Авторы

  • Ismoil Ro‘ziyev
    Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.78934

Ключевые слова:

kelishik maydon nazariyasi tobelik semantik hokim bo‘lak yadro funksional-semantik belgili belgisiz.

Аннотация

Muayyan hodisaning reallashuvida boshqa lingvistik voqeliklar o‘zaro aloqadorlikda, mutanosiblikda namoyon bo‘ladi. Shu bois mazkur hodisalarni bir butunlikda, yaxlit tizim sifatida qarash zarurati yuzaga keladi. Tobelik tushunchasini funksional-semantik maydon sifatida tahlil etish hodisaning mohiyatini kengroq yoritish imkonini beradi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

63

KELISHIK – O‘ZBEK TILIDA TOBELIK FUNKSIONAL-SEMANTIK

MAYDON YADROSINI TASHKIL ETUVCHI VOSITA

Ro‘ziyev Ismoil Isog‘ovich

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab

-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

ismoilruziyev275@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15210635

Annotatsiya

Muayyan hodisaning reallashuvida boshqa lingvistik voqeliklar o‘zaro

aloqadorlikda, mutanosiblikda namoyon bo‘ladi. Shu bois mazkur hodisalarni bir

butunlikda, yaxlit tizim sifatida qarash zarurati yuzaga keladi. Tobelik

tushunchasini funksional-semantik maydon sifatida tahlil etish hodisaning
mohiyatini kengroq yoritish imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

kelishik, maydon nazariyasi, tobelik, semantik, hokim bo‘lak,

yadro, funksional-semantik, belgili, belgisiz.

Аннотация

В реализации того или иного явления другие языковые реалии

проявляются во взаимосвязи, соразмерности. Поэтому возникает

необходимость рассматривать эти явления как единое целое, как

целостную систему. Анализ понятия подчиненности как функционально-

семантического поля позволяет более широко осветить сущность явления.

Ключевые слова:

падеж, теория поля, подчиненность, семантическая,

доминирующая часть, ядро, функционально-семантическая, знаковая,
бессимптомная.

Annotation

In the realization of a phenomenon, other linguistic realities manifest

themselves in interrelation, proportionality. Therefore, it becomes necessary to

consider these phenomena as a single whole, as an integrated system. The

analysis of the concept of subordination as a functional and semantic field allows

us to shed more light on the essence of the phenomenon.

Keywords:

case, field theory, subordination, semantic, dominant part, core,

functional-semantic, symbolic, asymptomatic.

Kirish.

Muayyan hodisaning reallashuvida boshqa lingvistik voqeliklar

o‘zaro aloqadorlikda, mutanosiblikda namoyon bo‘ladi. Shu bois mazkur

hodisalarni bir butunlikda, yaxlit tizim sifatida qarash zarurati yuzaga keladi.
Tobelik tushunchasini funksional-semantik maydon sifatida tahlil etish

hodisaning mohiyatini kengroq yoritish imkonini beradi.

Ma’lumki, tilshunoslikda maydon atamasi umumiy ma’no asosida birlashib,

o‘zaro munosabatga kirishadigan lisoniy va nolisoniy vositalar sistemasiga

nisbatan ishlatiladi. Maydon lisoniy-nutqiy voqelik sifatida o‘zida tilning

dialektik qarama-qarshi munosabatini aks ettiradi. Aslida maydon vositalari

orasidagi munosabat lisoniy bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqadorlik ko‘p hollarda

e’tibordan chetda qoladi. Shu o‘rinda maydon tushunchasini ifoda etuvchi


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

64

vositalarning o‘zaro mutanosib, bir-birini to‘ldiruvchi munosabatini nazarda
tutish lozim bo‘ladi. Negaki tilning qat’iy qonuniyatiga ko‘ra nutq jarayonida

lingvistik birliklar nisbatan keng semantik doirani qamrab oladi.

Jahon tilshunosligi va o‘zbek tilshunosligida lingvistik maydon tadqiqi,

maydon nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan ishlar tahliliga qaraydigan bo‘lsak,

dastlabki ishlarda muayyan mazmuniy umumiylik ostida mikromaydonga

birlashgan leksemalar tadqiq obyekti sifatida olingan bo‘lsa, keyingi

tadqiqotlarda turli sath birliklarining bir umumiy mazmun ostida birlashishiga

diqqat qilingani ma’lum bo‘ladi. Xususan, H.Hojiyeva o‘zbek tilidagi hurmat

ifodalovchi morfologik, sintaktik, lug‘aviy, fonetik vositalarni o‘rganishni ko‘zda

tutadi. Tilshunos fikricha, “struktur-funksional-semantik xususiyatiga qarab

hurmat maydoni uch qismga bo‘linadi: yadro, markaz va markazdan tashqari
(chekka) qism”.[1:17]

Ma’lumki, “maydon markazini (yadrosini) tashkil etuvchi, faqat o‘sha

maydon belgisini ifodalash uchun xoslangan birliklar hamma turdagi

maydonlarda ham ozchilikni tashkil etadi. Boshqa vazifadoshlar belgini

ifodalash darajasiga ko‘ra ushbu markazdan uzoqlasha boradilar, shu

sababdan qo‘shni markazlar ta’siriga ko‘proq beriladi”.[2:96] Tobelik

maydonining yadrosidan ham tobelik belgisini markaziy planda ifodalovchi

vositalar – kelishik shakllari joy oladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).

Hozirgi davrda

maydon nazariyasi qator jahon tilshunoslarining tadqiqotlarida grammatikaga

xos masalalarni yoritishda muhim o‘rin tutmoqda. Grammatikadagi maydon

tushunchasi ko‘proq morfologik sathdagi grammatik kategoriyalarni ularga

funksional-semantik jihatdan yaqin bo‘lgan tilning boshqa sathlari vositasidagi

aloqaning tekshirilishi davomida qo‘llaniladi.

Maydon yadrosini morfologik sathda muayyan grammatik kategoriyalar

hosil qiluvchi shakllar sistemasi tashkil qiladi. Chegara qismi shu grammatik

kategoriya bilan funksional jihatdan ma’lum tartibda bo‘lib, ammo kamroq

shakllangan tuzilmalarni namoyon qiluvchi turli xil birliklardan hosil bo‘ladi.

Maydonning markaziy (yadro) va chegara (periferik) sohalarga ajratilishi

maydon yadrosini tashkil qiluvchi til birliklari, ya’ni so‘z o‘zgartuvchi

paradigmalar rolining muhimligini namoyon qiladi. Faqat yadroviy soha

strukturasi bo‘lgandagina, ikkilamchi tartibdagi birliklar maydonning

chegarasini yuzaga chiqarishi mumkin. Sintaktik sath doirasida maydonning
yuzaga chiqishida so‘z o‘zgartuvchilarining roli shunchalar yuqoriki, ularsiz

grammatik maydonni hosil qilish umuman mumkin emas.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta

kelishik

shakli mavjud bo‘lib, ular kelishik

kategoriyasi sifatida o‘rganib kelinadi.

Kelishik

lar “ot yoki otlashgan so‘zning

fe’lga, otga yoki boshqa bir turkum so‘ziga munosabatini ifodalab, tobeligini

ko‘rsatuvchi shakllar tizimi”

1

[3:48] sifatida qaraladi.

1

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,

1985. – 164 б.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

65

T

/r

Kelishik nomi

Shakli

Misollar

1

Bosh kelishik

Xat yozildi

2

Qaratqich

kelishigi

-ning

Daraxt

ning

shoxi

3

Jo‘nalish

kelishigi

-ga (-

ka, -qa)

Kutubxona

ga

bordi

2

Tushum

kelishigi

-ni

Topshiriq

ni

bajardi

5

O‘rin-payt

kelishigi

-da

Samarqand

da

yashaydi

6

Chiqish kelishigi

-dan

Ustoz

dan

so‘radi

Kelishik shakllari bir umumiy grammatik ma’no – o‘zi qo‘shilgan so‘zni

keyingi so‘zga tobelantirib bog‘lash, gapdagi sintaktik mavqeyini belgilash ma’no

va vazifasi bilan birlashadi. Kelishik tobe so‘zning hokim so‘zga sintaktik

munosabatni ko‘rsatuvchi kategoriya ekan, uning ba’zan kesim tarkibida kelib,

keyin keluvchi hokim so‘zdan holi bo‘lishida sintaktik emas, balki semantik vazifa

bajarishi kuzatiladi (

Bu sovg‘a sizga, Umidim sendan, Hurmat kichikdan)

va u

kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosidan tashqariga chiqadi.

Kelishik sintaktik jihatdan paradigmatik munosabatda bo‘lar ekan, bunda

ikki pozitsiyani farqlash lozim:

1) hokim-tobelik pozitsiyasi asosidagi ziddiyat;

2) gap bo‘lagi vazifasi asosidagi ziddiyat.
“Tobelik” pozitsiyasiga egalik” belgisi asosida kelishik noto‘liq ziddiyatda

bo‘ladi. Bunga ko‘ra bosh, qaratqich, tushum kelishigi ziddiyatning belgili,

jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi belgisiz a’zo maqomida namoyon bo‘ladi.

Chunki bosh, qaratqich, tushum kelishigi har doim tobe so‘z tarkibida keladi.

Boshqa kelishik ba’zan hokim so‘z (kesim) tarkibida ham kela oladi (Bu sovg‘a

sizga, Umidim sendan, Hurmat kichikdan).

Gap bo‘lagi vazifasi asosida kelishik ko‘p qatorli ziddiyatni hosil qiladi.

Masalan, “ega vazifasida kela olmaslik” belgisiga ko‘ra bosh kelishik kuchsiz,

boshqa kelishik kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).

“Kesim bo‘la

olmaslik” belgisiga bosh, qaratqich va tushum kelishigi ijobiy va boshqa kelishik

salbiy munosabatda bo‘ladi. “Birgina gap bo‘lagiga xoslik” belgisi ostidagi

ziddiyatda tushum va qaratqich kelishigi belgili, boshqa kelishik belgisiz

munosabatda bo‘ladi.

Muayyan grammatik ma’no guruhiga tobelana olishi jihatdan tushum

kelishigi boshqa kelishikdan ajralib turadi, ya’ni u faqat o‘timli fe’lgagina

tobelanadi. Boshqa kelishik biror turkumni aniq talab qilmaydi. Shuningdek,

qaratqich kelishigigina muayyan grammatik shakldagi (egalik shaklidagi) so‘zni

talab qiladi, boshqa kelishik bunday xususiyatga ega emas.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

66

Semantik belgi ham ziddiyat asosi bo‘la olishi mumkin. Masalan, “aniqlik”

belgisiga egalik” ziddiyat asosiga ko‘ra bosh kelishik kuchsiz (chunki u aniqlikni

ham, noaniqlikni ham ifodalay oladi) boshqa kelishik aniqlikni ko‘rsatadi.

“O‘rinni ifodalash” belgisiga ko‘ra qaratqich kelishigi kuchli, jo‘nalish, o‘rin-

payt, chiqish kelishigi kuchsiz a’zo sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday semantik

oppozitsiyani ko‘plab ajratish mumkin. Biroq, baribir, kelishikning mustahkam va

barqaror ziddiyat asosi sifatida sintaktik belgi qolaveradi. Bu mutlaq belgi

“soyasi”da semantik belgi ham yashaydi. Kelishik kategoriyasi sintaktik jihatdan

tobelikni ifodalash va semantik jihatdan predmetlik-hodisaviylik va lokallikni

ifodalash uchun xoslangan.

Bosh kelishik ma’lum bir morfologik shaklga ega emas, uning mohiyati

boshqa kelishiklarga qarama-qarshi qo‘yilish asosida belgilanadi. Bosh
kelishikdagi so‘zshakl gap tarkibida tobe mavqedagi quydagi sintaktik vazifalarda

kelishi mumkin:

Ega:

Gulnor

Nurining o‘z oilasidagi voqealardan, bilgan eshitganlaridan

so‘zladi. (Oybek)

Sifatlovchi-aniqlovchi: 1. “

Alvasti

ko‘prik” tepasiga chiqib, shahar tomon

shitob bilan ketdi. (Said Ahmad) 2. Xatni Sobiraxon olib,

ko‘k

qalam bilan ostiga

chizilgan yerini o‘qidi. (A.Qahhor)

Izohlovchi-aniqlovchi:

Direktor

Avazova o‘quvchilarni ogohlikka chaqirdi.

Darslik va qo‘llanmalarda bosh kelishikdagi so‘zshaklni kesim, to‘ldiruvchi,

hol, undalma kabi vazifalarda kelishi aytiladi: O‘zbekistonning poytaxti –

Toshkent

. Bugun sen

navbatchisan

kabi misollarda [

Toshkent

], [

navbatchisan

]

so‘zshakllari kesim vazifasida kelgan bo‘lib, boshqa bo‘laklarga nisbatan mutlaq

hokim bo‘lakdir, ya’ni hech qaysi bir bo‘lakka bular tobe bog‘lana olmaydi.

Kelishik kategoriyasining UGMsi esa “sintaktik qurilmada oldingi so‘zni keyingi

so‘zga bog‘lash”dir.[4:106] Kesimning o‘zbek tilida o‘z kesimlik kategoriyasi

mavjud. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, kesim tarkibidan kelishikni izlash

o‘rinsizdir.

Ko‘rpangga qarab

oyoq

uzat. (Maqol) Ship etdi,

Shibirg‘on

ketdi (Topishmoq)

singari misollarda esa uslub talabidan kelib chiqib, tushum (-ni) va jo‘nalish (-ga)

kelishiklari belgisiz qo‘llangan. Bu holat [oyoq] va [Shibirg‘on] so‘zlarini bosh

kelishikda ekanligini anglatmaydi.

Undalma grammatik jihatdan hech bir bo‘lakka bog‘lanmaydi, shundan kelib

chiqadigan bo‘lsak, undalma bosh kelishik shaklida bo‘ladi deb aytolmaymiz:

Ey

gul,

ne uchun qoshingda men xor o‘ldum? (Bobur)

So‘zning qaysi kelishikda ekanligi so‘z birikmasi yoki gapda oydinlashadi.

Qaratqich kelishigi ko‘rsatkichi -ning bo‘lib, shuningdek, bu shaklning -ing, -

n, -im kabi qisqargan shakllari mavjud: kitobning varag‘i, yoriming diydori,

qoshin qarosi, vatanim manim. -ning uslubiy xoslanmagan, -ing, -n, -im shakllari

esa badiiy uslub uchun xoslangan: Ona xalqim, jon-tanim

manim

, O‘zbekiston –

vatanim

manim

! (A.Oripov)


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

67

Qaratqich kelishigi ko‘rsatkichini olgan so‘z qaratqich, u bog‘langan so‘z

qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa,

belgi-xususiyat, harakat-holatlarning qaratqich shaklidagi ismlarga qarashli

ekanini bildiradi.[5:59] Qaratqich-qaralmish munosabati ancha barqaror bo‘lib,

bu qaratqich kelishigi ko‘rsatkichining so‘z birikmasidagi o‘rni ancha

barqarorligi bilan belgilanadi. Qaratqich kelishigi shuning uchun, shuning

singari kabi birikuvlarda so‘z birikmasi hosil qilmaydi, balki so‘zning ajralmas

qismiga aylanadi. Qaratqich kelishigini olgan so‘z egalik shaklini olgan so‘z bilan

birga qo‘llanadi. Bunday qurilishli so‘z birikmalari – [QKdagi ism + EKdagi ism]

so‘z birikmasi umumiy qolipining voqelanishi. Qaratqich va qaralmish yonma-

yon kelganda ko‘p hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin

qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi
tiklanadi. Masalan: daraxt shoxi – daraxtning uzun shoxi.

Tahlil va natijalar (Analysis аnd results).

Qaratqich kelishigi shaxs

nomlari, otlashgan so‘zlar va olmoshga qo‘shilganda belgisiz qo‘llanmaydi.[5:61]

Masalan: Salimning ukasi, kelganlarning ko‘pi, sening huquqing.

Tushum kelishigi ham bir necha morfologik ko‘rsatkichga ega:

-ni, -n, -i.

Tushum kelishigidagi so‘z faqat fe’l bilan bog‘lanadi. Fe’l tushum kelishigidagi

so‘zga munosabatiga ko‘ra, ikkiga ajraladi: o‘timli fe’l va o‘timsiz fe’l. Tushum

kelishigi bilan shakllangan so‘z gap tarkibida so‘z kengaytiruvchisi – to‘ldiruvchi

vazifasini bajaradi:

Erta tong shamoli sochlarin yoyib,Yonimdan o‘tganda so‘rab

ko‘ramen. (Cho‘lpon)

Belgisiz qo‘llaniladi: ma’ruza tinglamoq – ma’ruzani tinglamoq kabi.

Tushum kelishigi belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kidlash ma’nosi ifodalanadi,

belgisiz qo‘llanganda esa bu ta’kid yo‘qoladi. Ko‘pincha tushum kelishigi va

chiqish kelishigi ma’nodoshlik hosil qilib, biri ikkinchisining o‘rnida almashinib

qo‘llaniladi. Tushum kelishigi butunni ifodalasa, chiqish kelishigi butunning

qismini ifodalab keladi. Masalan: uzumni yemoq – uzumdan yemoq.

Qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari badiiy uslubda, xususn,

she’riyatda -n shaklida qisqargan holda qo‘llanilishi va matnga ekspressivlik,

poetik ohang baxsh etishi mumkin. Masalan:

Qarshimda yer sharin surati turar,

Salmog‘i Quvaning anoricha bor. (A. Oripov) Dengiz ortin yoritdi ilk bor

Beruniyning aql mash’ali. (A.Oripov)

[6:46]

Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa bir so‘z

ishlatilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa,
tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qolmaydi [5:61]: Xat yozmoq – xatni

qalamda yozmoq kabi.

Jo‘nalish kelishigi ko‘rsatkichi -ga bo‘lib,

-ka/-qa/-g‘a/-na

kabi fonetik

variantlarga hamda

-a

qisqargan shakliga ega. Masalan:

Bolama o‘xshaydi

ovozing sani. (Qo‘shiq)

Jo‘nalish kelishigi semantikasiga yo‘nalganlik, xoslik,

tenglashtirish kabi ma’no turi xos. Bu ma’nolar birikuvchi so‘zlarning

xususiyatidan kelib chiqib o‘zgarib ketaveradi: ukamga olmoq, maktabga

bormoq. Birinchi birikmada “atalganlik” ma’nosi (uka) va (ol), ikkinchi


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

68

birikmada «yo‘nalganlik» ma’nosi (maktab) va (bormoq) so‘zlarining lug‘aviy va
grammatik ma’nosiga bog‘liq. Jo‘nalish kelishigi umumiy grammatik

ma’nosidagi kategorial ma’no esa “oldingi so‘zni keyingi so‘zga hol va

to‘ldiruvchi vazifasida bog‘lash”[4:108]:

Gulzor – chaman. Yur, bog‘lar

ga

eltay

yetaklab. Binafshalar terib beray sen

ga

etaklab… (Usmon Nosir)

O‘rin-payt kelishigi ko‘rsatkichi

-da

bo‘lib, o‘rin-joy otlariga qo‘shilganda

qayer? so‘rog‘iga, paytni ifodalovchi so‘zlarga qo‘shilganda qachon? so‘rog‘iga,

shaxs va narsa otlariga qo‘shilganda kimda?, nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

Gapda o‘rin va payt hollari hamda vositali to‘ldiruvchi vazifalarida keladi. O‘rin-

payt kelishigi qo‘llanilishida makon, zamon, vosita kabi ma’nolar yuzaga chiqadi:

1. U xatni qalamda yozdi (vosita). 2. Qo‘ng‘iroq chalinganda o‘quvchilar sinflariga

tomon shoshildi (payt). 3. Uyda qoling (makon)!

Belgisiz qo‘llanilishi mumkin:

Yer haydasang, kuz hayda

. (Maqol)

Chiqish kelishigi shakli

-dan

bo‘lib, bu qo‘shimcha ko‘rsatish olmoshlariga

qo‘shilganda bir (n) tovushi orttiriladi: u+dan=undan, shu+dan=shundan. -dan

shakli badiiy uslubda, ya’ni she’riyatda ko‘proq -din tarzida qo‘llaniladi:

Qatig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish, Ki aql-u hisg‘a yaksar mone’

o‘ldi borcha ishdin qish. (Ogahiy)

-g‘a va -din shakllari bugungi kunda eskirgan va

shevadagina saqlangan.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

Chiqish kelishigi

gapda o‘rin holi (qayerdan?), payt holi (qachon?), sabab holi (nima sababdan?)

va vositali to‘ldiruvchi (kimdan? nimadan?) kabi sitaktik vazifalarda keladi.

Chiqish kelishigining qaratqich kelishigi bilan o‘rin almashishi mumkin. Bunda

semantikada farq seziladi: o‘quvchilardan biri – o‘quvchilarning biri.

Qo‘qqisdan, to‘satdan, birdan, birga, o‘z-o‘zidan kabi ravishlar, raqsga

tushmoq, yodga olmoq, esdan chiqarmoq, turmushga chiqmoq, ko‘ngliga olmoq,

qulog‘iga quymoq, tishini tishiga qo‘ymoq kabi birikma va iboralar tarkibidagi

-

ga

va

-dan

kelishik qo‘shimchalari yaxlitlanib qolgan bo‘lib, sintaktik aloqa

uchun xizmat qilmaydi.

Kelishik shakllari tobelik funksional-semantik maydoni tushunchasining

asosiy vositasi bo‘lib, maydon yadrosini tashkil qiladi. Chunki bu vositalar
asosan tobelikni ifodalash uchun xoslangan va bu xususiyati uni tobelik maydoni
yadrosi sifatida qarashga asos bo‘ladi.

Adabiyotlar:

1.

Hojiyeva H. O‘zbek tilida hurmat maydoni va uning lingvistik-nutqiy

xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi...diss. avtoref. - Samarqand, 2001.
2.

Умарова Н. Навоий ғазаллари мақтасида сабаб ва окибат

муносабатининг мазмуний ҳамда конструктив шакллари. — Тошкент:
Akademnashr, 2016. — Б. 96.
3.

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент:

Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1985. – 164 б.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

69

4.

Сайфуллаева Р.Р., Менглиев Б.Р., Боқиева Г.Ҳ., Қурбонова М.М.,

Юнусова З.Қ., Абузалова М.Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. ўқув қўлланма. –
Тошкент, 2009. – 153 b.
5.

Ona tili. 7-sinf uchun darslik. N. Mahmudov va boshqalar. – Toshkent:

“Ma’naviyat”, 2017. – 160 b.
6.

Ona tili. 10-sinf uchun darslik. N. Mahmudov va boshqalar. – Toshkent:

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 112
b.Umarov, X., Xolyigitova, B., & Ergasheva, O. (2021). THE ROLE OF FICTION IN
THE FORMATION OF THE CHILDREN'S WORLDVIEW. Экономика и социум, (3-
1), 319-321.
7.

Kholyigitova, B. (2023). USING ARTISTIC LITERATURE IN FORMING THE

CREATIVE SKILLS OF PRIMARY CLASS PUPILS. Science and innovation, 2(B2),
253-257.
8.

Musurmonova, O. (1999). Family spirituality-national pride. Tashkent:

Teacher.

Библиографические ссылки

Hojiyeva H. O‘zbek tilida hurmat maydoni va uning lingvistik-nutqiy xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi...diss. avtoref. - Samarqand, 2001.

Умарова Н. Навоий ғазаллари мақтасида сабаб ва окибат муносабатининг мазмуний ҳамда конструктив шакллари. — Тошкент: Akademnashr, 2016. — Б. 96.

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1985. – 164 б.

Сайфуллаева Р.Р., Менглиев Б.Р., Боқиева Г.Ҳ., Қурбонова М.М., Юнусова З.Қ., Абузалова М.Қ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. ўқув қўлланма. – Тошкент, 2009. – 153 b.

Ona tili. 7-sinf uchun darslik. N. Mahmudov va boshqalar. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2017. – 160 b.

Ona tili. 10-sinf uchun darslik. N. Mahmudov va boshqalar. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 112 b.Umarov, X., Xolyigitova, B., & Ergasheva, O. (2021). THE ROLE OF FICTION IN THE FORMATION OF THE CHILDREN'S WORLDVIEW. Экономика и социум, (3-1), 319-321.

Kholyigitova, B. (2023). USING ARTISTIC LITERATURE IN FORMING THE CREATIVE SKILLS OF PRIMARY CLASS PUPILS. Science and innovation, 2(B2), 253-257.

Musurmonova, O. (1999). Family spirituality-national pride. Tashkent: Teacher.