Авторы

  • Nodiraxon Tojiboyeva
    Andijon davlat pedagogika insitituti “Pedagogika psixologiya” kafedrasi o’qituvchilari:
  • Xurshidaxon Ibragimova
    Andijon davlat pedagogika insitituti “Pedagogika psixologiya” kafedrasi o’qituvchilari:
  • Niginabonu Erkinjonova
    Aniq fanlar fakulteti Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari
  • Gulsanamxon Valiyeva
    Aniq fanlar fakulteti Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.60680

Ключевые слова:

Tafakkur tushunchasi psixik jarayon tafakkur turlari reproduktiv kreativlik tafakkur operatsiyasi analiz sintez tafakkur shakli fikrlash hissiy bilish tafakkurning individual xususiyatlari.

Аннотация

Ushbu maqolada tafakkur muammosini xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zaxirasi to’planilganligi, hamda maqolada keltirilgan ma’lumotlardan tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlarda tahlil qilinganligi haqida mulohazalar yuritiladi. Inson tafakkurini ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emasligini, tafakkurning usullari nerv tizimida ham, miyyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy faoliyatlardandir degan mulohazalar yuritiladi. Tafakkur operatsiyalari haqida turli xil munozaralar yuritiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

13

TAFAKKUR BORASIDA PSIXOLOGIK NAZARIYALAR. TAFAKKUR

OPERATSIYALARI.

Tojiboyeva Nodiraxon Tursunaliyevna

Ibragimova Xurshidaxon Xusanbayevna

Andijon davlat pedagogika insitituti “Pedagogika

psixologiya” kafedrasi o’qituvchilari:

Erkinjonova Niginabonu Elyorjon qizi

Valiyeva Gulsanamxon Bahromjon qizi

Aniq fanlar fakulteti Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14356958

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tafakkur muammosini xorij psixologiyasida

keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zaxirasi
to’planilganligi, hamda maqolada keltirilgan ma’lumotlardan tafakkur
tushunchasi turli nuqtai nazarlarda tahlil qilinganligi haqida mulohazalar
yuritiladi. Inson tafakkurini ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish
mumkin emasligini, tafakkurning usullari nerv tizimida ham, miyyasida ham
emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa
bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy
faoliyatlardandir degan mulohazalar yuritiladi. Tafakkur operatsiyalari haqida
turli xil munozaralar yuritiladi.

Kalit so’zlaar:

Tafakkur tushunchasi, psixik jarayon, tafakkur turlari,

reproduktiv, kreativlik, tafakkur operatsiyasi, analiz, sintez, tafakkur shakli,
fikrlash, hissiy bilish, tafakkurning individual xususiyatlari.

Аннотация: В данной статье широко исследована проблема мышления в
зарубежной психологии, собраны обширные знания и сведения, а также
проанализировано понятие мышления с разных позиций на основе
информации, представленной в статье. Мышление человека невозможно
изучить без других форм общественной жизни, способы мышления
находятся не в нервной системе или в мозгу, а в социальном порядке, что
приводит к такому восприятию, мышлению и работе в один период, и в
другой период. работать по-другому Считается, что это одно из занятий.
Существуют различные споры о действиях мышления.

Ключевые слова:

Понятие мышления, психический процесс, типы

мышления, репродуктивное, творчество, мыслительная операция, анализ,
синтез, форма мышления, мышление, эмоциональное познание,
индивидуальные особенности мышления.
Annotation: In this article, the problem of thinking has been widely researched
in foreign psychology, extensive knowledge and information has been collected,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

14

and the concept of thinking has been analyzed from different perspectives from
the information presented in the article. Human thinking cannot be studied
without other forms of social life, the ways of thinking are not in the nervous
system or in the brain, but in a social way that leads to such perception, thinking,
and work in one period, and in another period to work in a different way. It is
considered that it is one of the activities. There are various debates about the
operations of thought.
Key words: Concept of thinking, mental process, types of thinking, reproductive,
creativity, thinking operation, analysis, synthesis, form of thinking, thinking,
emotional cognition, individual characteristics of thinking.
Kirish. Tafakkur inson faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi
a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni
ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar
o’rtsida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar
hamda qonuniyarlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz
tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi
eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga
aytiladi.
Aynan tafakkur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini
bilish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda sezish, idrok,
tasavvur va bevosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar
tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida
tafakkurga berilgan ta’riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim
xususiysti ta’kidlab o’tiladi xolos. Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat,
obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy
olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida,
insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir
ko’rsatmay ko’pchilik xollarda asboblar ko’magiga olingan. Tafakkur insonning
shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq chuqur va
umumlashtirib aks ettirishga, insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan
shug’ullanishiga imkon beradi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to’la, aniq va
umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning
xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanish muallifning diqat
markazidan chetta qolgan. Tafakkur o’z navbatida tushuncha, xukm, va xulosa


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

15

chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat.
Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarida ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli
o’laroq tafakkur predmedlardagi umumiy takrorlanuvchi muhim jihatlarni
ajratib ifodalaydi.
Tafakkurning alohida muhim o’ziga xos xususiyatlari – bu uning nutq bilan
uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning,
hatto, nutq tovush shakliga ega bo’lmagan holat, masalan, kar-saqov odamlarda
ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o’z ifodasini topadi. Biz doim so’zlar
orqali fikr yuritamiz. Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyyaning vazifasi
hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini
o’taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini
tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini taminlovchi barcha fiziologik
tuzilmalarning o’zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud
emas. Tafakkurning psixik faoliyat sifatidagi umumiy xususiyatlarini chizma
shaklida keltirish mumkin. Tafakkurning yo’nalishiga qarab nazariy va amaliy
turlariga ajratiladi. Hodisalarni izohlashga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur
deyiladi. Nazariy tafakkur ayni paytda abstrakt tafakkur hamdir. Nazariy
tafakkurda voqelik mavjud bo’lgan umumiy, muhim bog’lanishlar va
munosabatlar aks eatdi. Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida
amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy tajriba bilan
ish ko’rmasdan tushunchalardan foydalaniladi. Diskursiv tafakkur –
kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan
bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada aniqlanganligi bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, tafakkur turlari bir-birini to’ldiradi.
Xulosa.
Shunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari yuqorida
ko’rib chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg’unlikda ifodalanadi. Tafakkur
shakllanishi va rivojlanishida bir nechta bosqichlarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Hozirda mavjud bo’lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga bo’linishiga
nisbatan yondashuvlarning ko’pchiligida inson tafakkuri rivojlanishining
dastlabki bosqichi umumlashtirish bilan bog’liqligi ko’tsatib o’tiladi.

.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Umarov.B.M,Norbekova.B.Sh-``Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi``-
Toshkent-2023,163-bet;
2.Gippenreyter yu. B. Vvedenie v obshuyu psixologiyu. Kurs leksiy. - m., 1996;
3.Karimova v. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning
psixologik texnikasi. - t., 2000


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

16

4.Karimova v. M., akramova f. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - t., 2000;
5.Pavlova, N. N. (2019). Pedagogik psixologiya: nazariy asoslari va amaliyot.
Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
6.Qodirova, S. A. (2021). Ta'lim jarayonida psixologik yondashuvlar. Tashkent:
Fan va texnologiya.
7.Gafurova, M. R. (2020). Oila va maktab: hamkorlik va psixologik qo‘llab-
quvvatlash. Toshkent: O'zbekiston ta'lim nashrlari.
8.Isroilova, L. I. (2018). Zamonaviy ta'lim texnologiyalari va psixologiya.
Tashkent: O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.
9.Djonova, N. M. (2017). Motivatsiya va diqqatni jamlash: ta'lim jarayonidagi
o'rni. Toshkent: O'zbekiston Psixologiya Assotsiatsiyasi.

Библиографические ссылки

Umarov.B.M,Norbekova.B.Sh-``Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi``-Toshkent-2023,163-bet;

Gippenreyter yu. B. Vvedenie v obshuyu psixologiyu. Kurs leksiy. - m., 1996;

Karimova v. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi. - t., 2000

Karimova v. M., akramova f. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - t., 2000;

Pavlova, N. N. (2019). Pedagogik psixologiya: nazariy asoslari va amaliyot. Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Qodirova, S. A. (2021). Ta'lim jarayonida psixologik yondashuvlar. Tashkent: Fan va texnologiya.

Gafurova, M. R. (2020). Oila va maktab: hamkorlik va psixologik qo‘llab-quvvatlash. Toshkent: O'zbekiston ta'lim nashrlari.

Isroilova, L. I. (2018). Zamonaviy ta'lim texnologiyalari va psixologiya. Tashkent: O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.

Djonova, N. M. (2017). Motivatsiya va diqqatni jamlash: ta'lim jarayonidagi o'rni. Toshkent: O'zbekiston Psixologiya Assotsiatsiyasi.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)