ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayon o‘quvchilarda matnni tushunish, tahlil qilish, asosiy g‘oyani ajratib olish va o‘z fikrini mustaqil ifodalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada ta’lim jarayoniga interaktiv metodlar, raqamli resurslar, o‘yin texnologiyalari, loyihaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari yoritiladi.