Авторы

  • Sabohat Bozorboyeva
    O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.78474

Ключевые слова:

Aleksandr Faynberg o’zbek adabiyoti rus adabiyoti she’riyat tarjima shoir poetik uslub adabiy uslub kinematografiya ssenariy multikulturalizm adabiy me’ros.

Аннотация

Aleksandr Faynberg ijodi o’zbek va rus adabiyotlari o’rtasidagi madaniy bog’liqlikni ifodalovchi noyob hodisalardan biridir. Uning she’rlari va tarjimalari  milliy qadriyatlar va universallikni uyg’unlashtirib, ikki xalq adabiy me’rosini boyitgan. Faynbergning  poetik uslubi, tarjimonlik faoliyati va ssenariylari adabiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ro’l o’ynagan. Ushbu maqolada uning ijodiy yo’li va adabiyotdagi o’rni yoritilib, bugungi adabiy jarayondagi ta’siri tahlil qilinadi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

49

ALEKSANDR FAYNBERG : O’ZBEK VA RUS ADABIYOTIDA

UYG’UNLIK TIMSOLI

Bozorboyeva Sabohat Rashid qizi

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

sabohatbazarbaeva@gmail.com

+99872712006

https://doi.org/10.5281/zenodo.15200902

Annotatsiya:

Aleksandr Faynberg ijodi o’zbek va rus adabiyotlari

o’rtasidagi madaniy bog’liqlikni ifodalovchi noyob hodisalardan biridir. Uning
she’rlari va tarjimalari milliy qadriyatlar va universallikni uyg’unlashtirib, ikki
xalq adabiy me’rosini boyitgan. Faynbergning poetik uslubi, tarjimonlik faoliyati
va ssenariylari adabiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ro’l o’ynagan. Ushbu
maqolada uning ijodiy yo’li va adabiyotdagi o’rni yoritilib, bugungi adabiy
jarayondagi ta’siri tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

Aleksandr Faynberg, o’zbek adabiyoti, rus adabiyoti, she’riyat,

tarjima, shoir, poetik uslub, adabiy uslub, kinematografiya, ssenariy,
multikulturalizm, adabiy me’ros.

Aleksandr Arkadyevich Faynberg (1939-2009) Toshkentda tug’ilgan taniqli

shoir, yozuvchi va tarjimon edi. Uning ijodi o’zbek va rus adabiyotiga kata hissa
qo’shgan. Faynbergning ota onasi – Arkadiy Lvovich Faynberg va Anastasiya
Aleksandrovna 1937-yilda Novosibirskdan Toshkentga ko’chib kelishgan. Otasi
texnalogiya institutini tamomlab spirt zavodida bosh muhandis bo’lib ishlagan,
onasi esa shu zavodda mashinist lavozimida faoliyat yuritgan.

Faynbergning ijodi o’zbek va rus madaniyati va hayotini aks ettirgan

ko’plab she’r va asarlarni o’z ichiga oladi. Uning asarlari Toshkent, Moskva,
Sankt-Peterburg va Isroilda nashr etilan. Shuningdek, Faynberg yettita badiiy
film ssenariysi muallifi bo’lib, bu asarlar o’ziga xosligi va hayotiyligi bilan o’zbek
hamda rus adabiyotida alohida o’ringa ega.

Faynbergning tarjimalari va ijodi orqali o’zbek adabiyoti jahon miqyosida

tanilgan. Uning asarlari o’zbek madaniyati va urf-odatlarini chuqur anglashini
ko’rsatadi. Shoirning ijodi o’zbek va rus xalqlari o’rtasidagi madaniy aloqalarni
yanada mustahkamlashda nihoyatda katta hissa qo’shgan. Faybergning
xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentdagi Alisher Navoiy milliy
bog’ida uning bronza haykali o’rnatilgan.

Metodologiya

Aleksandr Faynbergning o’zbek va rus adabiyotidagi ijodiy me’rosini tahlil

qilish uchun kvalitativ tadqiqot yondashuvi qo’llanildi. Mazkur tadqiqot adabiy,
ijodiy va qiyosiy tahlil usullariga asoslangan bo’lib, bu yondashuv Faynbergning


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

50

asarlaridagi xususiyatlar, milliylik va zamonaviylik uyg’unligi, uning o’zbek va
rus dabiyotidagi ijodiy me’rosining farqli jihatlari hamda tarjimonlik
faoliyatidagi o’rnini chuqur o’rganishga yordam beradi.

Tadqiqot davomida Aleksandr Faynbergning asarlari, uning ijodi va

faoliyati haqida yozilgan ilmiy maqolalar va internet resurslari tahlil qilindi.
Ma’lumotlar to’plash jarayonida Faynbergning asarlari va u haqidagi ilmiy
adabiyotlar diqqat bilan o’rganildi. Ushbu metodologik yondashuv orqali
Aleksandr Faynbergning ijodiy me’rosi har tomonlama tahlil qilinib, uning
o’zbek va rus adabiyotidagi o’rni va ahamiyati o’rganildi.

Natijalar

Faynbergning she’rlarida o’zbek xalqining hayoti, urf-odatlari va an’analari

o’z ifodasini topgan. Masalan, uning “Toshkent – mening ilhomim” kabi
she’rlarida shahar faqat geografik hudud sifatida emas, balki o’zbek xalqi bilan
uyg’un holda tasvirlangan. U nafaqat o’zbek xalqi hayotiga va madaniyatiga
chuqur hurmat bilan yondashgan,balki o’z asarlarida ikki xalq qadriyatlarini
uyg’unlashtirgan.

Yozuvchi asosan rus tilida ijod qilgan bo’lsa-da, u O’zbekiston madaniy

muhitida yashab, ushbu muhitning o’ziga xosligini o’z she’rlariga singdira
olgan.Yozuvchi “Markaziy Osiyo quyoshi” she’rida o’zbek diyorining issiq iqlimi
va mehmondo’st xalqining tabiatini aks ettirgan desak, adashmaymiz.

Muhokama

Aleksandr Faynberg o’zbek va rus adabiyotini bog’lovchi ijodkor sifatida

tarjimonlik faoliyati bilan katta e’tirofga sazovor bo’lgan. U o’zbek adabiyoti
namoyondalarining asarlarini rus tiliga tarjima qilib, ularni keng kitobxonlar
auditoriyasiga tanishtirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, Faynbergning rus va
o’zbek tillaridagi ijodi ham madaniyatlararo muloqotni kuchaytirgan.

Ijodkor Alisher Navoiy g’azallarini rus tiliga tarjima qilish orqali Sharq

adabiyoti betakrorligini kitobxonlarga yetkazgan. Navoiy asarlarining chuqur
falsafiy ma’nosi va lirizmini saqlashga harakat qilgan. U Navoiy asarlarini tarjima
qilishda shunchaki so’zma-so’z o’girish bilan cheklanmay, she’riy ifoda va
ohangni ham rus tilida tabiiy holatda yetkazishga harakat qilgan.

Yozuvchi zamonaviy o’zbek shoirlrining asarlarini rus tiliga tarjima qilib,

ularni butun Sovet ittifoqi hududida mashhur qildi. Uning tarjimalari o’zbek
she’riyatining nafaqat o’zbek tilida, balki boshqa tillarda ham keng o’qilishiga
yordam bergan ijodkorlardan biridir.

Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasini rus tilga tarjima qilib, milliy

iftihor tuyg’usini rus kitobxonlarga ham yetkazgan. Shuningdek , Abdulla


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

51

Oripovning “Sen bahorni sog’inasan” she’ri Faynberg tarjimasida rus tilida ham
o’zbekona ohangini saqlab qolgan.

Faynberg tarjima sohasida nafaqat matn mazmunini, balki uning ruhini

ham saqlashga harakat qilgan. U o’zbek she’riyatidagi milliy ohang, obrazlar va
ritmni iloji boricha rus tilida ham ifoda eta olgan.

Aleksandr Faynberg nafaqat she’riyatda, balki kinossenariylar yozishda

ham faollik ko’rsatga. Uning asarlari asosida o’zbek kinosining muhim kinolari
tasvirga olingan. Masalan, “Mening akam” nomli film o’zbek oilasidagi
qadriyatlarni aks ettirgan bo’lsa, “Qandahorda toblanganlar” o’zbek
jangchilarining qahramonligini tasvirlagan.

Xulosa

Xulosa qilib shularni aytish mumkinki,

qalbi o’zbek rus shoiri Aleksandr

Arkadyevich Faynberg o’zbek va rus adabiyoti o’rtasidagi bog’lovchi ko’prik
bo’lib, o’z tarjima va ijodi orqali madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga
katta hissa qo’shdi. U Alisher Navoiy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi o’zbek
adabiyoti namoyondalarining asarlarini tarjma qilib, xalqimiz adabiyotining
joibasini keng auditoriyaga yetkazdi. Faynbergning takrorlanmas ijodi she’riyat,
kinematografiya va tarjimonlik badiiy uyg’unligini namoyish etib, xalqlar
o’rtasidagi abadiy hamkorlikka xizmat qildi. Bugungi kunda ham uning mehnati
o’zbek adabiyotining xalqaro miqyosda tanilishiga qo’shilgan muhim hissa
sifatida e’tirof etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg

2.

https://arboblar.uz/ru/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich

3.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus-she-

riyati/aleksandr-faynberg-1939-2009
4.

https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasiga

5.

Meliqo’ziyeva Z.A (2023). O’zbek va rus yozuvchisi Aleksandr

Faynbergninga hayoti, ijodining bugungi kundagi ahamiyati. Scientific
impulse,1(9),770-772
6.

Zokirjonova M.Z (2025). Aleksandr Faynberg hayoti va ijodining

adabiyotdagi o’rni. Zamonaviy fan va ta’lim yangiliklari xalqaro ilmiy
jurnali,3(1),179-181

Библиографические ссылки

Meliqo’ziyeva Z.A (2023). O’zbek va rus yozuvchisi Aleksandr Faynbergninga hayoti, ijodining bugungi kundagi ahamiyati. Scientific impulse,1(9),770-772

Zokirjonova M.Z (2025). Aleksandr Faynberg hayoti va ijodining adabiyotdagi o’rni. Zamonaviy fan va ta’lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnali,3(1),179-181