ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДОВ МОДЕЛИРОВАНИЯ В ОЦЕНКЕ УПРАВЛЕНИЯ КАЧЕСТВОМ НА СТРОИТЕЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ

Аннотация

В стате представлена информатсия об исползовании методов моделирования при отсенке управления качеством в строителных организатсиях, а также сущност и особенности управления качеством в строителстве.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ашурова Z. (2023). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДОВ МОДЕЛИРОВАНИЯ В ОЦЕНКЕ УПРАВЛЕНИЯ КАЧЕСТВОМ НА СТРОИТЕЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ. Экономическое развитие и анализ, 1(6), 9–13. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44796
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В стате представлена информатсия об исползовании методов моделирования при отсенке управления качеством в строителных организатсиях, а также сущност и особенности управления качеством в строителстве.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

9




QURILISH KORXONALARIDA SIFAT MENEJMENTINI BAHOLASHDA

MODELLASHTIRISH USULLARIDAN FOYDALANISH

Ashurova Zarina Olimjanovna

То

shkent arxitektura-qurilish universiteti

Annotatsiya.

Maqolada qurilish korxonalarida sifat menejmentini baholashda modellashtirish

usullaridan foydalanish hamda qurilishda sifat menejmenti mohiyati va uning xususiyatlari haqida

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

ilmiy-texnik rivojlanish, mahsulot sifat

i, odamiylik omillari, me’yoriy ijod faoliyati,

ratsional

me’yor

i.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДОВ МОДЕЛИРОВАНИЯ В ОЦЕНКЕ УПРАВЛЕНИЯ

КАЧЕСТВОМ НА СТРОИТЕЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ

Ашурова Зарина Олимжоновна

Ташкентский архитектурно

-

строительный университет

Аннотация.

В стате представлена информатсия об исползовании методов

моделирования при отсенке управления качеством в строителных организатсиях, а также

сущност и особенности управления качеством в строителстве.

Ключевые слова:

научно

-

технические разработки, качество продуксии, человеческий

фактор, нормативно

-

творческая деятелност,

ратсионалная норма.

THE USE OF MODELING METHODS IN ASSESSING QUALITY

MANAGEMENT IN CONSTRUCTION ENTERPRISES

Ashurova Zarina Olimjanovna

Tashkent university of architecture and civil engineering

Annotation.

The article provides information on the use of modeling methods in assessing quality

management in construction organizations, as well as the essence and features of quality management in

construction.

Key words:

scientific and technical developments, product quality, human factor, normative and

creative activity, rational norm.

Kirish.

Mamlakatimiz iqtisodiyot oldida turgan vaziflarni bajarishda qurilish korxonalarining o‘rni

beqiyosdir. Mazkur soha nafaqat investitsiyalarning mahsuldorligi, natijaviyligi va samaradorligini
oshrishda, balki aholin

ing yashash sharoitlarini yangi pog‘onaga chiqarishda alohida ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 fevraldagi “

Qurilish korxonalarida sifatini tubdan

yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choral

ari to‘g‘risida”gi

PQ-4586-sonli

Qarorida qurilish maxsulotlari sifatini ta’minlashdagi asosiy bo‘g‘inlardan biri bo‘lmish qurilish ishlari

sifatini yaxshilash me

xanizmini takomillashtirish bo‘yicha qator tashkiliy choralar ko‘zda tutilgan

(Qaror, 2020).

VI SON - OKTABR, 2023

UO‘K:

316.3

9-13


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

10

Shu bilan birgalikda, mazkur choralarning amalga oshirishlishi loyiha va qurilish tashkilotlari

tomonidan ichki

imkoniyatlarni safarbar qilish, sifatni baholash uslubiyati va ko‘rsatkichlarini

rivojlantirishni talab qiladi. Mavjud tartiblarda ko‘plab ka

mchiliklarning mavjudligi hamda qurilish

ishlarining bugungi kun talablariga javob bermasligini hisobga olgan holda qurilish sifatini

boshqarishning tashkilotlardagi ichki tizimlarini takomillashtirish masalasiga e’tiborni

qaratmoqchimiz.

Sifatning maqsadi -

inson hayotini g‘oyalashtirish, uni yanada ijodiyoti va xursand qilish. Sifatning

maqsadi quyidagilar bilan aniqlanadi:

1.

Dunyo qarash nazari: inson sifatli koʻp turli dunyoda yashaydi va harakat qiladi.

2.

Logikaviy- gneseologik uslubiyotli sharoitlar: ilmiy

tadqiqod uchun obyekt boʻladigan, u yoki

bu jarayonlarni oʻrganish, eng avvalo biz ularni sifatli

aniqligini topishga intilishimiz, ularning aniqlik

sifatini, xususiyatini, aloqasini va munosabatini ochib berishimiz kerak.

3.

Ruhiyatli omillar: sifatli, yaxshi tashkillashtirilgan faoliyat hamda ishlab chiqarish vositalarining sifati

ijobiy sezgi, his-hayajon va qoniqishini keltirib chiqadi.

4.

Etik va estetik me’yor va tamoyillar: ma’naviy rivojlangan inson ijod qiladi, oʻz faoliyatini

tashkil qiladi, bu vaq

tda u sifat tamoyiliga tayanadi va oʻzining ruhiy energiyasini unga erishish uchun

sarflaydi.

5.

Ijtimoiy asos: inson sifatli doiralarda yashashga intiladi.

Texnologik sharoitlar. Ular sifatni ahamiyatligini aniqlaydilar, ya’ni ishlovchi xodimlar

materiallari, loyihalash, texnologiyalar.

Agar loyiha talablarining bajarilishi buyurtmachi, loyixachi va davlat nazorat organlari tomonidan

kuzatib boriladigan bo‘lsa, qurilish ishlari bajarish texnologiyasi ko‘pincha tashkilotlarning ichki

muammosi hisoblanadi. Shu munosabat bilan qurilish ishlarini bajarishda ularning sifatini baholash

dolzarb ilmiy-uslubiy muammo hisoblanadi. Qurilish korxonalaridagi sifat odatda ishlar sifati, qurilish

jarayoni sifati hamda qurilish konstruksiya sifatini o‘z ichiga oladi.

Adabiyotlar sharhi.

Qurilishda sifatni baholash muammosi ko‘plab olimlarining diqqat markazida bo‘lib qolmo

qda.

Masalan, Belov (2012)

tomonidan olib borilgan izlanishlar asosan qurilish jaraenlarini ta’minlashda

sifatni nazorat qilish choralari bilan bog‘liqdir. Uning ta’rifi bo‘yicha qurilish korxonalarida sifatini

nazorat qilish asosan bajarilgan ishlar, qo‘l

lanilgan materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning loyiha

hamda me’yoriy talablarga mosligini aniqlash va uni ta’minlashga qaratiladi. Buning asosida

qurilish

ishlari sifatining vazifalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni bajarish tizimlari t

aklif qilingan.

Ushbu izlanishda muallif tomonidan e’tibordan chetda qoldirgan masalaga nazorat ob’ektlarining

aniqlashtirilmaganligi hamda nazoratning tashkiliy masalalari hal etilmaganligida deb hisoblaymiz.

Qurilish ishlarining sifati

baholashga bag‘ishlangan ayrim izlanishlarda aynan baholash uslubiyati

o‘rganilgan (

Kuznetsov, Mironov va boshq, 2014). Mualliflar tomonidan olib borilgan izlanishlarda

qu

rilish korxonalari sifatini baholashda “sifatning nisbiy tavsifi” tushunchasi kiritil

adi. Bunda sifat

darajasi 0 dan 1,25 gacha o‘zgarishi mumkin. Odatdagi ball tizimiga o‘tish uchun mualliflar quyidagicha
yondashuvni taklif qiladilar. A’lo baholanadigan qurilish jarayoni me’yoriy talabdan yuqori deb

tushuniladi va 1,25 bahoga loyiq hisoblanadi. Yaxshi deb tan olingan qurilish jaraeni sifati 1,0 bahosini
oladi. Qoniqarli bajarilgan ishlar sifati talabdan pastroq deb hisoblanadi va 0,75 bahosini oladi. Olimlar

ballar tizimiga qo‘shimcha ravishda 0,5 bahosini kiritishni ko‘zda tutganlar, ya’n

i nuqson bilan

bajarilgan ishlarni shunday baholash mumkin. Nisbiy tavsifning kiritilishi qurilish maydonchasidagi

ko‘zda tutiladigan operativ hujjatlarda nuqsonlarni qayd

qilish tartibini kiritish taklif qilinmoqda va

buning asosida ishchilar mehnati baholashning mexanizmi kiritilmoqda. Amaliy jihatdan puxta

ishlangan ishlanmada nuqsonlarning keyingi jaraenlarga va binoning umumiy sifatiga ta’siri

o‘rganilmagan.

Samoryadov, Shreyberlarning (2018) ilmiy izlanishlarida qurilish ishlarining sifati qurilish

m

ahsuloti ishonchliligining bir ko‘rsatkichi sifatida ko‘rilmoqda.

Ularning fikricha, qurilish

jaraenlarining sifatini loyiha va injiniring ishlaridan ajralgan xolda qo‘ris

h mumkin emas, shu

munosabat bilan qurilish sifati kompleks ravishda baholanishi maqsadga muvofiqdir. Qurilish ishlari

sifatini olimlar “o‘lchov texnologiyalar sifati” atamasi bilan ifodalagan va bunga asosan sifatni o‘lchash

vositalari va usullarini kirit

gan. Bizning fikrimizcha qurilish ishlarini baholashda ularning ta’minlanishi

va nat

ijasi bo‘yicha emas, balki bajarish jarayonda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

11

Qurilish sohasida sifatni boshqarishga tizimli yondashuv tarafdorlari qurilish mahsuloti hayotiy

davrining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishga yagona yondashis

h zarurligini ta’kidlab o‘tmoqda

(Lukmanova, Nezhnikova, 2013). Shu bilan birgalikda ekspertlarning fikricha har bir bosqich alohida

izlanish ob’ekti sifatida ko‘rilishi mumkin. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, qurilishda xato qilish ehtimoli

bo‘yicha quri

lish ishlari bosqichi boshqalarga nisbatan ancha yuqoridir (0,49). Taqqoslash uchun

loyihani bajarish bosqichida ushbu ehtimol 0,11ni tashkil qiladi. Mualliflar xulosalari

bo‘yicha qurilish

sohasida sifat menejmenti tamoyillarning joriy etilishi qurilish mahsuloti sifatini kafolatlashi mumkin.

Shu bilan birga, sifat menejmentining amaliy jihatlari tadqiqot maqsadlariga kiritilmaganligini ko‘rish

mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot ishi davomida kuzatish, analiz, sintez, tizimli va qiyosiy tahlil kabi usullardan

foydalanildi. Xususan, o‘ndan ortiq milliy va xorijiy adabiyotlarda mazkur mavzuga doir tadqiqotlar
o‘rganib chiqildi va tahlil etildi. Mavzuga doir bugungi

kundagi tendensiya baholandi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Qurilish jarayonlarining sifat ko‘rsatkichlari ta’rifini ishlab chiqishda qancha muammo bo‘lganligi

singari, uning shakillari xususida ham ancha yechimini kutayotgan muammolar mavjud.

Shuning uchun

Qurilish jarayoni sifatiga baholashda Bayburinning (2009)

izlanishlari e’tiborga loyiq. Uning

ishlanmalarida qurilish ishlarini baholashning nuqsonlarni hisobga olish usuli qo‘llanilgan. Bunda

qurilish korxonalarida uchraydigan nuqsonlar kritik, s

almoqli va ahamiyati past bo‘lganlarga ajratiladi.

Ushbu tasnif asosida nuqsonlarning uchrash chastotasi hamda ularni tuzatish xarajatlari bo‘yicha bir
qancha baholash ko‘rsatkichlari taklif qilingan, jumladan jarayon aniqligi ko‘rsatkichi, jarayon

barqaro

rligi ko‘rsatkichi va h.k. Bundan tashqari nuqsonlik darajasining yuqori va past darajasida

bahoning o‘zgarishi ham alohida tahlil qilinib xulosalar keltirildi.

Yuqoridagi tamoyillarni amaliyotda qo‘llash uchun qurilish maydonchasida tegishli tashkiliy

muhit shakllantirilshi lozim. Qurilish korxonalarida sifatini boshqarishning tashkiliy muhiti deganda

bizlar nimani tushunamiz?

Bizning fikrimizcha ushbu muhitda ishchilarning sifatsiz faoliyat ko‘rsatishiga imkon bo‘lmaydi,

ular sifatsiz ishlashga manfaatli

bo‘lmaydilar, ish boshqaruvchilar esa sifatni nazorat qilishning sodda

tejamkor va obyektiv usul va tartibini qo‘llaydilar.

Birinchi shartining bajarilishi sifat nazoratining keng qamrovligi bilan bog‘liqdir. Ish

boshqaruvchilar tomonidan sifat nazorati b

archa jarayonlarni to‘liq aks ettirishi shart. Ikkinchi omil

ishchilarni sifatni boshqarishga jalb qilish, sifatni rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish bilan bog‘liqdir.

Uchinchi omil esa qurilish maydonchasida ish boshqaruvchi va ustaning mehnat faoliyatini

tashkillashtirish bilan bog‘liq.

Mazkur maqola sifat nazoratini tashkillashtirish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalariga

bag‘ishlangan. Ma’lumki, qurilish ishlab chiqarishidagi sifat nazoratning xilma

-xil turlari mavjud.

Ularning bir qanch

a tasniflari mavjud bo‘lib, ayrimlari nazorat jarayonining bosqichlari bo‘yicha,

ayrimlari mazmuni bo‘yicha, yana boshqalari nazorat ob’ektlari bo‘yicha yoki nazorat sub’ektlari

bo‘yicha tasniflanadi. Shu bilan birgalikda kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, qu

rilish

montaj ishlari sifatini

nazorat qilishning asosiy og‘irligi bosh pudrat qurilish tashkilotining ob’ektdagi vakillariga tushadi.

Bosh pudratchi shartnoma bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga olar ekan boshqa qurilish yoki

maxsus qurilish tashkilotlari h

amda qurilish ishtirokchilari ish boshqaruvchiga ob’ektning egasidek

munosabatda bo‘ladi. Demak bajarilgan qurilish –

montaj ishlari ham shu shaxslarga topshiriladi. Bosh

pudratchining sifatga javobgar bo‘lishi tabiiy ko‘rinsada uni ta’minlash uchun mutax

assislarga resurslar,

ayniqsa vaqt resurslari jaratilishi lozim.

Bu xolatda ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, sifat nazoratini to‘laqonligini ta’minlash hamda boshqa

funksional vazifalarni bajarish uchun qurilish ob’ektida mukammal tartib o‘rnatilishi lozim.

Odatda “ish

boshqaruvchining ish kuni me’yorlashmagan” degan ibora qurilish maydonida vqtni rajalashtirishdan
bosh tortishni angaladadi. Aslida esa funksional vazifalarni bajarish aniq vaqt me’yorlariga asoslanishi

shart. Demak sifat nazorati ham boshqaruvchining boshqa turdagi faoliyati qatorida aniq vaqt

me’yorlarini ishlab chiqilishini talab qiladi.

Qurilish ob’ektida sifatni nazorat qilish tizimi quyidagi elementlardan iborat bo‘lishini asos

sifatida qabul qilganmiz: nazorat ob’ektlari soni, sifat nazo

rati operatsiyasining vaqt xarajatlari,

nazoratning davriyligi, nazoratda sub’ektning shaxsiy ishtiroki darajasi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

12

Ish boshqaruvchi unga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda sifat nazoratining quyidagi

shakllarini qo‘llaydi:

a) Kirish nazorati, ya’n

i

ob’ektga keltirilgan qurilish materiallari va konstruksiyalarni son va sifat

bo‘yicha qabul qilish. Ushbu nazorat turi hujjatlarni tekshirish, material hajmini aniqlash, tanlab olish

yo‘li bilan sifatini tekshirish, xujjatlarni rasmiylashtirishni o‘z ich

iga oladi. Smena davomida ushbu

nazorat talab qiladigan jami vaqt xarajatlari (T

1

) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

T

1

=

q

i

* N

i

, i = m (1)

Bunda: i = 1…m

- qabul qilinadigan material nomlarining soni;

q

i

- material soni va sifatini

aniqlash va rasmiylashtirishning vaqt me’yorlari, daqiqa;

N

i

- materialni smena davomida qabul qilish soni.

b) Operatsion nazorat. Ushbu nazorat turi smena davrmida ishchilarning mehnat jaryonlari

sifatinihamda texnologik tala

blar bajarilishini o‘z ichiga

oladi. Operatsion nazoratni ham ish

boshqaruvchi, ham usta o‘tkazishi mumkin. Ushbu turdagi nazorat uchun saflanadigan vaqt ishchi
zvenolar (brigadalar) soni, o‘zini

-

o‘zi nazorat qilish darajasi, ishlarning murakkabligi va muh

imligi,

sifatga talablarning

qat’iyligi hamda nazorat usullariga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy xolda operatsion

nazoratga talab qilinadigan vaqt xarajatlari (T

2

) quyidagicha aniqlanadi:

T

2

=

q

j

* N

j

*K

1

, j

= 1…

n (2)

Bunda: j

= 1…

n - operatsion nazorat turlarining soni;

q

j

- j- ishni sifatini nazorat qilish vaqti, daqiqa;

N

j

- smena davomida j ishni tekshirishning talab etiladigan soni;

K

1

vazifalarni ustaga yoki brigadirga uzatish koeffitsienti (K

1

= 0,5dan 0,8 gacha).

v) Qabul n

azorati, ya’ni ishlarni smena oxirida yoki ish tu

gatilganda brigadadan (boshqa

ijrochidan) son va sifati bo‘yicha qabul qilish. Ushbu nazorat turi quyidagilarni o‘zida

mujassamlashtiradi: ishni loyixaga mos ravishda bo‘lishini tekshirish, ishning to‘liqlig

ini tekshirish,

tayyor konstruksiya sifatini tegishli usul asosida tekshirish, xujjatlarni rasmiylashtirish. Ushbu

nazoratga ajratiladigan vaqt xarajatlari quyidagi formula bilan aniqlanadi:

T

3

=

q

k

* N

k

, k = 1…p. (3)

Bunda: k = 1p - smena davomida qabul qilinadigan ishlar soni;
Q

k

- k- ishning birligini qabul qilish vaqti, daqiqa;

N

k

- qabul qilinadigan ish xajmi.

Yuqoridagi formulalar yordamida aniqlangan vaqt xarajatlarini to‘plasak, smena davomida

qurilish korxonalarida sifatini

nazorat qilishga zarur bo‘lgan vaqt resurslarini aniqlaymiz:

T

3

= (T

1

+ T

2

+ T

3

) / K

b

(4)

Bunda: K

b

= sifat nazorati operatsiyalarini birlashtirish koeffitsienti, ya’ni bir vaqtning o‘zida

nazoratning bir necha turini o‘tkazishni hisobga oladiga

n koeffitsient, K

b

= 1,5. 1,6.

Shuni e’tiborga olish joizki

bizning takliflarimizda sifatni texnik nazorati usullarida amalga

oshirish ko‘zda tutilgan. Sifatni laboratoriya nazorati, inspeksion nazorat va ob’ektda turli sinovlarni
o‘tkazish vaqti boshqa yo‘llar bilan hisoblanadi.

Qurilish ob’ektida ish boshqaruvc

hilarning sifat nazoratiga sarflaydigan vaqt resurslarini aniqlash

ushbu ishlarni ish vaqtiga kiritish hamda rahbarlarning mehnat samardorligini oshirishga xizmat qiladi

deb hisbolaymiz.

Xulosa va takliflar.

Bizning fikrimizcha, qurilish ishlari sifati bi

lan shug‘ullanadigan olimlar orasida yagona

yondashuv bo‘lmasada, ularning fikrlarida o‘xshash jihatlar mavjud. Ilmiy izlanishlarni taxlil qilish

asosida, O‘zbekistonda qurilish sohasidagi isloho

tlarni hisobga olgan xolda qurilish ishlarining sifatini

baholashda quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozimligini aniqladik:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

13

-

Sifat nazorati ob’

yektini identifikatsiyalash tamoyili. Ushbu tamoyilning mohiyati shundaki,

qo‘llaniladigan baholash usuli va ko‘rsatkichlari baholash ob’yektiga mos kelishi zarur. Qurilis

h

korxonalarida ishlar jarayoni, qurilish operatsiyalari, qurilish ishlarining resurs ta’minoti va boshqalar
aloxida baholash usullarining qo‘llanilshini talab qiladi;

- Baholashning obyektivlik

tamoyili, ya’ni baholash natijalari ob’yekt sifati darajasini

ng

xaqiqiyligini ta’minlashi zarur. Baholashning ob’ektivligi sifatni boshqarish amaliyotining samarali

bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omil deb hisoblaymiz;

- Sifatni baholashda miqdoriy ifodalash tamoyili. Ushbu tamoyilning bajarilishi turli xil sifat

darajalarini ajratish imkonini beradi hamda tegishli xulosalarga olib keladi;

-

Faktlarga asoslanish tamoyili, ya’ni qurilish maydonchasida sifatni shakllanishi to‘g‘risida

xujjatlar majmuasi yuritilishi lozim;

- Baholashning soddaligi va kam xarajatliligi tamoyili deyarlik barcha qarilish sifati obyektlari

uchun taalluqli bo‘lib nazorat xizmatini tashkil qilishning iqtisodiy manbasi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Adabiyotlar / Литература / Literatu

re:

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 5-

fevraldagi “

Qurilish korxonalarida

sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi

PQ-

4586-son Qarori.

Байбурин

А.Х. (

2009)

Обеспечение надежности строително

-

монтажных работ по

параметрам качества продуксии

.-

Предотвращение аварий зданий и сооружений. Эlektron jurnal,

y., 2 kv.

Белов А.В. (2012) Задачи обеспечения качества протсессов строителства. Вестник

Саратовского

государственного

социально

-

экономического

университета

.

-

https://cyberleninka.ru/article/n/zadachi-obespecheniya-kachestva-protsessov-stroitelstva

.

Кузнесов О.Ф.

,

Миронов Н.А.

,

Кузнесова А.О.

(2014)

Оценка качества

строительно

-

монтажных работ

с использованием современных технологий

.-

Приволжский научный вестник

№ 5 (33), с. 33

Лукманова И.Г., Нежникова Е.В.

(2013)

Комплексная отсенка системы менеджмента

качества в строителстве. Фундаментальные исследования, №10,

-

с.

1791

Саморядов С.В., Шрейбер А.А., Манохин Е.М.

(2018)

Надежност строителной продуксии.

Вестник МИТУ

-

МАСИ, № 2 –, с.5

Библиографические ссылки

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi “Qurilish korxonalarida sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-4586-son Qarori.

Байбурин А.Х. (2009) Обеспечение надежности строително-монтажных работ по параметрам качества продуксии.- Предотвращение аварий зданий и сооружений. Эlektron jurnal, y., 2 kv.

Белов А.В. (2012) Задачи обеспечения качества протсессов строителства. Вестник Саратовского государственного социально-экономического университета. - https://cyberleninka.ru/article/n/zadachi-obespecheniya-kachestva-protsessov-stroitelstva.

Кузнесов О.Ф., Миронов Н.А., Кузнесова А.О. (2014) Оценка качества строительно-монтажных работ с использованием современных технологий.- Приволжский научный вестник № 5 (33), с. 33

Лукманова И.Г., Нежникова Е.В. (2013) Комплексная отсенка системы менеджмента качества в строителстве. Фундаментальные исследования, №10, - с.1791

Саморядов С.В., Шрейбер А.А., Манохин Е.М. (2018) Надежност строителной продуксии. Вестник МИТУ-МАСИ, № 2 –, с.5