Авторы

  • M.Y. Suvonova
    Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi:
  • M.I. Orakbayeva
    Qarshi davlat universiteti talabasi:
  • U.Q. Murodboyeva
    Qarshi davlat universiteti talabasi:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.60672

Ключевые слова:

Kiyim gavda о‘lchovlari andozalar usullar modellar gavda yoyilma eskiz loyihalash talablar gazlamalar tikuvchilik korxonalari matolar shakl ishlab chiqarish о‘lchab-hisoblash.

Аннотация

Kiyim gavda yuzasining shaklini tо‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Ma’lumki, kо‘krak qismida, belda, bо‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada yopishib turishi, kiyim bichimini belgilaydi. Kiyim bichimi yelka  kengligi va balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay, uning ichki о‘lchamlari odam gavdasining о‘lchamlaridan katta bо‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda о‘lchamlarining о‘zi yetarli bо‘lmaydi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

59

KIYIMGA QО‘YILADIGAN TALABLAR VA LOYIHALASH USULLARI

M.Y.Suvonova

Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi:

suvonova8100@gmail.com

M.I.Orakbayeva

Qarshi davlat universiteti talabasi:

Orakbaevamuclima@gmail.com

U.Q.Murodboyeva

Qarshi davlat universiteti talabasi:

umidamurodboyeva3@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14499012

Annotatsiya:

Kiyim gavda yuzasining shaklini tо‘la takrorlamaydi va

gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi

Ma’lumki

kо‘krak

qismida

belda

bо‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada yopishib turishi

kiyim

bichimini belgilaydi

Kiyim bichimi yelka kengligi va balandligi

modelning etak

kengligi bilan ham xarakterlanadi

Kiyim qay darajada gavdaga yopishib

turishiga qaramay

uning ichki о‘lchamlari odam gavdasining о‘lchamlaridan

katta bо‘ladi

Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun

gavda о‘lchamlarining о‘zi yetarli bо‘lmaydi

Kalit so‘zlar:

Kiyim, gavda о‘lchovlari, andozalar, usullar, modellar, gavda,

yoyilma, eskiz, loyihalash, talablar, gazlamalar, tikuvchilik korxonalari, matolar,
shakl, ishlab chiqarish, о‘lchab-hisoblash.

Respublikamizdagi faoliyat olib borayotgan ko‘plab tikuvchilik korxonalari

ommaviy ishlab chiqarish bilan bir qatorda yakka buyurtma tikish korxonalari,
kichik va o‘rta xususiy korxonalar aholining kiyimga bo‘lgan ehtiyojini
qondirmoqda. Bu sohani rivojlantirishda xizmat qiluvchi mutaxassislarga
kiyimning asosiy andozalarini tayyorlash, modellar yaratish, asosiy
andozalardan model andozalarini chiqarish va unga bezaklar tanlash,
modellashtirish, loyihalash jarayonlari tubdan o‘rgatiladi. Kiyimlarni
loyihalashda nimalarga e’tibor berish kerak, avvalo loyihalashdan boshlasak.
Loyihalash – bu murakkab ijodiy jarayon bo‘lib, unda har qanday buyumning,
jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutiladi. Kiyimni
loyihalash deganda, kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi,
shuningdek

ularni o‘zaro ulab-tikib, muayyan o‘lchovdagi va shakldagi yaxlit

buyum holiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Loyihalash jarayonida
buyumning hajmli detallarini tekislikdagi tasvirini hosil qilishdan iborat bo‘ladi.
Detallarning razmeri, soni va shakli ular yig‘ilganda xuddi shu razmer va
ko‘rinishini beradi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

60

Kiyimlarni loyihalashda, gavdadan o‘lchov olish qoidalari va o‘lchovlar

asosida buyum asos chizmasini chizish, so‘ng chizmadan andoza chiqarib
tayyorlash qoidalarini o‘rgatiladi. Kiyimlarni modellashtirishda kiyim modelini
ijod qilish va asosiy andozadan model andozasini tayyorlash yo‘llari o‘rgatiladi.

Kiyimni loyihalash kiyimga qо‘yiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday

tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qо‘yiladi. Kiyimga ikki xil talab
qо‘yiladi: iste’molchining talabi va ishlab chiqarish talabidir. Iste’molchining
talabi о‘z navbatida quyidagilarga bо‘linadi: Gigiyenik talab, ekspluatatsion talab
va estetik talablardir. Endi har bir talabni о‘rganadigan bо‘lsak, gigiyenik
talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam
sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi
kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo о‘tkazuvchan bо‘lishi,
quyosh nurini qaytaruvchan bо‘lishi, namni shimuvchan bо‘lishi kerak. Bunda
gazlama muhim ahamiyatga ega. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi
talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, zig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi,
gigiyenik hisoblanadi. Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni
saqlovchi, yengil va qulay bо‘lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar
kо‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha
yengil bо‘lishiga, bichimi esa qulay bо‘lishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va
bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilik kо‘pligiga asoslanib
kо‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi. Narxi va sifati jihatidan ipak tolali
gazlamalar doimo yuqori о‘rinda turadi. Ekspluatatsion talablar deganda,
kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi,
ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi.

Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi,

nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bо‘lishi kerak. Bunday
ta’sirlardan kiyim sitiladigan, chо‘ziladigan, rangini о‘zgartiradigan yoki
g‘ijimlanadigan bо‘lsa, u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamaning
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini tо‘g‘ri tanlash kerak

ya’ni

chо‘ziluvchan

sitiluvchan gazlamalardan kengroq

burmalangan kiyimlar

tikilgani ma’qul. Undan tashqari

kiyimning yoqalari

yenglari

bortlari

chо‘ntak

og‘izlari kо‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks
holda kiyim о‘z kо‘rinishini yо‘qotadi va sifati buziladi. Estetik talablar deganda

kiyimning moda yо‘nalishiga mosligi

yangi gazlamalardan tikilganligi

yangi

bezaklar ishlatilganligi

iste’molchilarning estetik didlarini qondirishi

tushuniladi. Ishlab chiqarish talabi esa, buyumni korxonada ishlab chiqarish
jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

61

Tikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi: bir asos
bо‘yicha bir necha modellarni tayyorlash mumkin bо‘lsin, kiyimga ketadigan
matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan bо‘lsin, kiyimni tikishda ishlab
chiqarish korxonasi о‘zida bor mexanizatsiyadan va shart-sharoitlardan tо‘liq
foydalana olsin, ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanayotgan buyum yuqori
unumli bо‘lishini e’tiborga olish kerak

natijada mahsulot tannarxi arzon

samaradorligi yuqori bо‘ladi. Loyihachi faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli
bosqichlari kiyim detallarining chizmasi yoyilmasini chizishdan iborat. Bu
bosqichdan kо‘zlangan asosiy maqsad – detallarning shakli va о‘lchamini
mumkin qadar aniqroq belgilash; shunday qilinsa

kiyimning detallari

yig‘ilgandan keyin hosil bо‘lgan shakli rassom shakliga mos keladi. Bu ishning
qiyinligi

murakkabligi shundaki

faqat ta’rifi

eskizi yoki namunasigina berilgan

lekin о‘zi yо‘q kiyimning chizmasini – detallari yoyilmasini chizishga tо‘g‘ri
keladi. Buning ustiga

kiyimning sirti murakkab

yoyib bо‘lmaydigan sirt

hisoblanadi; shunga kо‘ra uning yoyilmasi va hisobi

ya’ni uni chizish uchun

kerak bо‘ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha
qiyin. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning quyidagi mavjud
usullaridan foydalanish mumkin: mulyaj usuli, hisoblab loyihalash usuli, о‘lchab-
hisoblab loyihalash usuli, yagona loyihalash usuli. Mulyaj, usulining mohiyati
shundan iboratki

maneken yoki kishi gavdasiga maket material modelning

formasiga moslab

tо‘g‘nag‘ichlar bilan qadab chiqiladi. Tо‘g‘nag‘ichlar odam

gavdasining konstruktiv chiziqlari bо‘ylab tо‘g‘nag‘ichlanadi. Sо‘ngra rangli ipda
tо‘g‘nalgan joylardan tikib chiqiladi. Bu usuldan murakkab bichimli kiyimlarni
loyihalashda va kо‘pgina sahna kiyimlarini

tarixiy kiyimlarni loyihalashda

qо‘llaniladi. Hisoblash loyihalash usuli, gavdadan ayrim о‘lchovlarni olib

sodda

hisoblash formulalari yordamida buyum detallari chizmasini gazlamaning о‘zida
bajarish usulidir, ya’ni alohida andoza tayyorlab о‘tirmaydilar. Bu usul yakka
tartibda buyum ishlab chiqarishda qо‘llanilgan. О‘lchab-hisoblash loyihalash
usuli, kiyimni yakka buyurtma yо‘li bilan tikishda о‘lchab-hisoblab loyihalash
usuli juda mos keladi

chunki bu usulda gavdani aniq о‘lchangani tufayli

gavdaning о‘ziga xos hususiyatlarni hisobga olish imkonini beradi. Andoza
tayyorlashni о‘rganayotgan kishilar uchun bu usul juda qulay hisoblanadi.
Yagona loyihalash usuli, boshqa usullardan universalligi bilan ham farq qiladi

chunki har qanday bichimdagi va kо‘rinishdagi kiyimlar loyihasini tuzishda ba’zi
loyihalar asos qilib olinadi. Bu usulni yaratish jarayonida aholining
antropometrik о‘lchovlari asosida standartlar ishlab chiqilgan. Bu standartlar
ayollar

erkaklar va bolalar assortimentlari uchun alohida-alohida ishlab


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

62

chiqilgan. Bu usuldan tikuvchilik korxonalari foydalanadi. Korxonadagi
loyihachilar standartlarda berilgan loyihalash usuli о‘lchovlardan foydalanib

buyum assortimentiga qarab

buyumning asos chizmasini loyihalaydilar va

buyum andozasini hosil qiladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Pulatova S.U.”Kiyimni konstruksiyalash asoslari”. T., 2001.

2.

Pulatova S.U. “Ayollar yengil kuylagini konstruksiyalash”. T.,2001

3.

.Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va

modellashtirish asoslari. T.2008.
4.

.G.K.Xasanboyeva, O.I. Krimova, “Kiyim mоdelini ishlash va

konstruksiyasini tayyorlash”. Toshkent, “Oqituvchi”, 1990
5.

Komilova X.X., Hasanboyeva H.K. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash.,

Toshkent. “Moliya” - 2003.

Библиографические ссылки

Pulatova S.U.”Kiyimni konstruksiyalash asoslari”. T., 2001.

Pulatova S.U. “Ayollar yengil kuylagini konstruksiyalash”. T.,2001

.Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish asoslari. T.2008.

.G.K.Xasanboyeva, O.I. Krimova, “Kiyim mоdelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash”. Toshkent, “Oqituvchi”, 1990

Komilova X.X., Hasanboyeva H.K. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash., Toshkent. “Moliya” - 2003.