Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
107
MAMLAKATIMIZDA TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN
INVESTITSIYALARNING HOZIRGI HOLATI VA TENDENSIYALARI
Jumanova Gavhar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0006-0586-108X
Annotatsiya.
Ushbu maqola O
’
zbekistonda turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalarning
hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi. Turizmda investitsiyalarning hajmi,
manbalari va ularning turizm
infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni
ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sohadagi ichki va tashqi investitsiyalar, davlat siyosati va iqtisodiy
omillarning turizm sektoriga ta’siri kabi jihatlar tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm, investitsiya, mamlakat, rivojlanish, infratuzilma, xizmatlar, davlat
siyosati, iqtisodiy omillar, investitsiya hajmi, investitsiya manbalari, ichki investitsiyalar, tashqi
investitsiyalar, istiqbollar, tendensiyalar, sarmoya, turizm sektori, investitsiya samaradorligi.
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ТЕНДЕНЦИИ ИНВЕСТИЦИЙ В СЕКТОР ТУРИЗМА В
НАШЕЙ СТРАНЕ
Джуманова
Гавхар
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация
.
В статье анализируется современное состояние и тенденции развития
инвестиций в сферу туризма в Узбекистане. Рассмотрены объемы, источники инвестиций в
туризм, их роль в развитии туристической инфраструктуры и повышении качества услуг.
Также были изучены такие аспекты, как внутренние и иностранные инвестиции в отрасль,
государственная политика и влияние экономических факторов на туристический сектор.
Ключевые слова:
туризм, инвестиции, страна, развитие, инфраструктура, услуги,
государственная политика, экономические факторы, объем инвестиций, источники
инвестиций, внутренние инвестиции, иностранные инвестиции, перспективы, тенденции,
капитал, туристический сектор, эффективность инвестиций.
CURRENT STATUS AND TRENDS OF INVESTMENTS INTO THE TOURISM SECTOR IN OUR
COUNTRY
Jumanova Gavkhar
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the current state and trends of investment in tourism in
Uzbekistan. The volumes and sources of investment in tourism, their role in developing tourism
infrastructure and improving the quality of services are considered. Aspects such as domestic and
foreign investment in the industry, government policy and the impact of economic factors on the
tourism sector were also studied.
Keywords:
tourism, investment, country, development, infrastructure, services, public policy,
economic factors, investment volume, investment sources, domestic investment, foreign investment,
prospects, trends, capital, tourism sector, investment efficiency.
UO‘K:
379.85
V SON - MAY, 2025
107-110
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
108
Kirish.
Iqtisodiyotdagi tarkib o
’
zgarishlarning ahamiyati ortib borayotganligi milliy
iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblangan turizmni rivojlantirishni taqazo etmoqda.
Turizm dunyo miqyosidagi katta daromad keltiruvchi biznes turlaridan biri bo
’
lib, u
iqtisodiyotning drayver sohasi va hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa
aylanib ulgurgan.Ushbu soha turli davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o
’
rinlari
yaratish va xalqaro madaniy aloqalarni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Turizm
sektorida yaratilgan bitta ish o
’
rni sanoat tarmog
’
iga nisbatan 20 barobarga arzonga tushadi.
Dunyoda turizm va rekreatsiya rivojlangan davlatlarning YaIM tarkibida juda katta ulushga ega
hisoblanadi. YaIM tarkibida yuqori katta
ulushga ega boʻlgan mamlakatlar asosan orol
mamlakatlar, ekoturizm imkoniyatlariga ega davlatlar shuningdek uzoq tarixga ega boʻlgan
davlatlar iqtisodiyotida turizm yetakchi tarmoq hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan "2023–
2025 yillarda
turizmni rivojlantirish strategiyasi"ga muvofiq, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni
mamlakatimizga jalb qilish, raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish va xizmatlar
inn
ovatsiyasini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu
maqolada turizm moliyasida investitsiyalarning o’rni hamda ularning sektor rivojiga ta’siri
ilmiy asnoda tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Turizm moliyasida investitsiyalarning roliga oid ilmiy va amaliy tadqiqotlarga katta
e’tibor qaratilmnoqda.Maqolaning ushbu bo’limida mavzuga doir adabiyotlar tahlil
qilinib,asosiy ilmiy tadqiqot natijalari ko’rib chiqilgan.Ko’plab tadqiqotlar investitisiyalarni
turizm infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri ekanligini ko’rsatadi.
Xususan,
Butler (1980) tomonidan ishlab chiqilgan turizmning hayotiy sikl nazariyasiga e’tiborimizni
qaratsak, turizmning rivojlanish bosqichlarida investitsiyalar soha barqarorligini ta’minlashda
muhim rol o’ynashiga amin bo’lamiz. Boshqa bir tadqiqotda (UNWTO, 2022) turizmning
iqtisodiy o’sishga qo’shgan hissasi to’g’ridan
-
to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi bilan bog’liqligi
qayd etilgan.
Vyakina esa “turizm sohasidagi investitsiyalar kapital hisobidan turli sayyohlik
xizmatlarini ko’rsatishga qodir bo’lgan turistik obyektlarini yaratish, modernizatsiya qilish
yoki rekonstruksiya qilish jarayonidir” deb ta’rif keltirgan.
O’zbekiston turizm sohasida investitsiyalarning o’rganilishi bo’yicha nisbatan yangi
tadqiqotlar vujudga kelgan. Mamlakatda qabul qilingan “Turizmni rivojlantirish strategiyasi”
va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar bu sohada asosiy yo’nalishlarni belgilab
bergan.
Xususan, Xodjayeva (2021) tomonidan olib borilgan tadqiqotda xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish jarayonlari va ularning turizm infratuzilmasiga ta’siri ko’rib chiqilgan. (Hall, 2019).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada turizmda investitsiyalarning rolini o’rganish maqsadida iqtisodiy tahlil
va statistik ma’lumotlardan
foydalanildi. Shuningdek, xalqaro va mahalliy turizm rivojlanishiga
oid hisobotlar, Davlat statistika qo’mitasi va Jahon turizm tashkilotining(UNWTO) ma’lumotlari
tahlil etildi. Maqolada O’zbekistonning turizm sohasidagi ilg’or tajribalari va muvaffaqiyatl
i
loyihalari misol sifatida keltirildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O’zbekistonda turizm sohasi oxirgi yillarda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat
boy tarixiy merosi, madaniyati va tabiiy go’zalliklari bilan sayyohlar uchun jozibador manzilga
aylanmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar ko’plab sayyohlarni o’ziga jalb
qiladi. O’zbek hukumati turizmni rivojlantirish uchun infratuzilmani yaxshilash,
mehmonxonalar, transport va xizmat ko’rsatish sohasida investitsiyalarni ko’paytirish bo’yicha
qator dasturlarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
109
Investitsiya faoliyati -
investitsiya jarayoni ishtirokchilarining kapitalni to’plash,
o’zgartirish, joylashtirish, qo’yish va ulardan foydalanish bilan bog’liq holda yuzaga keladigan,
iqtisodiy tizimda maksimal ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natija olishga qaratilgan munosabatlari
yig’indisi hisoblanadi.Turizm moliyasida investitsiyalarning roli juda muhim bo’lib, u sohaning
uzoq muddatli rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligini ta’minlash uchun asosiy omillardan
hisoblanadi. Hukumatimiz turizm sektorida olib borilayotgan islohotlar bu borada katta
yutuqlarga erishishga yordam bermoqda. Kelgusida investitsiyalarni yanada kengroq jalb qilish
orqali mamlakat o’zining turizm salohiyatini to’liq amalga oshirishi mumkin.J
ahonda turizm
sohasidagi investitsiya loyihalari va kapital xarajatlarining pasayishi mintaqalar bo’yicha farq
qiladi. G’arbiy Evropada turizm kapitali 2020 va 2021 yillar oralig’ida atigi 2 foizga kamaydi,
Yaqin Sharqda esa ayni shu davrda 70 foizga o’sdi
. Bundan tashqari, Afrika 2021-yilda 2020-
yilga nisbatan ikki baravar koʻproq investitsiya loyihalarini eʼlon qilib, investitsiyalarning
tiklanishining dastlabki belgilarini boshdan kechirdi. Boshqa tomondan, Xitoyning “0
-
COVID”
siyosati butun Osiyo va Tinch okeani boʻylab tiklanishiga toʻsqinlik
qildi va hududdagi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiya loyihalari 2021
-yilda 2020-yilga nisbatan 60 foizga kamaydi.
Ko’proq investitsiyalar jalb qilingan kichik tarmoqlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, e’lon
qilingan loyihalarning 59 foizi bilan turar joy eng d
olzarb bo’lib qolmoqda. Biroq, boshqa
rivojlanayotgan kichik tarmoqlar mavjud, jumladan, sayohat texnologiyalari va dasturiy
ta’minot, ular kapital oqimi nuqtai nazaridan ortib bormoqda. Misol uchun, sayohatlarni tashkil
etish va bron qilish xizmatlari 2019-
2021 yillar oralig’ida sarmoya kiritish uchun asosiy
yo’nalishlar ma’lumotlarini hisobga olgan holda e’lon qilingan investitsiyalarning umumiy 21
foizini tashkil etdi.
1-jadval
Mamlakatimizda mavjud mehmonxonalar va ularning strukturaviy tahlili
T/r
Ko’rsatkichlar nomi
2018
2019 2020 2021 2022
2023
1
Mehmonxona va shunga o’xshash
joylashtirish vositalari (obyektlar) joylar
soni
916
1051
1156 1085
1167
1387
2
Mehmonxona va shunga o’xshash
joylashtirish vositalarida joylashtirilgan
shaxslar soni
2125,9 2193,4 702,8 1217 2250,3 2524,3
3
Mehmonxona va shunga o’xshash
joylashtirish vositalari (obyektlar) soni
40,8
46,7
50,4
43,5
59,3
69,7
So’nggi yillarda O’zbekistonning turizm
eksporti 1,6 marta oshib, 3 milliard 500 million
dollarga yetdi, bu sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. 2024-yili xorijiy
sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi juda
tez rivojlanmoqda. Xu
susan, o’tgan yillarda 6 milliard 500 million dollar sarmoya kiritilib, 130
mingta mehmon o’rni ochildi. Mamlakatimiz turizm sektoriga jalb qilinayotgan investitsiyalar
infratuzilma rivojlanishini ta’minlamoqda. Jumladan, "Uzbekistan Airways" havo flotinin
g
modernizatsiyasi, xalqaro aeroportlarning yangilanishi va yangi mehmonxona tarmoqlarining
qurilishi sayyohlarni oqimini sezilarli darajada oshirdi.Xususan,2023-yilda barpo etilgan
mexmonxonalar soni 2018-
yildagiga nisbatan 1,7 barobar oshganini ko’rishim
iz mumkin (1-
jadval).
Prezidentimizning 2024-
yildagi ochiq muloqoti yakunlariga ko’ra,investorlarni
rag’batlantirish uchun, yangi korxonalar,ayniqsa turizm,qishloq xo’jaligi va yuqori
texnologiyalar kabi ustuvor tarmoqlarda foyda mulk soliqlari kamaytirishi ta’kidlandi. Bundan
tashqari, xorijiy investorlar ma’lum turdagi import uchun qo’shilgan qiymat solig’idan (QQS)
ozod qilinadilar, bu esa boshlang’ich xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.Shu vulan
birgalikda, startaplar va kichik korxonalar uchun bir necha yilga soliq imtiyozlari belgilandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
110
Xulosa va takliflar.
Keyingi yillarda iqtisodiy jarayonlarning globallashib borayotganligi turizm sohasining
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Jahonda iqtisodiy taraqqiyotning yuksalishi
kishilarning ma’lum maqsadlarda bir mamlakatdan ikkinchisiga qatnab turish ko’lam
ining
kengayishini taqozo etadi.
Bu esa turizmni milliy iqtisodiyotning eng istiqbolli yo’nalishlaridan
biriga aylantirmoqda. Turizm sohasiga investitsiyalar hajmining sezilarli darajada ortishi
sharoitida ularni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish, investitsiya faoliyati mexanizmini
shakllantirish yo’nalishlarini belgilash masalalarini hal etishning dolzarbligi tobora ortib
bormoqda. Turizm sohasida investitsion faoliyatni rivojlantirish, faol investitsiyalar jalb etishni
takomillashtirishda turizm infratuzilmasi faoliyatini taraqqiy ettirish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Zero, turizmda investitsion faoliyatni rivojlantirish orqali sohani iqtisodiyotning
strategik tarmoqlaridan biriga aylantirishga erishish mumkin.
Shu bilan bir qatorda, infratuzilma obyektlarining yetishmasligi,turli transport
vositalarida yo’lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada tashkil etilmaganligi, shuningdek,
turistlarni mavjud turizm potensiali haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanish
darajasining
pastligi, ichki turizmni, madanaiy meros obyektlarining o’ziga xos jihatlarini targ’ib qilish
bo’yicha marketing tadqiqotlarining sust olib borilayotganligi mamlakatimiz turizmidagi eng
katta muammolaridan biri hisoblanadi.
Bu muammolar yechimi sifatida quyidagilar taklif etiladi:
1.Turizmga sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
2.O’zbekistonning turistik imidjini shakllantirish
3.Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash,qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini takomillshtirish
4.Turistlar oqimini oshirish maqsadida parvozlarning strategik jihatdan muhim
yo’nalishlarini aniqlash
5.Xorijiy aviakompaniyalar uchun chegirma va preferensiyalar tizimini ishlab chiqish
6.Respublikamizning ayrim aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish
7.Ichki va tashqi turizmni rivoojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish
8.Jalb qilingan investitsiyalarni mamlakatimizda turistik
zonalari tashkil
etishga,infratuzilmani takomillashtirishga yo’naltirish
Xulosa qilib aytganda,turizm sohasining rivojlanishida investitsiyalarning roli juda
kattadir.Hozirgi paytda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida investitsiyalar muhim ahamiyat
kasb etgani kabi,turizm sohasining ham eng asosiy moliyalashtirish manbalaridan bir
investitsiyalar hisoblanadi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Abduvohidov A., Qutlimurotov F. (2010) Turizm iqtisodi. -
O’quv qo’llanma.
- TDIU, - 160 b.
Farmon (2019) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida
turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora
-
tadbirlar to’g’risida”gi farmoni.
Matkabulova, D. (2022). The Relationship Between Investment And Tourism: Insights From
The Literature // Theoret¬ical & Applied Science Uchrediteli: Teoreticheskaya i prikladnaya
nauka.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi (2023). Turizm sektori bo’yicha
hisobotlar
Strategiya (2023) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023–
2025 yillarda turizmni
rivojlantirish strategiyasi. Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar bo’yicha qarorlar.
UNWTO (2022). United Nations World Tourism Organization Tourism Trends and Statistics.
UNWTO. (2022). Tourism Greenfield Investment Report 2022.
UNWTO. (2023). The Role of Digitalization in the Recovery of the Tourism Industry.
