ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ СИНТЕТИЧЕСКОГО И АНАЛИТИЧЕСКОГО УЧЕТА В МИКРОФИНАНСОВЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация

В статье рассматриваются особенности ведения синтетического и аналитического учета в микрофинансовых организациях, их взаимная интеграция и практические проблемы. На примере организаций “IMKON FINANS”, “Vodiy TaraqqiyotvaBiznes Finans” проанализировано состояние учета и предложены рекомендации по его совершенствованию. Результаты исследования подчеркивают важность синергии синтетического и аналитического учета для повышения качества отчетности и эффективности внутреннего аудита.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
90-94
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Гафуров I. (2025). ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ СИНТЕТИЧЕСКОГО И АНАЛИТИЧЕСКОГО УЧЕТА В МИКРОФИНАНСОВЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ. Экономическое развитие и анализ, 3(5), 90–94. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/123935
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются особенности ведения синтетического и аналитического учета в микрофинансовых организациях, их взаимная интеграция и практические проблемы. На примере организаций “IMKON FINANS”, “Vodiy TaraqqiyotvaBiznes Finans” проанализировано состояние учета и предложены рекомендации по его совершенствованию. Результаты исследования подчеркивают важность синергии синтетического и аналитического учета для повышения качества отчетности и эффективности внутреннего аудита.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

90


MIKROMOLIYA TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI

YURITISHNING SINTETIK VA ANALITIK HISOBINI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI

G‘ofurov Iskandar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

ORCID: 0009-0003-5021-

746Х

gafurov_iskandar@sbtsue.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishda

sintetik va analitik hisobning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘zaro integratsiyasi va amaliyotdagi

muammoli jihatlari tahlil etilgan. “IMKON FINANS”, “Vodiy Taraqqiyot” va “Biznes Finans”

mikromoliya tashkilotlari misolida sintetik va analitik hisob yuritilishining holati o‘rganilgan va
ularni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ushbu tashkilotlarda

moliyaviy hisobotlar sifatini oshirish va ichki audit jarayonlarini samarali tashkil etishda sintetik va

analitik hisobning ahamiyatini tasdiqlaydi.

Kalit so‘zlar:

mikromoliya tashkilotlari, buxgalteriya hisobi, sintetik hisob, analitik hisob,

schyotlar rejasi, audit, moliyaviy hisobot.

ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ СИНТЕТИЧЕСКОГО И АНАЛИТИЧЕСКОГО УЧЕТА В

МИКРОФИНАНСОВЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Гафуров Искандар

Самаркандский филиал Ташкентского

государственного экономического университета

Аннотация.

В статье рассматриваются особенности ведения синтетического и

аналитического учета в микрофинансовых организациях, их взаимная интеграция и
практические проблемы. На примере организаций “

IMKON FINANS

”, “

Vodiy Taraqqiyot

va

Biznes Finans

” проанализировано состояние учета и предложены рекомендации по его

совершенствованию. Результаты исследования подчеркивают важность синергии
синтетического и аналитического учета для повышения качества отчетности и

эффективности внутреннего аудита.

Ключевые слова:

микрофинансовые организации, бухгалтерский учет, синтетический

учет, аналитический учет, план счетов, аудит, финансовая отчетность.

FEATURES OF ORGANIZATION OF SYNTHETIC AND ANALYTICAL ACCOUNTING IN

MICROFINANCE ORGANIZATIONS

Gafurov Iskandar

Samarkand Branch of the Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article explores the features of maintaining synthetic and analytical accounting

in microfinance institutions, focusing on their integration and existing practical challenges. The

analysis of “IMKON FINANS”, “Vodiy Taraqqiyot” va “Biznes Finans” organizations illustrates current

practices and provides recommendations for improvement. The study confirms the importance of

integrating synthetic and analytical accounting for enhancing financial reporting quality and internal
audit effectiveness.

UO‘K:

656.071.32

V SON - MAY, 2025

90-94

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

91

Keywords:

microfinance institutions, accounting, synthetic accounting, analytical accounting,

chart of accounts, audit, financial reporting.

Kirish.

Mikromoliya tashkilotlari zamonaviy iqtisodiy hayotda aholi qatlamlarining moliyaviy

inklyuziyasini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular

xususan past daromadli aholiga, kichik

biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kichik hajmdagi kreditlar, lizing, mikrosug‘urta va

boshqa moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatib, ijtimoiy

-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga

xizmat qiladi. Ushbu subyektlarning moliyaviy faoliyatini aniq va shaffof tarzda aks ettiruvchi

buxgalteriya hisobi tizimi ularning faoliyati samaradorligini oshirish, ichki nazoratni

kuchaytirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb

etadi.

Buxgalteriya hisobining asosi bo‘lib xizmat qiladigan sintetik va analitik hisob

mikromoliya tashkilotlarining har bir moliyaviy amaliyotini to‘g‘ri aks ettirish, operatsiyalarni

tizimli tahlil qilish va nazorat qilish imkonini beradi. Sintetik hisob

bu buxgalteriya

schyotlari bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rinishdagi hisob bo‘lib, aktivlar, majburiyatlar va

kapital harakatlarini umumiy tarzda ifodalaydi. Analitik hisob esa har bir moliyaviy

operatsiyani mijozlar, shartnomalar, sana yoki boshqa tahliliy mez

onlar bo‘yicha tafsiliy aks

ettiradi.

Ayniqsa, kredit operatsiyalari, qarzdorlikni monitoring qilish, foiz tushumlarini aniqlash

va kredit zaxiralarini shakllantirishda analitik hisobning o‘rni beqiyosdir. Shuningdek,

buxgalteriya axborot tizimlarida sintetik va analitik hisoblar o‘rtasidagi m

uvofiqlikni

ta’minlash —

moliyaviy axborotlarning ishonchliligini oshiradi. Xalqaro moliyaviy hisobot

standartlari (IFRS) ham bu ikki hisob turining uyg‘unligini moliyaviy hisobotlar sifati uchun

muhim omil sifatida belgilaydi.

O‘zbekistondagi amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, mikromoliya tashkilotlarida

buxgalteriya hisobining texnik jihatdan yuritilishi avtomatlashtirilgan bo‘lsa

-da, sintetik va

analitik hisoblar o‘rtasida integratsiyalashgan tizim yetarli emas. Bu holat esa moliy

aviy

tahlillar, audit jarayonlari va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muayyan cheklovlar

tug‘diradi.

Shu sababli mazkur maqolada mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini

yuritishda sintetik va analitik hisobni tashkil etishning nazariy asoslari, ularning amaliy

yondashuvlari va tashkilotlar tajribasida uchrayotgan muammo hamda yechimlar tizimli
r

avishda o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari asosida takomillashgan hisob modelini joriy etish

uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar shakllantiriladi.

Adabiyotlar sharhi.

Mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish, xususan sintetik va analitik

hisobning o‘zaro uyg‘unlashuvi bo‘yicha ilmiy qarashlar va amaliy yondashuvlar turli

manbalarda tahlil etilgan. Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu ikki

hisob turining

uyg‘unligi moliyaviy hisobotlarning sifati va boshqaruv qarorlarining samaradorligi uchun

muhim poydevor hisoblanadi.

Pikuzon (2021) o‘z tadqiqotida buxgalteriya hisobini shakllantirishda garovli

operatsiyalar bo‘yicha sintetik va analitik hisobning to‘g‘ri muvofiqlashtirilishi zarurligini

ta’kidlab, ayniqsa lombard faoliyatida analitik hisob yuritishning auditorlik teksh

iruvlardagi

ahamiyatini alohida ko‘rsatadi. Muallif fikricha, “moliyaviy hisobotlarda tafsilotlarning to‘g‘ri
aks etishi ichki nazorat mexanizmlarining asosiy kafolatidir”.

Rosenberg (2021) mikromoliya tashkilotlarining moliyaviy hisobot tizimlari ularning

tashqi auditorlar, donorlar va investorlar bilan ishlash sifati va ishonchliligini belgilab berishini

ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarga mos

bo‘lishi nafaqat tartibga

soluvchilar uchun, balki tashkilotning o‘zining barqaror rivojlanishi uchun ham muhimdir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

92

Helms va Brigit (2022) mikromoliya sektorida hisob yuritish faqat moliyaviy

ko‘rsatkichlarni emas, balki ijtimoiy ta’sir indikatorlarini ham aks ettirishi kerakligini uqtiradi.

U mikromoliya hisob siyosatining asosiy vazifasi sifatida ikki tomonlama

moliyaviy va ijtimoiy

samaradorlikni muvozanatlashni ilgari suradi.

Muravyev (2020) o‘z izlanishlarida mikromoliya tashkilotlarida sintetik va analitik

hisobotlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash orqali qaror qabul qilish samaradorligini

oshirish mumkinligini ko‘rsatgan. U bu yondashuvni “axborot zanjirining uzluksizligi” deb atab,

hisob siyosatini avtomatlashtirish orqali boshqaruv sifatini keskin yaxshilash mumkinligini

asoslaydi.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)da esa sintetik va analitik hisobotlarning

o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, buxgalteriya axborotlari orasida izchillik va to‘liqlik prinsipiga

amal qilish asosiy tamoyil sifatida ko‘rsatiladi (IFRS, 2022). Jumla

dan, 7-

standartda “moliyaviy

vositalar bo‘yicha hisobotlar real holatni aks ettirishi va har bir mijoz, aktiv yoki qarz bo‘yicha
tafsilotlar qayd etilishi lozim” deb qayd etilgan.

IMKON FINANS va Vodiy Taraqqiyot mikromoliya tashkilotlarining 2021

2022 yillar

uchun yillik hisobotlarida schyotlar tizimi orqali daromad va xarajatlar, foiz tushumlari va

kreditlar bo‘yicha tafsilotlar keltirilgan bo‘lsa

-da, ayrim holatlarda sintetik va analitik

tafovutlar aniqlangan. Bu esa, auditorlik nazoratida tushunarsiz tafovutlar yuzaga kelishiga olib

kelgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida kredit kooperatsiyalarida buxgalteriya hisobini

yuritish tajribasi o‘rganilgan dissertatsiyalarda ham analitik hisobotlarning real vaqt rejimida

avtomatlashtirilgan holda yuritilishi buxgalteriya axborotining tezkorligig

a bevosita ta’sir

qilishi ta’kidlanadi (Ivanova, 2020).

Xulosa qilib aytganda, tahlil etilgan adabiyotlar mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya

hisobining sintetik va analitik qismlarini samarali integratsiyalash zarurligini asoslaydi. Aynan

shu yondashuv orqali moliyaviy nazorat, audit, soliq hisoboti va boshqaruv qarorlarini asoslash
kabi jarayonlarda aniqlik va ishonchlilik ta'minlanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot davomida normativ hujjatlar, xalqaro buxgalteriya standartlari (IFRS),

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi me’yoriy hujjatlari hamda “IMKON FINANS”, “Vodiy

Taraqqiyot” va “Biznes Finans” mikromoliya tashkilotlarining amaliy tajribasi o‘rgani

ldi.

Tadqiqot usuli sifatida taqqoslash, sistemali tahlil, empirik kuzatuv va hujjatlarni o‘rganishdan

foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobining sifatli yuritilishi moliyaviy shaffoflik,

ichki nazorat samaradorligi va tashqi auditorlik jarayonlarining aniqligini ta'minlashda hal

qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadik

i, sintetik va analitik hisob

yuritish jarayonlari ko‘plab tashkilotlarda avtomatlashtirilgan bo‘lsa

-

da, ularning o‘zaro

integratsiyasi va mosligi yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu holat hisob

-kitoblarda tafovutlar,

tahlil qilinmagan zaxiralar, noto‘g‘ri

prognozlar va auditorlik kamchiliklariga olib kelmoqda.

Tadqiqot doirasida IMKON FINANS, Vodiy Taraqqiyot va Biznes Finans mikromoliya

tashkilotlarining 2021

2023 yillardagi moliyaviy hisoblari asosida sintetik va analitik

hisobotlar solishtirildi. Natijalarga ko‘ra, IMKON FINANS tashkilotida kredit operatsiyal

ari

bo‘yicha sintetik va analitik hisobdagi tafsilotlar to‘liq mos kelgan, biroq boshqa operatsiyalar,

masalan, amortizatsiya va xizmat xarajatlari bo‘yicha tafsilotlar umumlashtirilgan holda

yuritilgan.

Vodiy Taraqqiyotda esa ayrim sintetik schyotlar bo‘yicha analitik tafsilotlar yuritilmagan,

bu esa qarzdorlik tahlilini murakkablashtirgan. Biznes Finans tashkilotida esa har bir kredit


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

93

bo‘yicha alohida analitik tafsilotlar mavjud bo‘lsa

-da, ushbu tafsilotlar sintetik hisobotlar bilan

avtomatik bog‘lanmagan, ya’ni qo‘lda qo‘shiluvchi integratsiya mavjud.

Quyidagi jadvalda uchta tashkilot bo‘yicha asosiy sintetik va analitik hisob komponentlari

solishtirilgan:

1-jadval

Mikromoliya tashkilotlarida sintetik va analitik hisob yuritilishining

taqqoslama tahlili

Tashkilot

nomi

Sintetik hisob holati Analitik hisob holati

Aniqlangan muammo va

imkoniyatlar

1

IMKON

FINANS

Kredit va foiz

schyotlari to‘liq

Kreditlar va foizlar

bo‘yicha batafsil

mavjud

Xarajatlar bo‘yicha tafsilotlar

cheklangan

2

Vodiy

Taraqqiyot

Umumlashtirilgan

schyotlar mavjud

Qarzdorlik bo‘yicha

tafsilotlar yetarli

emas

Qarzdorlik strukturasi noaniq,

tahlil qiyin

3

Biznes
Finans

2-darajali schyotlar

yuritiladi

Mijozlar kesimida

tafsilotlar yaxshi

yo‘lga qo‘yilgan

Analitika sintetik hisob bilan

integratsiyalashmagan

Ushbu tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mikromoliya tashkilotlarida hisobni tashkil etishda

sintetik va analitik

tizimlar o‘rtasida avtomatik muvofiqlashtirish, ya’ni real vaqt rejimida

ularning bog‘langanligi asosiy talablardan biri bo‘lib qolmoqda. Amaliyotda bu yondashuvlar

mavjud bo‘lsa

-

da, ko‘plab tashkilotlar ularni to‘liq tatbiq qilmagan.

Shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiqlashtirishda analitik

hisob yuritish ko‘lami kengaytirilishi, auditga tayyor bo‘lgan tahliliy ko‘rsatkichlar

shakllantirilishi, schyotlar rejasining to‘g‘ri tuzilishi zarur. Bu, o‘z navbati

da, moliyaviy

barqarorlikni kuchaytirish, donorlar bilan ishlash sifatini oshirish va ishonchli boshqaruv

qarorlarini qabul qilish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, sintetik va analitik hisob o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash

uchun raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish lozim. Xususan, ERP (Enterprise

Resource Planning) tizimlaridan foydalanish orqali barcha buxgalteriya operatsiyalarini

yagona axborot tizimi asosida boshqarish mumkin bo‘ladi. Bu nafaqat hisob

-kitobdagi

tafovutlarni minimallashtiradi, balki hisobotlar tayyorlash muddatlarini qisqartiradi va inson

omiliga bog‘liq xatolarni kamaytiradi. Shuningdek, tashkilotlar

ichida malakali buxgalterlarni

tayyorlash, doimiy kasbiy rivojlanish kurslarini yo‘lga qo‘yish, va zamonaviy buxgalteriya
dasturlarini qo‘llash ko‘nikmalarini oshirish orqali tizimning samaradorligi oshiriladi.

Kelgusida mikromoliya tashkilotlari uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ish olib borish

maqsadga muvofiq:

-Sintetik va analitik hisob tizimlarini real vaqt rejimida integratsiyalovchi dasturiy

ta’minotlar joriy etish;

-

Har bir schyot bo‘yicha minimal analitik tafsilotlar me’yorini belgilovchi ichki siyosat

ishlab chiqish;

-Auditorlik jarayonlariga tayyorlik darajasini oshirish uchun har chorakda avtomatik

monitoring tizimini ishga tushirish;

-Xalqaro standartlarga mos schyotlar rejasini ishlab chiqish va doimiy ravishda yangilab

borish.

Mazkur yondashuvlar orqali mikromoliya tashkilotlari nafaqat hisob yuritish sifatini

oshiradi, balki ularning moliyaviy barqarorligi, axborot shaffofligi va investorlar ishonchi ham

sezilarli darajada kuchayadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

94

Xulosa va takliflar.

Mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobi sintetik va analitik hisoblarning to‘g‘ri

tashkil etilishi orqali moliyaviy shaffoflik va samaradorlikka erishiladi. Tadqiqot natijalariga

ko‘ra, tashkilotlar buxgalteriya amaliyotida sintetik hisobni shakllantirishga ko‘proq urg‘u

berayotgan bo‘lsa

-da, analitik hisobotlar yetarli darajada tizimlashtirilmagan.

Bunday holat moliyaviy tahlil, risklarni baholash va ichki audit jarayonlariga salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Shu bois mikromoliya tashkilotlarida avtomatlashtirilgan analitik hisobotlar

tizimini joriy qilish, real vaqt rejimida yangilanadigan indikatorlar asosida analitik bazani

shakllantirish, shuningdek, buxgalteriya axborot tizimini sintetik va analitik bloklar
integratsiyasi asosida qayta qurish zarur.

Kelgusida bu sohada raqamli texnologiyalar, masofaviy monitoring vositalari va

buxgalteriya

standartlariga

asoslangan

yangilanishlar

mikromoliya

sektorining

samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Adabiyotlar/

Литература

/References:

Biznes Finans MChJ (2023) Biznes Finans MChJ mikromoliya tashkiloti. Yillik hisobotlar

(2021

2023).

Toshkent: Tashkilot nashriyoti,

40 b.

Ernst & Young. (2021). How digital finance transformation is redefining financial

operations. https://www.ey.com

Helms, B. (2006). Access for All: Building Inclusive Financial Systems. Consultative Group to

Assist the Poor (CGAP). https://www.cgap.org/research/publication/access-all-building-

inclusive-financial-systems

IFAC (2020). International Federation of Accountants. Digitization and the Future of the

Finance Function. https://www.ifac.org

IFRS (2022) International Financial Reporting Standards Official standards. IFRS

Foundation.

London,

[Elektron manba]. URL: https://www.ifrs.org/

IMKON FINANS MChJ (2023) IMKON FINANS MChJ mikromoliya tashkiloti yillik moliyaviy

hisobotlari

Andijon, 2021

2023.

35 b.

Muravyev, A.A. (2020). Buxgalteriya hisobining sintetik va analitik tizimlari: Mikromoliya

tashkilotlarida qo'llanilishi. Moliya va Iqtisodiyot Jurnali, (3), 45

52.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2023). Mikromoliya tashkilotlarida hisob

yuritish bo‘yicha metodik qo‘llanma.

Rosenberg, R., Gonzalez, A., & Narain, S. (2009). The New Moneylenders: Are the Poor Being

Exploited by High Microcredit Interest Rates? CGAP Occasional Paper No. 15. Consultative Group
to Assist the Poor (CGAP). https://www.researchgate.net/publication/ 228200289_Are_

Microcredit_Interest_Rates_Excessive

Vodiy Taraqqiyot (2022) Vodiy Taraqqiyot mikromoliya tashkiloti. Moliyaviy hisobotlar

(2020

2022).

Farg

ona: Tashkilot arxivi,

28 b.

Иванова С.А. (2020) Организация аналитического учета в кредитных

потребительских кооперативах: автореф. дис. ... канд. экон. наук. –

СПб.: СПбГУ, –

28 с.

Исламов А.Ш. (2020) Микромолия

tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va nazorat tizimi:

o

quv-uslubiy qo

llanma.

Toshkent: TMI,

112 b.

Ковалев В.В., (2020) Баранова И.А. Финансовый учет в кредитных организациях. –

М.:

Юрайт, –

384 с.

Пикузон Н.Г. (2021) Бухгалтерский учет залоговых операций в ломбардах: автореф.

дис. ... канд. экон. наук. –

М.: Финансовый университет при Правительстве РФ, –

26 с.

Селезнева С.Н. (2019) Бухгалтерский учет в микрофинансовых организациях / Под

ред.–

М.: Инфра

-

М, 2019. –

256 с.

Библиографические ссылки

Biznes Finans MChJ (2023) Biznes Finans MChJ mikromoliya tashkiloti. Yillik hisobotlar (2021–2023). – Toshkent: Tashkilot nashriyoti, – 40 b.

Ernst & Young. (2021). How digital finance transformation is redefining financial operations. https://www.ey.com

Helms, B. (2006). Access for All: Building Inclusive Financial Systems. Consultative Group to Assist the Poor (CGAP). https://www.cgap.org/research/publication/access-all-building-inclusive-financial-systems

IFAC (2020). International Federation of Accountants. Digitization and the Future of the Finance Function. https://www.ifac.org

IFRS (2022) International Financial Reporting Standards Official standards. IFRS Foundation. – London, – [Elektron manba]. URL: https://www.ifrs.org/

IMKON FINANS MChJ (2023) IMKON FINANS MChJ mikromoliya tashkiloti yillik moliyaviy hisobotlari– Andijon, 2021–2023. – 35 b.

Muravyev, A.A. (2020). Buxgalteriya hisobining sintetik va analitik tizimlari: Mikromoliya tashkilotlarida qo'llanilishi. Moliya va Iqtisodiyot Jurnali, (3), 45–52.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2023). Mikromoliya tashkilotlarida hisob yuritish bo‘yicha metodik qo‘llanma.

Rosenberg, R., Gonzalez, A., & Narain, S. (2009). The New Moneylenders: Are the Poor Being Exploited by High Microcredit Interest Rates? CGAP Occasional Paper No. 15. Consultative Group to Assist the Poor (CGAP). https://www.researchgate.net/publication/ 228200289_Are_ Microcredit_Interest_Rates_Excessive

Vodiy Taraqqiyot (2022) Vodiy Taraqqiyot mikromoliya tashkiloti. Moliyaviy hisobotlar (2020–2022). – Farg‘ona: Tashkilot arxivi, – 28 b.

Иванова С.А. (2020) Организация аналитического учета в кредитных потребительских кооперативах: автореф. дис. ... канд. экон. наук. – СПб.: СПбГУ, – 28 с.

Исламов А.Ш. (2020) Микромолия tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va nazorat tizimi: o‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: TMI, – 112 b.

Ковалев В.В., (2020) Баранова И.А. Финансовый учет в кредитных организациях. – М.: Юрайт, – 384 с.

Пикузон Н.Г. (2021) Бухгалтерский учет залоговых операций в ломбардах: автореф. дис. ... канд. экон. наук. – М.: Финансовый университет при Правительстве РФ, – 26 с.

Селезнева С.Н. (2019) Бухгалтерский учет в микрофинансовых организациях / Под ред.– М.: Инфра-М, 2019. – 256 с.