KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI

Annotasiya

Ushbu maqola kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omillari va istiqbollari bo‘yicha ilmiy tahlilni taqdim etadi. Maqolada kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar, jumladan moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlik, texnologik innovatsiyalar, moliyaviy boshqaruv tizimi, raqamli xavfsizlik va bozor diversifikatsiyasi kabi faktorlar tahlil qilinadi. Tadqiqot ishida kichik biznes subyektlari uchun iqtisodiy xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
27-32
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Akbarov , A. (2025). KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(5), 27–32. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/123931
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omillari va istiqbollari bo‘yicha ilmiy tahlilni taqdim etadi. Maqolada kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar, jumladan moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlik, texnologik innovatsiyalar, moliyaviy boshqaruv tizimi, raqamli xavfsizlik va bozor diversifikatsiyasi kabi faktorlar tahlil qilinadi. Tadqiqot ishida kichik biznes subyektlari uchun iqtisodiy xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

27



KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI

TA’MINLASH ISTIQBOLLARI

Akbarov Abdulhamid

Andijon davlat texnika instituti,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0000-0002-6478-8293

abdulhamidullo97@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqola kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy

xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omillari va istiqbollari bo‘yicha ilmiy tahlilni taqdim etadi.

Maqolada kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda zarur bo‘

lgan

ko‘rsatkichlar, jumladan moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlik, texnologik innovatsiyalar,

moliyaviy boshqaruv tizimi, raqamli xavfsizlik va bozor diversifikatsiyasi kabi faktorlar tahlil

qilinadi. Tadqiqot ishida kichik biznes subyekt

lari uchun iqtisodiy xavfsizlikni oshirish bo‘yicha

tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so

zlar:

kichik biznes

,

iqtisodiy xavfsizlik, moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlik,

texnologik innovatsiyalar, moliyaviy boshqaruv, raqamli xavfsizlik, iqtisodiy xavflar, risklarni

boshqarish, raqamli texnologiyalar.

ПЕРСПЕКТИВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МАЛОГО БИЗНЕСА И ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

Акбаров Абдулхамид

Андижанский государственный технический институт,

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье представлен научный анализ основных факторов и

перспектив обеспечения экономической безопасности в деятельности малого бизнеса и

частного предпринимательства. В статье анализируются необходимые показатели для
обеспечения экономической безопасности субъектов малого бизнеса, включая

финансовую стабильность, конкурентоспособность, технологические инновации,

системы финансового управления, цифровую безопасность и диверсификацию рынка.

Исследование предлагает рекомендации и перспективы повышения экономической
безопасности для малого бизнеса.

Ключевые слова:

малый бизнес, экономическая безопасность, финансовая

стабильность, конкурентоспособность, технологические инновации, финансовое

управление, цифровая безопасность, экономические риски, управление рисками, цифровые
технологии.

UO‘K:

331.545

V SON - MAY, 2025

27-32

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

28

PROSPECTS FOR ENSURING ECONOMIC SECURITY IN SMALL BUSINESS AND

ENTREPRENEURSHIP ACTIVITIES

Akbarov Abdulhamid

Andijan State Technical Institute,

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article presents a scientific analysis of the key factors and prospects for

ensuring economic security in small business and private entrepreneurship activities. The article
analyzes the necessary indicators for ensuring the economic security of small business entities,

including financial stability, competitiveness, technological innovations, financial management

systems, digital security, and market diversification. The research provides recommendations and

prospects for enhancing economic security for small businesses.

Keywords:

small business, economic security, financial stability, competitiveness,

technological innovations, financial management, digital security, economic risks, risk

management, digital technologies.


Kirish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari iqtisodiy rivojlanishning ajralmas

qismlaridan bo‘lib, ular bozor iqtisodiyotining tayanch to‘liq shakllanishida katta ahamiyatga

ega. Bu sub’yektlar, asosan, yangi ish o‘rinlari yaratish, raqobatni oshiri

sh, innovatsiyalarni

tatbiq etish va ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilash orqali iqtisodiyotga o‘z hissasini
qo‘shadilar. Shuningdek, kichik biznes xalqaro bozorlarga kirish, yangi mahsulotlar yaratish va

moliyaviy resurslarni samarali boshqarish ka

bi ko‘plab iqtisodiy jihatlarda rivojlanishga

yordam beradi.

Biroq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni

ta’minlashning muhimligi har doim o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Kichik biznes

sub’yektlari ko‘plab xavf

-

xatarlarga duch keladi, masalan, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda

yuzaga keladigan qiyinchiliklar, bozordagi o‘zgarishlarga tez mo

slasha olishning qiyinligi,

tashqi iqtisodiy tahdidlarga nisbatan zaiflik va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi bilan

bog‘liq xavf

-xatarlar. Shu sababli, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy

xavfsizligini ta’minlash uchun izchil yondashuvlar, davlatning qo‘llab

-quvvatlashi va

innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish zarur.

Maqsadimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni

ta’minlashning istiqbollari, amaliy yondashuvlar va tahlil qilish mexanizmlarini batafsil tahlil

qilishdir. Tadqiqotda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi zamonaviy yonda

shuvlar, asosan,

kichik biznes sub’yektlarining raqamli texnologiyalarni qabul qilishidagi rolini, moliyaviy va

tashqi iqtisodiy xavf-xatarlarni boshqarish, shuningdek, davlat tomonidan kichik biznesni

qo‘llab

-

quvvatlash mexanizmlarini ko‘rib chiqishga qar

atiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga oid

ilmiy izlanishlar so‘nggi yillarda kengayib, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar bir qator nazariy va

amaliy asoslarni rivojlantirgan. Ushbu adabiyotlar tahlilida kichik biznesning iqtisodiy

xavfsizligini ta’minlashda yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularning yechimlariga

qaratilgan ilmiy qarashlar umumlashtiriladi.

Ruzmetov (2019) kichik biznesning tashqi iqtisodiy xavflarga nisbatan zaifligini o‘rganadi

va bunday tahdidlarga qarshi choralar ko‘rishda iqtisodiy xavfsizlikning o‘rni muhim ekanligini

ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, kichik biznesning muvaffaqiyatli faoliyati ko‘pincha ularning

tashqi iqtisodiy tahdidlarga, masalan, global iqtisodiy krizislarga, valyuta kurslarining

o‘zgarishlariga va savdo siyosatidagi o‘zgarishlarga nisbatan chidamliligiga bog‘liq. Bu so‘nggi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

29

yillarda o‘zgarayotgan iqtisodiy sharoitlarda kichik biznesning faoliyatini barqarorlashtirish
uchun strategik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

Akbarov (2022) kichik biznes sub’yektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda

davlatning roli haqida so‘z yuritadilar. Ularning tadqiqotida davlat tomonidan qo‘llaniladigan

imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlari kichik biznesni

muvaffaqiyatli rivojlantirishda muhim vosita sifatida qaraladi. Shuningdek, davlat tomonidan

kichik biznesni himoya qilish va rag‘batlantirish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash

masalalari ham muhokama qilinadi.

Elmurodov (2020) kichik biznes sub’yektlarining moliyaviy holatini tahlil qilishga

qaratilgan ishini taqdim etadi, unda moliyaviy barqarorlik va rentabellik kabi asosiy

ko‘rsatkichlar kichik biznesning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi omil sifatida

ko‘rsatiladi. Uning fikriga ko‘ra, kichik biznes sub’yektlarining moliyaviy barqarorlikni

saqlashdagi muvaffaq

iyati ko‘plab omillarga, jumladan, raqobatbardoshlik va resurslarni

samarali boshqarishga bog‘liq. Bu moliyaviy boshqaruvni yaxshilash, moliyaviy resurslarni

oqilona sarflash va investitsiya strategiyalarini to‘g‘ri tanlash kichik biznesning xavfsizligini

oshiradi.

G‘ulomov va boshqalar (2021) raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta’minlashni

o‘rganadilar. Tadqiqotda kichik biznes sub’yektlarining raqamli texnologiyalarni joriy etish

orqali iqtisodiy xavfsizlikni qanday ta’minlash mumkinligi tahlil qilinadi. Ularning fikriga ko‘ra,

kichik biznes raqamli infratuzilma orqali xarajatlarni kamaytirish, mahsulot va xizmatlar

sifatini yaxshilash, bozorlarni kengaytirish va yangi innovatsion mahsulotlar yaratish

imkoniyatiga ega. Ammo raqamli xavfsizlikni ta’minlashda

kichik bizneslar uchun katta xavf-

xatarlar mavjud, shu sababli bu sohada maxsus himoya choralari va xavfsizlik protokollarini

joriy etish zarur.

Porter (1998) o‘zining “Competitive Advantage” asarida kichik biznes va tadbirkorlar

uchun raqobatbardoshlikni oshirishda innovatsiyalarning ahamiyatini ta’kidlaydi.
Raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va biznes

ja

rayonlarini optimallashtirish zarur. Bu kichik biznesning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda

raqamli texnologiyalarni to‘g‘ri ishlatishning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Yuqoridagi adabiyotlarni tahlil qilgan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy izlanishlar keng doirada olib

borilganligini ko‘rish mumkin. Kichik biznesning iqtisodiy xavfsizligini ta’m

inlashda asosiy

omillar sifatida moliyaviy barqarorlik, raqamli texnologiyalar va tashqi iqtisodiy xavflarga

qarshi chidamlilik ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, davlatning qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlari va

innovatsion yondashuvlar kichik biznesni rivojlantirishda va uning iqtisodiy xavfsizligini

ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Kichik biznesning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun

raqamli texnologiyalarni to‘g‘ri joriy etish, moliyaviy boshqaruvni yaxshilash va tashqi iqtisodiy

tahdidlarga nisbatan chidamlilikni oshirish zarur.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotning metodologik asosi sifatida ilmiy adabiyotlar, iqtisodiy tahlil va statistik

ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan so‘rovlar va tahlil ishlari tanlandi. Tadqiqotda kichik biznes

sub’yektlarining iqtisodiy xavfsizligi darajasini baholashda moliyaviy tahlil usullari qo‘llanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sub’yektlaridan 50 tasi tomonidan to‘plangan ma’lumotlar asosida iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlash uchun zaruriy strategiyalar ishlab chiqildi. So‘rovlar va tahlillar yordamida

kichik

biznes sub’yektlarining moliyaviy va tashqi iqtisodiy xavf

-xatarlarni boshqarishdagi

yondashuvlari, raqamli texnologiyalarning ta’siri va ularning iqtisodiy xavfsizlikka qo‘shgan

hissalari o‘rganildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

30

1-jadval

Kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich nomi

Izoh

Ko‘rsatkichning ahamiyati

Moliyaviy

barqarorlik

Kichik biznes sub’yektlarining moliyaviy

holatini aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich,

moliyaviy resurslarni samarali

boshqarish, qarzlarni to‘lash va

daromadlarni oshirish qobiliyatini

o‘lchaydi.

Moliyaviy barqarorlik kichik

biznesning iqtisodiy xavfsizligini

ta’minlashda asosiy o‘rinda turadi.

Barqaror moliyaviy holat, tashqi

tahdidlarga chidamlilikni oshiradi.

Raqobatbardoshlik

darajasi

Kichik biznesning bozor sharoitida o‘zini

qanchalik raqobatbardosh ekanligini

o‘lchaydi. Bu ko‘rsatkich mahsulot yoki

xizmatlarning bozor talabiga

muvofiqligini va innovatsion

imkoniyatlarini o‘lchaydi.

Raqobatbardoshlik kichik

biznesning uzoq muddatda

bozorni egallash qobiliyatini

aniqlaydi va iqtisodiy xavfsizlikni

oshiradi.

Texnologik

innovatsiyalar

Kichik biznes sub’yektlarining yangi

texnologiyalarni joriy etish darajasini

o‘lchaydi. Bu ko‘rsatkich raqamli

texnologiyalar va innovatsion usullarni

qo‘llashni o‘z ichiga oladi.

Innovatsiyalar kichik biznesning

samaradorligini oshiradi, bu esa

xavfsizligiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi.

Moliyaviy

boshqaruv tizimi

Moliyaviy resurslar va xarajatlarni

samarali boshqarish tizimi mavjudligini

o‘lchaydi. Bu tizim kichik biznesning

barqaror moliyaviy rivojlanishini

ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Yaxshi moliyaviy boshqaruv

kichik biznesning iqtisodiy

xavfsizligini oshiradi, moliyaviy

muammolarni kamaytiradi.

Raqamli xavfsizlik

Kichik biznesning raqamli

infratuzilmasini va axborot xavfsizligini

ta’minlash darajasini o‘lchaydi. Bu

ko‘rsatkich axborot texnologiyalariga

asoslangan xavf-xatarlarni boshqarishni

o‘z ichiga oladi.

Raqamli xavfsizlik kichik

biznesning axborot va raqamli

aktivlarini himoya qilishda muhim

ahamiyatga ega.

Bozorni

diversifikatsiya

qilish

Kichik biznesning bozorda turli

segmentlarga kirish va turli mahsulotlar

yoki xizmatlar taqdim etish

imkoniyatlarini o‘lchaydi.

Bozor diversifikatsiyasi kichik

biznesning tashqi iqtisodiy

tahdidlarga qarshi chidamliligini

oshiradi, risklarni kamaytiradi.

Davlat qo‘llab

-

quvvatlash

Davlat tomonidan kichik biznesga taqdim

etilayotgan imtiyozlar, kreditlar va

subsidiya dasturlari mavjudligini

o‘lchaydi.

Davlat qo‘llab

-quvvatlashi kichik

biznesning moliyaviy

barqarorligini ta’minlashda va

xavfsizligini oshirishda muhim

omil hisoblanadi.

Tashqi iqtisodiy

tahdidlar

Kichik biznesning xalqaro bozorlarda

yuzaga keladigan iqtisodiy xavflarga

nisbatan qanchalik zaifligini o‘lchaydi.

Tashqi iqtisodiy tahdidlarga

chidamlilik kichik biznesning

barqarorligini va uzoq muddatli

rivojlanishini ta’minlaydi.

Iqtisodiy risklarni

boshqarish

Kichik biznesning risklarni aniqlash va

ularni boshqarish darajasini o‘lchaydi.

Risklarni samarali boshqarish biznesning

faoliyatini xavfsiz qiladi.

Risklarni boshqarish orqali kichik

biznes potentsial xavflarni

minimallashtiradi va iqtisodiy

xavfsizlikni ta’minlaydi.

1-jadval ko

rsatkichlarini izohlar ekanmiz moliyaviy barqarorlik Kichik biznesning

iqtisodiy xavfsizligini ta

minlashda asosiy ko

rsatkich bo

lib, moliyaviy resurslarni

boshqarishning samaradorligi o

ziga xos darajada muhimdir. Agar biznesning moliyaviy holati

barqaror bo‘lsa, u iqtisodiy inqirozlar, inflyatsiya yoki valyuta kursi o‘zgarishlariga qarshi

chidamliligini oshiradi (Akbarov va Ermatov, 2024). Moliyaviy barqarorlik kichik biznesning

o‘z resurslarini oqilona sarflashi va qarzlarni to‘lash imkoniyatini ta’minlaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

31

Raqobatbardoshlik darajasi esa b

ozorda raqobatbardosh bo‘lish kichik biznesning uzoq

muddatli muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Raqobatbardoshlikni oshirish

orqali biznes yangi bozorlar yaratishi, mahsulotlarini takomillashtirishi va innovatsiyalarni

joriy etishi o‘z nav

batida uning iqtisodiy xavfsizligini oshiradi. Texnologik innovatsiyalar kichik

biznes sub

ektlari uchun yangi texnologiyalarni joriy etish

bu ishlab chiqarish jarayonlarini

optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.

Texnologik innovatsiyalar biznesning rentabelligini oshiradi va uni bozor talablariga

moslashtiradi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni qo‘llash axborot xavfsizligi va raqamli

xavflarni kamaytirish imkonini beradi.

Moliyaviy boshqaruvning yaxshi tashkil etilishi kichik biznesning resurslarini samarali

sarflashiga, xarajatlarni nazorat qilishga va rentabellikni oshirishga yordam beradi. Yaxshi

moliyaviy boshqaruv orqali biznes muammolarni oldindan aniqlaydi va o‘z fao

liyatini

barqarorlashtirishga erishadi. Raqamli xavfsizlik jihatidan raqamli infratuzilmani himoya qilish

va axborot xavfsizligini ta’minlash orqali kichik biznes o‘zining raqamli aktivlarini, masalan,

mijozlar ma’lumotlarini va ichki tizimlarini xavfsiz s

aqlaydi. Raqamli xavfsizlik kichik biznesni

kiberhujumlardan himoya qiladi va uning reputatsiyasini saqlashga yordam beradi.

Tadqiqot natijalari kichik biznes sub’yektlarining iqtisodiy xavfsizlik darajasi bir qator

asosiy ko‘rsatkichlar orqali o‘lchanganini ko‘rsatdi. Moliyaviy barqarorlikni baholashda

rentabellik darajasi va aktivlar aylanishi koeffitsiyenti yuqori, ammo kichik biznes

sub’yektlarining tashqi iqtisodiy tahdidlarga nisbatan chidamlilik darajasi past bo‘lishi

aniqlandi. O‘z navbatida bu kichik biznes faoliyatining samaradorligini oshirishda bir qator

muammolarni keltirib chiqaradi.

2-jadval

Kichik biznes sub’yektlarining iqtisodiy xavfsizlik darajasi ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich

O‘rtacha qiymat

Me’yoriy qiymat

Rentabellik darajasi

11,5%

12-15%

Aktivlar aylanish koeffitsiyenti

2,1

1,5-2

Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti

0,38

0,5-0,6

So‘nuvchanlik koeffitsiyenti

0,62

0,6-0,7

Tashqi iqtisodiy xavflarga chidamlilik

45%

50-60%

1.

Moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshlik

tadqiqotda rentabellik darajasi 11,5%

atrofida bo‘lishi o‘zgaruvchan va yuqori bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi. Biroq, kichik

bizneslarning aksariyati moliyaviy barqarorlikni saqlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Ko‘p hollarda ular qisqa muddatli qarzlar va o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga qarshi chidamli

emas.

2.

Tashqi iqtisodiy xavf-xatarlar

tashqi iqtisodiy omillar, masalan, iqtisodiy krizislar,

valyuta kurslarining o‘zgarishi va savdo siyosatidagi o‘zgarishlar kichik biznesning iqtisodiy

xavfsizligini zaiflashtiradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kichik bizneslarning aksariyati global

iqtis

odiy o‘zgarishlarga moslasha olmaydi, bu esa ularning faoliyatini xavf ostiga qo‘yadi.

3.

Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar

kichik biznes sub’yektlarining raqamli

texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha faoliyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,

faqat 30% kichik biznes sub’yektlari raqamli texnologiyalarni to‘liq qabul qilgan va ularni

iqtisodiy xavfsizlik

ni ta’minlashda samarali foydalanmoqda. Raqamli texnologiyalarni joriy

etish orqali kichik biznesning samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yangi

bozorlarni topish imkoniyatlari yaratiladi.

4.

Davlatning qo‘llab

-quvvatlashi

tadqiqotda davlat tomonidan kichik biznesni qo‘llab

-

quvvatlash mexanizmlari tahlil qilindi. Kichik biznes uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar,

qonunchilikdagi o‘zgarishlar va soliq imtiyozlari ko‘rsatilganida, ularning iqtisodiy xavfsizligi

yaxshila

nadi. Davlatning kichik biznesni qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha amalga oshirayotgan

dasturlari, shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

32

Xulosa va takliflar.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash

zamonaviy iqtisodiyotda muhim

ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kichik

biznes sub’yektlarining moliyaviy barqarorlikni saqlashdagi muammolarni bartaraf etish va

tashqi iqtisodiy tahdidlarga nisbatan chidamliligini oshirish uchun kompleks yondashuvlar
zarur. Innovatsion texnologiyalar va raqamli infratuzilma kichik biznesni yangi imkoniyatlarga

yo‘naltirishi, lekin bir vaqtning o‘zida xavf

-xatarlarni ham oshirishi mumkin. Shu bois, kichik

biznes sub’yektlarini raqamli xavfsizlik va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan

chora-tadbirlar orqali iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash zarurdir.

Adabiyotlar/Литература/References:

Akbarov, A., & Ermatov, M. (2024). Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlik

ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullarining tahlili. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2 (5), 19–

25.

A

кбаров

,

А

. (2022).

Кичик

бизнес

ва

хусусий

тадбиркорликнинг

мамлакат

иқтисодий

хавфсизлигини

таъминлашдаги

ўрни. Iqtisodiyot va taʼlim, 23(6), 463

-471.

Elmurodov X. (2020). Kichik biznes

sub’yektlarining moliyaviy holatini tahlil qilish.

“Iqtisodiyot va innovatsiyalar” jurnali, 6(3), 112

-118.

G‘ulomov B., Soliyev A., Karimova D. (2021). Raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini

ta’minlash. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

Porter M. (1998). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance.

Free Press.

Ruzmetov J. (2019). Kichik tadbirkorlikda tashqi muhit xavflari va ularni boshqarish.

“Bozor, pul va kredit”, 4(2), 55

-60.

Эрматов

,

А

.

А

., &

Акбаров

,

А

. (2021).

Кичик

бизнес

ва

хусусий

тадбиркорлик

фаолиятида

иқтисодий

хавфсизликни

таъминлашнинг

ўзига

хос

жиҳатлари

. Iqtisodiyot

va innovatsion texnologiyalar.

Bibliografik manbalar

Akbarov, A., & Ermatov, M. (2024). Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullarining tahlili. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2 (5), 19–25.

Aкбаров, А. (2022). Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг мамлакат иқтисодий хавфсизлигини таъминлашдаги ўрни. Iqtisodiyot va taʼlim, 23(6), 463-471.

Elmurodov X. (2020). Kichik biznes sub’yektlarining moliyaviy holatini tahlil qilish. “Iqtisodiyot va innovatsiyalar” jurnali, 6(3), 112-118.

G‘ulomov B., Soliyev A., Karimova D. (2021). Raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta’minlash. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

Porter M. (1998). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. Free Press.

Ruzmetov J. (2019). Kichik tadbirkorlikda tashqi muhit xavflari va ularni boshqarish. “Bozor, pul va kredit”, 4(2), 55-60.

Эрматов, А. А., & Акбаров, А. (2021). Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик фаолиятида иқтисодий хавфсизликни таъминлашнинг ўзига хос жиҳатлари. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar.