DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
97
MAHALLA FUQOROLAR YIG‘INI UCHUN AHOLI BILAN ISHLASHNI
QULAYLASHTIRISHNING IQTISODIYOTDAGI TA’SIRI
G‘oziyev O‘ktam Rustamovich
Xalqaro Innovatsion Universiteti iqtisodiyot yo‘nalishi 1-kurs magistranti
Email: uktamgaziyev@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15240692
Annotatsiya
. Mahalla fuqorolar yig‘ini (MFY) O‘zbekistonning mahalliy
boshqaruv tizimining muhim qismi bo‘lib, u aholining turmush tarzini
yaxshilash, ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish, hamda iqtisodiyotni
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Mahalla tizimi aholining davlat organlari
bilan bevosita muloqot qilishiga imkon yaratadi va bu jarayon iqtisodiyotga
salbiy va ijobiy ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi bilan ishlashni
qulaylashtirish, ayniqsa iqtisodiy sohada o‘zgarishlarni amalga oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar
. Mahalla fuqorolar yig‘ini, ijtimoiy xizmat, iqtisodiy vazifa,
sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy masalalari, iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari
yaratish, mahalliy biznesning rivojlanishi.
Абстрактный.
Махаллинский сход граждан (СГМ) является важной
частью
системы местного
самоуправления Узбекистана, играя
значительную роль в улучшении жизни населения, улучшении
социальных услуг и развитии экономики. Система махалли позволяет
жителям напрямую общаться с государственными органами, и этот
процесс может иметь как отрицательное, так и положительное влияние на
экономику. Упрощение работы с населением особенно актуально при
реализации изменений в экономической сфере
.
Ключевые слова.
Собрание граждан по месту жительства, социальная
служба, экономическая миссия, здравоохранение, образование, жилищные
вопросы, экономический рост, создание рабочих мест, развитие местного
бизнеса.
Abstract.
The Mahalla Citizens' Assembly (MCA) is an important part of the
local governance system of Uzbekistan, which plays an important role in
improving the lifestyle of the population, improving social services, and
developing the economy. The Mahalla system allows the population to directly
communicate with state bodies, and this process can have both negative and
positive effects on the economy. Facilitating work with the population is of great
importance, especially in implementing changes in the economic sphere.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
98
Keywords:
Neighborhood citizens' meeting, social service, economic task,
healthcare, education, housing issues, economic growth, job creation, local
business development.
Fuqarolarning
oʻzini
oʻzi
boshqarish
organlari -
fuqarolarning
xalq
hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat
ishlarida toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi
fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil
faoliyat olib borishini taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning
oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston
Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da Fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra,
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha,
qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi
mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini
faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining
taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan
shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish
organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning
oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi,
namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida
roʻyxatga olinishi kerak.
Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish
organlari faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning
mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov
huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri
saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga
oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan
Mahalla fuqorolar yig‘ini, odatda, bir nechta ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni
bajaradi. Aholining ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos xizmatlar ko‘rsatish –
Mahalla tizimi aholining kundalik ehtiyojlarini tez va samarali tarzda aniqlab,
ularni hal qilishga yordam beradi. Masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy
masalalari va ijtimoiy yordamlarni taqdim etish. Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash
– Mahalla fuqarolar yig‘ini, xususan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga
yordam beradigan dasturlarni amalga oshiradi. Ular uchun imkoniyatlar
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
99
yaratish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Mahalliy byudjetni samarali
boshqarish – Mahalla tizimi mahalliy byudjetdan foydalanishni nazorat qiladi va
aholiga kerakli xizmatlarni taqdim etish uchun ajratilgan mablag‘larni samarali
taqsimlaydi.
Aholi bilan ishlashni qulaylashtirish, ayniqsa ma’muriy va iqtisodiy
jarayonlarda, ko‘plab ijobiy ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Bunga quyidagi omillar
sabab bo‘ladi:
Mahalla tizimi orqali aholiga xizmat ko‘rsatishda yangi ish o‘rinlari
yaratiladi. Masalan, mahalla ishlari uchun qo‘shimcha mutaxassislar, ijtimoiy
xodimlar, xususiy tadbirkorlar va boshqa sohalarda ishchilar kerak bo‘ladi. Bu
esa ishsizlik darajasining kamayishiga, iqtisodiy o‘sishga va ijtimoiy
barqarorlikka olib keladi.
Mahallalar o‘rtasidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta
biznesni rivojlantirishga turtki beradi. Mahalla tizimi orqali aholiga qulay
kreditlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy yordamlar ko‘rsatilib, bu orqali
iqtisodiy o‘sish amalga oshiriladi. Mahallalar o‘rtasida savdo-sotiq va xizmatlar
tarmog‘ini rivojlantirish, hududiy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aholi bilan ishlashni qulaylashtirish, ularning ehtiyojlarini aniqlashda
samarali tizimlar yaratish, mahallalarda infratuzilmaning rivojlanishiga olib
keladi. Uy-joylarni yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, yangi ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatish va boshqa sohalarda o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Bu jarayon esa
iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlaydi va hududdagi hayot sifatini
yaxshilaydi.
Mahallalar aholisi bilan bevosita ishlash orqali kambag‘allarga ijtimoiy
yordam ko‘rsatish tizimi samaraliroq bo‘ladi. Bu yordamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ehtiyojmandlarga yetkazilishi natijasida iqtisodiyotda muvozanatli o‘sish yuzaga
keladi. Xususan, ijtimoiy yordamlar aholi daromadining oshishiga yordam
beradi va aholi farovonligini ta’minlaydi.
Mahalla tizimi raqamli texnologiyalar va ma’lumotlarni to‘plash orqali
aholining ehtiyojlarini aniq va tezkor aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa
davlat organlari uchun samarali siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiy o‘sishni
boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalla fuqorolar yig‘ini orqali aholi bilan ishlashni qulaylashtirish, faqat
ijtimoiy xizmatlarning yaxshilanishi bilan cheklanib qolmaydi. Bu tizim iqtisodiy
o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy biznesning rivojlanishi va
infratuzilmaning takomillashuviga katta hissa qo‘shadi. Natijada, iqtisodiyotning
barcha jabhalarida barqaror o‘sish va rivojlanish ta’minlanadi. Mahallalarda
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
100
aholining ehtiyojlarini tez va samarali tarzda qondirish orqali O‘zbekiston
iqtisodiyotining asosiy sohalari – ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va xizmatlar
kabi tarmoqlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi
muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-songa ko‘ra “Aholi bandligiga
ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni
xohlayotgan ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan
o‘tish uchun, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
uchun sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik 1barovarigacha
subsidiya ajratish aytib o`tilgan.
Mahallada
tadbirkorlikni
rivojlantirish,
aholining
tadbirkorlik
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar
ajratilishida ko‘maklashish.
(Har chorakda bir marotaba kredit yoki subsidiya ajratilgan fuqarolarning
uyiga borib, tadbirkorlik va daromad topishga qaratilgan faoliyatini yurib
ketishiga ko‘maklashadi.
Adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Mahalla institutining
jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda
birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar
to‘g‘risida” PF-209-son
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Mahallalar
faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to‘g‘risida” Toshkent sh., 2024-yil 13-iyun, 334-son
3. O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori mahallabay ishlashga
mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda
“mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida toshkent
sh., 2024-yil 15-mart, 137-son
4. https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/seven/
5. https://muslim.uz/uz/e/post/41539
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/