Авторы

  • Numonjon Malikov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.editions.91630

Аннотация

Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi, ishlab chiqarish sohalarining kengayishi, mavjud sohalarning zamonaviy texnologiyalar bilan boyishi, iqtisodiy samaradorlikning oshishi va aholi farovonligining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan eng muhimi mamlakatga kirib kelayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi


background image

49

12.

Seema, Arora-Jonsson. (2017). Gender and Environmental Policy. doi:

10.4324/9781315886572.CH19

13.

Karen, Bell., Karen, Bell. (2016). Bread and Roses: A Gender Perspective on

Environmental Justice and Public Health. International Journal of Environmental Research and

Public Health, doi: 10.3390/IJERPH13101005

14.

H, P, Rizal., P, Siahaan., Galuh, Yuliani. (2017). Implementation of Socioscientific Issues

Instruction to Fostering Students’ Decision Making Based Gender on Environmental Pollution.

doi: 10.1088/1742-6596/812/1/012012

15.

Itza, Castaneda., Cintia, Aguilar., Allison, Rand. (2013). Measurement and Reporting:

Important Elements of Gender Mainstreaming in Environmental Policies. Cornell Journal of Law

and Public Policy

XALQARO BRЕNDLARNI JALB QILISH ORQALI MAMLAKAT EKSPORT

SALOHIYATINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Malikov Numonjon

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

“Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi.

Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi, ishlab chiqarish sohalarining

kengayishi, mavjud sohalarning zamonaviy texnologiyalar bilan boyishi, iqtisodiy

samaradorlikning oshishi va aholi farovonligining ko‘tarilishiga ta’sir

ko‘rsatuvchi omillardan eng muhimi mamlakatga kirib kelayotgan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbus

i bilan

so‘nggi yillarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat investitsion muhitini

yaxshi

lash, xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib

borilgan islohotlar o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

Sa’y

-harakatlar natijasida sunggi yillarda barcha tarmoqlardagi dasturlarga

31 milliard dollarlik to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investi

tsiyalar jalb qilindi. Natijada

o‘tgan 5 yilda sanoat 1,4 barobar, eksport 1,5 barobarga oshdi

[1]. Shu bilan birga

kelgusida

investitsion

islohotlarni

yanada

kuchaytirish

belgilandi.

Investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik

vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi qayd etildi

. To‘qimachilik,

charm, qurilish materiallari, elektr texnikasi, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik

kabi tarmoqlarda yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish,

jahon brendlarini olib

kelish orqali yangi bozorlarga chiqish muhimligi qayd etildi

.

Shuningdek, kelgusi 5 yilda iqtisodiyot barqaror o‘sishi uchun sanoatni yana

1,5 barobarga oshirish, eksportni 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib

qo‘yilganligi, buning uchun 120 milliard dollar sarmoya, jumladan, 70 milliard

dollar xorijiy investi

tsiya zarurligi ta’kidlandi. Qisqa fursatlarda ushbu

raqamlarga erishish katta mehnat talab qiladi. Shu sababli biz rivojlanayotgan

davlatlarning muvaffaqiyatli tajribalaridan foydalanishimiz kerak bo‘ladi.

Jahon brendlari ostida mahsulotlarning ishlab chiqarilishi ularning yangi

bozorlarga kirib borishiga, katta hajmda eksport qilinishiga olib keladi.


background image

50

D

unyoning Xitoy, Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi ko‘plab rivojlanayotgan

davlatlari eksport hajmini oshirishda mahsulotlarini jahon brendlari ostida ishlab

chiqarishga e’tibor qaratishi natijasida, ularning mahsulotlari dunyoning turli xil

davlatlarida sotilmoqda. Misol uchun, Bangladesh

Zara, H&M, Primark, GAP,

Peacocks, New Look, Austin Reed

kabi jahonning yettita mashhur brendi ostida o‘z

mahsulotlarini jahon bozorida sotmoqda [2]. Hindiston va Pokiston davlatlari

ham o‘z mahsulotlarini jahon brendla

ri bilan eksport qilishmoqda, dunyoning

mashhur brendlarining bir qanchasi ushbu davlatlarda o‘z faoliyatini olib boradi.

Xitoy Xalq Respublikasi o‘z mahs

ulotlarini mashhur brendlar ostida eksport

qilish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Bi

roq aytishimiz mumkinki,

oxirgi yillarda Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishi natijasida, mamlakat o‘z

mahsulotlarini milliy brendlar bilan jahon bozoriga chiqarishga intilmoqda.

Hozirgi kundagi asosiy masala milliy tovarlarimiz uchun xorijiy bozorlar

topish.

Biz o‘z brendimizga ega bo‘lishimiz kerak. Biroq, buning uchun yetarli vaqt

va mablag‘ talab etiladi. Biroq mashhur brendlar aynan nima, kimga, qancha,

qa

yerda sotish kerakligini bilishadi va ular o‘zlarining doimiy mijozlariga ega

bo‘lishadi. Shu sababli

mamlakatmizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni

xorijning mashhur brend kompaniyalariga taklif qilish orqali biz qisqa fursatlarda

yangi bozorlarga kirib borishimiz mumkin.

Buning uchun o‘z navbatida biz katta kompaniyalarning e’tiborini

tortishimiz va

ularga o‘zimizning imkoniyatlarimizni taklif qilishimiz zarur.

Bunda aynan iqtisodiy diplomatiya muhim rol o‘ynaydi

[3].

O‘zbekiston turistik brendini dunyoga tanitish uchun Tourism brand

Ambassador of Uzbekistan (O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi t

urizm

elchisi) instituti joriy etildi va xorijiy mamlakatlarda turizm brendi elchilari

tayinlandi [4], xorijdagi vatandoshlar va ularning uyushmalari bilan faoliyat

yo‘lga qo‘yilmoqda

[5]. Endilikda iqtisodiy diplomatiya yordamida dunyoning

mashhur brendla

rini O‘zbekistonga olib kelishga erishishi mamlakat eksportini

yanada oshishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston rivo

jlanayotgan davlat hisoblanib, mamlakat iqtisodiy salohiyati

ulkandir. O‘zbekistonning to‘qimachilik, charm, qurilish materiallari, el

ektr

texnikasi, oziq-ovqat, farmasevtika, zargarlik sohalariga doir mahsulotlari

raqobatda sifat darajasi bo‘yicha hech qa

ysi davlat mahsulotlaridan qolishmaydi.

Lekin mamlakat milliy mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishda ba’zi bir

muammolarga duch

keladi. Shu sababli, hozirgi kunda O‘zbekiston uchun

eksportni oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li mamlakatga jahon brendlarin

i olib kirish

va mashhur brendlar ostida mahsulotlarini chet elga eksport qilishdir.

Fikrimizcha, mamlakatga jahon brendlarini jalb q

ilishda O‘zbekiston uchun

quyidagi sxema ishlashi zarur:

investitsiya

yangi ish o‘rinlari

eksport


background image

51

O‘zbekistonga jalb qilinadigan mashhur brendlar mamlakat iqtiso

diyotini

rivojlantirish uchun birinchi o‘rinda investitsiya kiritishi, ikkinchidan o‘rta va

yuqori malakali yangi ish o‘rinlari yarati

shi va eng muhimi mamlakat eksportini

yanada oshishiga hissa qo‘shishi lozim. Agarda O‘zbekistonda faoliyat

yuritmoqchi bo

‘lgan jahon brendlari mamlakatga investitsiya olib kirmasa,

mahsulotlarni jahon bozoriga eksport qilmasa, bunday brendlar bilan ishlash

mamlakat iqtisodiyotiga hech qanday foyda keltirmaydi

.

Albatta mazkur amaliyot vaqtinchalik xususiyatga ega hisoblanadi.

O‘zbekiston ayni vaqtda jahon brendlari ostida o‘z mahsulotlarini sotishga majbur

bo‘lsa, keyinchalik jahon bozorida

O‘zbekiston o‘z

milliy brendlarini yaratish

va ularni dunyoga tanilishini osonlashtiradi.

Milliy brend yaratish bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

professori A.Fayzullayev [6]

mamlakatga nima uchun o‘z brendingi zarurligini

tushuntirib, O‘zbekiston

xalqaro maydonda jozibali imidj yaratish uchun qanday

resu

rslarga ega ekanligini aytib o‘tgan. A.Fayzullayevning ta’kidlashicha, jahonda

har bir mamlakat o‘z salohiyatidan kelib chiqib imidjlarini yaratishgan va hozirgi

kunda shu orqali jahon bozorida o‘z

mahsulotlarini oson sotmoqda. Masalan,

tekstil sohasi deg

anda hayolimizga Italiya va Turkiya keladi, turizm bo‘yicha

Tailand, BAA, Fransiya keladi, avtomobilsozlik bo‘yicha Germaniya mashhur

hisoblanadi. Xaridorlar ushbu mamlakatlarning mahsulotlarini ishonch bilan

xarid qilishadi. Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston ham o‘z salohiyatidan kelib

chiqqan holda yaqin yillarda ma’lum yo‘nalishlarda o‘z imidjini yaratishi kerak

bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston iqtisodiy diplomatiya yordamida jahon

brendlarini mamlakatga olib kirib, ular orqali mahsulotlarini ekspor

t qilib, o‘z

ishlab chiqarish salohiyatini oshirishi kelgusida mamlakatning jahon bozorida o‘z

o‘rniga ega bo‘lishi, keyinchalik o‘z brendlarini yaratib, ular orqali bozorni

egallashiga shart-sharoit yaratadi.

Mazkur masalalar ijrosini ta’minlash birinc

hi navbatda yanada samarali

investitsion siyosatni amalga oshirish, logistika tizimini yaxshilash va salohiyatli

o‘zbek diplomatlari yordamida kuchli iqtisodiy diplomatiyani ishga solib,

jahonning m

ashhur brendlarini O‘zbekistonga jalb qilish zarur hisobla

nadi.

Adabiyotlar ro‘yxati

:

1.

Investitsiya va sanoat sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi

.

https://president.uz/uz/lists/view/5965

2.

7 Fashion Brands Made in Bangladesh. https://www.desiblitz.com/content/7-fashion-

brands-made-in-bangladesh

3.

Мавланов, И.Р. Экономическая дипломатия: учеб. пособие / И.Р. Мавланов. —

2-

е

изд.. испр. и доп. —

Москва: Аспект Пресс, 2016. —

528 с.

- ISBN 978-5-7567-0857-8.

4.

Госкомтуризма выбрал Посла туризма Узбекистана в Индонезии.

https://uzreport.news/society/goskomturizma-vibral-posla-turizma-uzbekistana-v-indonezii

5.

Vatandoshlar bilan ishlash

xalq diplomatiyasining yorqin namunasi.

https://dunyo.info/cyrl/site/inner?slug=vatandoshlar_bilan_ishlash_%E2%80%93_halq_diplom
atiyasining_iorqin_namunasi-8aN

6.

Страна как бренд.

https://www.gazeta.uz/ru/2017/04/19/country-branding/

Библиографические ссылки

Investitsiya va sanoat sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi. https://president.uz/uz/lists/view/5965

Мавланов, И.Р. Экономическая дипломатия: учеб. пособие / И.Р. Мавланов. — 2-е изд.. испр. и доп. — Москва: Аспект Пресс, 2016. — 528 с. - ISBN 978-5-7567-0857-8.

Госкомтуризма выбрал Посла туризма Узбекистана в Индонезии. https://uzreport.news/society/goskomturizma-vibral-posla-turizma-uzbekistana-v-indonezii