Авторы

  • Muhtaram Husenova
    Navoiy davlat universiteti, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha 1- kurs tayanch doktaranti
  • Sevinch Esanova
    Navoiy davlat universiteti, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti 3–kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.60678

Ключевые слова:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutq tez aytishlar diqqat so‘z boyligi rasmli-izohli lug‘atlar. talaffuzni yaxshilash.

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini oshirishda rasmli-izohli o‘quv lug‘atlar orqali tez aytishlardan foydalanish ularning nutqini aniq va ravon qilishi, diqqatni oshirishi, rasmli-izohli o‘quv lug‘atlarni tayyorlashning afzalliklari to‘g‘risida ilmiy farazlar keltirib o‘tilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

21

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RASMLI-IZOHLI O‘QUV LUG‘ATLAR

ORQALI TEZ AYTISHLARNI O‘RGATISH VA O‘QUVCHILAR NUTQINI

O‘STIRISH.

Husenova Muhtaram Husniddin qizi

Navoiy davlat universiteti, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi

va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha

1- kurs tayanch doktaranti,

Esanova Sevinch Asliddin qizi

Navoiy davlat universiteti, Maktabgacha va boshlangʻich

taʼlim fakulteti 3–kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14383405

Anotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini

oshirishda rasmli-izohli o‘quv lug‘atlar orqali tez aytishlardan foydalanish
ularning nutqini aniq va ravon qilishi, diqqatni oshirishi, rasmli-izohli o‘quv
lug‘atlarni tayyorlashning afzalliklari to‘g‘risida ilmiy farazlar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, nutq , tez aytishlar, diqqat, so‘z

boyligi, rasmli-izohli lug‘atlar. talaffuzni yaxshilash.

Annotation:

In this article, the use of quick sayings through picture-

explanatory dictionaries to improve the speech of elementary school students
makes their speech clear and fluent, increases attention, the advantages of
preparing picture-explanatory dictionaries are correct. scientific hypotheses
have been cited.

Key words:

Primary school students, speech, rapid utterances, attention,

vocabulary, picture-explanatory dictionaries. improve pronunciation.

Аннотация:

В данной статье использование кратких изречений

посредством картинно-пояснительных словарей для улучшения речи
учащихся младших классов делает их речь четкой и беглой, повышает
внимание,

приводятся

преимущества

составления

картинно-

пояснительных словарей, корректны научные гипотезы.

Ключевые слова:

Младшие школьники, речь, скороговорки,

внимание, словарный запас, картинно-пояснительные словари. улучшить
произношение.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini oshirishga, o‘stirishga, ularning

aniq, ravon, bexato gapirishlari uchun hozirda o‘qituvchilar tomonidan ham
katta e’tibor qaratilmoqda. shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z
o‘quvchilarining nutqini oshirish uchun lug‘atlar, she’rlar va xalq og‘zaki ijodi
namunalaridan keng foydalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar ham faqat
o‘qituvchi rahbarligidagina emas , balki, o‘zlari ham mustaqil ravishda maqol ,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

22

matal va tez aytishkar yod olib, o‘z ustida ishlashsa yanada maqsadga muvofiq
bo‘lar edi. Bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik bo‘lib, yakunida foydali
natija beradi. Hozirda o‘quvchilarining nutqini oshirishda tez aytishlardan
foydalanish samarali hisoblanib , boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tog‘ri va
ravon gapirishlari uchun foydali usullardan biri. Tez aytishlar aqlni charxlovchi ,
diqqatni oshiruvchi yengil mashq turlaridan biri hisoblanadi. Kattalar ham, yosh
bolalar ham bitta tez aytishni bir nafasda 5-6 martadan, kuni bo‘yi 10 marta
aytib yursa, xotiralari kuchaydi va kuni bilan diqqatliroq bo‘lishadi.

Masalan: Lak-lak elak, elakka un kerak

.

Elak

Sieve

Sochiluvchan

mahsulotlar

va

materiallar (un, guruch, ohak, sement,
qum va boshqalar)ni metall toʻr orqali
oʻtkazib, har xil hajmdagi zarralarga
ajratish (elash) uchun moʻljallangan
qurilma. Roʻzgʻor, qurilish va sanoatda
ishlatiladi. Asosan, Un elash uchun
ishlatiladigan, toʻr qoplangan yogʻoch
gardishdan iborat uy-roʻz-gʻor asbobi.


Boshlang‘ich sinflarda rasmli-izohli o‘quv lug‘atlar orqali tez aytishlarni

o‘rgatish samarali va qiziqarli usullardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv
o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, talaffuzni yaxshilash va nutq tezligini
oshirishga yordam beradi.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida rasmli-izohli o‘quv lug‘atlar foydalanish

orqali o‘quvchilarning individuval rivojlanishiga, darsga qiziqish va yaxshi
o‘zlashtirishga erishiladi.

Tez aytishlarning so‘zlari bir biriga o‘xshash bo‘lib, tez aytganda ularni xato

aytib yuborishi yoki so‘zlarning o‘rnini almashtirib aytishlari mumkin. Bu esa
o‘quvchilardan diqqatini yanada oshirib, so‘zlarni aniq va ravon aytishga
undaydi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

23

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda avval sodda tez

aytishlardan, keyin sal qiyinroqlaridan foydalangan yaxshi bo‘ladi. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining nutqi aniq va ravon rivojlangan bo‘lib, barcha harflarni
to‘liq talaffuz qila olishi kerak bo‘ladi. Chiroyli gapirish, nutqini ravon qilish
uchun hamma o‘z ustida ishlashi kerak bo‘ladi, afsuski oramizda ayrim harflarni
to‘gʻri talaffuz qila olmaydigan, so‘zlarni aytishga qiynaladigan o‘quvchilar ham
bor. Bunday o‘quvchilar bilan logopedlar shugʻullanadilar.

Logopediya (yunoncha logos - so‘z, padeo - tarbiya so‘zlari dan olingan) -

oglir nuq nuqsonlarini o‘rganish. oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini
o‘rganadigan fan

1

. Logopedlar bemor bolalarning to‘gʻri talaffuz qilishi , ularning

nutqini oshirishi, nutq buzilishining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir
xilda bo‘lgan harakatlarni shakllantirishga o‘rgatadi . Bolalarga nutq terapeyasi,
nafas olish mashqlari , til massajlari qilinadi . Hozirgi kunda logopedlarimiz ham
nutqida nuqsoni bor bolalarni davolash uchun tez aytishlardan
foydalanishyapdi.

Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda ko‘pchilik boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilari va maktabgacja ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari
o‘rtasida "sh", "ch", "z", "r", tovushlarini talaffuz qilishga qiynalish aniqlangan.
Shunda logopedlar davolashning eng oson va samarali usuli bo‘lgan tez
aytishlardan foydalanishni ma’qul ko‘rishdi. Chunki tez aytishlarda o‘xshash
harflar va o‘xshash tovushlar ko‘p takrorlanadi, bunday tez aytishlarni ko‘p
takrorlagan o‘quvchilar tezroq o‘rganadi. Masalan " sh" harfini talaffuz qilishga
qiynaladigan o‘quvchilar uchun logopedlar mana shu tez aytishdan foydalanadi:

Boshlang‘ich sinflar uchun tez aytishni o‘rgatishda Rasmli-izohli lug‘atlarni

tayyorlash quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi:

-

Rasmlar oddiy, tiniq va aniq tasvirlangan, shuningdek, tez

aytishda ishlatiladigan so‘zlar va iboralar uchun mos bo‘lishi kerak.
Masalan, hayvonlar, o‘simliklar yoki kundalik hayotdan lavhalar.

-

Rasmli-izohli lug‘atlarda berilgan izohlarda so‘zlar va iboralar

tushunarli va oddiy qilib tasvirlanadi. Har bir so‘z yoki ibora oson
talaffuz qilish uchun bo‘g‘inlarga bo‘linadi.

Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish
Kishmish yegan kishining, tishlari qamashmasmish.

Kishmish

1.

Uzum- grapes

Kishmish

Mevasi

maydaroqboʻladigan urugʻsiz uzum va


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

24

2.

Mayiz- raisins

shu uzumning mayizi. Oq kishmish,
Qora kishmish kabi turlari keng
tarqalgan.

Tishlari qamashmoq

Gritting teeth

Tishning qattiq emal qavatining

yupqalashishi oqibatida, shirin yoki
nordon narsani tishlaganda, tishlarda
uvishish bo‘lishi va birdan og‘riq
berishi.

"Kishmish

yegan

kishining,

tishlari qamashmasmish" maqolida
chuqur ma'nolar bor. Bu ibora hayotiy
tajribaga

asoslanib

aytilgan

va

quyidagi

ma'nolarni

anglatishi

mumkin:

1. Qiyinchilik yoki muammolarga

moslashish: Kishmish yegan kishi
shirinlikka ko‘nikib, undan noqulaylik
sezmaydi. Bu hayotda biror narsaga
ko‘nikish yoki moslashish jarayonini
ramziy anglatishi mumkin.

2. Tajriba va chidamlilik: Bu gap

odamning

tajribali

bo‘lib,

biror

narsaga

nisbatan

chidamliligini

ko‘rsatishi

mumkin.

Masalan,

qiyinchiliklar ko‘rgan odam ularga
nisbatan chidamli bo‘lib qoladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

25

3. Oddiy narsadan shikoyat

qilmaslik: Kishmishni yoqtirgan odam
undan shikoyat qilmaydi. Bu gap inson
o‘z tanlovi uchun mas’uliyatni qabul
qilishi kerakligini ham anglatadi.


Bu tez aytish majoziy ma'noda ishlatiladi va shunday mazmunni anglatadi:

Kimki biror narsa bilan tanish bo‘lsa yoki unga ko‘nikkan bo‘lsa, u o‘sha
narsadan ta'sirlanmaydi yoki qiynalmaydi. Bu gap hayotiy tajriba yoki biror
holatga moslashishni ifodalaydi. Masalan, biror kishi qiyinchiliklarga o‘rganib
qolgan bo‘lsa, undan keyingi qiyinchiliklar unga og‘irlik qilmaydi. Shu tarzda,
kishmishni ko‘p yeb yuradigan odamga uning achchiq yoki shirinligi ta'sir
qilmaydi, deyilgan.

Nima uchun aynan bu tez aytish, chunki, ko‘p so‘zlar o‘xshash va

takrorlanib kelgan. Bundan tashqari, takrorlangan so‘zlarning har ikkala bo‘gʻini
ham "sh" harfi bilan tugagan. Bu tez aytishni tez aytganda so‘zlarni almashtirib
yuborish mumkin, o‘quvchilar diqqatliroq bo‘lib tez aytishni tez tez takrorlashsa
shu harfni tezda o‘rganib oladi. Shunday yo‘llar bilan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining nutqini ravon qilamiz.

Demak, boshlang‘ich ta’limda tez aytishlarni o‘rgatishda rasmli-izohli o‘quv

lug‘atlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
va o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytiradi. Ushbu usul nafaqat
o‘quvchilarning nutqini rivojlantiradi, balki ularga o‘quv jarayonida zavq
bag‘ishlaydi va bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mо’minova L.R. Tutilib gapiruvchi о’smirlar uchun qо’llanma.
2. Asqarxо’jayeva M. Bog‘chalarda о’zbek tilini о’rganish. Bolala bog‘chalari
tarbiyachilari uchun metod qо’llanma. 1994 yil.
3. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va
metodikasi. 2006 yil.
4. 2- sinf " Ona tili va o‘qish savodxonligi " 2- qism Toshkent 2021- yil


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

26

5. 4- sinf " O‘qish savodxonligi" 1- qism Novda nashriyoti 2023- yil
6. M. U. Xamidova " Maxsus Pedagogika "

Библиографические ссылки

Mо’minova L.R. Tutilib gapiruvchi о’smirlar uchun qо’llanma.

Asqarxо’jayeva M. Bog‘chalarda о’zbek tilini о’rganish. Bolala bog‘chalari tarbiyachilari uchun metod qо’llanma. 1994 yil.

Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. 2006 yil.

- sinf " Ona tili va o‘qish savodxonligi " 2- qism Toshkent 2021- yil

- sinf " O‘qish savodxonligi" 1- qism Novda nashriyoti 2023- yil

M. U. Xamidova " Maxsus Pedagogika "