Авторы

  • A.S. Arziev
    Docent Qoraqalpoq Davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.82962

Ключевые слова:

Pilyastr balyasina karniz kapitel ustun abstrakt usullari fazoviy kompozitsiyalar arxitekturaviy kompozitsiya.

Аннотация

Arxitekturaviy stillarning muayyan ko'rinish va darajadagi transformatsiyasi qo'llanilgan holda milliy-hududiy xususiyat arxitekturaviy yechimning asosiy ko'rsatkichlaridan biri sifatida qabul qilingan. Arxitekturaviy stillarda funkcional muvofiqlik va badiiy bezaklarning o'ziga xosligiga alohida ahamiyat berilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

170

TALABALARNING GRAFIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA

ARXITEKTURAVIY STILLARGA OID MATERIALLAR VOSITASINING

ROLI

A.S.Arziev

Docent

Qoraqalpoq Davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15309602

Annotatsiya

: Arxitekturaviy stillarning muayyan ko'rinish va darajadagi

transformatsiyasi qo'llanilgan holda milliy-hududiy xususiyat arxitekturaviy
yechimning asosiy ko'rsatkichlaridan biri sifatida qabul qilingan. Arxitekturaviy
stillarda funkcional muvofiqlik va badiiy bezaklarning o'ziga xosligiga alohida
ahamiyat berilgan.

Kalit so'zlar

: Pilyastr, balyasina, karniz, kapitel, ustun, abstrakt usullari,

fazoviy kompozitsiyalar, arxitekturaviy kompozitsiya.

Insoniyatning turmush tarzini mukammallashuvi, intellektual salohiyatini

rivojlanishi, birinchi navbatda, uning turmush (yashash) tarzi hamda ta'lim
tizimida o'zining yaqqol aksini topdi. Insonlarning yashash tarzining milliy-
hududiy xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy parametr – arxitektura
ko'rinishlarida integracion holatlar, ayrim stil va konstruktiv yechimlar sintezi
kuzatilsada, har bir mintaqa, millatning o'ziga xos arxitekturaviy stillari
shakllanib, rivojlanib borgan. Biroq, hududiy o'ziga xoslik arxitekturaning
yetakchi parametrlaridan biri bo'lib qolaveradi. Buni Sharq va G'arb
arxitekturasida yaqqol kuzatish mumkin. Zero, ularning konstruktiv yechimida
ayrim sintetik o'xshashliklar bo'lsa da, milliy o'ziga xoslik saqlanib kelingan.

Arxitekturaviy

stillarning

muayyan

ko'rinish

va

darajadagi

transformatsiyasi qo'llanilgan holda milliy-hududiy xususiyat arxitekturaviy
yechimning asosiy ko'rsatkichlaridan biri sifatida qabul qilingan. Shuningdek,
sharqona arxitekuraviy stillarda funktsional muvofiqlik va badiiy bezaklarning
o'ziga xosligiga alohida ahamiyat berilgan. Ayni paytda, sharqona arxitekturaviy
yechimlarning uzluksiz rivojlanib borishida stillarning sintetik qo'llanilishini
zamonaviy milliy arxitektura namunalarida ham ko'rish mumkin. Bu borada
Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini stillar sintezning zamonaviy
tendentsiyalarga asoslangan tatbiqiy yechimi sifatida e'tirof etish mumkin. Bu
omil, ayniqsa, bino intererida yaqqol ko'zga tashlanadi.

Zamonaviy milliy arxitekturada Antik davr arxitekturasi elementlaridan

foydalanish urfga aylanib bormoqda. Ayniqsa, pilyastr, balyasina, karniz, kapitel,
ustun kabi arxitekturaviy detallar nafaqat jamoat joylarida, balki aholining
yangitdan barpo etilayotgan uy-joylari qurilishida ham keng qo'llanilmoqda.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

171

Shuning uchun ham arxitektura ta'limida yuqoridagi elementlar, asosan,
qalamtasvir darslarida o'qitilishini yo'lga qo'yilishi bugungi kun talabi bilan
tavsiflanadi.

Bundan ta'limiy maqsad – talabalar, bo'lajak arxitektorlarda sohaga oid

muayyan grafik savodxonlik kompetentsiyalarni shakllantirishga oid o'quv
materiallarini o'zlashtirish bilan bog'liq. Didaktikaning tarixiylik va
zamonaviylik printsipi asosiga quriladigan bu turdagi darslarda uzluksizlikka
asoslangan turli stillar sintezi arxitektura ta'limi amaliyotiga tatbiq etiladi. Zero,
zamonaviy shaharsozlikda tarixiy me'moriy an'ana va qadriyatlar, zamonaviy
tendenciyalarning qorishuvi yetakchi tendenciya sifatida e'tirof etilmoqda.
Tabiiyki, arxitektura ta'limida ham bu omil alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy
san'at tarixida taniqli rassomlar tomonidan ishlangan arxitekturaviy detallar va
ob'ektlarning tasvirlari ham arxitekturaviy stillarning tahlili kontekstida
qo'llanishi lozim. Bu talabalarda arxitekturaviy stillar va ularning sintetik tatbiqi
haqida muayyan tasavvur hosil qiladi. Frantsuz arxitetkori Le Korbyuz'e
arxitetkrura tarixi va uning stillarini rivojlanish bosqichlarini o'rganishda usta
rassomlarning ishlarini o'rganish bo'lajak arxitektorlar tayyorlashning muhim
jihatlaridan biri ekanligini alohida e'tirof etgan. Bu omil talabalarda zamonnaviy
arxitektura loyihalarini yaratishda arxitekturaviy stillarning milliy hamda xorijiy
stillaridan sintetik tarzda qo'llash kompetentsiyalarini tarkib toptirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston me'morligida qadimiy arxitekturaviy detallar, elementlar

qo'llanilayotgan bugungi kunda zamonaviy yondashuvlar, tendentsiyalar bilan
bir qatorda milliy an'analardan kelib chiquvchi me'moriy loyihalarni yaratishda
stillar sinteziga milliy-hududiy muhit, me'morlik san'atida qadriyat sifatida
e'tirof etiladigan konstruktsiya, shakl, element va detallarga ustuvor tarzda
e'tibor qaratish talab etiladi. Bu muammoning ilmiy-amaliy yechimlaridan biri
sifatida bo'lajak arxitektorlar tayyorlash tizmida stillar sinteziga oid o'quv
materiallaridan

foydalanishning

uzluksizlikka

asoslangan

garmonik

mutanosiblikdagi ta'lim mazmunini qo'llash maqsadga muvofiq. Har qanday
sharoitda ham tarixiylik va zamonaviylikni uzviyligi hamda uzluksizligi tarixiy
qadriyatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni optimallashtirish imkonini beradi.
Shu ma'noda arxitektura ta'limida tasviriy san'at turlarini, ayniqsa, qalamtasvir
o'quv fani darslarida Antik davrga mansub materiallar bilan bir qatorda
tasavvurdagi qalamtasvir, ularning abstrakt usullari, fazoviy kompozitsiyalar,
arxitekturaviy kompozitsiya kabi mavzular talabalarda turli usullarda me'moriy
loyihalar uchun kompozitsion yechim topish, bu jarayonda turli davr va


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

172

maktablarga xos stillardan tasviriy-ifodaviy vositalarda sintetik tarzda
foydalanish kompetentsiyalarini shakllantirish imkoniyatini beradi.

Bo'lajak arxitektorlarning grafik faoliyatining o'ziga xosligi shundaki,

arxitektura yo'nalishida ta'lim olayotgan talaba “tasvirlanayotgan buyumni
harakatda, rivojlanishda ko'radi, tashqi ko'rinishini idrok etish bilan
cheklanmay, strukturasi va konstruktsiyasini” [4, 3-bet] tasavvur qilgan holda
tasvir hosil qiladi, ya'ni professional arxitektor faoliyatining muhim
aspektlaridan biri – “qalamtasvirni atrof-muhitni o'rganish, kuzatish va tadqiq
etishda” uning obrazini anglash vositasi sifatida qo'llaydi [4, 3-bet].

Arxitektura ta'limida qo'llanishi lozim bo'lgan me'moriy stillardan biri,

shubhasiz, Uyg'onish davri arxitekturasi, va ayniqsa, buyuk me'mor, rassom va
haykaltarosh Mikelanjeloning ijodiy faoliyatidir, ya'ni bugungi kun
arxitekturasining badiiy-estetik parametrlari tizimida rel'efsimon tasvirga
muayyan koloritda ishlov berilgan devoriy kompozitsiyalar keng miqyosda
qo'llanilmoqda. Ayniqsa, elit maqomidagi tantanalar zallari, umumiy ovqatlanish
maskanlarining devorlari aynan shunday stillarda bezatilmoqda. Bu borada
talabalarda grafik tasvirlarni hosil qilish malakalari, chizmachilik, grafika va
haykaltaroshlikning sintetik tatbiqiga oid malaka piravord natijaning, unin
kompozitsion mukammalligini ta'minlashning muhim shartlaridan biridir.

Demak, arxitektura kompozitsiyalarida muayyan stillarni shakllanishi va

taraqqiy etishida, birinchidan, insoniyat tamadduni, jamiyat taraqqiyoti hamda
insonlarning turmush tarzi hamda estetik ehtiyojlarining ortib borishi u yoki bu
stillarni kashf etilishiga asos bo'lgan. Ikkinchidan, me'morlik konstruktsiyasi va
kompozitsiyalarida qo'llanilgan stillar, avvalo, milliy hududiy xususiyat kasb
etgan va uchinchidan, dunyo arxitekturasi tarixidan ma'lumki, turli mintaqa va
davlatlar, davrlarga mansub stillar muayyan davr o'tishi bilan yangicha
interpretatsiyada, shuningdek, me'morlikning turli maktablariaro sintetik tatbiq
evaziga rivojlanib borgan. Shuning uchun ham zamonaviy arxitektura ta'limida
tarixiy-nazariy ma'lumot, materiallardan zamonaviy sharoitda foydalanish
vositasida ta'lim mazmunini takomillashtirib borish talab etiladi. Bu borada turli
badiiy materiallar, jumladan, grafik materiallardan o'rnli foydalanish
amaliyotiga alohida e'tibor qaratish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Iskusstvo: Jivopis'. Skul'ptura. Arxitektura. Grafika. V3 ch. / sost. M.V.Alpatov,
N.N. Rostovtsev. – M.: 1989.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

173

2. Korob'in M.Yu., Sagitov A.G. Risovanie bitovix predmetov i arxitekturnix
detaley. Uchebnoe posobie. – M.: MARXI, 1986.
3.

Kosheutova

O.L.

Preemstvennost'

arxitekturno-xudojestvennogo

obrazovaniya v protsesse dovuzovskoy i vuzovskoy podgotovki. Avtoref.
dis. …kand. Pedagog. nauk.– Omsk: 2016.– 18 s.
4. Osmolovskaya O.V. Risunok. Uchebnoe posobie. – M.: 2008. – 165 s.
5. Axmedova, N. E. (2022). MO''JAZ SAN'ATNING BETAKROR NAFOSAT OLAMI.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-
2), 125-130.
6. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA
TASvIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI vA
UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural
and social sciences, 2(10-2), 89-96.
7. Sulaymanova, S. B. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA
SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-
150.

Библиографические ссылки

Iskusstvo: Jivopis'. Skul'ptura. Arxitektura. Grafika. V3 ch. / sost. M.V.Alpatov, N.N. Rostovtsev. – M.: 1989.

Korob'in M.Yu., Sagitov A.G. Risovanie bitovix predmetov i arxitekturnix detaley. Uchebnoe posobie. – M.: MARXI, 1986.

Kosheutova O.L. Preemstvennost' arxitekturno-xudojestvennogo obrazovaniya v protsesse dovuzovskoy i vuzovskoy podgotovki. Avtoref. dis. …kand. Pedagog. nauk.– Omsk: 2016.– 18 s.

Osmolovskaya O.V. Risunok. Uchebnoe posobie. – M.: 2008. – 165 s.

Axmedova, N. E. (2022). MO''JAZ SAN'ATNING BETAKROR NAFOSAT OLAMI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASvIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI vA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

Sulaymanova, S. B. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.