NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XORIJ TAJRIBASI

Annotasiya

Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari, bunda xorij tajribasining ilg‘or yondoshuvlari va samarali tajribasi haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari mamlakat ijtimoiy hayotida nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati hamda mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham tahlil qilingan. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlarining buxgalteriya hisobini xalqaro standardlarga muvofiq tayyorlash va tegishli organlarga taqdim qilish amaliyoti haqida ham mulohazalar bayon qilingan, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun xarajatlar, dasturiy vazifalarni amalga oshirish bilan amalaga oshiriladigan hamda saqlash xarajatlari bo‘yicha xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan hisobot shakllari to‘g‘risida takliflar ilgari surilgan. Yakunda, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini buxgalteriya hisobining xorij tajribasi asosida rivojlantirish istiqbollari va xulosalar keltirib o‘tilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xakimov, S. (2023). NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XORIJ TAJRIBASI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(4), 66–72. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44748
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari, bunda xorij tajribasining ilg‘or yondoshuvlari va samarali tajribasi haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari mamlakat ijtimoiy hayotida nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati hamda mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham tahlil qilingan. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlarining buxgalteriya hisobini xalqaro standardlarga muvofiq tayyorlash va tegishli organlarga taqdim qilish amaliyoti haqida ham mulohazalar bayon qilingan, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun xarajatlar, dasturiy vazifalarni amalga oshirish bilan amalaga oshiriladigan hamda saqlash xarajatlari bo‘yicha xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan hisobot shakllari to‘g‘risida takliflar ilgari surilgan. Yakunda, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini buxgalteriya hisobining xorij tajribasi asosida rivojlantirish istiqbollari va xulosalar keltirib o‘tilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

66


NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA

HISOBINING XORIJ TAJRIBASI

Xakimov Sanjar Rustam o

g

li -

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobining o‘ziga xos

xususiyatlari, bunda xorij tajribasining ilg‘or

yondoshuvlari va samarali tajribasi haqida fikr yuritilgan.

Bundan tashqari mamlakat ijtimoiy hayotida nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati hamda

mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham tahlil qilingan. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlar

ining

buxgalteriya hisobini xalqaro standardlarga muvofiq tayyorlash va tegishli organlarga taqdim qilish
amaliyoti haqida ham mulohazalar bayon qilingan, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun xarajatlar,

dasturiy vazifalarni amalga oshirish bilan amalaga

oshiriladigan hamda saqlash xarajatlari bo‘yicha

xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan hisobot shakllari to‘g‘risida takliflar ilgari surilgan. Yakunda,

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini buxgalteriya hisobining xorij tajribasi asosida rivojlantirish

istiqbollari va xulosalar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

nodavlat notijorat tashkilot, xalqaro standard, nodavlat sektor, ishchi kuchi, yalpi

ichki mahsulot, moliyaviy hisobot, funksional xarajat, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot,

taqqoslanuvchanlik, izchillik, byudjet.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ УЧЕТА В НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ

НЕКОММЕРЧЕСКИХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Хакимов Санжар Рустам угли

-

Ташкентский международный университет Кимё

Аннотация

.

В данной статье рассматриваются особенности бухгалтерского учета

негосударственных некоммерческих организаций, передовые подходы и эффективный

опыт

зарубежного опыта. Кроме того, также было проанализировано значение неправительственных
некоммерческих организаций в общественной жизни страны и их роль в экономике страны. Кроме

того, приведены комментарии по практике составления бухгалтерской отчетности

неправительственных некоммерческих организаций в соответствии с международными
стандартами и представления ее в соответствующие органы, формы отчетности

для

неправительственных некоммерческих организаций, реализуемые с внедрением программных
задач и на основе зарубежного опыта по затратам на хранение выдвинуты предложения. В конце

даны перспективы и выводы развития деятельности негосударственных некоммерческих
организаций на основе зарубежного опыта бухгалтерского учета.

Ключевые слова:

негосударственная некоммерческая организация, международный

стандарт, неправительственный сектор, рабочая сила, валовой внутренний продукт,

финансовая отчетность, функциональная стоимость, отчет о движении денежных средств,
сопоставимость, последовательность, бюджет.

IV SON - AVGUST, 2023

66-72


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

67

FOREIGN EXPERIENCE OF ACCOUNTING IN NON-GOVERNMENTAL NON-PROFIT

ORGANIZATIONS

Khakimov Sanjar Rustam ugli -

Kimyo International University in Tashkent

Annotation.

This article discusses the features of accounting for non-governmental non-profit

organizations, advanced approaches and effective experience of foreign experience. In addition, the

importance of non-governmental non-profit organizations in the public life of the country and their role in

the country’s economy was also analyzed. In addition, comments are given on the practice of compiling

accounting reports of non-governmental non-profit organizations in accordance with international
standards and submitting them to the relevant authorities, reporting forms for non-governmental non-

profit organizations implemented with the introduction of program objectives and based on foreign
experience in storage costs, proposals were put forward. At the end, prospects and conclusions are given

for the development of the activities of non-governmental non-profit organizations based on foreign
experience in accounting.

Key words:

non-governmental non-profit organization, international standard, non-governmental

sector, labor force, gross domestic product, financial statements, functional cost, cash flow statement,

comparability, consistency, budget.

Kirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning turli shakllarga asoslangan korxona va tashkilotlar

o

‘zlarining faoliyatlarini olib borishadi. Аynan, ushbu xo‘jalik yurituvchi subʼektlar ichida nodavlat

notijorat tashkilotlarining o‘ziga xos o‘rni bor. Chunki, nodavlat notijorat tashkilotlarida amalga
oshiriladigan xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobida xorij tajribasiga asosan yuritilishi va

hisobda aks ettirish boshqa subyektlarga nisbatan farq qiladi.

Shu sababdan ham mamlakat ijtimoiy hayotida nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy-

siyosiy ahamiyati, balki, qolgan jabhalarda ham o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Bunda albatta,
ularning faoliyati hisob qonunchiligiga asosan to‘g‘ri va sh

affof yuritilishi, bunda, xorijiy tajribadan

foydalangan holda hisob tamoyillariga asosan xo‘jalik muomalalarining aks ettirilishi, xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning jahon hisob andozalariga nisbatan muvofiqlashishiga va buning natijasida ularning

faoliya

t doirasining kengayishiga sabab bo‘ladi.

Barchamizga ma’lumki, o‘tgan asrning so‘ngi choragida nodavlat sektorning tezlikda kengash

tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. Ularning soni ham kundan-kunga ortib bormoqda. Dunyo

bo‘yicha bugungi kunda 10 milliondan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar(N

NT) mavjud.

25

Birgina misol sifatida, NNTlari

dunyo bo‘ylab ishchi kuchining 7,4 foizini ish bilan ta’minlashining

o‘zi katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Xalqaro

NNTlar

xodimlarining 70 foizi haq to‘lanadigan ishchilar, 29

foizi esa ko‘ngillilardir

26

.

Dunyo bo‘yicha nodavlat notijorat bo‘g‘inning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham ortib

bormoqda. Bu Vengriyada 2,8 foizni, Kolumbiyada 2,1 foizni, Niderlandiyada 15,8 foizni, AQShda 7,5

foizni tashkil etadi. Shu bois davlat tomonidan NNTlarni moliyaviy qo

‘llab

-quvvatlash turli davlatlarda

turlicha. Davlatni NNTlarni qo‘llab

-

quvvatlash salmog‘i Belgiyada 76,5 foizni, Niderlandiyada 59,0

foizni, AQShda 30,5 foizni, Sharqiy va Markaziy Yevropada 20-40 foizni tashkil etadi

27

. Shu bilan

birgalikda ular o‘z faoliyatlari yuzasidan buxgalteriya hisobini yuritadi va hisobotlarini tayyorlaydilar

va tegishli davlat tashkilotlariga taqdim etadi.

Bundan tashqari, jamiyat rivojida NNTlarining o‘rni ortib borar ekan, ularning Hukumat va

boshqa davlatning ijro organlari bilan munosabatlari izchil va ikki tomonlama manfaatli bo‘lishi talab
etiladi. “Davlat sektori korxonalari tomonidan turli faoliyat sohalari o‘rtasida resurslarni taqsimlashda

mamlakat aholisining asosan bir qismi (masalan, saylovchilarning ko‘pchiligi) aks ettiriladi. Biroq, shu
bilan birgalikda moliyalashtirishga tayyor bo‘lgan aholi guruhlari ham mavjudki, ular xayriya faoliyatini

Hu

kumatga nisbatan, ya’ni, davlat tashkilotlariga qaraganda ko‘proq amalga oshiradi. Buning natijasida

25

https://www.zippia.com

rasmiy ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari

26

https://www.zippia.com

rasmiy ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari

27

http://www.socpolitika.ru

rasmiy ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

68

mamlakatda ijtimoiy hayotning turli jabhalarida uchuinchi sektor tashkilotlarining o‘rni va roli ortib
boradi. Shu ma’noda, NNTlar davlatning jamoatchilik bilan bog‘liq faoliyatini to‘ldiruvchi sifatida

gavdalanadi va ularning o‘rnini davlat sektori (tashkilotlar) bosa olmaydi” (

William Jack, 2001)

.

Adabiyotlar sharhi.

Istli vа О‘Xаrа

(1983)

: Eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, davlat organlari va aholining turli guruhlari

o‘rtasidagi siyosiy qarashlarda biroz farqlanishlar mavjud. Bunda asosiy urg‘u daromadlarni
taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Sababi, jamiyat aʼzolari o‘rtasida

ijtimoiy foydali faoliyatning barcha

yoki ayrim turlarini yetarli darajada moliyalashtirmaydi, deb hisoblaydiganlar ham topiladi. Ko‘ngilli

bo‘lgan aholi guruhlari esa avvalo barcha uchun manfaatdor bo‘lgan dasturlarni amalga oshirishga
o‘zlarining mablagʼlarini yo‘naltirishni istaydilar. Bu mablag‘lar davlat byudjeti orqali qayta taqsimlash

doirasida taqdim etish mumkin emas.

Huddi shu sababga ko‘ra tijorat tashkilotlari bunday faoliyatlarni amalga oshira olishmaydi.

Ularning asosiy maqsadi esa maksimal darajada foyda olish hisoblanadi. Shundan, davlat sektorining
NNTlar bilan shartnoma tuzish bilan faoliyat yuritishi tijorat tashkilotlari bilan shartnoma tuzishdan

ko‘ra samaraliroq hisoblanadi. Ushbu muammoli masalani Istli va O‘Xara

(1983)

tomonidan o‘rganilgan.

Ushbu olimlar birgalikda o‘yin nazariyasi modellarini ishlab chiqqan hamda NNTlar bilan davlat sektori

faoliyati o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni samaradorligini o‘rganib o‘tganlar va “muayyan

sharoitlarda NNTlari ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda eng maqbul mexanizm hisoblanadi, ularning

afzalliklarini kuzatish yoki o‘lchash qiyin”

(Eastley, O’Hara, 1983)

deb taʼkidlab o‘tganlar.

Jumaboyev

(2022)

Yoshlar tashkilotlarining moliyalashtirish bo‘yicha o‘zining takliflarini ilgari

surgan. Xususan, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Avstraliya, Norvegiya, Belorusiya, Kanada, AQSH, Chexiya,

Finlandiya, Indoneziya, Latviya, Peru, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlari misolida hisob va tahlil ishlarini

keltirib o‘tgan. Yoshlar tashkilotlarining asosiy salmog‘i tashkiliy huquqiy shakliga ko‘ra nodavlat

notijorat tashkiloti hisoblanganligi sababli O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nodavlat notijorat tashkiloti

va

boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyalashtirish amaliyoti

haqida batafsil fikrlarni bayon etgan va takliflarini ilgari surgan. Maqsadli, bozor qoidalari va aralash
shakldagi xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib uch mezonli moliyalashtirishni amalga oshirish

yo‘nalishlari ilgari surilgan. Moliyalashtirishning maqsadli va mustaqil mablag‘larni jalb qilish orqali
O‘zbekistonda NNTlarning byudjetga qaramlikdan chiqish va mustaqil ravishda o‘zini o‘zi

moliyal

ashtirish tizimiga o‘tkazish, bu orqali, moliyaviy mustaqil tashkilotga aylanishlariga

ko‘maklashishga erishishni aytib o‘tgan.

O. Ne’matov tomonidan NNTlari aktivlari hisobi va hisobotini xalqaro standardlarga

muvofiqlashtirish masalalarini ko‘rib chiqqan. Moliyaviy hisobotning xalqaro konseptual asoslari va

milliy konseptual asoslarida aktivlarning mohiyati nuqtai nazaridan tahlil qilingan.

Xalqaro standardlarga

28

muvofiq, aktivlarni buxgalteriya balansida tan olinishi uchun (a) u bilan

bog‘liq boʼlgan iqtisodiy nafning olinishi yoki yo‘qotilishi ehtimoli amal qiladi; (b) obyekt qiymat yoki
bahoga ega bo‘ladi, qaysiki u ishonchli o‘lchanilishi mumkin. Xalqaro stand

artlarda aktivlarni qisqa

muddatli deb tan olishning mezonlari ham berilgan. Qisqa muddatli aktivlar mezonlariga javob

bermaydigan aktivlar uzoq muddatli aktivlar deb tan olinadi. Sohaga doir manbalarda mol-mulk
tushunchasiga ham aniqlik

kiritilgan. Moddiy ko‘rinishdagi mol

-mulklarga quyidagi aktivlar kirishi qayd

qilingan

29

: asosiy vositalar; investitsiyaviy mulk; sotish uchun mo‘ljallangan deb tasniflangan oborotdan

tashqari aktivlar; zaxiralar. Boronov

(2020)

buxgalteriya balansida moliyaviy aktivlarni, jumladan

investitsiyalarni hissali qatnashish metodi asosida baholab aks ettirish hamda debitorlik qarzlarini
savdo va nosavdo debitorlik qarzlariga ajratishni taklif etadi. Lekin, ushbu ishda investitsiyalar va

debitorlik qarzlarining tarkibi xalqaro standartlarga muvofiq to

liq shakllantirilmagan. Ochilov,

Raxmatovalar

(2020)

NNTlarda hisob siyosatida keltiriladigan asosiy unsurlarda “aktivlar va

majburiyatlarni baholash usullari”ga ahamiyat qaratishgan

. Robert va Riket

(2018)

tomonidan xalqaro

jurnalda chop ettirilgan maqolasida GAAP va IFRS standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni taqdim

etish masalalari o‘rganilgan. Tashnazarov

(2018)

tomonidan mulk, bino, mashina va asbob-uskunalarni

buxgalteriya balansida aks ettirishning tartib qoidalarini tadqiq etgan.


28

Признание активов согласно МСФО. https://www.klerk.ru/buh/articles/97184/

29

Признание и классификация активов в соответствии с МСФО https://finotchet.ru/articles/590/


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

69


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot ishida falsafa, iqtisodiy tahlil hamda boshqa fanlarning induksiya, deduksiya, qiyoslash,

balans, guruhlash metodlaridan foydalanilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

NNTlari o‘z

faoliyati yuzasidan moliyaviy hisobot shakllarini buxgalteriya hisobining tamoyillari

va tartiblariga rioya qilgan holda tayyorlaydilar. NNTlarining buxgalteriya hisobida shakllantirilgan va

moliyaviy hisobotlarda e’lon qilingan ma’lumotlar, birinchi navba

tda, notijorat tashkilotlarining

moliyaviy ahvoli hamda faoliyat natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni (donor tashkilotlar, potesial
investorlar, xizmatlar iste’molchilari) muntazam ravishda xabardor qilish uchun xizmat qiladi. Bundan

tashqari jamoatchilik nazorati nazorat qiluvchi va soliq organlarining notijorat tashkilotlar tomonidan

qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan harakatlarni to‘ldiradi, ya’ni, moliyaviy hisob

va hisobotlarni yuritish tamoyillari va tartiblarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

NNTlari faoliyatida buxgalteriya hisobi boshqa tashkilotlardan farq qiladi, chunki NNTlarining

aksariyati soliq qonunchiligi bo‘yicha qator majburiyatlardan ozod etilishini dunyo mamlakatlari
amaliyotida ko‘rishimiz mumkin. “NNTlar faoliyati ko‘pincha Huku

matning qator loyihalarini amalga

oshirishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, NNTlari faqatgina mablag‘larini jamiyatning farovonligi
uchun taqdim qilayotgan dasturlar yoki xizmatlarda ishlatish uchun qo‘shimcha xarajatlarni

kamaytirishga e’tiborni qaratadi”

30

.

NNTlari faoliyatining buxgalteriya hisobi bo‘yicha me’yoriy asoslar yaratilgan. Ularning ichida

117-

sonli “Notijorat tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari” deb nomlangan standard muhim ahamiyat

kasb etadi. Ushbu standard notijorat tashkilot tomonidan taqdim etiladigan umumiy maqsadli tashqi

moliyaviy hisobot uchun standard va talablarni belgilaydi. Bunda, moliyaviy holat to‘g‘risida, faoliyat

to‘g‘risida, funksional xarajatlar hamda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Shundan,
sog‘l

iqni saqlash va ijtimoiy loyihalarni asosan amalga oshiruvchi tashkilotlar funksional xarajatlar

to‘g‘risidagi hisobotni ixtiyoriy taqdim etadilar, bu xarajatlarni xizmat ko‘rsatish harakatlari va notijorat
tashkilotlarining yutuqlari bilan bog‘lashda foyd

ali hisoblanadi.

Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda NNTlari uchun moliyaviy hisobot shakllari quyidagilarni o‘z

ichiga olishini ko‘rishimiz mumkin.

1-rasm. NNTlar uchun moliyaviy hisobot shakllari

31

Ushbu hisobot shakllari NNTlari tomonidan asosan, yuqorida qayd

etib o‘tilganidek, tashqi

foydalanuvchilar yoki donor tashkilotlar uchun muhim hisoblanadi.

117-

sonli “Notijorat tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari” nomli xalqaro standardga ko‘ra

NNTlarining buxgalteriyasida moliyaviy hisobotlarning to‘plami quyidagi hisobot shakllarini o‘z ichiga

olishi lozim deb ta’kidlab o‘tilgan

32

.

30

https://corpbiz.io/ngo-accounting

rasmiy ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari

31

https://www.accountingtools.com/articles/financial-statements-of-nonprofits.html

rasmiy sayti ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi

32

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations

NNTlar uchun moliyaviy hisobot shakllari

Moliyaviy holat

to‘g‘risidagi hisobot

Faoliyat to‘g‘risida hisobot

Funksional xarajatlar

to‘g‘risida hisobot

Pul oqimlari to‘g‘risidagi

hisobot


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

70

1. M

oliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot

;

2. F

aoliyat to‘g‘risidagi hisobot (bayonot)

;

3. P

ul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot

;

4. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar.

Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda NNTlarining aktivlari, majburiyatlari, sof aktivlari

to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bundan tashqari ular o‘rtasidagi munosabatlar hamda ushbu ko‘rsatkichlar

orqali NNTlarning ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga shaffof, ishonchli axborotlarni ta’minlash va
tahlilini amalga oshirish uchun yordam beradigan ko‘rsatkichlar haqida birlamchi ma’lumotlarni olish

mumkin.

NNTlarining moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlarning qiyosiy shaklda taqdim qilinishi, ya’ni,

bir necha davrlar uchun, moliyaviy hisobotlar doirasida ma’lumotlarning taqqoslanishi buxgalteriya

hisobining

taqqoslanuvchanlik va izchillik (comparability, consistency)

33

tamoyiliga

ham javob

beradi.

Ushbu ma’lumotlar, moliyaviy hisobotga eslatmalar bilan birgalikda donor tashkilotlar,

kreditorlar va boshqa foydalanuvchilarga NNTlarining hisobot davri faoliyatini, xususan, uning dasturiy

vazifalarini amalga oshirish xarajatlarini klassifikatsiyasi va ushbu faoliyatini davom ettirish
qobiliyatini, shuningdek, moliyaviy hisobot natijalarini baholashga imkon beradi.

NNTlari uchun moliyaviy hisobotining ikkinchi shakli faoliyat to‘g‘risidagi hisobot (yoki bayonot)

deb nomlanib, NNTining hisobot davridagi daromadlari va xarajatlarini ko‘rsatadi. Bunda asosiy e’tibor

xayr-

ehsonlar orqali jalb qilingan mablag‘larning boshqarilishi va sarflanishi bo‘yicha ma’lumotlar aks

ettiriladi. Bundan tashqari faoliyat turining moliyaviy qoidalarga muvofiqligini ko‘rsatadi. Moliyaviy

hisob stnadardlari qo‘mitasi (FASB Financial Accounting Standards Board) NNTlaridan belgilangan

tartibd

a sof aktivlari tarkibining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar(bayonot)ni taqdim etishni talab etadi.

Ushbu bayonot orqali moliyaviy rahbarlar moliyalashtirish qayerga yo‘naltirilayotganini, NNTning joriy

dasturlari va uzoq muddatli moliyaviy barqarrlikka ega b

o‘lish to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishishi

hamda rahbariyat qanday dasturlar ishlayotganini, kelajakdagi resurslar qayerga investitsiya qilinishini

aniqlashiga yordam beradi.

Bunda, x

arajatlar tasnifiga ham alohida e’tibor qaratmoq lozim.

2-rasm. NNTlar uchun xarajatlar tasnifi

34

Tabiiy xarajatlarga NNTlarining faoliyatlarini olib borishga zarur bo‘lgan sarflar, ya’ni, kommunal

xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar, ijara xarajatlari, ofis jixozlari va saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar

kiradi. Funksional xarajatlar esa xarajatlarning

qaysi faoliyat uchun yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi. Bu

ham o‘z navbatida dasturiy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ma’muriy

-

33

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations

34

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations

NNTlar uchun xarajatlar tasnifi

Tabiiy xarajatlar

Funksional xarajatlar

Dasturiy xarajatlar

Mablag‘ yig’ish xarajatlari

Ma’muriy va boshqaruv

xarajatlari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

71

boshqaruv harajatlari hamda mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar guruhlaridan

iborat

35

.

FASB (Financial Accounting Standards Board)ning 117-

sonli standardiga ko‘ra

NNTlar

o‘zlarining

funksional xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining moliyaviy hisobot shakllariga izohlarda

keltirib o‘tishini belgilagan. Biroq ushbu xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobot shakllarining
yuzida ham ko‘rsatishlari mumkinligi

belgilangan

36

.

Xalqaro amaliyotdagi tajribalar natijasidan shakllangan ma’lumotlar asosida NNTlarining

funksional xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotni quyidagi shaklda bo‘lishini taklif etamiz.

NNTlarining funksional xarajatlari to‘g‘risidagi hisobot

37

Xarajat

nomlari

Tabiiy

xarajatlar

Dasturiy
vazifalar

Das

tur

iy vaz

ifal

ar

b

o‘

yicha

jami x

ar

ajatla

r

Qo‘llab quvvatlash

faoliyati

Qo

ll

ab

q

uvv

atla

sh

fao

liyat

i b

o‘

yicha ja

mi

xar

ajatla

r

A l

oyih

a

B l

oyih

a

C

lo

yih

a

ma’

muri

y

b

oshq

ar

uv

xar

ajatla

ri

Mab

lag‘

jal

b

q

ilis

h

xar

ajatla

ri

Ushbu jadval ma’lumotlari asosida NNTlarining faoliyati davomida amalga oshiriladigan

xarajatlari hisoboti ma’lumotlarini tahlil qlishimiz mumkin. Ushbu hisobot shakli xalqaro umume’tirof

etilgan

amaliyot talablariga to‘liq mos keladi.

Notijorat tashkilotlar uchun tayyorlanadigan funksional xarajatlar to‘g‘risidagi hisobot boshqa

moliyaviy hisobotlar shakllariga qaraganda donorlar va hissa qo‘shuvchilar uchun nisbatan foydali

hisoblanadi.

NNTlari o‘z faoliyatlari bo‘yicha pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni ham tayyorlaydi va tegishli

tashkilotlarga taqdim etishadi. Xalqaro standardlarga ko‘ra NNTlar uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi

hisobot tijorat tashkilotlari va boshqa xo‘jalik yurituvc

hi subektlar tayyorlaydigan hisobot bilan deyarli

bir xildir. Unda ham NNTlarining operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat turlari bo‘yicha pul
mablag‘lari va ularning ekvivalentlari bo‘yicha o‘zgarishlarni oson tahlil qilish va ma’lumot olish

mumkin

38

.

Ushbu hisobot shakllari qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga taqdim

etiladi. Tashkilotning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar shakllantirilgandan so‘ng, NNTining moliyaviy
rahbari tashkilotning tasdiqlangan budjeti ma’lumotlari

bilan taqqoslanadi, bu uning budjet

maqsadlariga erishish uchun tezkor tahlil vazifasini bajaradi

39

.

35

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations

36

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations

37

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations

”,

https://www.accountingcoach.com/nonprofit-

accounting/explanation/4 va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha muallif taklifi.

38

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations

” ва

https://www.jitasagroup.com/jitasa_nonprofit_blog/nonprofit-statement-of-cash-flows/

rasmiy ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari

39

Statement of Financial Accounting Standards No. 117

, “

Financial Statements of Not-for-Profit Organizations


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

72

Xulosa va takliflar.

Xulosa o‘rnida ba’zi bir fikrlarni ilgari surishni lozim deb hisoblaymiz. Ilg‘or xorijiy tajriba shuni

ko‘rsatadiki,

NNTlarining buxgalteriya hisobini xalqaro standardlarga asosan tashkil qilinishi va buning

negizida moliyaviy hisobot shakllarining shaffofligi ta’minlanishi ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun

muhim sanalgan axborotni taqdim etish imkonini beradi va bu NNTlariga nisbatan donor tashkilotlar
ishinchini oshirishga olib keladi. Bundan tashqari quyidagilarni ham ilgari surishlikni taklif etamiz.

Birinchidan, xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, NNTlarining aksariyati homiylik manbaalari

hisobiga

ba’zilari esa donor tashkilotlarning moliyalashtirilishi hisobiga moliyaviy mustaqillikka

erishadi va buning natijasida davlatning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ustuvor

vazifalarni amalga oshirilishida jonbozlik ko‘rsatadi. Shu sababda

n ham xayr-ehson qiluvchi yuridik

shaxslarga nisbatan nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini jismoniy shaxslarga ham tadbiq etish

masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq va bu istiqbolli hisoblanadi.

Ikkinchidan, NNTlari asosan loyihalarni amalga oshiradi va xalqaro grandlarda ishtirok etadi.

Bunda xalqaro grand ajratuvchi tashkilotlardan doimiy grandlarni jalb qilish uchun, NNTlari tomonidan

amalga oshirilgan dasturiy vazifalarni ijrosi to‘g‘risidagi

hisobotlarni shaffof, tushunarli va sodda

shaklda xalqaro buxgalteriya standardlariga muvofiq tayyorlanishi va NNTlar faoliyatiga qiziqayotgan
hamda investitsiya kiritish maqsadidagi grand ajratuvchi tashkilotlarga taqdim etish ham muhim

richaglardan biri sanaladi. Agar NNTlari tomonidan buxgalteriya va dasturiy vazifalarni amalga oshirish

bilan bog‘liq hisobot shakllari investorlar uchun tushunarli, sodda va shaffof bo‘lishi ularning NNTlarga

investitsiya kiritish istagini ro‘yobga chiqarishga yordam berad

i.

Qolaversa, xalqaro amaliyotda ijtimoiy yo‘naltirilgan NNTlarining o‘rni va salmog‘i yuqori

hisoblanadi. Shu sababdan ham ijtimoiy xizmatlar faoliyatining davlat standardlarini ishlab chiqish
qabul qilishga zarurat bugungi kunda mavjud. Agar, ushbu standardlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy

etilgan taqdirda xalqaro maydonda ham mahalliy NNTlarining nufuzining ortishiga, piravardida xalqaro

integratsiyalashuvga ham erishilinadi.

Adabiyotlar/

литература/

reference:

Boronov

B.

(2020)

Improvement

of

investment

accounting

in

Uzbekistan.

//DOI:

10:5373/JARDCS/1216/S20201133.

Volume

12

|

Issue

6.

june.

Pages:

1069-1079.

https://www.jardcs.org/abstract.php?id=4967

Eastley D., Maureen O’Hara. (1983) The economic role of the nonprofit firm // The Bell Journal of Economics.

Vol.14. No. 2 (autumn,). P. 531

538.

Jumaboyev A. (2022) “Yoshlar tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi

(PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya, T.:

Robert C., Recket M. (2018) Information content of IFRS versus GAAP financial statements //Journal of

financial reporting and accounting. ISSN 1985-2517. 12 March.

William Jack (2001). Public Policy toward Nongovernmental Organizations in Developing Countries, Policy

Research Working Paper 2639 WB, July; S. Rose Ackerman. Altruism, Nonprofits, and Economic Theory, Journal of

Economic Literature, Vol. 34, No. 2. (Jun.

, 1996), p. 714; David Eastley, Maureen O’Hara. (1983) The economic role of

the nonprofit firm // The Bell Journal of Economics. Vol.14. No. 2 (autumn). P. 531

538; Holtmann A.G. (1983) A

Theory of Nonprofit Firms, Economica. New Series. Vol. 50. No. 200 (Nov.), 439

449.

Очилов

И

.

К

.,

Рахматова

Ш

.

Ш

. (2020)

Нодалат

нотижорат

ташкилотлари

ҳисоб

сиёсати

. //

Халқаро

молия

ва

ҳисобот

электрон

журнали

.

апрель

.

Ташназаров С.Н.

(2018)

Молиявий ҳисоботнинг назарий ва методологик асосларини

такомиллаштириш. Монография

. - Publisher SIA Omni Scriptum Publishing. GlobeEdit Publishing house. 280 p.

ISBN-13:978- 613-8-24050-1, 87-107-

бетлар

.


Bibliografik manbalar

Boronov B. (2020) Improvement of investment accounting in Uzbekistan. //DOI: 10:5373/JARDCS/1216/S20201133. Volume 12 | Issue 6. june. Pages: 1069-1079. https://www.jardcs.org/abstract.php?id=4967

Eastley D., Maureen O’Hara. (1983) The economic role of the nonprofit firm // The Bell Journal of Economics. Vol.14. No. 2 (autumn,). P. 531–538.

Jumaboyev A. (2022) “Yoshlar tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya, T.:

Robert C., Recket M. (2018) Information content of IFRS versus GAAP financial statements //Journal of financial reporting and accounting. ISSN 1985-2517. 12 March.

William Jack (2001). Public Policy toward Nongovernmental Organizations in Developing Countries, Policy Research Working Paper 2639 WB, July; S. Rose Ackerman. Altruism, Nonprofits, and Economic Theory, Journal of Economic Literature, Vol. 34, No. 2. (Jun., 1996), p. 714; David Eastley, Maureen O’Hara. (1983) The economic role of the nonprofit firm // The Bell Journal of Economics. Vol.14. No. 2 (autumn). P. 531–538; Holtmann A.G. (1983) A Theory of Nonprofit Firms, Economica. New Series. Vol. 50. No. 200 (Nov.), 439–449.

Очилов И.К., Рахматова Ш.Ш. (2020) Нодалат нотижорат ташкилотлари ҳисоб сиёсати. //Халқаро молия ва ҳисобот электрон журнали. апрель.

Ташназаров С.Н. (2018) Молиявий ҳисоботнинг назарий ва методологик асосларини такомиллаштириш. Монография. - Publisher SIA Omni Scriptum Publishing. GlobeEdit Publishing house. 280 p. ISBN-13:978- 613-8-24050-1, 87-107-бетлар.