiy хabarnoma, № 2, рр. 85-88.

Библиографические ссылки

Атабекова А. А. Лингвистический дизайн WЕБ-страниц (сопоставительный анализ языкового оформления англо- и русскоязычных WЕБ-страниц).Дисс. ... к. филол. н. – Москва: Изд-во РУДН, 2003. – С. 181. (356)

Normatov S.A. Muloqotning bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalari bilan aloqadorligi va kommunikatsiyalashuvi. https://pshedu.jdpu.uz/index.php/history/article/download/4075/2749/10049

Галичкина, Е.Н. Характеристика компьютерного дискурса // Вестник ОГУ http://www.vestnik.osu.ru/2004_10/9.pdf

Shahobiddinova, Sh. H., & Yuldasheva, Sh. Х. (2018). Internet muloqot va uning tadqiqiga doir ayrim mulohazalar. Ilmiy хabarnoma, № 2, рр. 85-88.