Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.123437

Ключевые слова:

инвестиции финансовые технологии экономика предприятия денежно валовой внутренний продукт налоги таможня иностранные инвестиции денежно-кредитная политика эффективность экономическая стабильность

Аннотация

В данной статье проанализированы вопросы повышения эффективности инвестиций, направляемых в Узбекистан. Рассматриваются роль инвестиций в структуре валового внутреннего продукта (ВВП) страны, их влияние на экономический рост и значение для диверсификации экономики. Также предложены перспективные направления по улучшению инвестиционного климата, эффективному управлению инвестиционными проектами и оптимизации экономических результатов от инвестиций.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

171


O‘ZBEKISTONGA KIRITILAYOTGAN INVESTITSIYALARNING

SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Salohiddinov Jaloliddin

O‘zbekiston Respublikasi Bank

-Moliya akademiyasi

ORCID: 0009-0005-3906-919X

jalol10jalol@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalarning

samaradorligini oshirish masalalari tahlil etildi. Investitsiyalarning mamlakat yalpi ichki mahsuloti

(YAIM) tarkibidagi oʻrni, ularning iqtisodiy oʻsishga ta’siri va iqtisodiyotni diversi

fikatsiya qilishdagi

ahamiyati koʻrib chiqilgan. Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya loyihalarini

samarali boshqarish va investitsiyalardan olinadigan iqtisodiy natijalarni optimallashtirish boʻyicha
istiqbolli yoʻnalish

lar taklif etilgan.

Kalit so‘zlar:

investitsiya, moliyaviy texnologiya, iqtisodiyot, korxonalar, investor, yalpi ichki

mahsulot, soliq, bojxona, xorijiy investitsiyalar, pul-kredit siyosati, samaradorlik, iqtisodiy

barqarorlik.

ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНВЕСТИЦИЙ В УЗБЕКИСТАН

Салохиддинов Джалолиддин

Банковско

-

финансовая академия Республики Узбекистан

Аннотация.

В данной статье проанализированы вопросы повышения эффективности

инвестиций, направляемых в Узбекистан. Рассматриваются роль инвестиций в структуре
валового внутреннего продукта (ВВП) страны, их влияние на экономический рост и значение

для диверсификации экономики. Также предложены перспективные направления по

улучшению инвестиционного климата, эффективному управлению инвестиционными
проектами и оптимизации экономических результатов от инвестиций.

Ключевые слова:

инвестиции, финансовые технологии, экономика, предприятия,

инвестор, валовой внутренний продукт, налоги, таможня, иностранные инвестиции,
денежно

-

кредитная политика, эффективность, экономическая стабильность.

PROSPECTS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INVESTMENTS IN UZBEKISTAN

Salohiddinov Jaloliddin

The Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

Abstract.

This article analyzes the issues related to increasing the efficiency of investments

directed to Uzbekistan. The role of investments in the structure of the country's gross domestic product
(GDP), their impact on economic growth, and their importance in economic diversification are

examined. In addition, promising directions are proposed for improving the investment climate,

effectively managing investment projects, and optimizing the economic outcomes derived from
investments.

Keywords:

investment, financial technology, economy, enterprises, investor, gross domestic

product, taxation, customs, fo

reign investments, monetary policy, efficiency, economic stability.

UO‘K:

330.322.01

V SON - MAY, 2025

171-175

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

172

Kirish.

Bilamizki hozirgi iqtisodiyotimizni har tomonlama qullab quvvatlash va jahon

tajribasidan samarali foydalanishni taqazo etadi, Investitsiyalar orqali mablagʻ jalb qilishni

takomillashtirish bugungi kunda har bir mamlakat oʻz oldiga quygan dolzarb masalalardan biri

h

isoblanadi va bu oʻz oʻzidan yangi izlanishlar va tadqiqotlarga yoʻl ochadi.

Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli

islohotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanish bosqichiga kirdi. Ushbu

rivojlanishning muhim omillaridan biri - investitsiya faoliyatining jadallashuvi va xorijiy

investitsiyalarning jalb etilishidir. Investitsiyalar nafaqat yangi ish oʻrinlari yaratish, balki

mamlakatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, infratuzilmani rivojlantirish va aholi

turmush darajasini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekistonga kiritilayotgan

investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining

muhim koʻrsatkichlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu koʻrsatkichning oʻsish tendensiyasi

kuzatilmoqda. Bu, bir tomondan, mamlakatda yaratilgan qulay investitsion muhit, ikkinchi

tomondan, xorijiy investorlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishining ortishi bilan izohlanadi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzb

ekistonga kiritilayotgan investitsiyalarning YaIMdagi ulushi

2020-

yilda 25% ni tashkil etgan boʻlsa, 2023

-

yilga kelib bu koʻrsatkich 30% ga yaqinlashdi

(Yig‘ilish, 2024). Ushbu oʻsish dinamikasi mamlakat iqtisodiyotining investitsiyalar hisobiga

rivojlanay

otganligini

koʻrsatadi.

Shu

bilan

birga,

Oʻzbekistonga

kiritilayotgan

investitsiyalarning YaIMdagi ulushini yanada oshirish zaruriyati mavjud. Bu, ayniqsa,

mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishi va raqobatbardoshligini taʼminlash uchun

muhimdir.

Investitsiyalarning yetarli emasligi iqtisodiy oʻsish surʼatlarini sekinlashtirishi,

yangi ish oʻrinlari yaratishga toʻsqinlik qilishi va aholi turmush darajasining pasayishiga olib

kelishi mumkin. Oʻzbekistonga kiritilayotgan investitsiyalarning hajmini

oshirish uchun

quyidagi yoʻnalishlarda samarali oʻzgarishlar amalga oshirish talab qilinadi:

- Birinchidan Investitsion muhitni yanada yaxshilash.

Bu, byurokratik toʻsiqlarni

kamaytirish, investorlarga qulay sharoitlar yaratish, qonunchilik bazasini takomillashtirish va

investitsion risklarni kamaytirishni nazarda tutadi.

- Ikkinchidan Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish. Bu, mamlakatning

investitsion jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda marketing tadbirlarini oʻtkazish va

investorlar bilan faol muloqot qilishni talab etadi.

- Uchunchidan

Ichki investitsiyalarni ragʻbatlantirish.

Bu, mahalliy tadbirkorlarga qoʻllab

-

quvvatlash koʻrsatish, ularning investitsion faolligini oshirish va ichki resurslardan samarali

foydalanishni taʼminlashni anglatadi.

-

Turtinchidan Investitsiya yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish.

Bu, investitsiyalarni

faqatgina anʼanaviy tarmoqlarga emas, balki innovatsion va istiqbolli yoʻnalishlarga ham jalb

qilishni nazarda tutadi.

Investitsiyalarning samaradorligini oshirish. Bu, investitsiya loyihalarini sifatli ishlab

chiqish, ularning monitoringini

olib borish va resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashni

talab etadi.

Adabiyotlar sharhi.

Oʻtkazilgan tadqiqot va tahlillar shuni koʻrsatadik nafaqat bizda balki boshqa

mamlakatlardaham Investitsiyalarni YaIM va Iqtisodiyot samaradorlikdagi oʻrni qanchalik

darajada muhum ahamiyat kasb etishi oʻrganilgan va tadqiqotlar davom etmoqda.

Shu jumladan Pokistoning Lahore universetiti professorlari Abbas, Akbar, Nasir,

AmanUllah, Naseem (2011), Akpolat (2014), Kim, Kang, Sanders, ushbu tadqiqotchilar oʻz ilmiy

tadqiqotlarida investitsiyalarini korxonalar faoliyatini barqarotrlashtirish, YaIM dinamikasiga

investitsiyalarning tasirini oʻrganish, mamlakat miqyosida huquqiy bazani shakillantirush,

malakali kadirlarni tayyorlash, logistika sohasini rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

173

investitsiyalarni jalb qilishning samarali mexanizimlarini takomillashtirish kabi taklif va
xulosalar bergan.

Abbas 2011-yilda investitysiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi tahlilini olib borib

mintaqa darajasida oʻrgangan Pokiston, Hindiston, Nepal, Bangladesh, va yana bir nechta

mamlakatlar doirasida tahlil qilib Investitsiyalar qaysi mamlakatga qanday tasir qilgani va

samaradorlik koʻrsatkichlarini ochib bergan

Umman olganda asosiy koʻrsatkichlarga qaraydigan boʻlsak bugungi kunda dunyoda eng

koʻp Investitsiya kiritilgan mamlakat Xitoy xalq respublikasi hisoblanadi ya bu koʻrsatgich

yildan yilga oʻsib bormoqda va bu oʻz oʻzidan mamlakatimiz darajasida oʻrganilish

iga sabab

boʻladi.

Tahlil natijasi va muhokamasi.

Ushbu tadqiqotlarni oʻrganish va tahlil qilish bizga Investitsiyalarning Iqtisodiyotga tasiri

va korxonalarni investitsiyalar orqali moliyalashtirish mexanizimlarini takomillashtirish

imkonini beradi. Bular Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulus

hi va toʻgʻridan toʻgʻri

investitsiyalar tahlili va korxonalarni moliyaviy barqarorligini taminlash borasidagi

ishlanmalar qilinishi lozim. Shuni takidlash lozimki avvalo Yillar davomida investitsiyalarning

YAIMdagi ulushi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan

.

1-jadval

Investitsiyalarning YaIM ulushi

Manba:

Stat.uz manbalariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi.

1-jadvalga asosan 2010-yildan 2016-

yilgacha ushbu ko‘rsatkich 18.9%

-

20.9% oralig‘ida

bo‘lib, nisbatan barqaror saqlangan. 2017

-yildan boshlab esa investitsiyalar hajmi sezilarli

o‘sishni boshlagan va 2019

-yilda eng yuqori nuqtaga

36.8%

gacha yetgan. 2010-2016 yillarda

investitsiyalar YAIMning

19-22%

atrofida bo‘lib, barqaror kechgan. 2017

-2019 yillarda

keskin o‘sish

kuzatilgan, ayniqsa 2018-2019 yillarda bu ulush

29.1%

dan

36.8%

gacha

oshgan. 2020-2022 yillarda

pasayish

qayd etilgan, bunda 2022-yilda YAIMdagi ulush

29.7%

gacha tushgan. 2023-yilda esa investitsiyalar ulushi

33.4%

gacha oshgan, bu esa

iqtisodiyotning tiklanish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi. 2024-yilda deyarli

oʻzgarishsiz qolmoqda 33.1 2025

-

yilda esa ushbu ko‘rsatkich 32.5% ga kamayishi prognoz

qilinmoqda. Buning sababi sifatida so‘nggi yillarda investitsiyalar o‘sish sur’atining pasayishi

Yil

YAIM (milliard

AQSh dollari)

Investitsiyalarning YAIMdagi

ulushi (%)

O‘sish

sur’ati (%)

2010

49.8

2011

60.2

18.9

20.88

2012

67.5

19.2

12.13

2013

73.2

19.9

8.44

2014

80.8

20.2

10.38

2015

85.7

20.2

6.06

2016

85.7

20.1

0.00

2017

69.7

22.7

-18.67

2018

58.7

29.1

-15.78

2019

67.3

36.8

14.65

2020

66.4

34.7

-1.34

2021

77.3

32.4

16.42

2022

90.1

29.7

16.56

2023

101.6

33.4

12.76

2024

112.7

33.1

10.93

2025

(prognoz)

127.2 (prognoz)

32.5

12.87


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

174

ko‘rsatilishi mumkin. 2025

-

yilda investitsiyalarni rag‘batlantirish va barqaror o‘sish sur’atini

ta’minlash uchun qo‘shimcha iqtisodiy chora

-tadbirlar talab etiladi. Demak, biz bazi jihatlarni

koʻrib chiqish zaruriyati paydo boʻladi. 2019

-yilda eng yuqori usish suratiga erishildi va qolgan

yillarda stabillik va pasayish koʻzatildi, Buning bir nechta sabablari bor keng ko‘lamli islohotlar

va investitsion muhitni yaxshilash 2017-

2019 yillarda O‘zbekiston hukumati

chet el

investitsiyalarini jalb qilish

bo‘yich

a bir qator ishlar amalga oshirdi.

1. Investorlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.

Investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha

Agentlik va yangi qonunchilik mexanizmlari ishlab chiqildi.

2. Yirik infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi 2019-yilda energetika, transport,

qurilish

va sanoat yo‘nalishlarida yirik loyihalar boshlangan.

Gaz va elektr energiyasi

tarmoqlarini modernizatsiya qilish,

yangi avtomobil va temir yo‘l loyihalari

investitsiyalar

hajmini oshirdi.

Turizm va qishloq xo‘jaligi

sohalarida ham davlat-xususiy sheriklik asosida

yirik loyihalar amalga oshirildi.

3. Xorijiy investitsiyalar oqimining keskin oshishi 2019-yilda

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalar hajmi sezilarli darajada oshdi. Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya va

Yevropa davlatlaridan kelayotgan sarmoyalar o‘sdi.

Yangi xalqaro kredit liniyalari va davlat

obligatsiyalarining chiqarilishi

qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish imkonini berdi.

4. Pul-kredit siyosati va iqtisodiy liberallashtirish Markaziy bank valyuta bozorini

erkinlashtirdi, bu esa investorlar uchun qulay sharoit yaratdi. 2019-yilga kelib

so‘mning kursi

erkin belgilanishi natijasida xorijiy investitsiyalar uchun risk kamaydi. Davlat banklari va

xususiy sektor tomonidan kreditlash hajmi oshirildi, bu esa korxonalar rivojlanishiga turtki

berdi.

E’tibor qaratilishiu lozim boʻlgan yana bir koʻrsatkich Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy

investitsiyalar va toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning YAIMga nisbatan ulishini 1.2

-

grafika asosida koʻrib chiqish mumkin:

1-

rasm. To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar

(kun.uz, 2024)


1-

rasmga qaraydigan boʻlsak

2018-

2019 yillardagi o‘sish omillari Iqtisodiy islohotlar

2017-yildan boshlab iqtisodiyotning liberallashuvi va investitsion muhitni yaxshilashga

qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 2019-yilda investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 36.8% ga

yetdi. Yirik loyihalar

energetika, infratuzilma va sanoat sohalarida xorijiy investorlar

ishtirokidagi loyihalar hajmi oshdi. Xorijiy investitsiyalar oqimi

chet eldan investitsiyalar jalb


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

175

qilish bo‘yicha yangi siyosat natijasida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar hajmi

2019-yilda rekord

darajaga yetdi. 2. 2020-

2022 yillardagi pasayish sabablari Pandemiya ta’siri

2020-yilda

COVID-19 pandemiyasi sababli investitsiyalar 34.7% ga tushdi, bu esa iqtisodiy faollikning

pasayishiga olib keldi. Global iqtisodiy inqiroz

pandemiya natijasida xalqaro bozorlardagi

beqarorlik, logistika muammolari va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi investitsion faollikka

ta’sir ko‘rsatdi.

Ichki iqtisodiy muammolar

2021-

2022 yillarda iqtisodiy o‘sish sekinlashgan,

davlat byudjeti xarajatlarining oshishi va kreditlash siyosatining qayta ko‘rib chiqilishi

investitsiyalarning kamayishiga sabab bo‘lgan.

3. 2023-2025 yillarga prognoz va istiqbollar

2023-yilda tiklanish

iqtisodiy tiklanish boshlangan bo‘lib, investitsiyalarning YAIMdagi ulushi

33.4% ga yetdi. 2024-2025 yillarga prognoz

mavjud dinamikaga ko‘ra, 2024

-yilda

investitsiyalar 33.1%, 2025-yilda esa 32.5%

atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Barqarorlikni

ta’minl

ash uchun choralar

investitsiyalarni rag‘batlantirish, davlat

-xususiy sheriklik

loyihalarini kengaytirish, sanoat va infratuzilma rivojini qo‘llab

-quvvatlash muhim ahamiyat

kasb etadi.

Xulosa va takliflar.

Ushbu o‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalarning samaradorligini oshirish

istiqbollariga bag’ishlangan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi. Mamlakat

iqtisodiyotidagi investitsiyalar joriy holati oʻrganib chiqildi va tahlil qilindi.

Tahlil natijalari

shuni koʻrsatadiki bazi yillarda investitsialarni oʻzlashtirishda muammolar yuzaga kelgan

hududlar va mintaqalar kesimida oʻrganishlarni amalga oshirish lozim. Real sektorga toʻgʻridan

toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni real sektorga oqimini ragʻbatlantirish lozim.

Uzoq muddatli

istiqbolda

interregional

klasterlashuv

mexanizmlarini

takomillashtirish

orqali

investitsiyalarning samaradorligini oshirish

va hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash

mumkin. Bu esa

mamlakat iqtisodiy o‘sishining barqarorligini oshirishga, ishlab chiqarish va

eksport hajmlarini kengaytirishga hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga
yordam beradi.

Adabiyotlar/Литература/References:

Yig‘ilish (2024) Prezident Shavkat Mirziyoyev 19

-

dekabr kuni investitsiya bo‘yicha 2024

-

yildagi natijalar sarhisobi va kelgusi yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilishi

https://president.uz/oz/lists/view/7775

Библиографические ссылки

Yig‘ilish (2024) Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni investitsiya bo‘yicha 2024-yildagi natijalar sarhisobi va kelgusi yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilishi https://president.uz/oz/lists/view/7775