Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
228
GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA JAHON IQTISODIYOTI VA MINTAQAVIY
IQTISODIYOTLARNING RAQOBATBARDOSHLIGI O
ʻ
RTASIDAGI BOG
ʻ
LIQLIK
Xayitova Feruza
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari”
ilmiy - tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0006-6903-7751
Annotatsiya.
Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri va
mintaqaviy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik keltirilgan. Jahon
bozorida iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi, savdo va investitsiyalar oqimining kengayishi
mintaqalar oldiga yangi imkoniyatlar bilan birga jiddiy raqobat muhitini ham yuzaga
keltirmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyati tahlili, olib borilayotgan
ke
ng ishlar koʻlami, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi omillari bogʻligi va
globallashuvning mintaqaviy raqobatbardoshlikka taʼsiri yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
globalizatsiya, mamlakat, raqobatbardoshlik, global bozor, jahon bozori,
iqtisod, tashqi iqtisodiy aloqalar, eksport, import, tashqi savdo, jahon iqtisodiyoti.
ВЗАИМОСВЯЗЬ МЕЖДУ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТЬЮ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И
РЕГИОНАЛЬНЫХ ЭКОНОМИК В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ
Хайитова Феруза
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы
и проблемы развития экономики Узбекистана»
при Ташкентском государственном
экономическом университете
Аннотация.
В данной статье рассматривается взаимосвязь между процессами
глобализации и их влиянием на мировую экономику, а также конкурентоспособностью
региональных экономик. Ускорение экономических связей на мировом рынке, расширение
потоков торговли и инвестиций создают для регионов новые возможности, но
одновременно формируют серьёзную конкурентную среду. Также в статье освещается
анализ внешнеэкономической деятельности нашей страны, масштаб проводимых
реформ, факторы конкурентоспособности национальной экономики и влияние
глобализации на региональную конкурентоспособность.
Ключевые слова:
глобализация, рынок страны, законность, глобальный рынок,
мировой рынок, экономика, внешнеэкономические связи, экспорт, импорт, организация
торговли, мировая экономика.
UO‘K:
316.334.52
V SON - MAY, 2025
228-235
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
229
THE INTERRELATION BETWEEN THE COMPETITIVENESS OF THE GLOBAL ECONOMY
AND REGIONAL ECONOMIES IN THE CONTEXT OF GLOBALIZATION
Khayitova Feruza
Research center "Scientific bases and issues of
economic development of Uzbekistan" under the
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article explores the relationship between globalization processes and their
impact on the global economy, as well as the competitiveness of regional economies. The
intensification of economic ties in the global market and the expansion of trade and investment
flows present new opportunities for regions, while also creating a highly competitive environment.
The article also highlights the analysis of Uzbekistan’s foreign economic activity, the scope of
ongoing reforms, the factors influencing national economic competitiveness, and the effect of
globalization on regional competitiveness.
Keywords:
globalization, country market, legality, global market, world market, economy,
foreign economic relations, export, import, organization trade, world economy.
Kirish.
Globalizatsiya sharoitida jahon iqtisodiyotining izchil va barqaror rivojlanishi tobora
ko‘proq mintaqaviy iqtisodiyotlarning holati va ularning o‘zaro integratsiyalashuv darajasiga
bog‘liq bo‘lib bormoqda. Hozirgi davrda har bir mintaqaning iqtisodiy salo
hiyati, innovatsion
faoliyati, infratuzilma rivoji hamda eksport-import imkoniyatlari nafaqat mahalliy
taraqqiyotga, balki global iqtisodiy muvozanatga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon
bozorida kuchayib borayotgan raqobat, resurslar uchun kurash va texnologik ustunlik uchun
intilishlar mintaqaviy iqtisodiyotlardan yanada yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab
qilmoqda. Bu bog‘liqlikni o‘rganish nafaqat jahon iqtisodiyotining strategik yo‘nalishlarini
tahlil qilishga yordam beradi, balki har bir alohida hududning iqtisodiy siyosatini
shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ushbu mavzuni chuqur tahlil
qilish orqali jahon iqtisodiy tendensiyalari bilan mintaqaviy rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir
va uyg‘unlikni aniqlash, ra
qobat ustunliklarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish
zarurati yuzaga kelmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Jahon iqtisodiyoti va mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish mavzusida
yozilgan adabiyotlar keng qamrovli bo'lib, ular iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, raqamli
transformatsiya va barqaror rivojlanish kabi turli yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilgan.
Amerikalik iqtisodchi Stiglitz (2002) tomonidan "Globalization and Its Discontents" tomonidan
yozilgan kitob globalizatsiya jarayonining iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlarini tahlil qiladi. Stiglitz
globalizatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlarini ko'rib chiqadi va uning oqibatlari haqida chuqur
tahlil qilgan. Porterning (2005) “Конкуренция” nomli asarida globalizatsiya muhim iqtisodiy
jarayon sifatida talqin etiladi. Porter globalizatsiyani nafaqat jahon bozorlarining ochiqligi,
balki kompaniyalarning strategik raqobatbardoshligini shakllantiruvchi omil sifatida
ko’rsatgan. Balkind va Gromov (2021), “Конкурентоспособность
региона
в
условиях
глобализации” maqolasida globalizatsiya sharoitida hududlarning raqobatbardoshligini
ta’minlash dolzarb strategik vazifa sifatida ko‘riladi. Mualliflar ta’kidlashicha, globallashuv
iqtisodiy va ijtimoi
y jarayonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda: xalqaro bozorlar ochilmoqda,
raqobat kuchaymoqda va innovatsiyalar jadal sur’atda rivojlanmoqda. Bunday sharoitda har
bir hudud o‘zining iqtisodiy salohiyatini to‘g‘ri baholash, ustunliklarini aniqlash va
raqobatb
ardosh strategiyalar ishlab chiqishi lozimligi ta’kidlab o’tishgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
230
Respublikamiz iqtisodchi olimi Mirsaidovning (2006) “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
o‘quv qo‘llanmasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi zamondagi roli va mohiyati,
tashkiliy-huquqiy asoslari, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish usullari, xalqaro savdo,
xalqaro hududiy-iqtisodiy integratsiya va boshqa iqtisodiy masalalar keng yoritilgan.
Xolbo‘tayev (2019) –
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” darsligida global
iqtisodiy munosabatlarning nazariy asoslarini, jahon bozorlarining shakllanish mexanizmlarini
va globallashuv sharoitida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini
atroflicha tahlil qilgan. Olimlardan Nazarova, Iminov, Xalilov, Hamidovlarning (2011) “Jahon
iqtisodiyoti va
хalqaro iqtisodiy munosabatlar” o‘quv darsliklarida, jahon iqtisodiyoti va
х
alqaro iqtisodiy munosabatlarning umumiy rivojlanish
хususiyati o’zgarib borayotgan bir
davrda O’zbе
kiston R
е
spublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib borishi, xorijiy mamlakatlar
bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlantirishi, xususan,
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini o’rganishi, shuningdе
k bozor
qtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq
–
kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi
to’g’ri yondashuvlar haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqot davomida mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlashtirish, o‘zaro va
qiyosiy taqqoslash usullaridan samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham eksport faoliyatini rag‘batlantirish va tashqi
bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tizimli islohotlarni amalga oshirildi. Qabul
qilingan qaror va farmonlar eksport infratuzilmasini mustahkamlash, eksportyorlarga
moliyaviy va institutsional ko‘mak ko‘rsatish, hamda eksport jarayonlarini soddalashtirishga
qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi PF-60-son
Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘z
bekistonning
taraqqiyot strategiyasi”da eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qator muhim chora
-
tadbirlar belgilangan bo’lib, ushbu strategiyada eksportga oid asosiy yo’nalishlar va rejalar
belgilab berilgan. Buning natijasi o’laroq, bugungi kunda O’
zbekiston Respublikasi jahonning
204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. 2023 yil statistika
ma’lumotlariga qaraydigan bo’lsak, yanvar
-fevral oylarida respublikaning tashqi savdo
aylanmasi 62,6 mlrd. AQSH dollariga yetdi va bu o’tgan
yilga nisbatan 12,1 mlrd. AQSH dollariga
yetdi va 23,9 % ga oshishini ta’minladi.
1-jadval
Tashqi savdo aylanmasi va balansi (mln. AQSH dollari
)
2022 yil
2023 yil
O’sish sur’ati
,
%
да
Jamiga nisbatan,
%
да
Tashqi savdo aylanmasi
х
Eksport
19 732,6 24 426,2
123,8
100,0
tovarlar
11 020,3 10 989,9
99,7
45,0
xizmatlar
4 456,7 5 179,7
116,2
21,2
nomonetar oltin
4 255,6 8 256,6
194,0
33,8
Import
30 767,8 38 141,2
124,0
100,0
tovarlar
28 220,3 35 574,8
126,1
93,3
xizmatlar
2 547,5 2 566,4
100,7
6,7
Saldo
-11 035,2 -13 715,0
x
х
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
231
Yuqorida keltirilgan jadval
ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimiz eksport hajmi 24,4
milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 4,7 milliard dollarga oshgan. Eksport
tarkibida eng katta o‘sish nomonetar oltin ulushida qayd etildi –
bu yo‘nalishda 194 % lik o‘sish
kuzatildi. Xizmatlar eksporti ham ijobiy tendensiyani saqlab qolgan. Shu bilan birga, import
hajmi ham yuqori sur’atda o‘sib, 38,1 milliard dollarga yetdi. Bu esa savdo balansining salbiy
tafovutini 13,7 milliard dollarga yetishiga olib keldi. Bu holat O‘zbekiston iqt
isodiyotining
xorijiy texnologiyalar, xom ashyo va tayyor mahsulotlarga yuqori darajada bog‘liqligini
ko‘rsatadi. Savdo aylanmasining o’sishi O’zbekistonning xalqaro savdo maydonidagi ishtiroki
kengayib borayotganini ko’rsatadi. kelgusida milliy mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish,
import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va xizmatlar eksportini
rivojlantirish nafaqat tashqi savdo balansini yaxshilash, balki O‘zbekiston milliy
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda h
am muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi quyidagi omillarga bog‘liq: mamlakatning jahon
xo‘jalik aloqalaridagi ishtirok darajasi, uning jahon bozoriga nisbatan “ochiqlik” darajasi hamda
xalqaro ixtisoslashuvni ta’minlaydigan zamonaviy eksport bazasining m
avjudligi. Eksport
sanoatini tashqi iqtisodiy kompleksning bir qismi sifatida rivojlantirish jahon amaliyotidan
ko‘rinib turibdiki, mamlakatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va uning jahon hamjamiyatiga
kirishi uchun zarur shart-sharoit yaratishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mamlakat
eksport iqtisodiyoti jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, yangi texnologiyalar
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, to‘lov balansini yaxshilash, miqyosdagi iqtisodlarga
erishish, yangi bozorlarni
o‘zlashtirish va xalqaro raqobatda ishtirok etish uchun sharoit
yaratish imkonini beradi.
2-jadval
Mintaqaning iqtisodiy ochiqligi uning raqobatbardosh yoki
yo'qligini belgilovchi omil sifatida
№
Ijobiy
Salbiy
1
Mintaqaga jahon iqtisodiy tizimiga
integratsiyalashuv orqali yangi resurslar,
texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish
imkonini beradi, bu esa iqtisodiy rivojlanishni
tezlashtiradi, xalqaro bozordagi o‘rnini
mustahkamlaydi, innovatsiyalar, eksport hajmi
va
ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha
yetakchilikni ta’minlaydi.
Mahalliy korxonalarning bozorda
raqobatbardoshligi pasayganda, texnologiya
va moliyaviy resurslar past bo'lgan
kompaniyalar xorijiy kompaniyalar ta'siriga
qarshi tura olmaydi, bu esa mahalliy
iqtisodiyotning pasayishi xavfini keltirib
chiqaradi.
2
Texnologiyalar oqimi va xorijiy
investitsiyalarga kirish. Hududda
infratuzilmani kengaytirish, ishlab chiqarish
texnologiyalarini yangilash va xorijiy
investitsiyalar hisobidan mahalliy iqtisodiyotni
yuksaltirishga zamin yaratish yuqori
qo‘shimcha qiymatli
mahsulotlar yaratish
imkonini beradi.
Mintaqa global iqtisodiy o'zgarishlarga
nisbatan sezgir bo'lib bormoqda, bu esa
iqtisodiy qaramlik va noaniqlikni oshirishi
mumkin.
3
Mahalliy korxonalarga xalqaro talab va
talabchan bozorlar bilan ishlash imkonini
beradi, ishlab chiqaruvchilarni mahsulot
sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalardan
foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini
optimallashtirishga undaydi.
Mintaqaning raqobatbardoshligiga salbiy
ta'sir ko'rsatadi, xalqaro bozorda raqobat
kuchayishi natijasida zaiflashishi mumkin,
mahalliy sanoatning tanazzulga uchrashiga va
moliyaviy yoki texnologik jihatdan orqada
qolgan hududlarda ishsizlikning kuchayishiga
olib kelishi mumkin.
Manba:
muallif tomonidan o‘rganilgan adabiyotlar asosida tuzilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
232
Mamlakatda raqobatbardoshlikni oshirish, texnologik va iqtisodiy taraqqiyotni saqlab
qolish uchun milliy iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. Milliy iqtisodiyotlar elektron tijorat va global qiymat zanjirlarining rivojlanishi
tufayli jahon bozorlarida yangi savdo imkoniyatlariga ega bo'lmoqda. Iqtisodiy barqarorlikka
hududlarning jahon iqtisodiy tizimiga faol integratsiyalashuvi, xorijiy sarmoyalarni jalb etish
va savdo hajmini oshirish orqali erishiladi. Shu bilan birga, yashil texnologiyalar va ekologik
barqarorlikni joriy etish mintaqaning xalqaro bozordagi jozibadorligini oshiradi. Jahon
bozorida raqobatbardoshlik ekologik muammolarni hal qilish va barqaror rivojlanish
tamoyillariga amal qilishga bog‘liq. I
qtisodchi Porter raqobatbardoshlikni nafaqat iqtisodiy
ko‘rsatkichlar, balki strategik rivojlanish rejalari, ijtimoiy infratuzilma va mintaqaning
innovatsion salohiyatidan foydalangan holda baholashni taklif qiladi. U mintaqaviy
raqobatbardoshlikni to'liq tushuntirish uchun "olmos modeli" dan foydalanadi va ushbu
kontseptsiyani tashkil etuvchi to'rtta asosiy komponentni aniqlaydi: omillar sharoitlari, talab
sharoitlari, qaram va qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlar, firma strategiyasi tuzilmasi va raqobat
(Porter, 2005). Xalqaro savdo, sarmoya va texnologiya oqimlariga kirish mintaqaning iqtisodiy
ochiqligini belgilaydi (2-jadval). Bunday imkoniyat mintaqaning raqobatbardoshligini oshirish
yoki pasaytirishning asosiy omili hisoblanadi.
Hududlar iqtisodiy ochiqlik va raqobatbardoshlik o'rtasidagi bog'liqlikni samarali
boshqarish uchun uzoq muddatli rejalashtirishga tayanishi kerak. Ushbu rejalashtirish
resurslardan samarali foydalanish, mahalliy ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash,
innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, global
raqobatdagi muvaffaqiyat ta’lim va qayta tayyorlash dasturlariga sarmoya kiritish orqali
mintaqaning inson kapitalini rivojlantirishga bog‘liq.
Jahon iqtisodiyotining raqobatbardosh tarmoqlarini aniqlash hududlarning investitsion
jozibadorligini oshirish yo‘llarini belgilash imkonini beradi. Bundan tashqari, investitsion
oqimlar va xalqaro moliya bozorlarini monitoring qilish mintaqaga xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishning samarali strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi. Resurslarni mintaqalar
bo'yicha samarali taqsimlash va jahon iqtisodiyotini tahlil qilishdan foydalangan holda yuqori
qo'shimcha qiymat yaratishga yo'naltirish mumkin. Shuningdek, tahlil xalqaro savdo
aloqalarini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni jalb etish va yuqori malakali kadrlar
tayyorlashga xizmat qilmoqda.
1-rasm Mintaqaning jahon iqtisodiyoti segmentlarida tutgan o'rni
Manba:
muallif tomonidan o‘rganilgan adabiyotlar asosida tuzilgan.
Jahon iqtisodiyoti va globallashuvning mintaqaviy omillari
Jahon savdo va ishlab chiqarish
jarayonlariga kirish
Mamlakatlar o'rtasidagi
savdo aloqalarini
kengaytirish, resurslarni
bo'lishish va yangi
bozorlarni yaratish
Inson resurslari,
infratuzilma va tabiiy
resurslar
Iqtisodiyot diversifikatsiyasini
ta’minlash, noyob
mahsulot va
xizmatlar bilan jahon iqtisodiyotiga
qo‘shimcha qiymat yaratish
Xalqaro kapital oqimlarini jalb qilish
orqali yangi ishlab chiqarish
maydonlari va ish o'rinlarini
yaratishda ishtirok etish
Jahon kapital oqimini jalb
qilish orqali yangi ishlab
chiqarish quvvatlari va ish
o'rinlarini yaratishda
ishtirok etish
Iqtisodiyotni
diversifikatsiya
qilishni ta'minlash va
jahon iqtisodiyoti
uchun noyob tovar va
xizmatlarning
qo'shimcha qiymatini
yaratish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
233
Global o'zgarishlarga tezda moslashish uchun mintaqalar global iqtisodiyotdagi yangi
tendentsiyalar va o'zgarishlarni kuzatishi kerak. Tahlil natijalari raqobatbardosh hududlarni
yaratishda barqaror rivojlanish, ekologik muvozanatni saqlash va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish tamoyillariga ham amal qilinayotganini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib,
raqobatbardosh hududlarni yaratishning asosiy sharti jahon iqtisodiyotini chuqur tahlil qilish
va ushbu tahlil natijalaridan mintaqaviy rivojlanish strategiyasida foydalanish hisoblanadi.
3-jadval
Global bozor ta'siri
№
Nomi
Ma’lumot
1
Raqobatbardoshlik
Ko‘proq diversifikatsiyalangan iqtisodiyot barqarorroq bo‘lib,
o‘sishda davom etadi. Mintaqaning milliy va xalqaro
bozorlarda o‘z mavqeini saqlab qolish va mustahkamlash
qobiliyati uning iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy salohiyatiga
bog‘liq.
2 Texnologik taraqqiyot
Bu mintaqaviy raqobatbardoshlikni belgilovchi muhim omil
hisoblanadi. Innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalarning joriy
etilishi viloyat iqtisodiyoti samaradorligini oshiradi, yuqori
qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish
imkonini beradi, jahon bozori talablariga moslashishga xizmat
qiladi
3
Inson resurslari sifati
Malakali ishchi kuchi va yaxshi ta'lim tizimi jahon bozori
talablarini qondirish uchun zarur bo'lgan innovatsiyalarni
osonlashtiradi.
Inson kapitali rivojlangan hududlar mintaqa iqtisodiyotini
yaxshilaydi va xalqaro investorlarni jalb qiladi.
4 Mintaqaviy iqtisodiyot
bo'yicha mutaxassislik
Xom ashyo eksportiga bog'liq bo'lgan hududlar jahon
bozorlarida narxlarning o'zgarishiga duchor bo'ladi va global
inqirozlar natijasida zarar ko'rishi mumkin. Shunday qilib,
hududlar o'z iqtisodiyotlarini diversifikatsiya qilish orqali
raqobatbardoshlikni oshirishga intiladi. Rivojlangan
texnologik infratuzilmaga ega bo'lgan hududlar
raqobatbardoshlik bo'yicha sezilarli ustunlikka ega bo'ladi.
5
Xalqaro hamkorlik
Mintaqada raqobatbardoshlikni oshirishning yana bir muhim
vositasi xalqaro integratsiya va savdo aloqalaridir. Global
iqtisodiy tizimda faol ishtirok etish orqali hududlar sarmoya
va texnologiya oqimidan foyda oladi. Hududlar savdoni
rivojlantirish va xalqaro tashkilotlarda ishtirok etish orqali
iqtisodiy o'sishni tezlashtirishi mumkin.
6
Ekologik barqarorlik
Ekologik barqarorlik mintaqaning raqobatbardoshligini
oshiruvchi asosiy komponentlardan biri hisoblanadi. Yashil
texnologiyalarni joriy etish va atrof-muhitni muhofaza qilish
jahon bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, barqaror rivojlanish
uchun zamin yaratadi.
Manba:
muallif tomonidan o‘rganilgan adabiyotlar asosida tuzilgan.
Raqobatbardosh hududlarni yaratish uchun jahon iqtisodiyotini o‘rganish zarur. Hozirgi
iqtisodiy sharoitda mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirishga global iqtisodiy
tendentsiyalarni tushunish va moslashtirish orqali erishiladi. Muayyan mintaqalarning o'ziga
xos ustuvorliklarini jahon iqtisodiyotini o'rganish orqali aniqlash mumkin. Hududlarning
eksport salohiyatini oshirish uchun jahon bozorlaridagi talab va taklifning o‘zgarishini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
234
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ular milliy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi va jahon
bozorlarini hamda global ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi (1-rasm)
Ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal qilish va ekologik barqarorlikni ta'minlash
mintaqaviy iqtisodiy klasterlar hamda xalqaro darajada raqobatbardosh bo‘lgan tarmoqlarning
rivojlanishiga olib keladi.
Bu esa jahon iqtisodiyotining umumiy barqarorligi va o‘sishiga hissa qo‘shadi. Hududlar
o‘z resurslarini safarbar qilgan holda global chaqiriqlarga javoban xalqaro hamkorlik orqali
jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga o‘z ulushini qo‘shadi. Demak
, mintaqaviy
iqtisodiyotlar nafaqat jahon iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi, balki ushbu
iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi.
Globallashuvning mintaqaviy raqobatbardoshlikka ta'siri natijasida ijtimoiy tengsizlik
kuchayib bormoqda. Raqobatga ega bo'lmagan hududlar iqtisodiy o'sish imkoniyatlarini
yo'qotadi, chunki ular global bozor jarayonlaridan chetda qoladilar. Shu sababli iqtisodiy va
mintaqaviy tengsizliklar ortib bormoqda. Bauman globallashuvni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan
ziddiyatli jarayon sifatida ko‘radi, chunki u ba'zi mamlakatlarning rivojlanishiga imkon
yaratadi, ammo boshqa mamlakatlar uchun muammolar va qaramlikni keltirib chiqaradi.
Rivojlangan mintaqalar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi tufayli innovatsiyalarni joriy
etishda ustunlikka ega bo‘lsa, rivojlanayotgan mintaqalar cheklangan resurslar yoki
infratuzilmaning yo‘qligi tufayli bu imkoniyatlardan foydala
na olmaydi. Bu esa texnologik
tengsizlikni kuchaytirib, raqobatbardosh bo‘lmagan mintaqalarni global bozor chekkasiga
surib qo‘yadi. Mintaqalarning global bozor sharoitlariga moslashish qobiliyati va o‘z iqtisodiy
salohiyatidan samarali foydalanishi ularning jahon iqtisodiyotidagi raqobatbardoshligini
belgilaydi. Bu jarayonga hududlarda ishlab chiqarish samaradorligi, texnologik taraqqiyot,
infratuzilma va inson kapitali sifati ta’sir ko‘rsatmoqda (3
-jadval).
Ekologik barqarorlikni ta’minlay olgan mintaqalar investorlarni jalb qilish va xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu g‘oya mintaqaning mavjud
resurslardan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni
ko‘paytirish
va iqtisodiy rivojlanishga erishish bo‘yicha strategik salohiyatini ifodalaydi.
Xulosa va takliflar.
Globalizatsiya zamonaviy jahon iqtisodiy tizimining ajralmas qismiga aylangan. U
mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirib, kapital, texnologiyalar,
tovarlar va xizmatlar harakatining tezlashishiga olib kelmoqda. Bunday sharoitda mintaqaviy
iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi nafaqat mahalliy omillarga, balki ularning jahon
bozoriga qanchalik muvaffaqiyatli integratsiyalashganiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi. Shunday
qilib, zamonaviy globallashuv jarayonlari mintaqalar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Texnologik yutuqlar, raqamli iqtisodiyotning
kengayishi va xalqaro iqtisodiy
aloqalarning jadallashuvi har bir mintaqa uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Ayniqsa, eksport salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish va global mehnat bozorida raqo
batbardosh bo‘lish imkoniyatlari kuchaymoqda.
Mintaqalarning xalqaro iqtisodiy tizimga integratsiyalashuvi orqali ular o‘zining iqtisodiy,
texnologik va inson kapitalini rivojlantirishga intilmoqda. Shu bilan bir qatorda, barqaror
ijtimoiy rivojlanish, ekologik muvozanatni saqlash va zamonaviy infratuzilmalarni yaratish
orqali mintaqalar jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Ammo bu jarayonda muvaffaqiyatga erishish uchun mintaqalar global tendensiyalarni chuqur
tahlil qilishi, mavjud resurslardan samarali foydalanishi, inson kapitalini rivojlantirishga
e’tibor qaratishi va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishi zarur. Shuningdek, global
o‘zgarishlarga moslashuvchanlik va innovatsion yondashuvlar hududiy raqobatbardoshlikni
t
a’minlovchi asosiy omillar hisoblanadi. Shu asnoda aytish mumkinki, globallashuv mintaqalar
uchun nafaqat chaqiriq, balki katta imkoniyatdir. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan oqilona
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
235
foydalanish orqali iqtisodiy o‘sish, barqaror rivojlanish va xalqaro maydonda raqobatbardosh
mintaqalarni shakllantirish mumkin.
Globalizatsiya sharoitida mintaqaviy iqtisodiyotlar jahon bozorida raqobatbardosh
bo‘lishi uchun o‘z ixtisoslashuvini aniqlashi, innovatsion rivojlanishni yo‘lga qo‘yishi, xorijiy
investitsiyalar va savdo aloqalarini kengaytirishi lozim. Kadrlar salohiyatini oshirish va
barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan strategiyalar ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega.
Mintaqalar global iqtisodiy tizimga faol integratsiyalashgan taqdirda, ularning iqtisodiy o‘sishi
tezlashadi va raqobatbardoshlik darajasi ortadi.
Adabiyotlar
/Литература/
References:
Balkind V.S., Gromov I.V., (2021) Конкурентоспособность региона в условиях
глобализации.
Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-
yanvardagi “2022
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–
60
son.
Joseph E. Stiglitz (2002) "Globalization and Its Discontents".
lex.uz. (n.d.). PF-60-
сон 28.01.2022. 2022
-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. [online] Available at: https://lex.uz/docs/
-
5841063.
Mirsaidov M.S. (2006) “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”. O’quv qo’llanma
-
T.: “IQTISOD
MOLIYA”.
Nazarova G.G’., va boshq. (2011) “Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar”.
Darslik
–
Toshk
е
nt.
O’zbekiston
Respublikasi
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
axborotnoma
(2023)
https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/39033-2023-2
Xolbo’tayev S. (2019) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. –
Toshkent:
Iqtisodiyot.
Портер М. (2005) Конкуренция. –
М.: Вильямс.
