Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
263
AGRAR SEKTORNING IQTISODIY RIVOJLANISHINING STATISTIK TAHLILI
PhD
Zakirova Umida
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
ORCID: 0009-0006-4563-675X
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida
2020- 2024-yillar mobaynida kuzatilgan
dinamik o‘zgarishlar, ulardagi ayrim qonuniyatlar va
ularning kelgusi davrlar uchun prognoz ko‘rsatkichlarga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida
yoritib beriladi. Agrar tarmoqqa oid rasmiy statistik ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jaligida yuz
berayotgan
modernizatsiyalash jarayonlari natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda
kuzatilayotgan o‘zgarishlar va ularning aholi farovonligiga ta’siri tahlil qilinadi.
Kalit so
‘
zlar:
maktoiqtisodiy ko’rsatkichlar, YaIM, agrar tarmoq, agrar sohalar,
qishloq
xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgarishlar tahlili, qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari eksporti, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish, mahsulot
diversifikatsiyasi, zamonaviy texnologiyalar, qis
hloq xo‘jaligi samaradorligi.
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО СЕКТОРА
PhD
Закирова Умида
Узбекский государственный университет физической культуры и спорта
Аннотация.
В данной статье на основе статистических данных будут освещены
динамические изменения, наблюдаемые в сельскохозяйственном секторе Республики
Узбекистан в течение 2020
-
2024 годов, отдельные закономерности в них и их влияние на
прогнозные показатели на предстоящие периоды. На основе официальных
статистических данных, относящихся к аграрному сектору, анализируются
наблюдаемые изменения макроэкономических показателей в результате происходящих в
сельском хозяйстве процессов модернизации и их влияние на благосостояние населения.
Ключевые слова:
макроэкономические показатели, ВВП, аграрный сектор,
аграрные отрасли, анализ структурных изменений в сельском хозяйстве, цифровизация
сельского хозяйства, экспорт сельскохозяйственной продукции, развитие сельского
хозяйства, управление водными ресурсами, диверсификация продукции, современные
технологии, эффективность сельского хозяйства.
UO‘K:
303.832.33
V SON - MAY, 2025
263-270
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
264
STATISTICAL ANALYSIS OF ECONOMIC DEVELOPMENT
OF THE AGRICULTURAL SECTOR
PhD
Zakirova Umida
Uzbek State University of Physical Culture and Sports
Abstract.
Based on statistical data, this article will highlight the dynamic changes observed
in the agricultural sector of the Republic of Uzbekistan during 2020-2024, individual patterns in
them and their impact on forecast indicators for the coming periods. Based on official statistics
related to the agricultural sector, the observed changes in macroeconomic indicators as a result
of modernization processes in agriculture and their impact on the well-being of the population
are analyzed.
Keywords
:
macroeconomic indicators, GDP, agricultural sector, agricultural industries,
analysis of structural changes in agriculture, digitalization of agriculture, export of agricultural
products, agricultural development, water resources management, product diversification,
modern technologies, agricultural efficiency.
Kirish.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohot natijalari statistik raqamlarda va
ma’lumotlarda o‘z aksini topadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ishonchli va
tezkor statistik ma’lumotlarni shakllantirish hamda statistik ko‘rsatkichlar ko‘lamini
kengaytirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori
mamlakat i
qtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholining ko‘pchilik qismi bandligi
va oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatda amalga
oshirilayotgan tarkibiy va tuzilmaviy o‘zgarishlar orqali sohani rivojlantirish, raqobatbar
dosh
mahsulotlarni ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda davlat tomonidan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, yangi
texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, resurslarni samarali boshqarish masalalariga
ustuvorlik berilayotgani kuzatilmoqda.
Mamlakatimiz ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida qishloq xo‘jaligi o‘ziga xos ahamiyatga ega
bo‘lib, dehqonchilik va chorvachilik sohalari aholi daromadlarini shakllantirish hamda turmush
faravonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tarmoq rivojining uzoq tarixi
, mahsulot etishtirish
bilan bog’liq boy tajribasi, mavjud iqlimning soha rivojini ta’minlashda ustunligi, geografik
joylashuv kabilar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni istiqbolli sohalardan biri sifatida
shakllantirish lozimligini asoslaydi. Boshqa tom
ondan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab
chiqarish jarayoni ko‘p asrlik rivojlanish tendentsiyasiga ega bo‘lib, unga ko'pgina omillar
(aholi sonining o‘sishi, ilm
-fan rivoji, texnika va texnologiyalarning yaratilishi va rivojlanishi,
ijtimoiy-iqtisodiy v
oqe'liklar va boshqalar) ta’sirida bugungi kun holatiga etib kelgan va sohani
rivojlantirish o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Natijada, mamlakatda yalpi qo‘shilgan qiymatning
26%ga yaqini qishloq xo‘jaligi hissasiga to’gri keladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 —
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida 2022 yil 28 yanvardagi PF
-60 - son
Farmonida keltirilgan maqsadlaridan biri tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy
daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki
mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish hamda Qishloq
xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va ferm
erlar daromadini kamida 2
baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish (Farmon, 2022).
Yurtboshimizning “Raqamli O’zbekiston
- 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida2 ”gi Farmoni bilan agrosanoatni rivojlantirishga
qaratilgan bir necha o’nlab loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shu as
osda raqamlashtirish
bo’yicha qo’yilgan vazifa va topshiriqlarni jadal suratlarda olib borishda yetakchi xorijiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
265
tajribani o’rganish, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Jahon Bankining maslahat va moliyaviy
qo’llab
-
quvvatlashidan, eng yaxshi texnik yechimlardan foydalanilmoqda. Ma’lumki, ohirgi 15
yil ichida O’zbekiston aholisi 27 milliondan deyarli 40 millionga yetdi, ha
r bir kishi uchun
ajratilgan yer maydoni esa 23 sotixdan 16 sotixga kamaydi (Farmon, 2020).
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i Respublikamizning milliy mahsulot ishlab chiqarish sohasidagi
asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanib, o‘zining qo‘shimcha qiymat yaratishi, aholi ehtiyojini
qondirishdagi o‘rni va yuqori darajaga ega bo‘lgan ishlab chiqarish bilan
boshqa soha va
tarmoqlardan afzalligi bilan tubdan farq qiladi. Bugungi kunda qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaligida respublika yalpi ichki mahsulotining 25 %, oziq
-ovqat mahsulotlarining 90 % dan
ziyodi yaratilmoqda. Agrar soha mamlakatimizning yetakchi sohalaridan biri sifatida nafaqat
aholini oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoatni esa xom-
ashyo bilan ta’minlashda, balki
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda ham muhim o‘rin egallaydi (Berdiqulov,
2023).
Hozirgi kunda Respublikamiz qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining koʻplab turlarini
yetishtirish, ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash hamda eksport salohiyatini oshirish
borasida katta imkoniyatga ega. Lekin, bu imkoniyatlardan hozircha yetarlicha
foyd
alanilayotgani yoʻq. Mamlakat eksport salohiyatining yuksalishida qishloq xoʻjaligi muhim
ahamiyatga ega. Oʻzbekiston joriy yilda xorijiy davlatlarga Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki
ma‘lumotlariga koʻra, 2022
-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 1,0 mlrd. AQSH
dollari qiymatidagi 1,6 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan
yilning mos davri bilan solishtirilganda 168,3 ming tonnaga oshgan (Abdiraayimov, 2023).
Adabiyotlar sharhi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy va tuzilmaviy o‘zgarishlar
bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirishga
qaratilgan keng qamrovli strategiyalar, iqtisodiy islohotlar va
ularning natijalarini o‘rganishga
qaratilgan. Ayniqsa, 2023-
yilgi adabiyotlar va ilmiy manbalar ushbu sohadagi tub o‘zgarishlarni
hamda bu o‘zgarishlarning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Safarova va Mirzayev (2023) tomonidan
Central Asian Economic Review
jurnalida
“O‘zbekistonda kichik fermer xo‘jaliklarida raqamli islohotlarning ta’siri”
mavzusidagi 2023-
yilda nashr etilgan maqola kichik fermer xo‘jaliklaridagi raqamlashtirish jarayonining
samaradorlik, ishlab chiqarish va xarajatlar samaradorligiga ta’sirini o‘rganadi. Mualliflar
kichik fermerlar orasida texnologiya qabul qilish darajasi 15% ga oshganini va bu jarayonni
davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlovchi rag‘batlantiruvchi chora
-tadbirlarning roli katta
ekanligini ta’kidlaydilar.
Xo‘jayev va Umarova (2023)
“O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning
iqtisodiy foydalari bahosi”mazusida
2023-yilda
Asian Journal of Agricultural Economics
jurnalida chop etilgan tadqiqotda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektorida raqamli
texnologiyalarning iqtisodiy ta’sirini tahlil qilishadi. Ular sun’iy yo‘ldosh asosida ekinlarni
kuzatish va elektron savdo platformalari kabi raqamli vositalarni o‘rganib, r
aqamli integratsiya
qishloq xo‘jaligi yalpi ichki mahsulotini kelgusi besh yilda 10% ga
oshirishi mumkinligini xulosa
qilganlar.
Sobirova va Ergashev (2023) “
O‘zbekistonda raqamli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini
joriy etish: Taraqqiyot va siyosiy tavsiyalar” nomli ilmiy ishi
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish
jarayonini tezlashtirish uchun zarur bo‘lgan siyosat masalalariga bag‘ishlangan. Mualliflar
raqamli infratuzilma va qishloq xo‘jaligi xodimlarini o‘qitish bo‘yicha takliflarni ilgari surgan va
ushbu tadbirlarning raqamli
qishloq xo‘jaligidan to‘liq foydalanish uchun muhimligini
ta’kidlaganlar.
Qishloq xo’jaligi sanoatini raqamlashtirish samaradorligini nafaqat vositachilar, balki
oxirgi xaridorlar bilan ham bitimlar tuziladigan agrosanoat majmuasi tovarlarini sotish uchun
elektron platforma yaratish orqali oshirish mumkin. Raqamli iqtisodiyot elementlari yerlarni,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
266
ekinlarni monitoring qilish, ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob
-kitoblarni
optimallashtirish, investitsiya va kredit tizimini ratsionalizatsiya qilish, ijtimoiy sug’urta uchun
ishlatilishi mumkin. Raqamlashtirish marketing usullaridan faol foydalanishni, monopoliyaga
qarshi turishni, iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari o’rtasida elektron o’zaro ta’sir o’tkazish
uchun sharoit yaratishni ta’minlaydi. Agrosanoat majmuasining raqamli platformalari.
Texnologik raqamli platformalar innovatsion infratuzilmaning elementlari hisoblanadi.
Ularning maqsadi tezkor va samarali aloqani ta’minlash, fermerlarning boshqa manfaatdor
tomonlar bilan bevosita o’zaro munosabatlarini rag’batlantirish
deya fikr bildirgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-
ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga
ko‘ra, 2028
-
yilga borib qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga
yo‘naltirilgan global xarajatlarning 3 barobarga oshishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 16,4
milliard AQSh
dollariga teng bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Jumladan, sun’iy intellekt, katta
ma’lumotlar (Big Data) va ob’ektlar interneti (IoT) texnologiyalariga qaratilgan investitsiyalar
sezilarli darajada oshib, 2021-yildagi 1 milliard AQSh dollardan 2028-yilga kelib 5 milliard
AQSh dollariga yetishi kutilmoqda. Ushbu o‘sish tendensiyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetkazib berish va boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali hosildorlikni oshirish,
resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minl
ash imkonini beradi (Ermonov, 2023).
Ismatov va Rahimovalar tomonidan “O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligi qiymat zanjirini
kuchaytirishda raqamlashtirishning roli” nomli maqolasi Agricultural Policy and Management
Review
jurnalida 2023-yilda chop etilgan. Bu tadqiqotda Ismatov va Rahimova ishlab
chiqarishdan tortib to bozorgacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi qiymat zanjirini yaxshilashdagi
raqamli texnologiyalarning rolini o‘rganishgan. Mualliflar elektron tijorat platformala
ri,
izchillik uchun blokcheyn texnologiyasi va mobil maslahatchilik xizmatlari orqali fermerlarning
tranzaksiya xarajatlarini taxminan 12% ga kamaytirishga erishilganini ta’kidlashgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning maqsadi bo’lib, mamlakatimizda qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini
yetishtirish, ulardagi tarkibiy o’zgarishlarni baholash, istiqboldagi yo’nalishlarini belgilash
bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, respublikamizda agrar sektorning
rivojlanish jarayonlari, ulardagi tarkibiy va tuzilmaviy o’zgarishlarni kompleks statistik
tahlilini amalga oshirish va samaradorligini baholash natijasida istiqbol uchun
muqobil bo’lgan
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va asosiy yo’nalishlarini belgilash imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Tadqiqot jarayonida induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, ekspert baholash, ilmiy
abstraksiyalash, tahlil va sintez, umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar, vaqt qatorlari, iqtisodiy
indekslar, statistik jadval va grafiklar kabi usullardan keng foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ushbu bo‘limda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan tarkibiy va
tuzilmaviy o‘zgarishlarni statistik tahlil qilish natijalari taqdim etiladi.
Asosiy maqsad
–
qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish hajmlari, hosildorlik darajalari,
eksport imkoniyatlari va iqtisodiy samaradorlik kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali sohada
amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashdir.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 —
2030-yillarga
mo‘ljallangan strategiyasining asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq
-
ovqat tarmog‘ining
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat
siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni
qamrab oladi:
•
aholining oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash;
•
qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
267
•
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni
oshirish;
•
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-
muhit muhofazasini ta’minlash;
•
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
•
tarmoqni qo‘llab
-
quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma
-bosqich
diversifikatsiya qilish;
•
qishloq xo‘jaligida ilm
-
fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
•
qishloq hududlarini rivojlantirish;
•
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish (Farmon, 2019).
2024 yil 1 aprel holatiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan
korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari) soni –
34 165 birlikni,
shundan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrs
atilgan xizmatlarda
–
31 366 birlikni, oʻrmon xoʻjaligida –
249 birlikni hamda baliqchilik xoʻjaligida –
2 550 birlikni
tashkil etdi.
Dastlabki tahlillar turli hududlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari unumdorligidagi sezilarli
farqlarni aniqlaydi.
Quyidagi jadvalda kichik, oʻrta va yirik fermer xoʻjaliklari uchun oʻrtacha
hosildorlik va chorvachilik mahsuldorligi koʻrsatilgan (1
-jadval).
1-jadval
Kichik, oʻrta va yirik fermer xoʻjaliklari uchun oʻrtacha hosildorlik va chorvachilik
mahsuldorligi
Fermer xo'jaligi hajmi
Oʻrtacha hosildorlik (ton/ga)
Chorvachilik mahsuldorligi
(birlik/yil)
Kichik
4,5
120
O‘rta
5,2
145
Katta
6,5
180
Ta’riflovchi statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, yirik fermer xo‘jaliklari qishloq
xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligi bo‘yicha doimiy ravishda kichik
fermer xo'jaliklaridan ustun turadi. Yirik fermer xoʻjaliklari kichik va oʻrta fermer xoʻjaliklariga
nisbatan oʻrtacha 25%ga yuqori hosildorlikni qayd etdi, bu esa fermer xoʻjalikla
ri hajmi va
hosildorlik oʻrtasidagi kuchli bogʻliqlikdan dalolat beradi. Kichik va o'rta fermer xo'jaliklari
resurslarni yaxshiroq taqsimlash (masalan, suv va o'g'itlar) kabi samaraliroq amaliyotlarni
qo'llashni ko'rib chiqishlari va resurslar va texnologiya investitsiyalarini birlashtirish uchun
hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishlari kerak. Yirik fermer xo'jaliklari samaraliroq bo'lsa-da,
aniq qishloq xo'jaligi va mehnatni yaxshiroq boshqarish orqali yanada optimallashtirish
qo'shimcha foyda keltirishi mumkin.
So’nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi tarmog’i sezilarli darajada o’sib
kelmoqda. Buni qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining
yillik o‘sish sur’atlaridan ko’rishimiz mumkin(1
-rasm)
1-
rasmdan ko’rishimiz mumkinki, 2019 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining yillik o‘sish sur’atlari 103,1 % ni tashkil qilgan.
Qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligi mahsulotlari 2019
-
yilda o’sish ko’rsatgan
. 2020 yilda esa
bu 102,9 %ni tashkil qilgan va bu yili ko’rsatkich biroz pasaygan (103,1 dan 102,9 ga). 2021
-
yilda bu ko’rsatkich 104%ni tashkil qilgan bo’lib, ko’rsatkich yana o’sishga o’tgan va 2019
-
yildagi darajadan yuqoriroq ko’rsatkichga erishilgan.
2022-yilda esa 103,6 ni tashkil qilgan va
o’sish biroz sekinlashgan va ko’rsatkich 104 dan 103,6 ga tushganligini kuzatishimiz mumkin.
2023-
yilda esa o’sish 104,1%ni tashkil qilgan va bu ko’rsatkich yana o’sgan va butun davr
uchun eng yuqori darajaga yetga
n. Bu sohada barqaror o’sish tendensiyasi mavjudligini
ko’rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
268
1-rasm.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy
hajmining o‘sish sur’atlari (yillik)
Manba:
stat.uz rasmiy sayt ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
2019-yildan 2023-
yilgacha bo’lgan davrda agrar tarmoq mahsulotlari o’sish
tendensiyasini namoyon qilgan. Ayrim yillarda biroz pasayish kuzatilgan bo’lsa ham, umumiy
o’sish davom etgan. 2023
-
yilda eng yuqori ko’rsatkichga erishilgan, bu sohaga e’tibor qarat
ish
va uni rivojlantirish muhimligini ko’rsatadi. Qo’shimcha ma’lumotlar bilan har bir yildagi
o’zgarishlarning sabablarini aniqlash mumkin bo’ladi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tarkibiy va
tuzilmaviy
o‘zgarishlarni statistik tahlil qilish natijasida qator muhim xulosalarga keldik. So‘nggi yillarda
sektor samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va
davlat tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlar qish
loq xo‘jaligida sezilarli o‘sishni
ta’minlaganini ko‘rish mumkin. Bularning barchasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki va
tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Birinchidan, qishloq xo‘jaligida mahsulot hajmining barqaror o‘sishi va hosildorlik
darajasining oshgani sektorda olib borilayotgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi
agronomik usullarning qo‘llanilishi bilan bevosita bog‘liq.
Ushbu jarayonni davom ettirish
orqali mahalliy fermer xo‘jaliklarining samaradorligi va hosildorligi yanada oshadi.
Shuningdek, mahsulotlar diversifikatsiyasi xalqaro bozorlarga chiqishda keng imkoniyatlar
yaratmoqda va O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligida
yuqori daromad keltiruvchi mahsulotlarni
yetishtirish salohiyati ortib bormoqda.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish va suv tejovchi texnologiyalarning joriy
etilishi resurslardan samarali foydalanish imkonini yaratmoqda. Xususan, sun’iy yo‘ldosh
monitoringi, smart-
sug‘orish tizimlari va boshqa raqamli texnologiyalar tupro
q unumdorligini
oshirish, suvni tejash va umumiy samaradorlikni yaxshilashda katta natijalarga erishmoqda.
Suv resurslarini tejash bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab
-quvvatlash choralari
ham bu yo‘nalishda muhim rol o‘ynaydi va ularni yanad
a kengaytirish zarur.
Uchinchidan, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro bozor talablariga mos
mahsulot yetishtirish uchun davlat tomonidan qo‘shimcha chora
-tadbirlarni kuchaytirish
lozim. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro sifat standartlari va
sertifikatlash talablari bajarilishi O‘zbekiston mahsulotlariga nisbatan ishonchni oshirishga
xizmat qilmoqda. Shu sababli, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi eksport bozorlarini
izlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolis
hi lozim.
103.1
102.9
104
103.6
104.1
2019
2020
2021
2022
2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
269
Takliflar:
1.
Raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish:
Qishloq xo‘jaligida raqamli va smart
texnologiyalarni qo‘llashni yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha dasturlar ishlab chiqilishi
lozim. Bu maqsadda davlat va xususiy sektor hamkorligi orqali fermer xo‘jaliklariga arzon va
sifatli texnologik yechimlar taklif qilish tavsiya etiladi.
2.
Suv resurslarini boshqarish va tejash dasturlari:
Suvdan foydalanishni
optimallashtirish bo‘yicha maxsus dasturlarni kengaytirish va ushbu texnologiyalarga
subsidiyalar ajratishni davom ettirish kerak. Bunday choralar suv tanqisligi muammosini hal
qilishda katta yordam beradi va kelgusida resurslarning iqtisodiy jihatdan tejalishiga hissa
qo‘shadi.
3.
Eksportni qo‘llab
-quvvatlash siyosatini kuchaytirish:
Mahalliy mahsulotlarning
xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish uchun sifatni nazorat qilish tizimlarini
kuchaytirish, xalqaro standartlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini kengaytirish va sertifikatlashtirish
xizmatlariga qo‘shimcha imtiyozlar yaratish lozim. Bu O‘zbekistonning eksport salohiyatini
oshirishga imkon beradi.
4.
Kichik fermer xo‘jaliklarini qo‘llab
-quvvatlash:
Kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklariga
moliyaviy yordam ko‘rsatish, ularni kreditlash va imtiyozli qarzlar ajratishni davom ettirish
orqali sektorning barqaror rivojlanishini ta’minlash zarur. Bu qishloq xo‘jaligida mehnat
unumdorligini oshirish va yangi i
sh o‘rinlarini yaratishga hissa qo‘shadi.
5.
Mahsulot diversifikatsiyasi va yangi bozorlarga chiqish:
Qishloq xo‘jaligida faqat
an’anaviy ekinlarga bog‘lanib qolmaslik, balki yuqori daromad keltiruvchi yangi ekin turlarini
rivojlantirishni qo‘llab
-
quvvatlash kerak. Bu eksportda yangi yo‘nalishlarni ochib, iqtisodiyotga
qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin
.
Ushbu xulosa va takliflar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida olib borilayotgan
tarkibiy-
tuzilmaviy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi va mamlakatning
oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi
maqsadlarga
erishishga zamin yaratadi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Abdirayimov A.R. (2023) Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirishda
vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari. Academic Research in Educational
Sciences Volume 4 | Issue 1 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1.
Axmedov N., Alimov Sh. va Tursunova F. (2023) “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida raqamli
transformatsiya: Barqaror rivojlanish uchun muammolar va imkoniyatlar”. The Journal of
Agricultural Innovation and Development.
Berdiqulov Q.G’. (2023) O‘zbekiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
tarmog‘ining rivojlanish holati va uning tendentsiyalaridagi o‘zgarishlarni statistik baholash.
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy
-elektron jurnal /1(15) 107 www.statmirror.uz.
Ermonov F.F. (2025) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda raqamli
tyexnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari. “O‘zbekiston statistika axborotnomasi”
ilmiy-elektron jurnali /1-son 1 www.statmirror.uz
Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020
-
2030 yillarga mo‘ljallangan
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF
- 5853- sonli Farmoni. www.lex.uz
Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi 2022
-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF
-60 sonli
Farmoni. www.lex.uz
Farmon (2024) O
‘
zbekiston Respublikasining
“
Qishloq xo
‘
jaligiga mo
‘
ljallangan yer
uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O
‘
zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o
‘
zgartirish va qo
‘
shimchalar kiritish to
‘
g
‘
risida
”
gi
qonuni, 09.10.2024 yildagi O
‘
RQ-973-son.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
270
Qaror (2022) O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining
“
O
‘
zbekiston Respublikasi qishloq
xo
‘
jaligini rivojlantirishning 2020
—
2030-yillarga mo
‘
ljallangan strategiyasida belgilangan
vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo
‘
shimcha chora-tadbirlar to
‘
g
‘
risida
”
gi qarori,
07.06.2022 yildagi PQ-273-son.
Qonun (2004) “O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuni. 2004 yil
26 avgust, 662-II-son. www.lex.uz
Qonun (2021) O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuni. 2021 yil
1 aprelda qabul qilingan. www.lex.uz
Safarova G. va Mirzayev R. (2023) “O‘zbekistonda kichik fermer xo‘jaliklarida raqamli
islohotlarning ta’siri”. Central Asian Economic Review.
Sobirova D. va Ergashev A. (2023) “O‘zbekistonda raqamli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini
joriy etish: Taraqqiyot va siyosiy tavsiyalar”. Uzbekistan Economic and Agricultural Studies
Journal.
Xo‘jayev Sh. va Umarova N. (2023) “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning
iqtisodiy foydalari bahosi”. Asian Journal of Agricultural Economics.
