131
узоқ муддатда фискал барқарорликни сақлашга ёрдам беради.
Ўзбекистон мисолида солиққа оид масалаларни чуқур таҳлил қилиш
фискал муаммоларни ҳал қилиш, иқтисодий ўсишни рағбатлантириш ва
ривожланиш мақсадларига эришиш учун муҳим аҳамиятга эга. Бу
ҳукуматга даромадларни ишлаб чиқаришни иқтисодий самарадорлик ва
тенглик билан мувозанатлаштирувчи асосли қарорлар қабул қилиш
имконини беради.
Адабиётлар:
1.
Исаев Ф. Совершенствование налогообложения имущества //Экономика и
инновационные технологии. –
2021.
–
№. 6.
–
С. 326
-333.
2.
Исаев, Ф. (2023).
Солиқ
текширувлари: аудит самарадорлиги таҳлили. Иқтисодиёт
ва инновацион технологиялар
, 11(1), 394
–
401. https://doi.org/10.55439/EIT/vol11_iss1/a42
3.
Исаев, Ф. (2022). Йирик корхоналар мисолида сoлиқ йиғилувчaнлиги
кўрcaткичини
таҳлил қилиш методикасини такомиллаштириш. Iqtisodiyot Va taʼlim, 24(1), 317–
326.
Retrieved from https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/955
4.
Исаев Ф.
Аудит самарадорлигининг назарий
-
амалий талқини //Приоритетные
направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка. –
2023.
–
С. 359
-361.
5.
Исаев, Ф. (2023). Солиқ юкини камайтиришда солиқ таҳлилининг таъсирига оид
назарий мулоҳазалар.
International Journal of Economics and Innovative Technologies, 11(2), 415
–
421. https://doi.org/10.55439/EIT/vol11_iss2/i41
6.
Исаев Ф. И. Солиқ текширувларини рақамлаштириш зарурияти.“
//
Бизнес
-
эксперт”
илмий журнали. –
2021.
–
Т. 6. –
С. 52
-54.
7.
Исаев, Ф. (2023). Солиқларнинг фаровонликка таъсири назарияси.
"Milliy
Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-Amaliy
Konferensiyasi
Materiallari
t
o‘plami.
,
206
–
208.
Retrieved
from
https://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/393
8.
Исаев, Ф. (2023). Сoлиқ тaҳлили
-
иқтисодий таҳлилнинг таркибий қисми. Nashrl
ar.
Retrieved from https://e-itt.uz/index.php/editions/article/view/35
9.
Исаев, Ф. (2021). Солиқ юкини аниқлаш методикасини тaкoмиллaштириш.
Iqtisodiyot
Va ta
ʼ
lim, (6), 86
–
91. https://doi.org/10.55439/ECED/vol_iss6/a286
MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI TURMUSH
FAROVONLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Rustamov Maqsud Suvonqulovich
TMI DSc.,
Valiqulova Nurijahon Xusnidinovna
TMI talaba
Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini
avvalambor insoniyat jamiyatida pulning paydo bo‘lishi va u bilan bog‘liq bozor
munosabatlarini amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko‘rish mumkin.
Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar
shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson sivilizatsiyasining
moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy)
moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari hamda faoliyat
132
turlari ortib, manfaatlari tobora o‘sib, ularning xaq-huquqlari borgan sari
mustahkamlanib va ta‘minlanib borishidadir.
Hozirda moliya bozori yuqori darajada takomillashgan va uzluksiz
rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir
butun va o‘z muhitiga ega munosabatlar va institutlar majmuasi sifatida namoyon
bo‘luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo‘lmoqda. Bunda moliya bozorlari
nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston moliya bozorida qator muhim oʻzgarishlar roʻy
berdi, xususan, “2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasi” [4]ga muvofiq, fond bozori aylanmasini joriy etish orqali
iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni 200 million AQSH dollaridan 7 milliard
dollargacha oshirish va davlat ulushi boʻlgan tijorat banklarida transformatsiya
jarayonlarini yakunlash, 2026-yil oxiriga qadar bank tizimi aktivlarida xususiy
sektor ulushini 60 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda. Bunda tijorat banklarida
transformatsiyani jadallashtirish, subsidiyali kreditlashdan voz kechish, ularning
moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirish orqali davlat ulushiga ega tijorat
banklarini faol ravishda zamonaviy institutlarga aylantirish ishlari koʻzda tutilgan.
Kelgusida mamlakatimizda milliy bozorni rivojlantirish, tartibga solish,
infratuzilmani, moliya bozorining mavjud vositalarini takomillashtirish va xalqaro
moliya institutlarini jalb qilish uchun mintaqaviy investitsiya moliya markazini
tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Sohada hali natijaviy yondashuvni kutayotgan, ayniqsa, qonunchilikdagi
takomilga muhtoj bo‘lgan normalar talaygina. Ayniqsa, korporativ boshqaruv va
moliya sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholining moliyaviy
savodxonligini oshirish, qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jismoniy va yuridik
shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha
ishlarni yanada jonlantirish lozim. Chunki bu kamchiliklar moliya bozori va
xizmatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlar ijrosi samaradorligini oshirish,
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.
Buning uchun bir necha yangi qonunlar qabul qilish oldimizda turgan
vazifalardan. Jumladan, moliya bozorini rivojlantirish va uning tartib-taomillarini
soddalashtirish, investorlar hamda fond bozorining boshqa ishtirokchilariga
qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar
bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi
qonun loyihasini qabul qilinishini yanada tezlashtirish kerak.
Shu boisdan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda
moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi
jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil
oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala
ekanligi ta’kidlandi»[1]. Bunday ustuvor va dolzarb vazifalarning samarali amalga
oshirilishi mamlakatimizda moliya bozorining xususiyatlari va rivojlanish
tendentsiyalarini tadqiq etish hamda moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda [3].
133
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda moliya bozori orqali, bir tomondan davlat
korxona va tashkilotlar, aholi o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mablag’ni jalb qilsalar,
ikkinchi tomondan korxona, tashkilot va aholi o‘zlarining vaktincha bo‘sh turgan
pul mablag’larini qimmatli qog’ozlar sotib olishga yo‘naltirib foyda ko‘radilar. Bu
esa moliyaviy resurslarning harakatini ta’minlab, iqtisodiy o‘sishga turtki beradi.
Moliya bozorining investitsion faolligini oshirish, nafaqat, aktivlar qiymati va
savdo hajmlarining o‘sishi bilan birga olib borilishi kerak, balki qimmatli qog’ozlar
bozorining barcha ishtirokchilari faoliyati ta’minlanishi zarur. Qimmatli qog’ozlar
bozorini rivojlantirish moliyaviy resurslarni faollashtirishga, ulardan oqilona
foydalanishga va iqtisodiy rivojlanishni bir muncha tezlashtirish uchun qayta
taqsimlashga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir [3].
Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, yuqoridagi kabi yurtimizda moliya
bozorining rivojlanishida aholining moliyaviy savodxonlik darajasi ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, jahon amaliyotining ko‘rsatishicha aholi o‘z
mablag’aridan to‘g‘ri foydalanish, o‘z xarajatlari va jamg‘armalarini rejalashtirish,
investitsiyalashni ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, favqulotdagi vaziyatlar uchun
zarur bo‘lgan mablag‘ jamg‘arish borasida yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lmaganliklari sababli, samarasiz qarorlar qabul qilishadi va o‘zlarini
moddiy farovonligini oshirish uchun salohiyatlaridan, imkoniyatlaridan to‘liq
foydalana olmaydilar. Kishilarni qabul qilayotgan moliyaviy qarorlarini
samaradorligini oshirish uchun aholining moliyaviy savodxonligi tizimini joriy
etish zarur. Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish AQSH, Buyuk Britaniya va
Avstraliyani davlat iqtisodiy siyosatini ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlari AQSHda,
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida, Avstraliyada, Hindistonda, Indoneyziyada,
Malayziyada, Rossiyada, Chexiyada va boshqa mamlakatlarda amal qilmoqda.
Ushbu mamlakatlarda aholining moliyaviy savodxonligi talab va taklif bilan
bog’liq bo‘lgan holda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Aholi xizmatlari taklifiga
moliya bozori parametridagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatsa, aholining moliyaviy
xizmatlarga bo‘lgan talabiga esa ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar jiddiy
ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, davlatning pul-kredit va budjet siyosati, intitutsional tizimi
tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan moliyaviy savodxonlikni oshirish dasturlari
aholiga ishda, uyda va jamiyatda to‘g ‘ri iqtisodiy-moliyaviy qarorlar qabul
qilishda yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar
ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi raqobatni kuchayishiga, qonunchilik muhitini
yaxshilanishiga, aholini moliya tizimiga ishonchini ortishiga va aholi
jamg‘armalarini kelajakda samarali investitsiyalanishiga olib keladi. 2008-yilda
boshlangan inqiroz: inqiroz davrida moliyaviy savodsizlikning subjektiv va
obyektiv sabablari dinamikasini o‘rganish dolzarbligini oshirdi. Inqiroz aholining
o‘z moliyaviy mablag’lariga munosabatini qanday o‘zgartirganini va aholining o‘z
moliyaviy savodxonligini qanday baholashini aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘tkazilgan kuzatish natijalari ko‘rsatishicha davlatning aholi moliyaviy
savodxonligini oshirish dasturini ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak.
134
Chunki odamlar o‘zining moliyaviy savodxonlik darajasini noto‘g ‘ri baholab,
moliya bozoridagi katta xavf-xatarni o‘z zimmalariga olishi mumkin. Agar
hukumatning maqsadi aholining moliyaviy faoliyatini o‘zgartirishdan iborat
bo‘lsa, bu maqsadga erishish uchun moliyaviy savodxonlikni oshirishga
sarflanishi kerak bo‘lgan mablag‘ni moliya bozori institutlarini o‘zgartirishga,
isloh qilishga yo‘naltirishi lozim.
Moliya-bank bozori rivojlanishi, yangi moliyaviy mahsulotlar va
xizmatlarning joriy etilishi, ulardan aholi, tadbirkorlar foydalanishi darajasini
yuksaltirishda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri
hisoblanadi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan
moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha xalqaro tajribalari ilg‘or yutuqlar
o‘rganilgan holda O‘zbekistonda aholini moliyaviy savodxonligi darajasining
oshirish dasturi ishlab chiqilgan holda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda .
Mamlakat aholisining moliyaviy savodxonlik darajasi yuqori bo‘lishi milliy
iqtisodiyot, jumladan, uy, xo‘jaliklari,tadbirkorlik va davlat uchun ijobiy
natijalarga olib keladi. Moliyaviy savodxonlik fuqaroni moliyaviy mahsulotlar va
xizmatlar bozorida faol pozitsiyani egallashi, jamiyatda o‘zi va oila aʼzolarini
moliyaviy farovonligini oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar
yig‘indisidir [2].
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqib, aholining
moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning quyidagi sabablarga ko‘ra
dolzarbligi oshib boradi:
• Aholining daromad manbalari tarkibining o‘zgarishi;
• Ko‘p sonli xususiy tadbirkorlarni paydo bo‘lishi;
• Aholini uzoq muddatli jamg‘armalarga va kredit olishga bo‘lgan ehtiyojini
keskin ortishi;
• Shaxsiy jamg‘armalarni investitsiyalash va moddiy aktivlarini boshqarish
imkoniyatlarini kengayishi;
• Aholi mehnat migratsiyasi miqyosini kengayishi;
• Aholining isteʼmol madaniyati sohasidagi mavjud qadriyatlarining ayrim
xususiyatlari.
Aholining moliyaviy savodxonlikni oshirishi mamlakat va hududlarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi. Jumladan, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, moliya-bank bozori xizmatlari ko‘lamini
oshishiga, aholini ortiqcha pul mablag‘larini investitsiya qilish orqali iqtisodiy
o‘sishga, uy xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashga hissa qo‘shadi.
Foydalanigan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bayonoti.
2019-yil 7-oktyabr. http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-
qilindi
2.
Аҳолининг молиявий саводхонлигини ошириш ижтимоийиқтисодий ривожланишини
таъминлашнинг омили сифатида Г.П.Эркаева, Қарши ДУ, и.ф.н., доц.
3.
https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/download/4930/4526/9555
4.
