Анализ совершенствования механизмов взыскания налоговой задолженности в Узбекистане

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
127-132
27
9
Поделиться
Хакимов, У. (2021). Анализ совершенствования механизмов взыскания налоговой задолженности в Узбекистане. Экономика И Образование, (4), 127–132. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/7588
Улугбек Хакимов, Ташкентский государственный экономический университет

соискатель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье исследуется налоговая система, значение налогов в экономике государства. Проанализирована налоговая задолженность юридических лиц и индивидуальных предпринимателей, в том числе физических лиц. Изучены мнения зарубежных и местных ученых о налоговой задолженности. Кроме того, сформированы предложения и рекомендации по сокращению налоговой задолженности и совершенствованию механизма эффективного сбора в нашей стране


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

127

Bibliography and list of references:

1. Base, K., 2021. What is business analysis? – Knowledge Base. [online] microTOOL. Available at:

<https://www.microtool.de/en/knowledge-base/what-is-business-analysis/> [Accessed 25 May 2021].

2. Brandenburg, L., 2021. An Introduction to Business Analysis and the Business Analyst Process Framework. [online]

Bridging the Gap | We'll Help You Start Your Business Analyst Career. Available at: <https://www.bridging-the-

gap.com/business-analysis-process/> [Accessed 25 May 2021].

3. Calvello, M., 2021. What Is Business Analytics and Why You Need It for Success. [online] Learn.g2.com. Available at:

<https://learn.g2.com/business-analytics> [Accessed 25 May 2021].

4. Contributor, P., 2021. What is Business Analysis and 8 Steps You Should Follow. [online] PESTLE Analysis. Available at:

<https://pestleanalysis.com/what-is-business-analysis/> [Accessed 25 May 2021].

5.

MicroStrategy.

2021. Business

Intelligence

&

Analytics

Solutions.

[online]

Available

at:

<https://www.microstrategy.com/en> [Accessed 25 May 2021].

6. Pratt, M. and White, S., 2021. What is a business analyst? A key role for business-IT efficiency. [online] CIO. Available at:

<https://www.cio.com/article/2436638/project-management-what-do-business-analysts-actually-do-for-software-
implementation-projects.html> [Accessed 25 May 2021].

O‘ZBEKISTONDA SOLIQ QARZLARINI UNDIRISH MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH TAHLILI

Hakimov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li -

Тошкент давлат иқтисодиёт университети

мустақил изланувчиси

Annotatsiya:

Mazkur maqolada soliq tizimi, soliqlarning davlat iqtisodiyotidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Yuridik

shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shu jumladan jismoniy shaxslarning soliq qarzlari tahlil qilingan. Soliq qarzi
bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning fikr va mulohazalari o‘rganilgan. Shuningdek, davlatimizda soliq qarzlarini kamaytirish

va samarali undirish mexanizmini takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.

Asosiy tushunchalar:

Soliq tizimi, soliq to‘lovchilar, soliqlar va yig‘imlar, soliq qarzi, budjet, soliq qarzi mavjud bo‘lgan

tadbirkorlik subyektlari

.

АНАЛИЗ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ ВЗЫСКАНИЯ НАЛОГОВОЙ

ЗАДОЛЖЕННОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Ҳакимов Улуғбек Фурқат ўғли -

Ташкентский государственный экономический

университет, соискатель

Аннотация:

В статье исследуется налоговая система, значение налогов в экономике государства.

Проанализирована налоговая задолженность юридических лиц и индивидуальных предпринимателей, в том числе
физических лиц. Изучены мнения зарубежных и местных ученых о налоговой задолженности. Кроме того,
сформированы предложения и рекомендации по сокращению налоговой задолженности и совершенствованию
механизма эффективного сбора в нашей стране.

Ключевые слова:

Налоговая система, налогоплательщики, налоги и сборы, налоговая задолженность,

бюджет, предприятия с налоговой задолженностью.

ANALYSIS OF IMPROVING TAX COLLECTION MECHANISMS IN UZBEKISTAN

Hakimov Ulugbek Furkat ogli

-

Tashkent State University of Economics, researcher

Abstract:

The article examines the tax system, the importance of taxes in the state economy. The tax debts of legal

entities and individual entrepreneurs, including individuals, have been analyzed. Opinions

of foreign and domestic scholars about

tax debts were studied. In addition, suggestions and recommendations are given about reducing tax arrears and improving the

mechanism of effective collection in our country.

Key words:

Tax system, tax payers, taxes and fees, tax debt, budget, a business entity with a tax debt.

Kirish.

Bugungi kunda mamlakatda amalga

oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tadbirkorlikni

jadal qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda soliq

tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan.

Soliq tizimi, soliqlar - davlat tomonidan iqti-

sodiyotni tartibga solishda eng samarali vositalari-

dan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda

mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha soha-

lar singari soliq sohasida ham ko‘plab islohotlar

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

128

amalga oshirildi. Ushbu masala yuzasidan olib boril-

gan ishlar nafaqat soliqlar va yig‘imlarni undirish

orqali, balki soliq qarzdorligini kamaytirgan holda

davlat budjetini to‘ldirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daro-

madlarining asosiy qismi aynan soliqlar hisobidan

shakllanishi bizga ma’lum. Soliqlar belgilangan

muddatda va to‘liq hajmda tushishi davlat miqyosi-

da amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar-

ning, ya’ni budjet va maqsadli jamg‘armalarning xa-

rajat qismini o‘z vaqtida moliyalashtirishga xizmat

qiladi.

Bu borada davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev

“Davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod tadbir-

korlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga

jami 66 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari, kredit

muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo‘llab-quv-

vatlash bo‘yicha amaliy yordamlar berildi.

Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan aholi

uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko‘pgina

cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming

nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda

yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, kelgusi yilda “Soliqchi –

ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun

ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqi-

dagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi” –

deya ta’kidladi [1].

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezi-

dentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj-

lantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risi-

da”gi PF-4947-sonli farmonining III yo‘nalishi

“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning

ustuvor yo‘nalishlari”da soliq yukini kamaytirish va

soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo‘lini da-

vom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillash-

tirish va rag‘batlantirishning tegishli choralarini

kengaytirish keltirib o‘tilgan [2].

Binobarin, soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq

yukining pasaytirilishi, orqada qolayotgan sohalar-

ga soliq imtiyozlari berilishi o‘z - o‘zidan ularning

soliq qarzlarini kamayishiga ham olib keladi.

Shu munosabat bilan soliqlar va yig‘imlarni

belgilangan muddatda hamda to‘liq kelib tushishini

ta’minlash vazifasi muhim ahamiyatga egadir. Soliq-

larni muddatida to‘lanishini ta’minlash esa soliq

qarzini imkon qadar paydo bo‘lishini oldini olish va

paydo bo‘lgandan so‘ng uni samarali undirish bilan

amalga oshiriladi.

Demak, soliq to‘lovchilarning soliq qarzlarini

qisqartirish va yangi qarzlarni paydo bo‘lishini

oldini olish hamda soliqlar va yig‘imlarni belgilan-

gan muddatda budjetga kelib tushishini nazorat

qilish soliq organlarining e’tibor beriladigan eng

muhim masalalardan biri hisoblanadi hamda bu

borasida alohida ilmiy ish olib borilishini taqazo

etadi.

Ilmiy adabiyotlar tahlili.

Mamlakatda mo-

liya va soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor

yo‘nalishlari, shu jumladan, soliqlar va yig‘imlarni

undirishning ayrim masalalari qator xorijiy va

mahalliy olimlar tomonidan o‘rganilgan.

Mazkur masala bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib

borgan xorijlik olim Margherita Ebraico mamlakat-

da soliqlar va yig‘imlarni undirilishini rivojlantirish

va rag‘batlantirish bilan bir qatorda soliq qarzi

mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilarga qat’iy choralar

qo‘llanilishini, soliqlar va yig‘imlar undirilishi bo‘yi-

cha soliq qarzlarining kamayishi va kelgusida ular-

ning vujudga kelishini oldini olishda ijobiy samara

berishini ta’kidlab o‘tadi. [8, c. 23]

Xorijlik olim Michael Brostek esa o‘z tadqiqo-

tida soliq qarzini undirilishining samaradorligini

oshirish bo‘yicha quyidagi omillarini ko‘rsatib o‘ta-

di, xususan:

- mamlakatda soliq qarzi summalarining

paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yishni oldini olishda soliq

yukini pasaytirish kelajakda soliq qarzdorliklari

kamayishiga olib keladi;

- muddatida to‘lanmagan soliqlar va yig‘im-

larni undirish strategiyasi faqat belgilangan davr

mobaynida o‘z ijobiy natijasini beradi. [9, c. 27]

Bu borada rus tadqiqotchilari, S.N. Alixin va

D.A. Levachevalar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida

soliq qarzini undirish mexanizmining nazariy

asoslarini keltirib o‘tishgan. Unga ko‘ra, ular soliq

qarzini undirish soliq bazasini kengaytirish bilan

birgalikda uni soliq to‘lovchidan undirish murak-

kabligini ta’kidlab, bu jarayonga alohida yondashuv-

ni inobatga olgan holda soliq qarzi mavjud bo‘lgan

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatidan

kelib chiqib undirish mexanizmni ishlab chiqish

kerakligini ta’kidlashgan. [10, c. 28]

Bundan tashqari, I.G. Vinoxodova ham o‘zi-

ning ilmiy ishida soliq qarzlarini undirishda soliq

qarzi mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlardan mol-

mulklarini xatlash jarayonini ko‘paytirish samarali

natija berishini aytib o‘tadi. [11, c. 22]

Mahalliy olimlarimizdan Sh. Toshmatov soliq

qarzini yuzaga kelish sabablari va uni bartaraf etish

yuzasidan, “Soliq yukini yuqoriligi korxonalar

uchun qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Bunday oqibatlarga soliq qarzlarining oshishi, xuf-

yona iqtisodiyot qamrovlarining kengayishi, kredi-

torlik qarzdorliklarining oshishi kabilarni keltirish

mumkin. Soliqqa tortish tizimi soliq to‘lashdan

qonuniy va noqonuniy qochish imkoniyatlarini

minimallashtirishi lozim” - deb ta’kidlagan. [12,

c. 13]

Shuningdek, I. Niyazmetovning ta’kidlashicha

soliq qarzi yuzaga kelishini “QQS va mulkiy soliqlar

yukining asosan sanoat korxonalari zimmasiga

yuklatilganligi soliq yukining notekis joylashuviga,

sanoat korxonalari soliq yukining nisbatan og‘ir

bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa korxonalarda

soliq qarzi muammosini tugatishga yo‘l bermaydi.

Soliq qarzlarining katta qismi umumbelgilangan

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

129

soliqlar kesimiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, soliq

yukining umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi

korxonalar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatadigan darajada og‘irligidan dalolat beradi.

[13, c. 10]

A. Jo‘rayevning “Davlat budjeti daromadlarini

shakllantirishning dolzarb muammolari” mavzusi-

dagi doktorlik tadqiqot ishi davlat budjeti daro-

madlarini shakllantirish borasidagi muammolarni

tahlil qilishga bag‘ishlagan. Aynan ushbu tadqiqotda

mamlakatimizda ilk bor davlat budjeti soliqli daro-

madlari ijrosida to‘lov intizomi, soliqlarni undirish-

da budjetga qarz (boqimanda) vujudga kelish holat-

lari tadqiq qilingan. [14, c. 9]

Asosiy qism.

Davlatimiz tomonidan musta-

qillik yillaridan boshlab tadbirkorlik sohasini rivoj-

lantirish maqsadida soliqlardan imtiyoz va prefe-

rensiyalar berib kelinmoqda. Buning natijasida,

bugungi kunga kelib tadbirkorlik sohasi jadal rivoj-

landi.

Shu bilan birgalikda amaliyotda shunday

holatlar ham mavjudki, soliq to‘lovchilar obyektiv

yoki subyektiv sabablarga ko‘ra, belgilangan mud-

datlarda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va yig‘im-

lar summasini to‘lab bera olmaydi. Ushbu to‘lanma-

gan summa soliq qonunchiligiga binoan, soliq qarzi

hisoblanib, soliq organlari tomonidan majburiy

undirishga qaratiladi. 2015-2019-yillar mobaynida

respublikada faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar

va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni hamda ular

ichida soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar-

ning ulushini quyidagi 1-rasm orqali ko‘rishimiz

mumkin.

1-rasm. Respublika bo‘yicha soliq qarziga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka

tartibdagi tadbirkorlar soni tahlili (ming dona) [3]

Yuqoridagi 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yur-

dik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar

soni yil sayin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib

turibdi. Respublika bo‘yicha 2015-yilda subyektlar

soni 838,5 mingtani, 2016-yilda 892 mingtani,

2017-yilda 901 mingtani, 2018-yilda 1 007 mingta-

ni va 2019-yilda 1 056 mingtani tashkil etgan. Bu

2019-yilda 2015-yilga nisbatan 217,5 mingtaga yoki

20,6 foizga ko‘payganligini anglatadi.

Shuningdek, bugungi kunda bunday o‘sish

sur’atlari yaxshi natijadir, chunki buning natijasida

ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholining ishsiz

qatlami yangi ish o‘rinlariga ega bo‘ladi.

Ammo tashkil etilgan korxonalarning ham-

masi ham “samarali ishlayapti” deb ayta olmaymiz.

Budjet oldidagi majburiyatini bajara olmayotgan

soliq to‘lovchilar ham bor. 1-rasm ma’lumotlaridan

kelib chiqadigan bo‘lsak, soliq qarzi mavjud bo‘lgan

tadbirkorlik subyektlari soni yildan yilga ko‘payib

kelmoqda. 2015-yilda soliq qarzi mavjud bo‘lgan

tadbirkorlik subyektlari soni jami subyektlar soni-

ning 33,3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilga

kelib soliq qarzi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub-

yektlari soni 37,7 foizgacha ko‘paygan.

Shuningdek, respublikada soliq qarzi mavjud

bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining jami soliq

qarzlarini soliqlar va yig‘imlar kesimidagi tahlilini

quyidagi 2-rasm orqali ko‘rishimiz mumkin.

2015-yil

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2019-yil

Soliq qarzi bo'lmagan subyektlar soni

559

576,7

582,5

630,9

657,1

Soliq qarziga ega YTTlar soni

181

182,8

221,5

287,1

316,9

Soliq qarziga ega yuridik shaxslar soni

98,5

132,5

97

89

82

838,5

892

901

1 007

1 056

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

130

2-rasm. Respublika bo‘yicha jami soliq qarzlarining soliqlar va yig‘imlar

kesimidagi ulushi tahlili

(foizda).

[4]

Yuqoridagi 2-rasm ma’lumotlarini ko‘rib

chiqadigan bo‘lsak, ushbu rasmda asosiy soliq turla-

ri tahlil qilingan. Xususan, 2015-yilda QQSdan qarz

summasi jami soliq qarzining 35,4 foizini tashkil

qilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich

31,5 foizgacha tushgan. 2019-yildagi pasayish omil-

laridan biri bu PF-5837-sonli farmonga asosan,

QQSning stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirilganli-

gi bo‘lib hisoblanadi. [5] Shunday bo‘lsada, QQS jami

soliq qarzidagi ulushi yuqori va bu salbiy holatdir.

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq qarzi 2015-yil

jami soliq qarzining 4,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa,

2019-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 7,2 foizgacha

oshgan. Buning sabablaridan biri bu yuridik shaxs-

larning foyda solig‘i stavkasi 12 foizdan 15 foizga

ko‘tarilganligi bo‘lsa, yana bir sababi yakka tartib-

dagi tadbirkorlarda belgilangan 1 mlrd. so‘m chega-

raviy miqdordan oshib ketgan hollarda foyda va

QQS to‘lashga o‘tganligini ko‘rsatsak bo‘ladi. Soliq

to‘lovchilar, shu jumladan soliq stavkalarining oshi-

shi bevosita soliq qarzlari ko‘payishiga ta’sir qiladi

va aksincha.

3-rasm. Respublika bo‘yicha mol-mulk va yer soliqlaridan soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy

shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) to‘g‘risida ma’lumot. [7]

2015-yil

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2019-yil

QQS

35,4

33,2

36,8

37,1

31,5

Aksiz solig'i

8,2

9,4

10,3

8,6

9,1

Foyda solig'i

4,7

6,1

5,8

5,5

7,2

Aylanmadan olinadigan soliq

5,4

5,7

5,1

5

4,3

Yer solig'i

8,1

7,9

8,2

8,8

9,1

Mulk solig'i

5,4

6,1

6,3

5,9

6,2

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq

7

8,3

7,9

10,2

8,5

Boshqa soliqlar va yig'imlar

25,8

23,3

19,6

18,9

24,1

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90%

100%

4 968,9

5 269,1

5 935,2

6 406,9

7 350,1

987,2

1 024,1

1 201,8

1 250,1

1 389,6

557,5

578,9

601,3

642,6

861,5

0

100

200

300

400

500

600

700

800

900

1000

0,0

1 000,0

2 000,0

3 000,0

4 000,0

5 000,0

6 000,0

7 000,0

8 000,0

2015-yil

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2019-yil

Jismoniy shaxslar soni (ming dona)

Soliq qarziga ega jismoniy shaxslar soni (ming dona)

Soliq qarzi summasi (mlrd. so'mda)

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

131

Bundan tashqari, 2015-2019-yillar mobayni-

da aksiz solig‘i bo‘yicha soliq qarzlari jami soliq

qarzlarining o‘rtacha 9,1 foizini tashkil qilgan. Shu-

ningdek, aylanmadan olinadigan soliq[6]

(2020-yil-

ga qadar yagona soliq to‘lovi deb yuritilgan)

pasa-

yish tendensiyasiga ega. 2015-yil 5,4 foizni tashkil

etgan bo‘lsa 2019-yilga kelib 4,3 foizgacha tushgan.

Buning sababini yuqorida aytib o‘tganimizdek

yakka tartibdagi tadbirkorlarning foyda solig‘i va

QQSga to‘lashga o‘tishi deb ko‘rsatishimiz mumkin.

Shuningdek, yer solig‘i bo‘yicha qarz sum-

masi jami soliq qarzlarining o‘rtacha 8,4 foizini,

mulk solig‘i o‘rtacha 5,9 foizini va yer qa’ridan foy-

dalanganlik uchun soliq esa o‘rtacha 8,4 foiziga

to‘g‘ri keladi.

Respublika bo‘yicha 2015-2019-yillar davri-

da mol-mulk va yer soliqlaridan soliq qarzi mavjud

bo‘lgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbir-

korlardan tashqari) to‘g‘risida ma’lumotni quyidagi

3-rasmdan ko‘rishimiz mumkin

Yuqoridagi 3-rasm ma’lumotlaridan shuni

ko‘rishimiz mumkinki, soliq to‘lovchi jismoniy

shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlardan

tashqari) soni o‘sish tendensiyasiga ega. 2015-yil

jami mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan

jismoniy shaxslar soni 4 968,9 mingtani tashkil

etgan bo‘lsa, 2016-yil 5 269,1 ming, 2017-yil

5 935,2 ming, 2018-yil 6 406,9 ming va 2019-yil esa

7 350,1 mingtaga yetgan. 2019-yilda 2015-yilga

qaraganda 2 381,2 mingtaga yoki 67,6 foizga

oshgan. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni

yildan yilga oshayotganligi o‘z-o‘zidan mol-mulk va

yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan jismoniy shaxslar

sonining oshishiga olib kelishi tabiiy holdir.

3-rasm ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo‘l-

sak, mol-mulk va yer soliqlaridan soliq qarzi mav-

jud bo‘lgan jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi

tadbirkorlardan tashqari) soni 2015-yilda 987,2

mingtani, 2016-yilda 1 024,1 mingtani, 2017-yilda

1 201,8 mingtani, 2018-yilda 1 250,1 mingtani va

2019-yil 1 389,6 mingtani tashkil etgan. Bu 2019-

yilda 2015-yilga nisbatan 402,4 mingtaga yoki 29

foizga ko‘payganligini bildiradi.

Shuningdek, ularning soliq qarzlari summa-

lari 2015-yilda 557,5 mlrd. so‘mni, 2016-yilda 578,9

mlrd. so‘mni, 2017-yilda 601,3 mlrd. so‘mni, 2018-

yilda 642,6 mlrd. so‘mni va 2019-yilda ushbu sum-

ma 861,5 mlrd. so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatgich 2015-

yilga nisbatan 304,0 mlrd. so‘mga yoki 35,3 foizga

oshganini ko‘rsatadi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki,

so‘nggi yillarda soliq stavkalarining pasaytirilishi,

tadbirkorlik subyektlariga o‘zlarining faoliyatlarini

olib borishda yengillik va keng imkoniyat yaratmoq-

da. Shunga qaramay soliq qarzi mavjud bo‘lgan

soliq to‘lovchilarimiz talaygina.

Fikrimizcha soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha

qarzdorlikni kamaytirish ularni muddatida va to‘liq

undirish samaradorligini oshirishda quyidagi taklif-

lar o‘z samarasini beradi deb hisoblaymiz:

1. Germaniya davlatida soliq qarzlaridan voz

kechish holatlari ko‘p uchraydi. Bu ayniqsa kichik

tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekis-

tonda ham ushbu konsepsiyani qo‘llash maqsadga

muvofiq hisoblanadi. Bunda soliq qarzi kechilayot-

gan kichik tadbirkorlik subyektlari kelajakda ishlab

ketilishiga ishonch hosil qilinishini e’tiborga olish

lozim.

2. Amaliyotda jinoiy ish doirasida o‘tkazilgan

soliq auditi natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliq-

lar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar soliq to‘lov-

chi tomonidan jinoiy ish o‘tkazgan vakolatli organ-

ning deposit hisobraqamiga to‘lanadi, lekin ushbu

summa soliq organining bazasida ko‘rinmaydi ya

soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida aks et-

maydi. Buning oqibatida soliq to‘lovchining hisobra-

qamiga avtomat inkasso topshiriqnomasi qo‘yiladi

hamda soliq to‘lovchi ikki yoqlama soliq tortilishiga

olib keladi. Mazkur masala yuzasidan Soliq kodek-

siga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi

maqsadga muvofiq hisoblanadi.

3. Xorij tajribasida soliq qarzini majburiy

undirish bilan shug‘ullanadigan alohida xususiy

firmalar mavjud. Soliq qarzi uzilmaganda soliq

organi mazkur firmalar bilan hamkorlikda undirish

tizimi yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonda ham ushbu

tizimni joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

4. Jismoniy shaxslarga yer va mol-mulk so-

liqlarini belgilangan muddatida to‘lamaganliklari

uchun soliq summasiga penya hisoblash bilan birga-

likda soliq qarzi summasining 20 foizi miqdorida

ma’muriy jarima qo‘llanilishi maqsadga muvoq hi-

soblanadi.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar

strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017-yil 7-fevral.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb sayti: http://www.soliq.uz ma
’lumotlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5837-sonli Farmoni. 2019-yil 26-sentabr.

6. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 461-modda. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

uyi, 2020-yil. – 640 bet.

7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb sayti: http://www.soliq.uz ma’lumotlari.
8. Margherita Ebraico. An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt Collection System // Taxation papers. –

2015. P-53.

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

132

9. Michael Brostek. Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to individuals. // United

States government Accountability office.-2009. P-27.

10. Алихин С.Н., Левачева Д.А. Эволюция механизма принудительного взыскания задолженности перед

бюджетом.// Налоги. – 2018 г. –С.28.

11. Виноходова И.Г. Совершенствование практики взыскания задолженности организаций по налогам и сборам.

// Научное статья., 2019 г.–С.22.

12. Toshmatov Sh. Korxonalar iqtisodiy faolligini oshirishda soliqlar rolini kuchaytirish muammolari. Doktorlik ishi.

Avtoreferat. T.: 2008-yil.

13. Niyazmetov I. Soliq yukining tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faoliyatiga va budjet daromadlariga ta’siri tahlili.

Nomzodlik ishi. Avtoreferat -2008-yil.

14. Jo‘rayev A. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning dolzarb muammolari. Doktorlik ishi. Avtoreferat. – T.:

2006-yil.

СОЛИҚЛАР ВОСИТАСИДА РАҒБАТЛАНТИРИШНИНГ ХАЛҚАРО АМАЛИЁТИ

Гиясов Сарвар Аъзамович -

Тошкент давлат иқтисодиёт университети

Молия ва бухгалтерия ҳисоби кафедраси доценти в.б.

иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)

Аннотация.

Мазкур мақолада корхоналарнинг инновацион-инвестицион фаолиятини солиқлар воситасида

тартибга солиш, хусусан рағбатлантиришнинг халқаро амалиёти ёритилган. Шунингдек, солиқ имтиёзлари ва
преференцияларнинг янги шакллари, уларнинг ижобий ва афзаллик жиҳатлари тадқиқ этилган. Солиқлар

воситасида рағбатлантиришнинг хориж тажрибасини Ўзбекистонда қўллаш имкониятлари таҳлил қилинган.
Тадқиқотлар натижасида тегишли илмий хулосалар шакллантирилиб, илмий таклиф ва амалий тавсиялар ишлар
чиқилган.

Калит сўзлар:

солиқлар, инвестиция, кредит, солиқ имтиёзлари, инвестицион солиқ кредити, солиқ кредити,

солиқ чегирмаси, инвестицион чегирма, амортизация ажратмалари.

МЕЖДУНАРОДНАЯ ПРАКТИКА НАЛОГОВОГО СТИМУЛИРОВАНИЯ

Гиясов Сарвар Аъзамович -

и.о доцент кафедры Финансы и бухгалтерский учёт

Ташкентского государственного университета

доктор философии по экономическим наукам (PhD)

Аннотация.

В данной статье приведена международная практика налогового регулирования, в частности

стимулирования инновационно-инвестиционной деятельности предприятий. А также исследованы новые формы,
положительные и преимущественные аспекты налоговых льгот и преференций. Проведен анализ возможностей
применения зарубежного опыта налогового стимулирования в Узбекистане. В результате исследований
сформированы соответствующие научные выводы и разработаны научные предложения и практические

рекомендации.

Ключевые слова:

налоги,инвестиция, кредит, налоговые льготы, инвестиционных налоговый кредит,

налоговый кредит, налоговый вычет, инвестиционный вычет, амортизационные отчисления.

INTERNATIONAL PRACTICE OF TAX INCENTIVES

Giyasov Sarvar Azamovich -

Associate Professor of Finance and Accounting Department

Tashkent State University Doctor of philosophy

in economic sciences (PhD)

Annotation.

This article describes the international practice of tax regulation, in particular, the promotion of innovative

and investment activities of enterprises. New forms, positive and preferential aspects of tax benefits and preferences are also
studied. The analysis of the possibilities of applying foreign experience of tax incentives in Uzbekistan is carried out. As a result of

the research, relevant scientific conclusions were formed and scientific proposals and practical recommendations were
developed.

Keywords:

taxes, investment, credit, tax benefits, investment tax credit, tax credit, tax deduction, investment deduction,

depreciation deductions.

Кириш.

Инновацион ва инвестицион фао-

лиятни солиқлар воситасида рағбатлантириш

муаммолари ва мазкур фаолиятларни ривож-

лантиришни тадқиқ этишда, илғор хориж таж-

рибаси ҳамда амалиётини ўрганиш муҳим аҳа-

мият касб этади. Солиқ имтиёзлари иқтисодиёт-

ни тартибга солишнинг жаҳонда энг кенг тар-

қалган билвосита усулларидан бири ҳисоблана-

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017-yil 7-fevral.

O'zbekiston Respublikasi Davlatsoliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi Davlatsoliq qo'mitasining rasmiy veb sayti: http://www.soliq.uz ma'lumotlari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatiniyanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5837-sonli Farmoni. 2019-yil 26-sentabr.

O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 461-modda. - Tashkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020-yil. - 640 bet

O'zbekiston Respublikasi Davlatsoliq qo'mitasining rasmiy veb sayti: http://www.soliq.uz ma'lumotlari.

Margherita Ebraico. An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt Collection System // Taxation papers. -2015. P-53.

Michael Brostek. Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to individuals. // United States government Accountability office.-2009. P-27.

Алихин C.H., ЛевачеваД.А. Эволюция механизма принудительного взыскания задолженности перед бюджетом.// Налоги. - 2018 г. -С.28.

Виноходова И.Г. Совершенствование практики взыскания задолженности организаций по налогам и сборам. // Научное статья., 2019 г.-С.22.

Toshmatov Sh. Korxonalar iqtisodiy faolligini oshirishda soliqlar rolini kuchaytirish muammolari. Doktorlik ishi. Avtoreferat.T: 2008-yil.

Niyazmetov I. Soliq yukining tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faoliyatiga va budjet daromadlariga ta'siri tahlili. Nomzodlik ishi. Avtoreferat -2008-yil.

Jo'rayev A. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning dolzarb muammolari. Doktorlik ishi. Avtoreferat. - T: 2006-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов