165
Мамлакатимизда ислом молиясини ҳаётга татбиқ этиш бўйича ҳам
ишлар жадал тус олмоқда. Ҳозирда “Apex insurance” суғурта компанияси ўз
фаолиятида исломий суғурта –
“Такофул”
ни қўллай бошлади. Бугунги
кунда мавжуд банкларда “ислом дарча”ларини очиш ҳамда
“Сукук”
-
исломий қимматли қоғозларини чиқариш бўйича қонун лойиҳаси ишлаб
чиқилиб, уни тасдиқлаш учун Олий Мажлисга киритилган.
Хулоса қилиб айтганда, юртимизда ислом иқтисодий тафаккурининг
ривожланиши миллий иқтисодиётимиз ва анъанавий банк
-
молия
соҳаларига муқобил молия тизимининг кириб келиши учун мустаҳкам
замин яратади. Бу эса ўз навбатида аҳолимиз қўлида сақланаётган катта
миқдордаги бўш маблағларни жалб этиш ва уларни истиқболли
лойиҳаларга йўналтириш имкониятини яратади. Ислом иқтисодиёти ва
молияси каби мусулмон жамоаси ҳаёт фаолиятида муҳим ўринга эга бўлган
соҳанинг равнақи яқин келажакда ўзининг ижобий самараларини бериши
муқаррар.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Ш.Мирзиёевнинг Ислом Ҳамкорлиги Ташкилоти ТИВлари 43
-
сессияси очилиш
https://kun.uz/news/2016/10/18/
2.
Байдаулет Е. Ислом молия асослари. –Т.: “Ўзбекистон”, 2019.
3.
Жўраев Б. (таржимон). Исломий молиялар ва банк тизими: фалсафаси
,
тамойиллари ва амалиёти. –Т.:
”Ўзбекистон”,
2014.
4.
Беккин Р. Ислом иқтисодий модели ва замон. –Т.:«Ўзбекистон», 2019.
Абдуллаев Р. Основные принципы исламского банкинга и тенденции в развитии
сотрудничества Узбекистана Исламским Банком Развития. «Paradigmata poznani». –
Praga: Vedecko vydavatelske centrum «Sociosf
era
–
CZ», –№ 1, 2019.
AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH JARAYONIDA
MOLIYAVIY SAVODXONLIK VA MOLIYAVIY TA'LIM
DASTURLARINING AHAMIYATI
Mahmudova Xushnoza Ravshanbekovna
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy
kommunikasiyalar Universiteti mustaqil tadqiqotchisi,
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig'i
Moliyaviy savodxonlik dasturlarini qabul qiladigan va amalga oshiradigan
mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda. Xususan, 2007 yildayoq Yevropada
aholining moliyaviy savodxonligini oshirish uchun 180 dan ortiq dasturlar
mavjud edi [1]. Tajribada muvaffaqiyatli deya e'tirof etilgan milliy dasturlar AQSh,
Buyuk Britaniya, Germaniya va Avstriyada, bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan
mamlakatlar orasida esa
–
Bolgariya, Sloveniya va Polshada ishlab chiqilgan va
amaliyotda qo'llanilmoqda.
Birinchi marta siyosiy iqtisodchi A. Smit moliyaviy ta'limning shakllanishi va
iqtisodiyotning rivojlanishi o'rtasidagi bog'liqlikni isbotladi [2]. Shunga qaramay,
166
faqat 1960-yillarda T. Shults va E. Denison ta'lim aholining malakasi va
qobiliyatini oshirish orqali milliy daromadning o'sishiga hissa qo'shishini
ko'rsatdi [3].
Moliyaviy ta'limni rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish
avvalo rivojlangan mamlakatlarda, xususan, dastlab AQSh tomonidan izchillik
bilan yo'lga qo'yildi [4]. R. Kiosaki, B. Shefer, N. Hill, J. S. Slayson, Dj. Ron, V. Vattles,
O. Nelli, Atkinson, Xy
uston kabi amerikalik olimlar, маҳаллий олимларимиздан
эса N.
Jumayev, O. Do'stmuxammedov, A. Vaxobov, M. Obilov, D. Tajiboyeva kabi
tadqiqotchilar moliyaviy savodxonlik yo'nalishidagi dasturlarning keng yo'lga
qo'yilishida va ommaviylik kasb etishida muhim rol o'ynadi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi moliyaviy savodxonlik va moliyaviy ta'limni
yaxshilash dasturlarini amalga oshirishning xalqaro tajribasini tahlil qilishdir.
Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, tarixiylik va mantiqiylik, analiz va sintez,
qiyosiy tanlab tadqiq qilish usullari qo'llanilgan.
Yevropa Ittifoqining 27 mamlakatida aholining moliyaviy savodxonlik
darajasini oshirishga qaratilgan tizimlar va dasturlarni o'rganish natijalari
quyidagilarni ko'rsatdi [5]:
- moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan dasturlarda hozirgi kunda
asosiy maqsadli guruhlar sifatida bolalar va yoshlarga urg'u berilganligi;
- har ikkinchi dastur uchun Internet tarmog'i muhim bo'lib, ular orasida
instrumentlar va kanallardan keng ko'lamda foydalaniladi.
Yevropa Ittifoqining xalqaro dasturlari eng ko'p Bolgariya, Latviya,
Lyuksemburg, Sloveniya va Ruminiyada amalga oshiriladi.
Bir qator empirik tadqiqotlar moliyaviy ta'lim va moliyaviy savodxonlik
o'rtasidagi ijobiy bog'liqlik mavjudligini aniqladi [6]. Ta'lim yo'nalishida
moliyaviy savodxonlik dasturini tashkil qilish usullarini tanlashda turli
mamlakatlarda ushbu muammoni hal qilish yondashuvlarini taqqoslash
o'rinlidir. Moliyaviy savodxonlik dasturlarining muvaffaqiyatli namunalari
sifatida ko'rib chiqilishi mumkin bo'lgan loyihalarni ajratib ko'rsatish mumkin.
(1-jadval).
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlari, strategiyalari,
tashabbuslari aksariyat xollarda qo'llab quvvatlanadigan mamlakatlar bu -
Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya,
Vengriya, Islandiya, Indoneziya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi,
Malayziya, yangi Zelandiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Ispaniya, Janubiy Afrika,
Buyuk Britaniya, AQSh va boshqalardir. Ayniqsa ular orasida "AQSh da moliyaviy
savodxonlik" federal dasturi ancha ommabop bo'lib, uning maqsadi aholiga
malakali moliyaviy qarorlarni qabul qilishga yordam beradigan amaliy bilim va
ko'nikmalarni o'rgatishdan iboratdir [7].
Buyuk Britaniya - moliyaviy savodxonlik sohasidagi eng ilg'or
mamlakatlardan biridir. Mamlakatda 500 ga yaqin milliy va mahalliy miqyosdagi
dasturlar mavjud. Buyuk Britaniyada uy xo'jaliklarini moliyaviy boshqarish
bo'yicha fakultativ darslar yo'lga qo'yilgan edi. Hozirgi vaqtda davlat
maktablarida "shaxsiy moliya" fanini majburiy qilish rejalashtirilgan.
167
1-jadval
Moliyaviy savodxonlik dasturlarining muvaffaqiyatli namunalari
Dasturlar nomi
Dasturlarning o'ziga xosligi
Mamlakat
"Kelajak uchun
javobgarlik", "Hayot
uchun darslar"
-o'qituvchilar uchun darslarni rejalashtirish;
- ota-onalar uchun uslubiy qo'llanma;
- bolalar uchun keyslar va rollar asosida o'yinlar
tashkil etish.
AQSh
"Moliya va pedagogika",
"Hamma uchun moliya"
- viktorina, glossariylar, o'yinlar, krossvordlar
asosida;
- bolalar va ota-oanalar uchun kitoblar;
- ota-onalar va o'qituvchilar uchun forum.
Frantsiya
"Moliyaviy haydovchilik
guvohnomasi", "Iqtisodiy
va moliyaviy
savodxonlik"
- "Pul muzeyi" bo'ylab sayohatlar uyushtirish;
- Evroavtobusda harakatlanish.
Avstriya
"Pulni tushunish"
"Understanding Money"
- Play Real (8-10 yosh uchun);
- Make It Real (10-12 yosh uchun);
- Get Real (16-18 yosh uchun);
- shaxsni rivojlantirish dasturlari.
Avstraliya
"Kelajagingizni
rejalashtiring"
- Polsha Markaziy banki loyihalari doirasida;
- Televideniye bilan hamkorlikdagi dasturlar.
Polsha
"Mening pul haftaligim"
My money week"
- "Moliyaviy daho" dasturi;
- "Investor" ko'ngilochar shou dasturi.
Kanada
Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, har bir mamlakatda turli yosh guruhlari, ta'lim
darajalari uchun ishlab chiqilgan va mamlakatlar iqtisodiyotining milliy
xususiyatlarini, ularning ta'lim tizimlarini, shuningdek moliyaviy ta'lim
strategiyalarini aks ettiruvchi turli xil dasturlar, tashabbuslar va yondashuvlar
mavjud. Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, moliyaviy savodxonlikni oshirishning
eng samarali usuli bu moliyaviy ta'limni mavjud maktab va talabalar o'quv
dasturlariga tadbiq etish bo'lib, bu ularning ijtimoiy va moliyaviy ahvolidan qat'i
nazar, aholining deyarli barcha qatlamlari va maqsadli guruhlarini qamrab
olishga imkon beradi. Ko'rib chiqilayotgan barcha mamlakatlarda norasmiy
moliyaviy ta'lim va moliyaviy ta'lim resurslari juda keng qo'llaniladi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib shuni aytish kerakki, bolalar va yoshlarning
moliyaviy savodxonligi va moliyaviy ta'limi bo'yicha xalqaro amaliyot yetarli
tajribaga ega bo'lib, ushbu dasturlar mahalliy ta'lim makonida o'rganilishi va
qo'llanilishi maqsadga muvofiq. Bu orqali esa aholining turmush darajasini
yuksaltirish va farovonlikni ta`minlash muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
OECD/INFE. The High‐level Principles on National Strategies for Financial Education. ‐ Paris,
August 2012.
2.
Кармазин Ю. А. “Образование как инвестиции в человеческий капитал”, “Молодой
ученый”. 2014. № 7. С.
- 349
–
351.
3.
Управление современным образованием: социальные и экономические аспекты :
моногр. / под ред. А. Н. Тихонова. –
М. : Вита
-
Пресс, 1998. –
256 с.
168
4.
Taking Ownership of The Future. The National Strategy for Financial Literacy.
–
U.S.
Department of Treasury, 2006.
–
URL : https://www.treasury.gov/about/organizational-
structure/offices/Domestic-Finance/Documents/quick-ref-guide-en.pdf
(мурожаат қилинган сана:
16.02.2023).
5.
Наbsсhiск, Sеidl, аnd Еvеrs, 2007: Survеу оf Finаnсiаl Litеrасу Sсhеmеs in thе ЕU27
(Обследование программ повышения финансовой грамотности в 27 странах ЕС), VТ Маrкеt
Finаl Rероrt, Еvеrs Jung (отчет подготовлен для Комиссии ЕС).
6.
FDIС, 2007: А Lоngitudinаl Еvаluаtiоn оf thе Intеrmеdiаtе
-
tеrm Imрасt оf thе «Моnеу
Smаrt» Finаnсiаl Еduсаtiоn Сurriсulum uроn Соnsumеrs’ Веhаviоr аnd Соnfidеnсе; Маndеll, Lеwis,
2008: JumрStаrt Finаnсiаl Litеrасу Survеуs оf Нigh Sсhооl Sеniоr
s, 1997
–
2008,
httр://www.jumрstаrt.оrg; Vаrсое, К., А. Маrtin, Z. Dеvittо, аnd С. Gо, 2005: Using а Finаnсiаl
Еduсаtiоn Сurriсulum fоr Тееns, Finаnсiаl Соunsеling аnd Рlаnning 16 (1); Nаtiоnаl Соunсil оf
Есоnоmiс Еduсаtiоn, 2007: Finаnсiаl Fitnеss fоr Lifе; Lореz
-
Fеrnаndini, А., аnd К. Мurrеll, 2008: Nеw
Аmеriса Fоundаtiоn Nеw Аmеriса Fоundаtiоn & Сiti Fоundаtiоn, httр://www.nеwаmеriса.
nеt/рubliсаtiоns/роliсу/
7.
http://www.changes.biz/neskolko-rekomendatsiy-dlya-
THE CONCEPT OF REAL ESTATE AND THE THEORY OF ITS TAXATION
Majidov A.A.
Doctoral student of the scientific research center
"Scientific foundations and problems
of the development of the economy of Uzbekistan"
under the Tashkent State University of Economics
In the Civil Code of the Russian Federation (hereinafter referred to as the
Civil Code of the Russian Federation) there is a definition of the concept of "real
estate". According to the Civil Code of the Russian[1] Federation “Real estate (real
estate, real estate) includes land plots, subsoil plots and everything that is firmly
connected with land and
̆
, that is, objects that cannot be moved without
disproportionate damage to their purpose, including buildings, structures, objects
construction in progress. Immovable things also include aircraft and sea vessels
subject to state registration, and inland navigation vessels.
Other property may also be classified as immovable by law. This definition is
very ambiguous, as it has significant shortcomings. Firstly, real estate includes
objects that are firmly connected to the land and the movement of which is
impossible without commensurate damage. Questions arise about the
proportionality of the damage, but the authors do not elaborate on this detail.
Also, modern technologies have long made it possible to change the location of a
property not only without proportionate but in principle without any damage to
the building, although according to the law, this is considered either impossible
or not considered real estate.
Also, the question may arise why real estate includes aircraft and sea vessels,
and inland navigation vessels. The answer lies in the fact that each of these objects
has similar features to real estate objects. This is expressed in the fact that all of
