IMPROVEMENT OF THE LIVESTOCK PRODUCT DISTRIBUTION SYSTEM AND MODERNIZATION OF THE INDUSTRY

Abstract

This article is devoted to the issues of improving the system of sale of steppe-pasture livestock products and modernization of the network. Also, modern approaches to processing, transport services, marketing and management of steppe-pasture livestock products are proposed. It is also proposed to use advanced technologies and innovative methods to solve the ecological and social problems of the region.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
79-85
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nurmanov , S. (2025). IMPROVEMENT OF THE LIVESTOCK PRODUCT DISTRIBUTION SYSTEM AND MODERNIZATION OF THE INDUSTRY. Economic Development and Analysis, 3(6), 79–85. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/123999
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the issues of improving the system of sale of steppe-pasture livestock products and modernization of the network. Also, modern approaches to processing, transport services, marketing and management of steppe-pasture livestock products are proposed. It is also proposed to use advanced technologies and innovative methods to solve the ecological and social problems of the region.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun

www.sci-p.uz

79



CHO‘

L-YAYLOV CHORVACHILIGI MAHSULOTLARI SOTISH TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH VA TARMOQNI MODERNIZATSIYALASH

Nurmanov Sherzod

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

ORCID: 0009-0004-8479-0632

nurmanov4730@gmail.com

.

Annotatsiya.

Ushbu maqola cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini sotish tizimini

takomillashtirish va tarmoqni modernizatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan. Shuningdek,
cho‘l

-

yaylov chorvachiligi mahsulotlarini qayta ishlash, transport xizmati, marketing va xo‘jali

k

yuritishning zamonaviy yondashuvlari taklif etiladi. Shuningdek, mintaqaning ekologik va

ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun ilg‘or texnologiyalar va innovatsion usullardan

foydalanish taklif etilgan.

Kalit so‘zlar:

cho‘l

-

yaylov chorvachiligi, qorako‘l terisi, mahsulotlarni qayta ishlash,

tarmoqni modernizatsiyalash, ekologik choralar, iqtisodiy samaradorlik, texnologik rivojlanish,

innovatsion yondashuvlar.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ СБЫТА ПРОДУКЦИИ ЖИВОТНОВОДСТВА И

МОДЕРНИЗАЦИЯ ОТРАСЛИ

Нурманов Шерзод

Самаркандский государственный университет

ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии

Аннотация.

Данная статья посвящена вопросам совершенствования системы

реализации продукции степного животноводства и модернизации сети. Также
предложены современные подходы к переработке продукции пустынно

-

пастбищного

животноводства, транспортному обслуживанию, маркетингу и менеджменту. Также

предлагается использование передовых технологий и инновационных методов для
решения экологических и социальных проблем региона.

Ключевые слова:

степно

-

пастбищное животноводство, каракольская кожа,

переработка продукции, модернизация сети, экологические мероприятия, экономическая

эффективность, технологическое развитие, инновационные подходы.

UO‘K:

316.422

VI SON - IYUN, 2025

79-85

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun

www.sci-p.uz

80

IMPROVEMENT OF THE LIVESTOCK PRODUCT DISTRIBUTION SYSTEM AND

MODERNIZATION OF THE INDUSTRY

Nurmanov Sherzod

Samarkand State University of Veterinary Medicine,

Animal Husbandry and Biotechnology

Abstract.

This article is devoted to the issues of improving the system of sale of steppe-

pasture livestock products and modernization of the network. Also, modern approaches to
processing, transport services, marketing and management of steppe-pasture livestock products

are proposed. It is also proposed to use advanced technologies and innovative methods to solve

the ecological and social problems of the region.

Keywords:

steppe-pasture livestock, karakul skin, product processing, modernization of the

industry, ecological measures, economic efficiency, technological development, innovative

approaches.

Kirish.

Hozirgi kunda qishloq ho‘jalik mahsulotlari savdosi tarkibiga tovar

-xom ashyo birjalari,

chorvachilik mahsulotlari yarmarkalari, tijorat-vositachi firmalar, kichik hajmda chorvachilik

mahsulotlari ulgurji va chakkan savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, supermarketlar, savdo

uylari, dehqon bozorlari va boshqa savdo shahobchalarini kiritish mumkin.

Cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini yetkazib berish tizimi talab darajasida

shakllanmaganligi, qayta ishlovchi korxonalar yetishmasligi natijasida mahsulot

yetishtiruvchilar ham ite’molchilar ham zarar ko‘rishmoqda. Ko‘p hollarda tadbirkorlar o‘z

mahsulotlarini yaqin joylashgan bozorlarga olib chiqishi mahalliy bozorda mahsulotlar

miqdorining

ko‘payshiga

va narxning

pasayishga hamda ishlab chiqarivchining zarar ko‘rishiga

olib keladi. Qayta ishlovchi korxonalar yetishmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarning

bir qismi sotilmasdan qolmoqda.

Cho‘l

-

yaylov chorvachiligi xo‘jaliklari har kuni bozorga

mahsulot chiqarish imkoniyatiga

ega emaslar. Shu sababli ular tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotishda imtiyozli
sharoitlar yaratilishi lozim.

Bu muammo cho

l-yaylov chorvachiligida mahsulotlarni qayta ishlash va sotishga

ixtisoslashgan kooperativlar tashkil etish yo

li bilan yechiladi. Bunday kooperativlarga cho

l-

yaylov chorvachiligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va Tovar mahsulotlarin sotish hamda
transport xizmati ko

rsatuvchi korxonalarni kiritish mumkin.

Qorako‘l teri va junning asosiy

qismi respublikada 3-

4 ta firma tomonidan tayyorlananilmoqda va ular O‘zbekiston bozorida

monopol mavqeiyga egadirlar. Bu esa yetishtirilgan mahsulotlar bozor baholaridan ancha past
sotilishi va ishlab chiqaruvchilar moddiy manffatdorligi kamsitilishiga olib kelmoqda.

“Mexovaya Moda” MCHJ faoliyati tahlili ko‘rsatdiki, tuzlangan qorako‘l terini o‘rtacha 38,0 ming
so‘mdan sotib olgan, uni oshlab 65,0 ming so‘mdan sotgan. Ushbu terilardan tayyorlangan

shubadagi bir dona qorako‘l terining o‘rtacha narxi 118,0 ming so‘mni va mos ravishda olingan

foyda 17,0 va 64,0 ming so‘mni tashkil qilgan.

“Istiqlol” ixtisoslashgan naslchilik xo‘jaligi (INX) tirik vaznda 1 sentner go‘shtni 683,6

ming so‘mdan, go‘sht shaklida 2000,0 ming so‘mdan va kolbasa shaklida esa 2780,0 ming

so‘mdan sotgan va mos ravishda 229,1, 985,9 va 1810,0 ming so‘m foyda olingan.

“Sayxan” INX,

1 sentner juni 800,0 ming so‘mdan kigiz tayyorlovchi sexga sotib 26,1 ming so‘m foyda olgan,

sex esa tayyor mahsulot shaklidagi junni 3478,6 ming so‘mdan

sotib, 1735,7 ming so‘m foyda

olgan.

Ta‘

ki

dlash o‘rinliki, qayta ishlash korxonalari yetishmasligi, mahsulot ishlab

chiqariladigan joylarda ularning deyarli yo‘qligi sababli mahsulotlarning katta qismi xom ashyo

shaklida sotilmoqda, hatto bir qismi sotilmasdan qolmoqda.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun

www.sci-p.uz

81

Shu sababli kooperativlarning asosiy vazifasi

cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini

mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan yig‘ish va qo‘lay yo‘llar bilan sotishni tashkil etish, hamda

bozor talabidan kelib chiqqan holda ularni qayta ishlash. Shu bilan birgalikda kooperativlar

mayda tovar ishlab chiqaruvchilarni omuxta yem va dag‘al xashak bilan ta’minlaydi, ularga

zooveterinariya xizmatlari shuningdek, respublikaning cho‘l

-yaylov mintaqalaridagi tovar

ishlab chiqaruvchilarga va aholiga boshqa turdagi x

izmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanishadi.

Bu shahar va yirik aholi yashash punktlaridan uzoqda joylashgan mayda tovar ishlab

chiqaruvchilar va aholi uchun o‘ta muhim

ijtimoiy-iqtisodiy masala hisoblanadi.

Cho‘l

-yaylov chorvachiligining barqaror rivojlanishi va mamlakat aholisini uzliksiz oziq-

ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida (go‘sht, qo‘y, ot va tuya suti) hamda qorako‘l

terisi, jun, qo‘y terisi, shirdon va boshqa turdagi yirik mollar terisi ka

bi qimmatli xom ashyoning

joylarda to‘liq qayta ishlanishini amalga oshirish uchun tarmoqda tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy,

texnologik va ekologik tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar sharhi.

Adabiyotlar tahlili orqali chorvachiligi mahsulotlari sotish tizimini takomillashtirish

haqida mavjud ilmiy ishlar va tadqiqotlar o

ganildi. .Salamov, Nurmanov

(2024) “

Qishloq

xo

jaligi klasterlarida mahsulotlarni ichki va xorij bozorlariga eksport qilish jarayonlari

menejmenti

nomli ilmiy maqolasida

qishloq xoʻjaligi klasterlarida mahsulotlarni ichki va xorij

bozorlariga eksport qilish (menejmenti, mahsulotlarni tashish, saqlash, qayta ishlash,

sublimatsiya qilish, quritish, ular tarkibidagi nitrat va nitritlarni aniqlash) jarayonlari,

Samarqand viloyati qishloq xoʻjaligida 2021

- 2022-yillar yakunlari taqqoslangan, xulosalar,

takliflar berilgan. Samarqand viloyatida tashkil etilgan chorvachilik klasterlari haqidagi

maʼlumotlar ham berilib, xorij mamlakatlarida mahsulot va tovarlarni yetkazib berish

tajribalaridan ayrimlari keltirilgan. Klasterlarni tuzishdagi va ular faoliyatini yuritishdagi

jarayonlarni takomillashtirishda menejment usull

arini qoʻllash masalalari yoritilgan.

Tangirov

(2025) “

Cho

ʻ

l-yaylovlari ekologik holati va ularning samaradorligini oshirish yo

ʻ

lari

nomli

ilmiy maqolasida

mamlakat choʻl

-yaylovlari degradatsiyalanish darajasining hozirgi holati

va uni qayta tiklash, ekologik barqarorlikni taʼminlaydigan innovatsion texnologiya “Yaylov

-

qorakoʻlchilik kompleksi”

modeli ishlab chiqarishga joriy etish va uning iqtisodiy samaradorligi

kabi masallar oʻrganilgan .

Tangirov

(2019) “Экономическая эффективность переработки

каракульских шкур”

nomli ilmiy maqolasida Cho

l-yaylov chorvachilik fermalarida ishlab

chiqarilgan mahsulotlar fermer xo

jaliklari qayta ishlash uchun umumiy ovqatlanish

korxonalariga yetkazib beriladi va xususiy tadbirkorlar, aholi tomonidan savdo va dehqon
bozorlarida sotish masalalari va usullari ko

rib chiqilgan.

Yuqoridagi ilmiy maqolalar chorvachiligi mahsulotlari sotish tizimini takomillashtirish va

tarmoqni moderinizatsiyalash tizimini takomillashtirishda muhim manbalar hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotlar sotish tizimini takomillashtirish rivojlanishda o

z ta

sirini o

rganishga xizmat

qiladi.

Tadqiqot metadologiyasi.

Ushbu tadqiqot ishida nazariy tahlil va kontent tahlili, empirik tadqiqot, kompleks tahlil,

statistik tahlil, kvantitativ va sifatli tahlil usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Tashkiliy tadbirlar

yuqori mahsuldor, raqobatbardosh tegishli rangdagi va

rangbarang

likdagi (sur, ko‘k, kumush, po‘lati va boshqa.) va gul tipidagi (qavurg‘asimon, yassi,

qorako‘lcha) qorako‘l teri beradigan qorako‘l qo‘ylarining zavod tiplarini yaratish, zotning

mavjud genfondini saqlash va boshqa mamlakatlardagi qorako‘l qo‘yining genot

iplari bilan uni

boyitish, zarur iqtisodiy manfaatdorlik choralarini amalga oshirish, salohiyati yuqori naslli

qo‘chqorlar sperma bankini yaratish, genofondning saqlanishini ta’minlaydi va mavjud zotlarni


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun

www.sci-p.uz

82

takomillashtirishning muhim usullaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, barcha

xo‘jaliklarni

avvalom bor dehqon

va aholi yordamchi xo‘jaliklarini yuqori mahsuldor ona qo‘ylar va naslli

qo‘chqorlar hamda ularning spermalari bilan ta’minlash

lozim;

-

yaylovlardan foydalanish va cho‘lda ozuqa tayyorlash qismida: yaylov o‘simliklari

degradatsiyaga uchraganligi sababli keyingi yillarda mollarning yaylovdan oladigan ozuqasi

miqdori keskin kamaygan. Bunga sabab, tabiiy yaylov ozuqa zaxirasiga nisbatan 3-

4 marta ko‘p

miqdordagi mollarning boqilishidir. Suv manbalarining eskrishi va ishdan chiqishi bir yaylov
maydonida mollar ortiqcha boqilishi, ikkinchisida esa boqilmasligiga olib kelmoqda. Shu

sababli yangi yaylov maydonlarini o‘zlashtirish, suv manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan masalani

yechish, hosildorlikni hisobga olgan holda yaylovni boshqarish tizimini ishlab chiqish va uni

joriy

etish. Yaylovlardan ratsional foydalanish tizimini qo‘llash va yerning kadastr bahosini

aniqlash, yuqori hosili navlardan foydalangan holda degradatsiyalangan yaylov maydonlarini

fitomelioratsiyalash, urug‘ yetishtirish maydonlari tashkil etish, bosqichma

-bosqich

yaylovlarni suv manbalari bilan ta’minlash, hamda yuqori hosildorli (tabiiy yaylovga nisbatan

3-

5 barabor ko‘p hosil beradigan) su’niy yaylovlarni yaratish;

-

cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini qayta ishlash qismida: birinchidan,

mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ularni qayta ishlovchi, agrosevis va aholiga madaniy-maishiy

xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar va agrofirmalarini shakllantirish;

ikkinchidan, joylarda

kooperatsiya asosida cho‘l

-yaylov mahsulotlaridan tayyor tovarlar

tayyorlovchi va ozuq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi, hamda tayyor buyumlar ishlab chiquvchi

ixcham sanoat korxonalarini qurish;

-

tayyor tovar mahsulotlarini sotish qismida: qorako‘l terisi va undan tayyorlangan

mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar xalqaro mo‘yna auksionlarida muntaazam ishtirok

etishlari uchun,

shuningdek, qorako‘l teri, jun, mol terilaridan ishlangan buyumlarni sotish

maqsadida o‘zga yurtlarda savdo uylari ochishi

uchun davlat ularni qo‘llab

-quvvatlashi lozim;

-

tovar ishlab chiqaruchilar bilimini oshirish qismida: cho‘l

- yaylov mahsulotlarini

ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha o‘quv

-

qo‘llanma tayyorlash, uni har bir ishlab

chiqaruvchiga yetkazish va ishlab chiqarish samarodorligini oshirish bo‘yicha joyl

arda

seminar-trenglar tashkil etish;

-

moddiy texnika ta’minoti qismida: ishlab chiqarish ehtiyojlari

uchun zarur

bo‘ladigan

jihozlar va materiallar xususan xorijiy mamlakatlardan yetkazib berilishida ishlab

chiqaruchilarga davlat imtiyozli sharoit yaratishi va moliyaviy yordam ko‘rsatishi

lozim.

Iqtisodiy tadbirlar.

Cho‘l

-yaylov chorvachiligi mintaqalarining ijtimoiy iqtisodiy

rivojlanish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 5

-6 marta kamligini hisobga olib,

ushbu iqtisodiy nochor hududlar rivojlanishini barqarorlashtirishga qaratilgan infratuzilmaviy
loyihalarini moliyalashtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir foizlik

hamdardlik (solidarlik) solig‘ini 5

-

yil muddatga joriy etish va shakllantirilgan mablag‘larni

cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni

moderinizatsiyalash va diver

sifikatsiyalashga yo‘naltirish maqsadga

muvofiq;

-

cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi

su’bektlarga zamonaviy agroservis xususan zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatishni qishloq

joylarda shakllantirish uchun xususiy zooveternariya va boshqa turdagi agroservis xizmatlarini

ko‘rsatuvchi shaxobchalarni tashkil etish maqsadida

tadbirkorlarga tijorat banklaridan

imtiyozli kreditlar ajratilishi maqsadga muvofiq.

-

cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini joylarda qayta ishlovchi xususiy, ixcham

sanoat korxonalarini tashkil etilishini yo‘lga

qo‘yish

maqsadida tadbirkorlarga davlat

moliyaviy

yordam ko‘rsatishi va tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar ajratilishiga

ko‘maklashishi;

-

ixtisoslashga auksionlar naslli va boshqa mollar sotilishni yo‘lga qo‘yish,

shuningdek, zooveterinaiya, naslchilik, mollarni

go‘shtga so‘yish va boshqa xizmatlarni


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun

www.sci-p.uz

83

ko‘rsatadiga punkitlarni tashkil etish yo‘li bilan cho‘l

-yaylov chorvachiligi rivojlangan

mintaqalarda tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish;

-

cho‘l

-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va

iste’molchiga yetkazib berishning ilg‘or usullari va zamonaviy texnologiyalari hamda ularning

o‘zaro ishlab chiqarish

- shartnoma-

moliyaviy munosabatlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurs

lari

tashkil etish;

-

zamonaviy texnologik jihozlarni, yuqori samadorligi texnologiyalar va mini sexlarni

sotib olishi uchun cho‘l

-

yaylov chorvachiligi mahsulotlarini qayta ishlovchi xo‘jalik va

korxonalarga uzoq muddatli kreditlar ajratish;

-

cho‘l

-yaylov chorvachiligida muhim vazifa

chorvador-

xo‘jayin shakllanishiga

qulay muhit yaratish hisoblanadi. Buning uchun bozor maydoni, bozorning barcha tarkibiy

bo‘linmalari (ishlab chiqarish, qayta ishlash, savdo, ijtimoiy

-

iste’mol infratuzilmasi va tijorat

-

vositachilik tashkilotlari) va ularning o‘zaro faoliyat ko‘rsatish mexanizmlari, bosqichma

-

bosqich xususiy mulkka aso

slangan fermer va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, hamda

agrofirmalar va boshqa xo‘jalik yuritish shakllarini cho‘l mintaqalarida

tashkil etish, bunda

ishlab chiqarish, mahsulotlarni sotish va foydani taqsimlashda ishlab chiqaruvchining iqtisodiy

erkinligi ta’minlanadi.

Texnologik tadbirlar:

Respublika yaylovlaridan ratsional foydalanish uchun mavjud

shaxtali quduq va skvajinalarni moderinizatsiyalash va yangi suv manbalarini ishga tushirish

hisobiga suv bilan ta’minlanmagan yaylovlarni o‘zlashtirish hamda yaylov aylanmasi tizimidan

samarali foydalanish. Shu bilan birgalikda yaylovni himoyalovchi ixotazorlarini barpo qilish va

yuqori hosilli ko‘pkomponentli yaylov agrofitotsenozlarini yaratish yo‘li bilan ularni tubdan

yaxshilash;

-

poda tarkibini va sifatini takomillashtirish (ona qo‘y salmog‘i kami bilan 70

-75 %)

hamda seleksiya va naslchillik ishlarini tubdan yaxshilash hisobiga cho‘l

-yaylov chorvachiligi

mahsulotlari raqobotbardoshligini ta’minlash va ishlab

chiqarishni ko‘paytirish;

-

cho‘l

-yaylov chorvachiligida mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonida

resursotejamkor va atrof

muhitni muhofazalovchi texnologiyalardan foydalanishning

dolzoribligi, bozor talablaridan kelib chiqqan holda xo‘jaliklar faoliyati qorako‘l

teridan go‘sht

ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligi (katta yoshlilarni bo‘rdoqilash va 2

-

3 oylik qo‘zilardan qo‘zi

go‘shti yetishtirish), cho‘l

-yaylov chorvachiligi urchitiladigan joylarda qayta ishlash

korxonalarini qurish, qorako‘l terisi, mol terilari, jun, go‘sht, sut va boshqa mahsulotlarni qayta

ishlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan ularni jihozlash;

-

cho‘l

-yaylov

chorvachiligi

majmuasiga

kiruvchi

barcha

korxonalarda

zooveterinariya tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish.

Ekologik tadbirlar:

Cho‘l

-yaylov chorvachiligi joylashgan mintaqalardagi aholini doimiy

ish o‘rinlari, shuningdek, ichimlik suvi, oziq

-ovqat mahsulotlari, tabiiy gaz, elektr energiyasi va

boshqa kundalik zarur ehtiyojlar ta’minotini tubdan yaxshilash, tabiiy yaylovlar

degradatsiyasini bartaraf qilish va inqrozga uchragan yaylov maydonlarini tiklash;

-

innovatsion texnologiyalardan foydalanib, mollar go‘ngidan biogaz ishlab

chiqarishni tashkil etish.

Xulosa va takliflar.

C

ho‘l

-yaylov chorvachiligida yuqori mahsuldor, raqobatbardosh tegishli rangdagi,

rangbarang

likdagi va gul tipidagi teri beradigan qorako‘l qo‘ylarining zod tiplarini yaratish,

yaratilgan

zotning mavjud genfondini saqlash, qorako‘l qo‘yining genotiplari bilan uni boyitish,

zarur iqtisodiy manfaatdorlik choralarini amalga oshirish, salohiyati yuqori naslli qo‘chqorlar

sperma bankini yaratish, genofondning saqlanishini ta’minlaydi va mavjud

zotlarni

takomillashtirishning muhim usullaridan biri hisoblanadi. Barqaror rivojlanishini, oziq-ovqat

va xom ashyo hamda tayyor tovar mahsulotlari ishlab chiqilishi ko‘payishini ta’minlaydi,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun

www.sci-p.uz

84

shuningdek, tarmoq iqtisodiy samaradorligi oshishiga imkoniyat yaratadi.

Q

orako‘l qo‘yini oziqlantirishda ozuqa tayyorlashning samarali texnologiyalaridan

foydalanib, ularni to‘la qiymmatli (oqsil va vitaminlar bilan boyitilgan) ozuqalar bilan

ta’minlash, yaylovning hosildorligini hisobga olgan holda ehtiyot zaxira ozuqani tayyo

rlashni

taqozo etadi.

Cho‘l

-

yaylov

chorvachiligi

mintaqalarida

xo‘jalik

yuritish

shakllarini

mukammalashtirish davrida soliq, kerdit, boj, sug‘urta, lizing, ijara to‘lovlari va zarur moddiy

resurslar, mashina va mexanizmlar hamda jihozlar xarid qilishda davlat tomonida imtiyozlar

kamida 5-yilga belgilanishini; bozorning boshqa turlari bilan birgalikda respublikada naslli

qorako‘l qo‘ylari

bozori, mo‘yna va qorako‘l terisi auksionini tashkil etish.

Chorvachilik

xo‘jaliklari bilan tayyorlov, qayta ishlash, sotish va ularga xizmat qilishga

ixtisoslashgan subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomaviy munosabatlarning qonuniy va

huquqiy jihatdan ustuvorligini belgilash asosida tomonlarning o‘zlariga yuklatilgan

majburiyatlarining bajarilishi, ularning javobgarliklari, huquqlari va vazifalarini bozor

tamoyillariga mos kelishini ta’minlash

lozim.

Innovatsion

texnologiyalar

hisobiga

mollarni

ozuqlantirish

va

saqlashni

takomillashtirish hamda ozuqa tayyorlashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanilgan

holda ularni to‘la qiymmatli ozuqalar bilan ta’minlash, yaylov hosildorligini hisobga olgan holda

ehtiyot zaxira ozuqa tayyorlash kerak.

Yaylov o‘simlik qoplamidan ratsional foydalanish, tiklash va ularning hosildorligini

oshirish, biologik xilma-

xilikni himoyalash va boyitish, cho‘l hududlarining ekologik holatini

yaxshilash va tarmoqning iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin.

Adabiyotlar/Литература/References:

Alikulov, A., Eshmuradov, U., & Abdushukurov, K. (2024). Improving Cost Accounting for

Sales of Agricultural Products in Farms. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Egamovich, T. A., & Khojayarovich, N. S. (2022). INNOVATIVE TECHNOLOGIES FOR

PROCESSING OF KARAKUL PELTS AND THEIR ECONOMICAL EFFICIENCY. Berlin Studies

Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.1 Economical sciences).

Nurmanov, S. (2024). THE IMAGE OF A BIRD AS AN INDEPENDENT ELEMENT IN

HISTORICAL AND ARCHITECTURAL OBJECTS. Western European Journal of Historical Events and

Social Science, 2(11), 35-38.

Nurmanov, S., Eshimova, G., & Daniyarov, X. (2024). Raqamli iqtisodiyotning bugungi

kundagi holati. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Rahmiddin o’g, Y. J. R., & Tirkashev, F. M. (2025). " TURIZM SOHASI KLASTERLASHUVI

SHAROITIDA

INFRATUZILMANING

SAMARALI

RIVOJLANISHI

UCHUN

USTUVOR

VAZIFALARNIBELGILASH". INNOVATIVE

DEVELOPMENTS

AND

RESEARCH

IN

EDUCATION, 3(35), 15-23.

Rahmiddin o’g, Y. J. R., & Tirkashev

, F. M. (2025, January). " TURIZM SOHASINI JAMIYATGA

TADQIQ QILISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI". In INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH

CONFERENCE (Vol. 3, No. 30, pp. 242-250).

Rahmiddin o’g, Y. J. R., & Tirkashyev, F. M. (2024). AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING

XALQARO AMALIYOTI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL
RESEARCH, 7(12), 70-77.

RAKHMATOV, B. (2024). THEORETICAL ASPECTS OF THE PROBLEM RESOURCE

SAVING. Gospodarka i Innowacje., 46, 198-209.

Salamov I., va boshqalar (2024)

“Qishloq xo‘jaligi klasterlarida mahsulotlarni ichki va xorij

bozorlariga eksport qilish jarayonlari menejmenti” “AGRO KIMYO HIMOYA VA O‘SIMLIKLAR

KARANTINI” Ilmiy

-

amaliy jurnal “YEM

-XASHAK YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR, ULARNING

YECHIMI VA ISTIQBOLDAGI VAZI

FALAR” mavzusidagi Xalqarp ilmiy

-amaliy anjuman Maxsus son.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun

www.sci-p.uz

85

Salamov, I., Nurmanov, S., & Hotamov, A. (2024). Chorvachilik tarmog ‘ida mahsulotlarni

qayta ishlash samaradorligini oshirish imkoniytlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Salamov, I., va boshqalar (2024). Chorvachilik tarmoqlarida otchilik infratuzilmasining

hozirgi holati va istiqboldagi iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari. YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Tangirov A.,

Nurmanov Sh. (2025)

Choʻl

-yaylovlari ekologik holati va ularning

samaradorligini oshirish yoʻllari. Scienceproblems.uz ijtimoiy

-gumanitar fanlarning dolzarb

muammolari. № 2 (5) (ISSN: 2181

-1342 (Online)

Сайт

: https://scienceproblems.uz DOI:

10.47390/SPR1342V5I2Y2025)

Tirkashyev, F. M. (2025). INTELLEKTUAL MULK TOIFASINI TAVSIFLASH. SCIENTIFIC

APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(32), 92-98.

Xamdamova, N., va boshqalar (2024). Chorvachilikning mamlakat iqtisodiyotidagi

ahamiyati va uning rivojlanishi. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Тангиров

А

.

Э

.,

Рурманов

Ш

.

Х

.,

Урунова

Н

.

У. (2019) “Экономическая

эффективность

переработки

каракульских

шкур”. Международной на учно

-

практической конференции

«GLOBAL CIENCE AND INNOVATIONS: CENTRAL ASIA

» НУР

-

СУЛТАН.

References

Alikulov, A., Eshmuradov, U., & Abdushukurov, K. (2024). Improving Cost Accounting for Sales of Agricultural Products in Farms. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Egamovich, T. A., & Khojayarovich, N. S. (2022). INNOVATIVE TECHNOLOGIES FOR PROCESSING OF KARAKUL PELTS AND THEIR ECONOMICAL EFFICIENCY. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.1 Economical sciences).

Nurmanov, S. (2024). THE IMAGE OF A BIRD AS AN INDEPENDENT ELEMENT IN HISTORICAL AND ARCHITECTURAL OBJECTS. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(11), 35-38.

Nurmanov, S., Eshimova, G., & Daniyarov, X. (2024). Raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi holati. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Rahmiddin o’g, Y. J. R., & Tirkashev, F. M. (2025). " TURIZM SOHASI KLASTERLASHUVI SHAROITIDA INFRATUZILMANING SAMARALI RIVOJLANISHI UCHUN USTUVOR VAZIFALARNIBELGILASH". INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION, 3(35), 15-23.

Rahmiddin o’g, Y. J. R., & Tirkashev, F. M. (2025, January). " TURIZM SOHASINI JAMIYATGA TADQIQ QILISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI". In INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 3, No. 30, pp. 242-250).

Rahmiddin o’g, Y. J. R., & Tirkashyev, F. M. (2024). AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING XALQARO AMALIYOTI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 7(12), 70-77.

RAKHMATOV, B. (2024). THEORETICAL ASPECTS OF THE PROBLEM RESOURCE SAVING. Gospodarka i Innowacje., 46, 198-209.

Salamov I., va boshqalar (2024) “Qishloq xo‘jaligi klasterlarida mahsulotlarni ichki va xorij bozorlariga eksport qilish jarayonlari menejmenti” “AGRO KIMYO HIMOYA VA O‘SIMLIKLAR KARANTINI” Ilmiy -amaliy jurnal “YEM-XASHAK YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR, ULARNING YECHIMI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR” mavzusidagi Xalqarp ilmiy-amaliy anjuman Maxsus son.

Salamov, I., Nurmanov, S., & Hotamov, A. (2024). Chorvachilik tarmog ‘ida mahsulotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish imkoniytlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Salamov, I., va boshqalar (2024). Chorvachilik tarmoqlarida otchilik infratuzilmasining hozirgi holati va istiqboldagi iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Tangirov A., Nurmanov Sh. (2025) Choʻl-yaylovlari ekologik holati va ularning samaradorligini oshirish yoʻllari. Scienceproblems.uz ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. № 2 (5) (ISSN: 2181-1342 (Online) Сайт: https://scienceproblems.uz DOI: 10.47390/SPR1342V5I2Y2025)

Tirkashyev, F. M. (2025). INTELLEKTUAL MULK TOIFASINI TAVSIFLASH. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(32), 92-98.

Xamdamova, N., va boshqalar (2024). Chorvachilikning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati va uning rivojlanishi. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).

Тангиров А.Э., Рурманов Ш.Х., Урунова Н.У. (2019) “Экономическая эффективность переработки каракульских шкур”. Международной на учно-практической конференции «GLOBAL CIENCE AND INNOVATIONS: CENTRAL ASIA» НУР-СУЛТАН.