Авторы

  • Бердымурод Бозоров
    Самаркандский государственный университет имени Шарафа Рашидова https://orcid.org/0000-0003-3267-0589
  • Нодира Улугмурадова
    Самаркандский государственный университет имени Шарафа Рашидова https://orcid.org/0009-0009-2555-9461

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.123427

Ключевые слова:

сотсиално-экономическое развитие занятост трудовые ресурсы трудоспособное население сентры обеспеченност рынок труд

Аннотация

В стате проанализированы и изучены экономические показатели обеспечения занятости населения в регионах. Основное внимание уделено уровню роста численности населения и обращениям в сентры содействия занятости на раённом уровне.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

64


HUDUDLARDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASHNING

IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI

dots.

Bozorov Berdimurod

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

ORCID: 0000-0003-3267-0589

b.bozorov1953@gmail.com

Ulug‘muradova Nodira

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

ORCID: 0009-0009-2555-9461

nodi79.79@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada hududlarda aholi ish bilan bandligini ta’minlashning iqtisodiy

ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va o‘rganib chiqilgan. Asosiy e’tibor tumanlar kesimida aholining

o‘sish darajasi va bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaatlar o‘rganib chiqilgan

.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, bandlik, mehnat resurslari, layoqatli aholi,

markazlar, ta’minlanganlik, mehnat bozori.

ЕКОНОМИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В

РЕГИОНАХ

доц.

Бозоров Бердымурод

Самаркандский государственный университет имени Шарафа Рашидова

Улугмурадова Нодира

Самаркандский государственный университет имени Шарафа Рашидова

Аннотация

.

В стате проанализированы и изучены экономические показатели

обеспечения занятости населения в регионах. Основное внимание уделено уровню роста

численности населения и обращениям в сентры содействия занятости на раённом

уровне.

Ключевые слова:

сотсиално

-

экономическое развитие, занятост, трудовые

ресурсы, трудоспособное население, сентры, обеспеченност, рынок труда.

ECONOMIC INDICATORS OF ENSURING EMPLOYMENT IN THE REGIONS

assoc. prof.

Bozorov Berdimurod

Samarkand State University named after Sharof Rashidov

Ulugmuradova Nodira

Samarkand State University named after Sharof Rashidov

Abstract.

This article analyzes and studies the economic indicators of ensuring employment

in the regions. The main focus is on the population growth rate and the number of applications

submitted to employment support centers at the district level.

Keywords:

socio-economic development, employment, labor resources, able-bodied

population, centers, provision, labor market.

UO‘K:

331.5(575.4)

V SON - MAY, 2025

64-70

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

65

Kirish.

Bugungi kunda Jahonda aholining bandlik darajasini

oshirishda ish bilan taʼminlashning

samarali shakllari va usllarini joriy etish, noramiy bandlikni metodologik-uslubiy va amaliy

yondashuvlarni takomillashtirish asosida qisqartirish, nostandart sharoitlarda aholini qisqa

muddatli ish bilan taʼminlash boʻyicha maqsadli dasturlarni asoslash kabi yoʻnalishlarda ilmiy

-

tadqiotlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada aholining ish bilan bandligining

innovatsion turlarini kengaytirish, ishsizlikni kamaytirish, iqtisodiy rivojlanishning oʻzaro

aloqadorligini

asoslash kabi ilmiy yoʻnalishlar ilmiy asoslarini takomillashtirishga alohida

eʼtibor qaratilmoqda.

Yangi Oʻzbekistonda aholining turmush sifatini yaxshilash, doimiy ish bilan bandlikni

taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali ishsizlikni kamaytirish kabi masalalar ustuvor

ahamiyat kasb etmoqda “Hududlarda aholining turmush darajasi va sifati

ni yaxshilash,

xususan kambagʻallikni qisqartirish vazifalari koʻp jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va

sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun

fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barq

aror ish oʻrinlarini tashkil etish

bilan bevosita bogʻliqdir” (Farmon, 2020).

Shu o‘rinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Eng asosiysi,

qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xo‘jaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod

odamlarimiz band bo‘lib, daromad olyapti” (Murojaatnoma, 2022) , deb ta’kidlaganlar.

Mamlakatda kambag’allikni kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lgan ishsizlikni

kamaytirish va ish bilan bandlikni oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni

ko‘paytirish hamda yoshlarini zamonaviy mutaxasislik va kasb

-hunarlarga tayyorlashni

strategik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy va ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan raqamli bozor

iqtisodiyoti talablari asosida еtarlicha olib borilmagan.

Yuqorida qayd etilgan dolzarb muammolarni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti

tamoyillari asosida hal etish bo‘yicha ilmiy

-amaliy asoslangan xulosalar va tavsiyanomalar

ishlab chiqish mamlakat iqtisodiyot fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi.

Ish bilan bandlik tushunchasiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud boʻlib, jumladan,

rossiyalik iqtisodchi olim Rofe (2017) ushbu tushunchaga quydagicha munosabat bildiradi -

“Aholining ish bilan bandligi

- bu aholi iqtisodiy faol qismining bandlik holati

boʻlib, u odamlar

uchun ish joylari mavjudligi bilan tavsiflanadi, yaʼni amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan,

daromadli mashgʻulot bilan band boʻlishidir. Boshqacha qilib aytganda, ish bilan bandlik

- bu

odamlarga ish haqi, mehnat daromadi keltiradigan ij

timoiy zarur mehnat bilan taʼminlash

demakdir”.

Shuningdek, еtuk iqtisodchi olimlardan Aliyev, Gorelov, Ilinalar (2016) ushbu

tushunchaga: “Ish bilan bandlik ijtimoiyiqtisodiy hodisa sifatida fuqarolarning shaxsiy va

ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq hamda mehnatdan daromad (ish haqi) kelti

ruvchi

ijtimoiy foydali mehnat sifatida namoyon boʻlishi mumkin”

-

deb taʼrif berganlar.

Rossiya iqtisodchi olimlari Odegov va Rudenkolar (2019) “bandlik –

bu mehnat

resurslariga boʻlgan talabni oshirishga yoʻnaltirilgan chora

-

tadbirlar yigʻindisi” deb taʼrif

berganlar.

Mahalliy olimlarimiz tomonidan bildirilgan fikrlar, jumladan akademik Abdurahmonov

(2019) tomonidan “Ish bilan bandlik munosabatlari iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jarayonlar

bilan bogʻliq”. Ish bilan bandlikning iqtisodiy mazmuni xodimning oʻz mehnati bilan oʻziga

munosib hayot kechirishni taʼminlash bilan bir qatorda ijtimoiy ishlab chiqarishni

rivojlantirishni ham ifodalaydi.

Ish bilan bandlik maqomi ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etuvchi mehnat

resurslarining bir qismi uchun belgilanadi. Bular daromad olish maqsadida tovarlar ishlab

chiqarish va xizmat koʻrsatish uchun ish kuchini taklif qiladigan kishilar guruhi, shunin

gdek,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

66

ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etsa ham, bevosita pul daromadi keltirmaydigan “aholi
guruhi yohud neʼmatlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq daromad

keltiradigan kishilar guruhlaridan tashkil topadi” (Abdurahmonov, 2019

) -

deb taʼkidlanadi.

Darhaqiqat, aholining ish bilan bandligi tushunchasiga berilgan ushbu taʼrif

atroflicha

yoritilishiga xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Huddularda aholi ish bilan bandligini ta’minlashning iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha

olib borilgan izlanishlar jarayonida qiyosiy solishtirishlar, olib borilgan izlanishlar, statistik va

boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish , iqtisodiy jihatdan taqqoslash

, mantiqiy fikrlash, ilmiy,

abstraksiya, ma’lumotlarni guruhlash, tahlil va sintez usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq joylarida aholini ish bilan bandligini

ta’minlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash birinchi

navbatda, qishloq joylari aholisining foydali mehnat bilan band bo‘lishini, uning mehnat

daromadiga ega bo‘lishi, mamlkat uchun uning ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda

bandligini, aholini yashash sharoitini va turmush sifatini yaxshilashga olib keladi.

Bizga ma’lumki, yurtimiz qishloq joylarida har yili milliy iqtisodiyotni barqaror

rivojlantirish, hududlar bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish,

aholining ijtmioiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli Dasturlar qabul

qilinayapti.

Mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi;

yuz minglab ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklif bo‘yicha

nomutanosiblikning mavjudligi;

ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.

Samarqand viloyati bo‘yicha 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra “Aholini ish bilan ta’minlash

Dasturi” ning bajarilishi quyidagi jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan (1

-jadval).

1-jadval

Samarqand viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash hududiy Dasturi”ning bajarilishi

(yil boshiga nisbatan)

Ko‘rsatkichlar

2018

y.

2019

y.

2020

y.

2021

y.

2022

y.

2018-2022

y.y.da o‘sish

,

(%)

BKM ga ish so‘rab murojaat

qilganlar (ming kishi)

74,2

74,6

42,2

38,5

37,2

2 marta

kamaygan

BKM lar yo‘llanmasi bilan

ishga joylashganlar (ming

kishi)

73,1

73,5

40,1

37,7

35,1

2 marta

kamaygan

Ishsiz maqomini olganlar

(ming kishi)

0,9

1,1

2,0

1,8

1,6

160,0

Kasbga o‘qitish va

malakasini oshirishga

yo‘naltirilganlar (kishi)

1056

1125

587

582

564

86,5

Haq to‘lanadigan jamoat

ishlariga yo‘naltirilgan

(kishi)

5500

5609

1365

1106

936

3 marta

kamaygan

Ishsizlik nafaqasi

tayinlanganlar (kishi)

1053

1116

90

105

102

11 marta

kamaygan

Korxonalarda mavjud bo‘sh

ish o‘rinlari (birlik)

2690

2763

3201

3783

5075

141,7


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

67

1

–jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida 2018

-2022 yillarda ish bilan

bandlikka ko‘maklashish markazlariga jami murojaat qilganlar 2 marta (37,2 %)ga kamaygan.

Shundan ish bilan bandlik markazlari yo‘llanmasi bilan ishga joylashganlar mazkur yi

llar

davomida 35,1 % (2 marta)ga kamaygan. Viloyatda ishsiz maqomini olganlar o‘rganilayotgan

davrda 160,0%ga o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa, kasbga o‘qitish va malakasini oshirishga
yo‘naltirilganlar ulushi 86,5 %ga kamaygan.

Shuningdek, bandlikka ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bilan ishga joylashganlar bu

davrlar mobaynida kamaygan. Ishga joylashganlar hissasining ish so‘rab murojaat qilganlarga

nisbatan bu davrlar oralig’ida kamayib borish tendensiyasi ko‘zatildi. Bunday o‘zgarishlar
asosan yangi va qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishi hisobiga amalga oshirilgan.

Samarqand viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash hududiy Dasturi”ning bajarilishi tahlil

qilinganda, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘naltirilgan 3245 tadan 936 kishiga kamaygan.

Shu bilan birga, ishsizlik nafaqasi tayinlanganlar 1154 kishidan 102 kishiga kamaygan hamda

korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari 141,7 %ga ortgan.

Bu esa ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat ish bilan bandlik jamg’armasining

passiv yo‘nalishlariga sarflanishining tejalishi ish bilan ta’minlashning faol yo‘nalishlariga

sarflanadigan mablag’larni moliyalashtirishni kengaytirish uchun manba bo‘lib hisoblanadi.

Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash qancha dolzarbligini to‘la

tasavvur qilish uchun demografik vaziyatga bir nazar tashlaylik. Bizda aholining tabiiy o‘sishi

keyingi yillarda bir oz sekinlashganiga qaramasdan, hamdo‘stlik mamlak

atlari orasida eng

yuqoriligicha saqlanib turibdi. Keyingi yillarda, respublikamizda aholining o‘sishi o‘rtacha 1,5%

ni tashkil etmoqda. Bu esa, mehnat resurslarini mutanosib ravishda o‘sishiga olib kelmoqda.

2-jadval

2022 yilda Samarqand viloyati bandlikka ko‘maklashish Markazlariga murojaat

qilganlardan ayollar va yoshlar tarkibi (yil boshiga nisbatan)

Ko‘rsatkichlar

Jami, viloyat

bo‘yicha

Shundan

,

Xotin-qizlar

Yoshlar

Bandlikka ko‘maklashish

markazlariga murojaat qilganlar

37228

12334

19658

Bandlikka ko‘maklashish

markazlari tomonidan ishga

joylashtirilganlar

35191

11684

18846

Ishsiz deb

e’tirof etildi

1645

520

359

Kasb urganishga yullandi

564

175

233

Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga

jalb qilindi

936

354

465

Ishsizlik nafaqasi tayinlanganlar

102

42

11

2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati tuman bandlikka ko‘maklashish

Markazlariga murojaat qilganlar 37228 kishi bo‘lib, shundan 12334 kishini xotin –

qizlar, 19628

kishini yoshlar tashkil etgan. Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan is

hga

joylashtirilganlardan xotin qizlar 11684 kishi, kollej hamda OTM bitiruvchilari bo‘lgan 18846ta
yoshlar yangi ish joylariga ishga joylashtirilgan. Viloyatda ishsiz deb e’tirof etilganlarning 520

nafari xotin-

qizlar, 359 nafarini yoshlar, kasbga yo‘nalt

irilganlarning 175 nafari xotin-qizlar,

233 nafarini yoshlar, haq to‘lanadigan va jamoat ishlariga 354 nafari xotin

-qizlar, 465 nafarini

yoshlar hamda ishsizlik nafaqasi tayinlanganlarning 42 nafari xotin-qizlar, 11 nafarini yoshlar
tashkil qiladi (2-jadval).

Samarqand viloyati qishloq joylarida mehnat resurslari 2022 yil boshiga (1621,9 ming

kishi) 2018 yil boshiga (1535,4 ming kishi) nisbatan 105,6 %ga o‘sish tendensiyasiga ega.

Mehnat resurslari viloyat tumanlari kesimida o‘rganilganda Qo‘shrabod (105,8%), N

arpay


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

68

(105,8%), Pastdarg’om (105,8%), Paxtachi (105,8%), Tayloq (105,8%), Ishtixon (105,7%) va
Kattaqo‘rg’on (105,7%) tumanlarida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori hisoblanadi. Viloyatning

Bulung’ur va Payariq tumanlarida mehnat resurslari eng past darajada (105,0%) o‘sish

tendensiyasiga ega.

3-jadval

Samarqand viloyati qishloq joylaridagi mehnat resurslari holati (yil boshiga nisbatan)

2018 y

2019 y

2020 y

2021 y

2022 y

2022 yil

2018 yilga

nisbatan,

%da

Jami

1535,4

1559,2

1583,1

1605,5

1621,9

105,6

tumanlar:

1

Oqdaryo

85,6

86,9

88,2

89,5

90,5

105,7

2

Bulung’ur

77,6

78,6

79,8

80,8

81,5

105,0

3

Jomboy

78,1

79,3

80,5

81,5

82,3

105,4

4

Ishtixon

105,5

107,1

108,7

110,2

111,5

105,7

5

Kattaqo‘rg’on

125,3

127,3

129,2

131,0

132,4

105,7

6

Qo‘shrabot

59,9

60,9

61,9

62,7

63,4

105,8

7

Narpay

101,2

102,8

104,4

105,8

106,3

105,8

8

Nurobod

66,5

67,5

68,6

69,4

70,0

105,3

9

Payariq

121,4

123,3

125,1

126,9

127,8

105,0

10

Pastdarg’om

160,7

163,3

165,8

168,3

170,5

105,8

11

Paxtachi

79,7

80,9

82,2

83,4

84,3

105,8

12

Samarqand

166,9

169,6

172,1

174,8

176,2

105,6

13

Tayloq

93,6

95,0

96,5

97,8

99,0

105,8

14

Urgut

213,4

216,7

220,1

223,4

225,4

105,6


Samarqand viloyati qishloq joylarida aholini ish bilan bandligi

ko‘rsatkichlari 2022 yil

boshida (1170,7 ming kishi) 2018 yil boshiga (1003,8 ming kishi) nisbatan 121,3 %ga o‘sish

tendensiyasiga ega. Viloyat qishloq tumanlari tahlil qilinganda, Payariq tumani qishloq

joylarida 148,3%ga, Narpay tumanida 137,2%ga yuqori

o‘sish kuzatilgan. Qishloq joylarining

aholisini so‘ngi vaqtlarda aholini ish bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor natijasi hisoblanadi.

Shuningdek, viloyat qishloq joylarida aholining mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini

qo‘llab

-

quvvatlash va rag’batlantirish, kasb hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining

bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublar

ni joriy etish, ularni

bandligini ta’minlashda imtiyozlardan keng foydalanish, bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil

etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotidan foydalanish samaradorligini yuqori

ekanligidir.

Bugungi kunda bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish,

ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish
bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag’batlantirish chorasini ko‘r

ish zaruratini keltirib

chiqardi.

Samarqand viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga

ko‘ra, 2022 yil boshida BKMga ish so‘rab murojaat qilganlarning 97,2% ish bilan ta’minlangan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

69

4-jadval

Samarqand viloyati qishloq joylarida ish bilan band bo‘lganlar bo‘lganlar holati (yil

boshiga nisbatan)

2018 y

2019 y

2020 y

2021 y

2022 y

2022 yil 2018

yilga

nisbatan,

%da

Jami

1003,8

1036,6

1071,1

1102,7

1170,7

121,3

tumanlar:

1

Oqdaryo

49,2

50,8

52,5

54,1

55,7

117,3

2

Bulung’ur

54,5

56,3

58,2

59,9

61,8

117,3

3

Jomboy

55,5

57,3

59,3

61,0

62,9

117,4

4

Ishtixon

69,7

72,0

74,4

76,6

78,9

117,2

5

Kattaqo‘rg’on

88,8

91,7

94,7

97,5

100,5

117,1

6

Qo‘shrabot

38,3

39,6

40,8

41,9

43,4

117,0

7

Narpay

67,7

69,9

72,2

74,4

89,6

137,2

8

Nurobod

46,2

47,7

49,3

50,8

52,4

117,5

9

Payariq

79,1

81,7

84,4

86,9

113,3

148,3

10

Pastdarg’om

100,2

103,5

106,9

110,1

113,5

117,3

11

Paxtachi

53,6

55,3

57,2

58,9

60,7

117,2

12

Samarqand

100,4

103,7

107,2

110,4

111,3

114,6

13

Tayloq

58,5

60,4

62,4

64,2

66,1

117,0

14

Urgut

142,1

146,7

151,6

156,0

160,6

117,0

5-

jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2022

yil boshida Samarqand viloyati qishloq

joylarida tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari soni 76128 tani tashkil qiladi. Viloyatda ishsiz sifatida

ro‘yxatdan o‘tganlar soni 318 nafarni tashkil qiladi.

5-jadval

2022 yilda Samarqand viloyati qishloq joylari bo‘yicha BKMga ish so‘rab murojaat

qilganlar holati (yil boshiga nisbatan)

Bandlikka

ko‘maklashish

markazlariga

ish so‘rab

murojaat

qilganlar

Shundan, ish

bilan

ta’minlanganlar

Foizi

Ishsiz

sifatida

ro‘yxatga

olinganlar

Yangi

yaratilgan

ish

o‘rinlari

Jami

29026

28212

97,2

318

76128

tumanlar:

1

Oqdaryo

1596

1449

90,8

24

4300

2

Bulung’ur

2024

2000

98,8

21

5580

3

Jomboy

2490

2475

99,4

17

4400

4

Ishtixon

2287

2218

97,0

23

5914

5

Kattaqo‘rg‘on

2830

2703

95,5

17

5684

6

Qo‘shrabot

1250

1180

94,4

27

3787

7

Narpay

2040

2040

100,0

47

5454

8

Nurobod

1288

1288

100,0

5

4395

9

Payariq

2612

2567

98,3

40

6370

10

Pastdarg‘om

2934

2804

95,6

19

6201

11

Paxtachi

1727

1628

94,3

16

4769

12

Samarqand

1868

1826

97,8

4

4467

13

Tayloq

1529

1483

97,0

30

4700

14

Urgut

2551

2551

100,0

28

10107


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

70

Samarqand viloyati bo‘yicha qishloq joylarida bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish

so‘rab murojaat qilganlar Narpay, Nurobod va Urgut tumanlarida 100 % ish bilan ta’minlangan

bo‘lsa, ish so‘rab murojaat qilganlarning Oqdaryo tumanida 90,8%, Paxtachi tumanida 94,3%,

Qo‘shrabod tumanida 94,4% va Kattaqo‘rg’on tumanida 95,5% ish bilan ta’minlanishning past

darajasini tashkil etadi. Viloyat qishloq mehnat bozorida ya

ngi ish o‘rinlarini tashkil etilgani

Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilganlardan fuqarolardan 2 barobarga

ko‘pdir. Bunga sabab viloyatda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilinishi ham mehnat

bozoridagi ta’sirchan siyosatning muhim

uslubi sanaladi. Bundan maqsad

ish izlovchilarni

taklif etilayotgan bo‘sh joylari bilan tanishtirish, shuningdek, ularga qishloq mehnat bozori,
mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yangi kasbga o‘qitish to‘g’risida to‘liq malumot berishdan iborat.

Xulosa va takliflar.

Tahlillar natijasida shuni xulosa qilib shuni aytish mumkinki:
Innovatsion faoliyat yuqori darajali noaniqlik va xavf-xatar bilan, natijalarni

istiqbollashtirishning murakkabligi bilan tavsiflanadi. Innovatsiyalarni joriy etishning ustuvor

jihati bo‘lib, iqtisodiy shartlar hisoblansa, innovatsion faoliyat jarayonidagi

muhim parametr

bo‘lib vaqt hisoblanadi. Innovatsion jarayonga jalb qilinadigan resurslar, agar raqobatchi
bozorga yangi mahsulotni chiqarishda o‘zib ketsa, qadrsizlanishi mumkin.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda innovatsion faolikdan

iqtisodiy o‘sishning bosh omili sifatida foydalanadi. Yangi g‘oyalarni izlashdan to undan

foydalanish, tijoratlashtirish va keng yoyishgacha bo‘lgan davrda faoliyatning b

archa

bosqichlarini hisobga olish uchun “innovatsiya sikli” tushunchasini kiritish zarur. Innovatsiya
sikli yangiliklarni yaratish va uning hayotiylik davrlarini o‘z ichiga oladi. Bu holat shu narsa

bilan izohlanadiki, yangilikdan innovatsiyalarni yaratish uchun bir necha marotaba foydalanish

mumkin.

Adabiyotlar/Литература/References:

Abdurahmonov Q. (2019) Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Qayta

ishlangan va toʻldirilgan 3 nashri. T.: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «FAN»

nashriyot davlat korxonasi, T.:

262264 b.

Aliev I. M., Gorelov N. A., Ilina L. O. (2016) Ekonomika truda. V 2 ch. CHast 1 : uchebnik i

praktikum dlya bakalavriata i magistratur

ы

/3-e izd., pererab. i dop. M.: Izdatelstvo YUrayt, 74 s.

Farmon (2020)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 26-martdagi

“Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan
yangilash choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PF

-5975-sonli Farmoni//https://lex.uz/docs/4776669

Murojaatnoma (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy

Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi // https://president.uz/oz/lists/view/5774

Odegov YU. G., Rudenko G. G. (2019) Ekonomika truda : uchebnik i praktikum dlya

akademicheskogo bakalavriata / 3-e izd., pererab. i dop. Moskva : Izdatelstvo YUrayt, 89 s. (387s.)

Rofe A.I.(2017)Ekonomika truda: Konspekt leksiy: uchebnoe posobie/Moskva.:KNORUS,s. 90.

Библиографические ссылки

Abdurahmonov Q. (2019) Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Qayta ishlangan va toʻldirilgan 3 nashri. T.: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «FAN» nashriyot davlat korxonasi, T.: – 262264 b.

Aliev I. M., Gorelov N. A., Ilina L. O. (2016) Ekonomika truda. V 2 ch. CHast 1 : uchebnik i praktikum dlya bakalavriata i magistraturы /3-e izd., pererab. i dop. M.: Izdatelstvo YUrayt, 74 s.

Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5975-sonli Farmoni//https://lex.uz/docs/4776669

Murojaatnoma (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi // https://president.uz/oz/lists/view/5774

Odegov YU. G., Rudenko G. G. (2019) Ekonomika truda : uchebnik i praktikum dlya akademicheskogo bakalavriata / 3-e izd., pererab. i dop. Moskva : Izdatelstvo YUrayt, 89 s. (387s.)

Rofe A.I.(2017)Ekonomika truda: Konspekt leksiy: uchebnoe posobie/Moskva.:KNORUS,s. 90.